O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi toshkent – 2018


Pedagogika fani metodologiyasi bilim va faoliyat tizimi sifatida



Yüklə 456,18 Kb.
səhifə3/73
tarix26.10.2023
ölçüsü456,18 Kb.
#161508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi-fayllar.org

Pedagogika fani metodologiyasi bilim va faoliyat tizimi sifatida. Pedagogika fanining metodologik tizimi qator komponentlarni o‘z ichiga oladi.

Pedagogikaning obyekti va predmeti. Ilm-fan obyekti – mazkur fan tadqiq etuvchi voqelik sohasidir. Masalan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning obyekti inson bilan bog‘liq madaniy hodisalardir. Pedagogika fanining obyekti yaxlit pedagogik jarayon bo‘lib, u zamonaviy bosqichda faqat bilimlarning shakllanish bosqichi, insonning intellektual salohiyatining rivojlanishi bilan belgilanmaydi. V.V.Serikovning qayd etishicha: “Ta’lim olganlik o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni bor holaticha qayta takrorlash va bilimdonlik yoki “ko‘p bilimga egalik” bilan qiyoslanmaydi, balki ko‘plab sohalarda chuqur bilimga ega bo‘lishni taqozo etadi. Bu esa bilimlar dunyosida yuzaga kelgan masalani echish uchun keraklisini tanlay bilish va mustaqil tadqiqot o‘tkazish va ana shu asosda yangi bilimlarni izlab topish va o‘rganilayotgan fan sohasida yaratilayotgan ekologik, ijtimoiy, axloqiy natijalarni baholay olish, ya’ni mutaxassislar ta’kidlashganidek, gumanitar ekspertizani o‘tkaza olish ko‘nikmasidir”. YAxlit pedagogik jarayon – bu ta’lim va tarbiya birligidir.
Ta’lim va tarbiya masalasini turli fanlar tadqiq etishi mumkin. Ta’lim-tarbiya esa ko‘p qirralidir. Ta’lim-tarbiya sotsiologiya, falsafa, psixologiya va boshqa fanlarning o‘rganish obyekti bo‘lib, turli rakurslarda o‘rganiladi: qadriyat; madaniyat komponenti; ijtimoiylashuv; dinamik va statistik tizim; o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro faoliyati; jarayon; natija; mustaqil ta’lim; boshqaruv va loyihalashtirish obyekti; ta’lim xizmatlari sohasi va h.k. Har bir fan muayyan rakurs, dolzarb tadqiqot masalalari, tushuncha doirasi, nazariy va metodologik pozitsiyalar kontekstida voqelik obyektini o‘rganadi va bu bilan tadqiqot predmetini loyihalashtiradi.

E.G.Yudin nuqtai nazariga ko‘ra, o‘rganish obyekti, tadqiqot muammosi, metodologik vositalar tizimi (obyekt qismlarga ajratib o‘rganiladigan va tadqiqot muammosi asosida shakllantiriladigan tushunchalar; obyektni o‘rganish tamoyillari va metodlari; tadqiqot jarayonlari) va ularni qo‘llashning izchilligi – tadqiqot predmetini yaratadi.


Pedagogika voqelikning mazmun-mohiyatini o‘rganadi, qonuniyatlarini aniqlaydi, pedagogik o‘zaro ta’sirning mohiyati, pedagogik jarayonni loyihalashtirish va amalga oshirish shakl, metod, vositalari va texnologiyalari, uning sifat va samaradorligi mezonlarini ishlab chiqadi.



Yüklə 456,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin