O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti qo‘lyozma huquqida sobirova qizlarxon


O`zlashma neologizmlarning mavzuiy guruhlari



Yüklə 85,74 Kb.
səhifə24/25
tarix02.01.2022
ölçüsü85,74 Kb.
#34765
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
ozbek tilida ozlashma neologizmlarning mavzuviy guruhlari

2.3. O`zlashma neologizmlarning mavzuiy guruhlari
O`zbek tiliga ingliz tilidan o`zlashgan yangi so`zlar hozircha mamlakatimizda maxsus tadqiq etilganicha yo`q. O.Jumaniyozovning “O`zbek tilidagi german tillari o`zlashmalari” nomli monografiyasi (1987)da ingliz tilidan o`zbek tiliga o`zlashgan so`zlar miqdori 150 ta deb ko`rsatiladi. Agar bu kitobning yaratilganiga qariyb yigirma yil bo`lganini, mustaqillikdan keyin mamlakatimizning xalqaro nufuzi yanada ortganini inobatga oladigan bo`lsak, o`zbek tiliga ingliz tilidan o`zlashgan so`zlar miqdori uch yuzdan ko`proq, deb taxmin qilish mumkin. Chunki biz prof. N.G.Komlevning lug`ati (2)ga tayangan holda tilimizga o`zlashayotgan inglizcha so`zlarni oddiy hisob-kitob qilganimizda bu miqdor hozircha uch yuzga yaqinlashib qoldi. Tilimizga o`zlashgan bunday inglizcha so`z va atamalarni quyidagicha mavzuiy guruh (MG)larga yoki leksik-semantik guruh (LSG)larga ajratish mumkin:

1. O`qish-o`qitish, maktab-maorif bilan bog`liq inglizcha o`zlashgan so`zlar guruhi: test, teyting, monitoring, standart, flomaster, kollej kabilar.

2. Tibbiyot va veterinariyaga oid so`zlar guruhi: blokada, vilt, gaymorit, brusellez, vegetarian kabilar.

3. Dengizchilik, kema va paroxodga oid so`zlar guruhi: yaxta, kater, tanker, trauler, tramp, bosman kabilar.

4. Transportga oid so`z va iboralar guruhi: karter, bufer, nipel, aerobus, layner va boshqalar.

5. Sanoat, qurilish va tipografiyaga oid so`zlar guruhi: ofset, kotej, vattman, trest, konsern, konveyer, veranda kabilar.

6. Harbiy ish va harbiy texnikaga oid so`zlar guruhi: radar, michman, revolver kabilar.

7. Idish, o`rin-joy, makon va bino bilan bog`liq tushunchalarni ifodalovchi so`zlar guruhi: aerovokzal, aeroklub, bunker, park, skver, ofis, region, klub, konteyner, tunnel, avtopark, komfort, kemping kabilar.

8. Sport hamda jismoniy tarbiya bilan bog`liq so`z va atamalar guruhi: signal, ring, badminton, aut, butsi, boks, batterflyay, bokser, futbol, basketbol, voleybol, start, match, kross, gol, golkiper, nokaut, nokdaun, raund, rekord, gandbol, vaterpolo, ring, finish, trener, tennis, xokkey kabilar.

9. San’at, o`yin, hordiq chiqarish, musiqaga oid so`z va atamalar guruhi: sheyk, kloun, fokstrot, tvist, jaz, dizayner, shou, myuzik-xoll kabilar.

10. Ijtimoiy-siyosiy sohaga oid so`zlar guruhi: press-byuro, boykott, press-konferensiya, blokada, chartist, tred-yunion, yunker, chartizm, leyborist, konservator, kateder, kongressmen, spiker, senator kabilar.

11. Texnikaga oid tushunchalarni ifodalovchi so`zlar guruhi: greyder, buldozer, antifriz, spidometr, eskalator, skriper, kombayn, chizel kabilar.

12. Kompyuter texnologiyasiga oid so`z va atamalar guruhi: fayl, disket, displey, printer, kompyuter, internet kabilar.

13. Ilm-fanning turli sohalariga oid so`z va atamalar guruhi: detektiv, folklor, distributsiya, intervyu, deskreptiv, vatt, buldog, broyler, aysberg, kenguru, gorilla, rezistor, golfistrim, tranzistor, pamflet, yumorist, lazer kabilar.

14. Kiyim-kechak, mato va attorlik buyumlarini ifodalovchi so`zlar guruhi: makintosh, linter, lint, pidjak, pijama, shampun, koverkot, velvet, jemper, jersi, bridja, fen, shorti, pulover, sviter, shampun kabilar.

15. Kulinariya va ichimlik nomlarini ifodalovchi so` zlar guruhi: viski, puding, kokteyl, servis, keks, rom, liver kabilar.

16. Savdo ishlari va pul birliklarining nomlarini ifodalovchi so`zlar guruhi: menejer, menejment, investor, investisiya, bar, biznes, barmen, bankrot, sterling, monitoring, shilling, dollar, supermarket, eksport, marketing, barter, import kabilar.

17. Turli kasb va toifadagi kishilarni ifodalovchi so`z va atamalar guruhi: jentlmen, fermer, reket, lider, reporter, kaskader kabilar.

Bunday mavzuiy guruhlar sirasini yana davom ettirish mumkin. Eng muhimi, tilimiz lug`aviy qatlamidan mustahkam o`rin olayotgan ana shunday inglizcha, fransuzcha, italyancha, nemischa, ispancha o`zlashma so`zlarni

to`plash, ularning keyinchalik alohida-alohida, umumiy izohli lug`atini yaratish, bunday o`zlashmalarning imlosi, transliteratsiyasi muammolari bilan jiddiy shug`ullanish hozirgi mustaqillik davri o`zbek tilshunosligining dolzarb muammolari qatoriga kiradi.



XULOSA
O‘zbek tili leksikasi juda boy. Unda serqirra ma’noga ega bo‘lgan polisemantik va ma’nodosh, zid ma’noli va shakldosh, emotsioanal-ekspressiv bo‘yoqdor so‘zlar borki, ular nutqni obrazli va jozibador etishga xizmat qiladi. Ona tilimizning imkoniyatlarida foydalanish, go‘zal badiiy tasvirlar yaratish ijodkoning so‘z qo‘llash mahoratiga bog’liq.

Ona tilini o‘rganish nihoyatda dolzarb vazifa. Inson tafakkurining erishgan eng yuksak yutuqlari,eng chuqur bilimlari va g’oyat otashin hislar,agar ular so‘z vositasi bilan aniq va ravshan ifoda qilinmasa, odamlar uchun noma’lumligicha qolaveradi. Keyingi o`n yilliklar mobaynida barcha mamlakatlar singari bizning yurtimizda ham tarjimachilik faoliyati izchil rivojlanib kelmoqda . Unga hamohang tarzda tarjimalarning sifati ham asta sekin yaxshilanmoqda . Bunga sezilarli turtki berayotgan omillaradan biri – tarjima nazaryasining so`ngi paytlarda jiddiy ravishda oldinga siljib borayotganligidadir.

Tarjima nazaryasi o`z tadqiqotlarini boshqa qator an`anaviy filologik, ayniqsa, lingvistik tadqiqod metodlaridan o`rni bilan foydalangani holda , ko`proq siyosiy solishtirma metod bilan chambarchas bog`liqlikda qo`llaniladigan semantik-uslubiy metod asosida olib boradi. Shu bilan birga asliyat va tarjima tillari lisoniy vositalarni batafsil tahlil qilish zaruriyati lingvistik tadqiqodning boshqa ayrim maxsus metodlaridan ham, jumladan, komponentlar tahlil qilish metodidan foydalanishni taqozo etadi. Bunday paytda qiyoslanayotgan ikki til birliklarining turli kontekstlarda qo`shimcha ma’no belgilarini kasb etish holatlari tahlil etiladi . Bir-birlarini to`ldirishga xizmat qiladigan mazkur metodlar amalga oshirilgan tarjimalarni har jihatdan puxta va xolis baholash imkoniyatini beradi.

Fan va texnikaning shiddat bilan rivojlanishi iqtisodiyot sohasiga ham o`z tasirini o`tkazmasdan qolmaydi, buning natijasida yana bir qancha iqtisodiyot sohasida yangi neologizmlarni yuzaga kelishiga olib keladi.

Bakalavr o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda iqtisod tili va uslubi, iqtisodiy terminologiya va atamashunoslik, ish yuritish va hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, o‘z fikrini iqtisod sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq va ravshan ifoda eta olmaydi. Shunga ko‘ra bo‘lajak iqtisodchilar iqtisod tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim. Bakalavrlar o‘z ixtisosligidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston iqtisodini yuksaltirishga, uni jahonda munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shadi, chet mamlakatlarda va yurtimizda davlatimiz manfaatini himoya qiladi, kuch-qudratini namoyish etadi.

Bitiruv malakaviy ishimizda o`zbek tilshunosligida hali atroflicha o`rganilmagan terminalogik xarakterdagi iqtisodiy neologizmlarni, ularning struktural tuzilishi va semantik – etimologik aspektlarni tadqiq qilinishini mavzu qilib olganligimiz sababli ishimizning birinchi bobida neologizmlarning mohiyati, turli aspektlardagi klassifikatsiyalari, atama-so`z o`rtasidagi farqlarga, ularning kelib chiqish manbalariga alohida to`xtaldik. Neologizmlar bir yoki bir necha so`zdan iborat bo`lib tilning lug`at tarkibida fan va texnikaga oid yagona tushunchalarni ifodalaydigan, ko`chma ma’noda ishlatilmaydigan, tilda sinonim variantga ega bo`lmagan va ko`pincha baynalminallashgan til vositalari sifatida kirgan.

Til tarixini o`rganar ekanmiz, biz amin bo`lamizki, ko`plab so`zlar o`zgarishiga qaramay, asliyatning tub ma’nosini saqlab qolgan, lekin ayrim holatlarda bu narsa umuman yo`qolib ketgan. Shunday qilib, ingliz tilidagi iqtisodiy neologizmlarni o`zbek tiliga tarjima qilishda ikki bosqichda o`tiladi.

1. Yangi so`z ma’nosini aniqlash (qachonki tarjimon nashrdan chiqqan inglizcha iqtisodiy terminologik lug`atlarga murojat qiladi , yoki matn yo so`zning tarkibiga ko`ra uning mazmunini aniqlash).

2. O`zbek tilidagi vositalar orqali iqtisodiy neologizmlarning mazmunini berish, aynan; transkripsiya, transleteratsiya, kalkalash va tasviriy tarjima usullari orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiy neologizmlarni tarjima qilishda qaysi bosqichdan foydalanish xususiyatiga to`xtalsak, bu ko`pchilik subekt faktorlarga bog`liq. Masalan tarjimoning shaxsiga, uning intellektiga, uning qobiliyati va tarjimasiga, iqtisodiyot sohasidan xabardorligiga, abstrakt – mavhum tushunchalar bilan ishlashga tarjima qilish jarayoniga va matn uslubiga ham bog`liq.

Talabalar va iqtisodiyot ilmiga qiziquvchi kitobxonlar uchun iqtisodiyot sohasiga oid mukammal izohli va tajima lug'atarini tuzib chiqish kerak. Zero, hayotimizning biror-bir sohasi iqtisodiyotchalik keng jamoatchilikning diqqat markazida turmaydi va qiziqish uyg`otmaydi. Bu, albatta, tabiiy hol. Bozor iqtisodiyoti bu faqat iqtisodiy jarayon bo`lib qolmasdan, ayni vaqtda u hayotiy voqelikdir. Biroq iqtisodiyot fani bo‘yicha o‘zbek tilida nashr etilgan manbalarni o‘rganish va tahlil qilish natijasida o‘zbek iqtisodiyot terminologiyasida ham, boshqa sohalar terminologik tizimlarida bo‘lgani kabi, qator kamchilik va nuqsonlar mavjud ekanligi ayon bo‘ldi. Ayni shunday holat iqtisodiy terminlarni tartibga solish masalalari bilan alohida shug‘ullanish vazifasini keltirib chiqaradi.

Terminlarni tartibga solish amaliyotida u yoki bu lug‘aviy birlikni termin qatoriga kiritishda odatda quyidagi talablardan kelib chiqiladi: u muayyan tizim tarkibiga kirishi va shu tizim doirasida yagona ma’no bildirishi, tartibga tushish belgilariga ega bo‘lishi, sinonim (dublet)larga ega emasligi, qisqa, eslash va talaffuzi qulayligi kabi talablarga javob berishi lozim. Albatta, barcha terminlar mazkur talablarga javob berganda, terminologiyani tartibga solish degan gap ham ko‘ndalang bo‘lmas edi. Biroq amaliyotda ish hali poyoniga etgan emas. Yuqorida aytganimizdek, o‘zbek iqtisodiyot terminologiyasi qator nuqsonlarga ega: lug‘aviy va grammatik sinonimiyaning keng tarqalganligi, terminlar imlosidagi har xillik kabilar ana shunday nuqsonlardandir.

Terminologiya masalalariga bag‘ishlangan barcha ishlarda sinonimiya terminologiyaning jiddiy nuqsoni deb qaralgan. Bozor iqtisodiyotining hozirgacha o`z muqobiliga ega emasligini rivojlangan davlatlar tajribasi ko`rsatmoqda. Hozir xalq orasida bozor iqtisodiyotiga, ayniqsa tadbirkorlik va uning shakllariga qiziqish katta. O`zbekiston Respublikasi ham ana shunday taraqqiyot yo`lini tanladi va undan dadil odimlamoqda.

Ta’kidlash kerakki, bu iqtisodiyot pirovardida inson manfaatlariga xizmat qilish yotadi. Uning maqsadi iqtisodiyotning ijtimoiy jihatlarini kuchaytirish, ishlab chiqarishni iste’molchi talablariga bo`ysundirish, mo`l-ko`lchilik orqali aholi farovonligiga erishish, mamlakatda erkin tadbirkorlik muhitini yaratish orqali xalqimizga azaldan xos bo`lgan mehnatsevarlik, ishbilarmonlik, tejamkorlik, vaqtning qadr-qiymatiga yetish kabi xislatlarni yana qaytadan shakllantirishdan iborat. Yana bir narsani aytish kerakki, dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida ishlatilib kelinayotgan baynalmilal terminlarning o‘zbek tiliga ham o‘z holicha o‘zlashtirilishidir. Bu o‘rinda shuni ta’kidlamoq zarurki, yangidan kirib kelayotgan terminlarning hammasiga ham o‘zbekcha muqobilini topish qiyin. Shuning uchun ularning asosiy qismi dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari tillarida bir shaklda o‘z asl holicha ishlatiladi va bu qo‘llanish dunyo bizneschilari axborot almashinuvi uchun qulay.

Men bu bitiruv malakaviy ishni yozar ekanman, izlanishlarim natijasida ona tilimiz va ingliz tili iqtisodiy o`zlashma neologizmlarga boyligini, ularning paydo bo`lish tarixi, iqtisod sohasidagi turli xil neologizmlar bilan tanishdim. Demak har bir atamani (iqtisodiy atamani) tarjima qilishda uning tarkibi va undagi unsurlar, matnning uslubi ham muhim ahamiyat kasb etishini bilib oldim.



Shunday qilib, mamlakatimizda tarjimachilik hozirgi kunda o`z tarixiga, rivojlanish xususiyatlariga, an`analariga tadqiqod metodlariga tamoyillariga ega bo`lgan ijodiy jarayonga aylanib qoldi, uning nazariy asoslari tadqiqodchilar tomonidan yanada chuqurroq o`rganilmoqda.


Yüklə 85,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin