Pedagogik tadqiqotlarning metodologik ta’minoti va pedagogik refleksiyaga doir manbalari. Pedagogik tadqiqotning metodologik ta’minotiga me’yoriy-metodologik bilimlar (yondashuvlar, tamoyillar, usullar, mezonlar) hamda metodologik vazifani bajaruvchi deskriptiv umumiy va maxsus ilmiy bilimlar (tasniflar, konsepsiyalar, tizimlar, modellar) kiradi.
E.G.Yudinning ta’kidlashicha: “Ilmiy bilishning tadrijiy rivojida vazifa ko‘pincha shunday qo‘yilgan bo‘ladiki, bunda asbrakt bilish ratsiional bilishga nisbatan metodologik vazifani bajaradi. Aslida har qanday ilmiy nazariya metodologik vazifani bajaradi...”. Masalan, ta’limning madaniyatshunoslikka doir konsepsiyasi didaktika, tarbiya nazariyasi, xususiy metodikalar sohasidagi tadqiqotlarga nisbatan metodologiya vazifasini bajaradi.
Turli darajadagi deskriptiv bilimlar qatlami (falsafiy tushunchalar, umumiy va dunyoning maxsus ilmiy manzarasi, umumiy va maxsus ilmiy kategoriyalar, tushunchalar, nazariya va konsepsiyalar, empirik faktlar) “mavjud” sohani o‘zida ifoda etadi («Nima mavjud?»). Shu sababli “metodologik bilim” va “funksional metodologik bilim”ni farqlash lozim. Paradigma tarkibida mazkur deskriptiv tarkibiy qismlar metodologik (preskriptiv, me’yoriy) vazifani bajaradi.
4-rasm. Ilmiy-tadqiqotning metodologik ta’minoti va refleksiya darajasi
Fan metodologiyasida metodologik vositalarning g‘oyat katta “zahirasi” ishlab chiqilgan. Ularni tizimlashtirish muammosi mavjud. Tadqiqotchi tomonidan tadqiqot maqsadi va masalalariga ayni metodologik vositani mustaqil tanlay olish undagi metodologik ta’minot va metodologik refleksiya darajasi, shakli, turi, manbalari to‘g‘risida bilimlariga bog‘liq.
Metodologiyaning turlari va darajalari to‘g‘risidagi asosiy fikr ilk bor V.A.Lektorskiy va V.S.Shvirev tomonidan shakllantirilgan, keyinchalik E.G.Yudin tomonidan yanada to‘ldirilgan. Ular metodologik bilimning quyidagi darajalarni ajratib ko‘rsatishadi: falsafiy, umumilmiy va xususiy. Bizningcha, ijtimoiy-gumanitar bilim sohasi uchun xos bo‘lgan antropologik, aksiologik, fenomenologik, germenevtik metodologik yondashuvlarni o‘z ichiga olgan ijtimoiy-gumanitar fanlar metodologiyasi darajasini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Mazkur yondashuvlar (falsafiy konsepsiyalar, umumilmiy yondashuvlar singari) konkret ilmiy tadqiqotning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda aniqlashtiriladi. Metodologiyaning falsafiy darajasini falsafiy kategoriyalar, konsepsiyalar, yondashuvlar tashkil etadi: dialektik materializm, ekzistensializm, falsafiy antropologiya, pragmatizm, postmodernizm, global evolyusionizm va boshqalar. Ilmiy tadqiqotlarning asosi sifatida falsafiy konsepsiyalar, yondashuvlar quyidagi vazifalarni bajaradi: ontologik (falsafiy kategoriyalarda o‘z aksini topgan reallikning yangi modeli), evristik (obyektlarning yangi turi, obyektlar mohiyatining yangi “anglash doirasi”ni belgilovchi yangi kategorial matritsa, reallikni “his etish usuli”, aniq-ilmiy fanlar kategorial apparatining rivojlanish darajasi, tadqiqotning yangi strategiyalari), epistemologik (ilmiy anglash, uning sifat mezonlari (asoslanganlik, ishonchlilik)ning mohiyatini anglash tadqiqotning evristik strategiyalarini shakllantiradi), aksiologik (tadqiqot “mafkurasi”, yangi ideallar, dunyoqarash ustanovkalari konkret ilmiy tadqiqotlarning aksiologik yo‘nalishini belgilaydi va tadqiqotchining anglash dajarasi, uning ideallari va dunyoqarashini shakllantiradi).
Postmodernizm g‘oyalari kontekstida pedagogik tadqiqotlarning asosiy masalalaridan biri – har bir inson “o‘zining ayniyligi va o‘z burchini” anglashi, uning noyobligi bilan mos keluvchi umuminsoniy qadriyatlarning ierarxiyasini yaratishi uchun sharoit yaratuvchi iste’dod va imkoniyatlar, ehtiyojlar, dalillar, manfaatlar, uning madaniy borlig‘ining xilma-xilligini hisobga olgan holda har bir alohida shaxsning genetik imkoniyatlari rivojlanish sharti sifatida individual ta’lim traektoriyalarini tanlash imkonini yaratuvchi polifonik ta’lim tizimlarini loyihalashtirishdir. Postmodernizm pozitsiyasidan ta’limning, u qanchalik ratsional asoslanmasin, o‘zgarmas universal modelining mavjudligi imkoniyati inkor etiladi.
Ilmiy asoslanganlik va gumanitar ta’lim modellarini ishlab chiqishga qaratilgan pedagogik tadqiqotlarning aksiologik doirasi quyidagi falsafiy konsepsiyalar ta’siri ostida shakllantirilgan: ekzistensializm, falsafiy antropologiya, postmodernizm va boshqalar: inson yaxlitlik, aksiologik voqelik sifatida; insonning hayoti va salomatligi qadriyat sifatida; har bir alohida shaxsning ko‘p qirraligini tan olish; subyektivlik qadriyat sifatida; inson rivoji qadriyat sifatida; insondagi “individuallik”, “o‘ziga xoslikni” rivojlantirish qadriyat sifatida (noyob individual genetik kod, individual mazmunga ega, individual hayot mazmuni, ong va tushunchaning individual uslubi va boshqalar).
Pedagogika fanlari bo‘yicha yozilgan dissertatsiyalar ekspertizasi shuni ko‘rsatadiki: a) aniq-ilmiy tadqiqotlarning falsafiy asoslari ko‘pincha uni loyihalashtirish yoki dissertatsiyani “rasmiylashtirish” bosqichida taqdim qilinadi; b) falsafiy konsepsiya va yondashuvlar tadqiqotning nazariy, aksiologik va normativ modellari bilan munosabat uyg‘unligida ochib berilmaydi, ba’zan esa ular dissertant tomonidan “asoslangan” u yoki bu didaktik model bilan zid bo‘ladi; v) pedagogik tadqiqotlar uchun falsafiy yondashuv, toifa va tushunchalarning o‘zgartirishlarsiz qabul qilinishi xarakterlidir. Masalan, “falsafiy lug‘atlarda “metodologiya” nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish usullari haqidagi ta’limot sifatida izohlanadi” tarzidagi fikr ko‘rinishida.
Metodologiyaning umumilmiy darajasiga quyidagilar kiradi: a) dunyoning umumilmiy manzarasi aks etgan umumilmiy nazariya, konsepsiyalar (masalan, mexanik yoki sinergetik); b) ideallashtirish, formallashtirish, modellashtirish kabi umumilmiy tadbirlarni amalga oshirish, turli narsa-hodisalarni tadqiq qilishning loyihalashtirish me’yorlari, ilmiy nazariyalarning asoslanganligi va tuzilishi hamda tadqiqotning kategorial apparati bilan bog‘liq mantiq va fan metodologiyasi sohasidagi tadqiqotlar natijasida shakllangan me’yoriy bilimlar, shuningdek tadqiqotlarning o‘zgarmas metodologik tavsifi: muammo, obyekt, predmet, faraz, maqsad, vazifalar va boshqalar; v) umumilmiy tushunchalar: model, faraz, tizim, tarkibiy qism va boshqalar; g) umumilmiy yondoshuvlar (kibernetik, tizimli, sinergetik va boshqalar) va tadqiqot usullari (tizimli tahlil, tizimli modellashtirish, «farazlarni aniqlashtirish» (K. Popper) va boshqalar).
Pedagogik tadqiqotlarning manbalari sifatida tizimli, texnologik va madaniy-insonparvarlikka doir yondashuvlarga alohida to‘xtalib o‘tish lozim.
Ilmiy adabiyotlarda “tizim” tushunchasiga ko‘plab ta’riflar berilgan bo‘lib, ular orasida T.I.SHamova, T.M.Davыdenko, R.Axliddinov, S.Turg‘unov, N.Muslimovlar tomonidan mazkur tushunchaga berilgan izohlar zamonaviy metodologik yondashuvlarni o‘zida aks ettirganligi bilan tavsiflanadi.
Tizim – nafaqat o‘ziga xos xususiyatga ega tarkibiy qismlar, balki yangi integrativ sifatlari bilan shartlangan o‘zaro harakatdagi obyektlar yig‘indisi. Tizim o‘zida quyidagi belgilarni aks ettiradi: tuzilmaning, ya’ni elementlar orasida aniq aloqa va munosabatlarning mavjudligi; integrativ sifatning mavjudligi (tizimlilik); maqsadga yo‘nalganlik; kommunikativ xususiyatlarning mavjudligi.
T.I.Shamovaning ta’kidlashicha, tizim – bu har birining alohidaligini inkor etuvchi, yangi integrativ sifatga ega o‘zaro aloqador elementlarning maqsadga qaratilgan yaxlitligi; tashqi muhit bilan bog‘langan yaxlitlik.
N.A.Muslimovning fikricha, tizim (yunoncha systema – yaxlit, qismlardan tarkib topgan, biriktirilgan) muayyan yaxlitlik, birlikni hosil qiluvchi, o‘zaro ta’sirlashuv va bog‘liqlikda bo‘lgan ko‘plab elementlarni anglatadi. Tizim – tartibli ravishda joylashgan va o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lgan qismlar birligini ifodalovchi yaxlitlikdir. “Tizim” bu muayyan tahlitda tartibga keltirilgan elementlar to‘plami bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq holatda, muayyan yaxlit birlikni hosil qiladi.
“Tizim” tushunchasiga berilgan ta’riflardan kelib chiqqan holda, “tizimlilik” tushunchasini jarayonlar va borliqdagi hodisalarning tizim hosil qila olishi, tizimning mavjudligi, moddiy dunyoning hamda uni bilish shakllarining tizimli qurilishga egaligi kabi holatlarni aks ettira olishi to‘g‘risidagi xulosaga kelish mumkin.
Tizimli yondashuv – ilmiy bilish hamda ijtimoiy amaliyot metodologiyasining yo‘nalishi bo‘lib, uning asosida obyektlarni tizim sifatida qabul qilinishi yotadi. Bunda uning aloqalari va vositalarining mazmun va mohiyatiga ko‘ra obyektni bir butun, yaxlit holda tasavvur qilish talab etiladi. Tadqiqot obyektini o‘rganishda alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan bir necha qismlarga ajratib, ular o‘rtasida o‘zaro aloqador va o‘zaro bog‘liqlik xususiyatlari aniqlanadi, chunki har bir qism yaxlit tizimning o‘zgarishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Ilm-fan va ishlab chiqapishning jadal rivojlanishi jamiyatni iqticodiy tapaqqiy ettirish bilan bir qatopda ijtimoiy munosabatlar mazmunida ham tub o‘zgapishlapning po‘y berishiga zamin yapatmoqda. SHuningdek, iqtisodiy sohada bo‘lgani singari ijtimoiy, shu jumladan, ta’lim sohasida ham texnologik yondashuvni tatbiq etishga katta ahamiyat qaratilmoqda.
“Texnologiya” yunoncha co‘z bo‘lib, “techne” – mahopat, can’at va “logos” – tyshyncha, ta’limot, fan ma’nocini anglatadi. “Ta’lim texnologiyaci” ibopacining ma’noci – (inglizcha “An educational technology”) ta’lim japayonini yukcak mahopat bilan can’at dapajacida tashkil etish to‘g‘picida ma’lymot bepyvchi fan, ta’limot demakdip. Ayni vaqtda mazkyp tyshynchaning ta’pifi hamda yning mohiyati bopacida yagona g‘oya mavjyd emac. By nazapiya mohiyatining yopitilishiga nicbatan typli yondashyvlap mavjyd.
“Pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini jadallashtirish vazifasini ko‘zlagan o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida va ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tatbiq etish va belgilashning izchil metodidir” (YUNESKO).
“Pedagogik texnologiya – pedagogik maqsadlarga erishishda foydalaniladigan shaxsiy imkoniyatlar, jihozlar va metodologik vositalarda amalda bo‘lishning tizimli yig‘indisi va tartibini bildiradi” (M.V.Klarin).
“Pedagogik texnologiya – o‘zida turli mualliflar (manbalar)ning barcha ta’riflari mazmunini qamrab olgan mazmuniy umumlashma hisoblanadi”. (G.K. Selevko).
“Pedagogik texnologiya – psixologik va pedagogik o‘gitlar yig‘indisi bo‘lib, shakllar, metodlar, usullar, o‘qitish yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus to‘plamidir. Ayni zamonda u pedagogik jarayonning tashkiliy-metodik omilini ham bildiradi” (B.T.Lixachev).
“Pedagogik texnologiya – o‘quv jarayonini amalga oshirishning mazmuniy texnikasi” (V.P.Bespalko).
“Pedagogik texnologiya – rejalashtirilgan o‘qitish natijalariga erishish jarayoni tavsifi” (I.P. Volkov).
“Texnologiya – ishlov berish, holatni o‘zgartirish san’ati, mahorati, malakasi va metodlar yig‘indisi” (V.M.SHepel).
“Pedagogik texnologiya – o‘qyv jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanyvchanligini hamda pedagogik japayon bapqapopligini oshipib, by japayon ishtipokchicining cyb’ektiv xycyciyatlapidan yni ozod qiladi”. (V.M.Manaxov).
“Pedagogik texnologiya -tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta’lim shakllarini kulaylashtirish, natijasini kafolatlash va obyektiv baholash uchun inson calohiyati hamda texnik vositalarning o‘zapo ta’sirini inobatga olib, ta’lim maqcaddapini oydinlashtirib, o‘qitish va bilim o‘zlashtipish jarayonlarida qo‘llanadigan usul va metodlar majmuidir”. (M.O.Ochilov).
“Pedagogik texnologiya bu o‘qityvchi (tarbiyachi) tomonidan o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘qyvchilapga ta’sir ko‘pcatish va bu faoliyat mahcyli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni” (N.Saidaxmedov).
“Pedagogik texnologiya bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqcadga yo‘naltipilgan hamda yshby maqcadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat japayonining mazmynidip” (O‘.Q.Tolipov).
Yuqorida keltirib o‘tilgan fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, pedagogik texnologiyaning ahamiyati avval o‘zlashtipilgan nazapiy bilimlap bilan yangi o‘zlashtipiladigan bilimlap opacida myctahkam bog‘lanishlapning yuzaga kelishi bilan belgilanadi. Mazkur jarayonda quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi:
teng qiymatli (ekvivalent) amaliyot qoidaci: ta’lim olyvchilapning ta’lim japayonidagi xatti-hapakatlapi test o‘tkazish yoki imtihon davpida ta’lim olyvchi tomonidan tashkil etilishi kytiladigan xatti-hapakatlapga to‘la mos keladi;
o‘xshash amaliyot qoidaci: ta’lim olyvchilap codip etilishi kytilayotgan xatti-hapakatlapini tashkil etish majbypiyatiga ega bo‘lmay, balki mohiyatan shynday bo‘lgan shapoitlapda mashq qilish imkoniga ega bo‘ladilap;
natijalapni aniqlash qoidaci: ta’lim olyvchiga yning hap bip xatti-hapakatining mazmynini baholash natijalapi bo‘yicha ma’lymot bepish, mazkyp shaptga akcapiyat hollapda jopiy nazopatni tashkil qilish japayonida pioya etiladi;
pag‘batlantipish qoidaci: talabaning maqbyl xatti-hapakatlapini pag‘batlantipib bopish, pedagogik faoliyat japayonida talaba tomonidan codip etilgan calbiy xatti-hapakatlap ychyn ynga tanbeh bepilmaydi, balki ylapni baptapaf etish ictagini yuzaga keltipyvchi amaliy ko‘pcatma bepiladi. Macalan, “yana bip marta ypinib ko‘p”, “yanada chyqyppoq o‘ylab ko‘p”, “macalani hal etishning yanada oconpoq yo‘li bor, yni topishga ypinib ko‘p” va hakozolap.
Ta’lim amaliyotida “pedagogik texnologiya” tushunchasi uch darajada qo‘llaniladi:
Umumpedagogik (makro) daraja. Mazkur darajaga muvofiq keladigan texnologiyalar yaxlit pedagogik jarayonga tegishli bo‘lib, ta’lim tizimining barcha turlarida qo‘llash imkonini beradi.
Xususiy-metodik (mezo) daraja. Ushbu daraja o‘zida ma’lum bir o‘quv fani, alohida ta’lim oluvchilar guruhi, ma’lum ixtisoslikka mansub pedagoglarga yo‘nalganlikni aks ettiradi.
Lokal daraja (mikro). Mazkur darajaga tegishli texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayonining alohida tarkibiy qismi, alohida shaxs sifatlarini shakllantirish, maxsus o‘quv ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishga xizmat qiladi.
Ta’limni texnologiyalashtirish – bu o‘qitish jarayoniga texnologik yondashish asosida ta’lim maqsadlariga erishishning eng maqbul yo‘llari va samarali vositalarni tadqiq qiluvchi va qonuniyatlarni ochib beruvchi pedagogik yo‘nalishdir. Ta’limga texnologik yondashish – bu ma’lumot va ta’lim mazmunini atroflicha tahlil qilish yo‘li bilan o‘quv-tarbiya jarayonining umumiy, xususiy maqsadlarini tahlil qilish, o‘qituvchi va talaba maqsadlarining uchrashgan nuqtalarida (o‘qitish maqsadi, o‘qish maqsadi) ta’limning didaktik maqsadini belgilash asosida ta’limni loyihalash va amalga oshirish yo‘llari bilan mo‘ljaldagi etalonga erishishdir. Umuman, ta’lim texnologiyasi haqida gap ketganda o‘zaro daxldor quyidagi hodisalarni bir-biridan farqlashga ehtiyoj tug‘iladi: ta’limni didaktik loyihalash; loyihani amalga oshirish; ta’limning joriy va oraliq natijasiga ko‘ra didaktik loyihaga tuzatish va o‘zgartirishlar kiritish; ta’limni takrorlash va yakuniy nazoratdan iborat. Bu hodisalarning birinchi va ikkinchisi an’anaviy ta’lim tajribasida ham uchraydi. Ta’lim texnologiyasining an’anaviy ta’lim tizimidan farqi shundaki, ta’lim natijasi va uning etalon darajasida bo‘lishi doimo o‘qituvchi hamda talabaning diqqat markazida turadi. O‘qituvchi ta’lim natijasini tez-tez tekshirib, talabalarni o‘zlari erishgan yutuqlardan ogoh qilib turadi va talabalar o‘zlari erishgan yutuq va kamchiliklarni anglab, yutuqlarini yanada ko‘paytirishga, kamchiliklarini esa bartaraf etishga harakat qiladi. Talabalar ta’limning zaruriyligini, ular ta’lim jarayonining haqiqiy subyektiga aylangan paytida sezishadi.
So‘nggi vaqtlarda “texnologiya” tushunchasini metodikadan ustun qo‘yishga urinishlar yuzaga kelmoqda. Aslida “metodika” tushunchasi texnologiyadan yuqori turadi. Chunki metodika – bu metatexnologiya. Agar mazkur tushunchani o‘quv jarayoniga tatbiq etadigan bo‘lsak, o‘quv jarayoni, maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakl, metod va vositalarini belgilashga doir umumiy talablar mavjud. Har bir o‘quv mashg‘ulotini amalga oshirish ma’lum belgilangan algoritmik ketma-ketlikka asoslanadi. Metodika ana shu algoritmik ketma-ketlikning umumiy va xususiy qoidalariga asoslanishni talab etadi. O‘qituvchi o‘quv maqsadi bilan bog‘liqlikda mashg‘ulotni o‘tkazish texnologiyasini erkin tanlashi mumkin. Aniqroq aytganda, har bir mashg‘ulotda kutiladigan natijaga mos holda o‘quv bosqichlarini alohida-alohida loyihalash, har bir bosqichda qo‘llaniladigan shakl, metod va vositalarni tanlab olish imkoniyati yuzaga keladi.
Ayrim holatda “metodika” va “texnologiya” tushunchasini farqlashda o‘qituvchi va talaba faoliyatini asos qilib ko‘rsatishga harakat qilinadi. YA’ni metodikada o‘qituvchining dars jarayonidagi faoliyati yoritib berilsa, texnologiyada talabalarning o‘quv harakatlari oydinlashtiriladi, degan mulohaza bayon qilinadi. Biroq bunday yondashuvni ma’qullab bo‘lmaydi. “Metodika” ham, “texnologiya” ham o‘qituvchi-talaba faoliyatini yaxlitlikda tashxis etadi. Texnologiya metodikadan farqli ravishda har bir bosqichda o‘qituvchi-talaba faoliyati mazmunini alohida-alohida oydinlashtiradi. Har bir bosqichda erishilgan natijalarni tashxis etib, o‘z vaqtida korreksiyalash imkonini beradi. Ana shu jihat ta’limga texnologik yondashuvning eng asosiy xarakterli tomonidir.
“Metodika” va “texnologiya” tushunchalarining bahs doirasi bilan ham bog‘liqlikda ayrim farqli jihatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Jumladan, metodik tizim “Qanday o‘qitish?”, “Nima uchun o‘qitish?”, “Nimaga o‘rgatish?” kabi savollarga javob izlaydi, texnologiya esa, “Qanday
tarzda samarali o‘qitishga erishish mumkin?” degan savolni markazga qo‘yadi. Metodika o‘quv jarayoninin qanday tarzda tashkil etish lozimligini nazarda tutsa, texnologiya qay yo‘sinda o‘quv jarayonini eng qulay, maqbul tarzda amalga oshirishga diqqat-e’tiborni qaratadi.
Real ta’lim amaliyotida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan yana bir muhim masala “metod” va “texnologiya” tushunchalarini bir xil mazmunda qo‘llanilayotganidir. Bu borada faqat amaliyotchi-pedagoglarni aybdor deyish ham o‘rinli emas. Sababi pedagogik texnologiyaga doir adabiyotlarda “metod” tushunchasining o‘rniga “texnologiya” so‘zini qo‘yib ishlatilish holati juda ko‘p uchraydi. Metod – maqsadga erishish yo‘li sifatida yaxlit ta’lim jarayonining alohida elementi hisoblanadi. Agar interfaol metodlarni “texnologiya” so‘zi bilan ifoda etayotgan mutaxassislar ularni qo‘llash bosqichma-bosqich amalga oshirilishini nazarda tutib, shunday yondashuvga asoslanayotgan bo‘lsalar bunday nazariy-metodologik asos didaktik nuqtai nazardan mutlaqo xato. CHunki texnologik jarayon ikki – loyihalash va rejalashtirish bosqichlaridan tashkil topadi. Ta’lim loyihasi ma’lumot mazmunini davlat standartlari talablari asosida tahlil etishdan boshlanadi. Tahlil ma’lumot mazmuni elementlari (bilim, ko‘nikma va malakalar, ijodiy faoliyat tajribasi, munosabatlar) dasturlarda qanday berilganligi, darsliklarda qanday aks ettirilganligiga qaratiladi. Keyin ta’lim mazmuni o‘rganiladi, u yoki bu mavzuni o‘rganishdan ko‘zda tutilgan maqsad, ta’limning didaktik maqsadi, o‘qituvchi va talabalar maqsadi, maqsadlarni amalga oshirish va hisobga olish varaqalari, beriladigan uy ishlari miqdori, mavzular bo‘yicha o‘tkaziladigan test savollari, reyting nazorati bosqichlari, etalon darajasida o‘zlashtirish shakl, metod va vositalari oldindan belgilab qo‘yiladi. Bu ishlarning barchasi ta’lim modelini yaratishga olib keladi. Rejalashtirish mashg‘ulot bosqichlarini loyihalash, har bir bosqichda professor-o‘qituvchi va talabalar faoliyatini oydinlashtirish, qadamlar ketma-ketligini aniqlashtirishni talab etadi. Natijada mashg‘ulotning texnologik xaritasi yaratiladi.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytganda, ta’lim texnologiyasi o‘qitish metodikasi asosida qurilib, uning qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalariga asoslangan holda, kutiladigan natijalarga asoslangan holda o‘qitish jarayonining har bir bosqichini alohida-alohida loyihalash, loyihaga muvofiq o‘qituvchi va talaba faoliyatini aniq belgilangan ketma-ketlikda amalga oshirishning samarali texnikasidir.
Ta’limning madaniy-insonparvarlik vazifasida ikki xil – madaniy va insonparvarlik yondashuv mujassamlashgan. Bunday ta’limning mohiyati va mazmunini aniqlash vazifasi eng avvalo, “madaniyat”, “madaniy”, “insonparvarlashtirish” tushunchalarining mazmun-mohiyatini chuqur anglab olishni taqozo etadi.
Madaniyat – kishilarning tabiatni, borliqni o‘zlashtirish va o‘zgartirish jarayonida yaratgan moddiy, ma’naviy boyliklar hamda bu boyliklarni qayta tiklash va bunyod etish yo‘llari va uslublari majmui.
Madaniyat – bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar majmuigina bo‘lib qolmay, ayni paytda u jamiyat taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi, ya’ni jamiyatdagi bilim, mezon va qadriyatlarning yig‘indisi madaniyatda gavdalanadi.
“Madaniyat” atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarida rang-barang ma’nolarda ifodalangan. “Madaniyat” va “Kultur” atamalari mutaxassislar fikriga ko‘ra ayni ma’noni anglatib, lotincha “ishlov berish”, “parvarish qilish” ma’nosini anglatgan. Keyinchalik “ma’rifatli bo‘lish”, “tarbiyali”, “bilimli bo‘lish” mazmunida ishlatilgan. O‘zbek tilida keng ishlatiladigan “madaniyat” atamasi arabcha “madaniy – shaharlik” degan ma’noni bildiradi. Agar amerikalik madaniyatshunos olimlar A.Kreber va K.Klaskonlarning 1952 yildagi ma’lumotlariga ko‘ra, madaniyat hodisasiga berilgan ta’rif 164ta bo‘lsa, so‘nggi adabiyotlarda bu raqam 400dan ortiqni tashkil etadi.
G‘.G‘ofurov, N.Hakimov va B.Alievlar o‘zlarining “Madaniyat va jamiyat” kitobida madaniyat tushunchasining quyidagi o‘ziga xosliklarini ta’kidlab o‘tishadi: “Madaniyat tushunchasida moddiy va ma’naviy boyliklar hamda inson ruhiy olami ifodalanadi. SHu bois madaniyat tarkibida uch asosiy qatlam mavjud: 1) insoniyatning muntazam aqliy va jismoniy faol ijodiy faoliyati; 2) moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqish, iste’mol qilish (foydalanish) va asrash; 3) qadriyatlar, axloqiy tushunchalar, huquqiy a’mollarning hayotga tatbiq etuvchi ijtimoiy tuzilmalar. Madaniyat – faol ijodiy faoliyatdir. Inson faol ijodkorlik orqali rivojlanadi va taraqqiyotga erishadi. Ijodkorlik – inson ma’naviy-ruhiy faoliyatining chegaralarini kengaytiradi. Inson ijodiy ko‘nikmalar, aqliy va jismoniy mehnat orqaligina ijodkorlik maqomiga ega bo‘ladi”.
Pedagog olima Oynisa Musurmonovaning ta’kidlashicha esa, “Madaniyat jamiyat taraqqiyoti darajasini xarakterlovchi, ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida mujassam bo‘ladigan tizim bo‘lib, shaxsning ijtimoiy va ma’naviy mazmunini tashkil etadi. Bundan madaniyat shaxs va va uning faoliyati o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirga doir qonuniyatlar, shu jumladan shaxs va jamiyatning borliqqa bo‘lgan madaniy munosabatlarining paydo bo‘lishi, rivojlanishi, shaxsning talabi, qiziqishi, xohishiga mos ravishda uning madaniy faoliyatini tashkil qilish yo‘llari, ma’naviy madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlari tizimi, shaxsning ma’naviy rivojlanishi va ma’naviy madaniyatini shakllantirish qonuniyatlari majmuidan iborat”.
Yuqoridagi ta’riflardan ma’lum bo‘ladiki, “Madaniyat moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy va o‘zaro munosabatlar, siyosat, oila, axloq, xulq, huquq, ta’lim, tarbiya, ijod, ilm-fan, xizmat ko‘rsatish, turmush tarzi kabilar bilan birga rivojlanadi, jamiyatning taraqqiyot darajasini aks ettiradi.
Jamiyatdan tashqarida madaniyat yo‘q. Ijtimoiy munosabatlardagi har qanday o‘zgarish madaniyatga ta’sir etadi va u bu munosabatlarning qanday natijalarga olib kelishidan xabar beradi. SHu boisdan madaniyat nafaqat o‘tmishga yoki bugunga, shu bilan birga, kelajakka munosabatdir.
Madaniyat inson faoliyatining ham mahsuli, ham sifat ko‘rsatkichidir. SHu bilan birga, insonning o‘zi ham, pirovard natijada madaniyat mahsulidir. Hatto aytish mumkinki, madaniy muhit qanday bo‘lsa, inson ham shunday shakllanadi”.
E.V.Bondarevskaya ta’lim va tarbiyaga madaniy-insonparvarlik yondashuvni ikki tomonlama tavsif etadi.
Birinchi holatda quyidagi madaniy-insonparvarlik yondashuv faoliyat turlari va aniq maqsadli axloqiy-psixologik daraja sifatida tavsiflanadi:
- hayotiy ijodkorlik – tarbiyalanuvchining shaxsiy hayoti, ta’lim texnologiyalarining mavjud muammolarini hal etish, o‘z hayotini o‘zgartirish, hayotiy muhitni yaratishdagi ishtiroki;
- ijtimoiylashuv – tarbiyalanuvchini jamiyat hayotiga etaklash, uning ulg‘ayishi, hayotiy faoliyatning turli usullarini o‘zlashtirishi, uning ma’naviy va amaliy ehtiyojlarining rivojlanishi, hayotiy o‘z o‘rnini belgilab olishning amalga oshirilishi;
- madaniy aynanlashtirish – shaxsning madaniy qobiliyat va xususiyatlarining talab qilinganligi, bolada biror bir madaniyatga mansublik hissini qaror toptirish va madaniyatga xos xususiyatlarini egallashda yordam ko‘rsatish;
- shaxsning ruhiy-ma’naviy rivojlanishi – axloqning umuminsoniy me’yorlarini egallash, xulq-atvorning axloqiy boshqaruvchilari (vijdon, to‘g‘rilik, shaxsiy qadr-qimmat, burch va boshqalar)ning ichki tizimini shakllantirish, yaxshilik va yomonlikni farqlay olish, o‘zining xulq-atvori va xatti-harakatlardagi insonparvarlik mezonlarini o‘zgartirish;
- individuallashtirish – individuallikni qo‘llab-quvvatlash, shaxsning o‘ziga xosligi, uning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, tarbiyalanuvchidagi shaxsiy qiyofani shakllantirish.
Hayotiy ijodkorlik – shaxsiy, chuqur individual (o‘ziga xos) hayotiy faoliyatni xilma-xil, takrorlanmas tarzda tashkil etish va amalga oshirish jarayoni. Hayotiy faoliyat texnologiyalarini egallaydigan tarbiyalanuvchi o‘zining shaxsiy hayotini umuminsoniy qadriyatlar asosida yaratadi, qo‘yilgan maqsadga xilma-xil yondashuv, bashoratlash, modellashtirish, o‘z-o‘zini namoyon etish, o‘z-o‘zini baholash, tuzatish va boshqalarni amalga oshirish, shuningdek, insonning madaniyatdagi mavjudlik usuli sifatida yuzaga chiqadigan insonning madaniyat dunyosiga etaklash, hayotiy faoliyatning madaniyat bilan uyg‘un shakllarini egallash hayotiy ijodkorlikning dastlabki sharti hisoblanadi.
Ikkinchi holatda pedagogik jarayonning mazmunini shaxsning bahosi va maqsadi, ko‘nikma va qobiliyatlari, ijtimoiy malakalari va ijtimoiy xulq-atvori bilan bog‘liq subyektiv tajribasi sifatida tahlil etiladi. Muallif konsepsiyasida madaniyat kishisi sifatida shaxsning shakllanishiga ta’sir etadigan shaxsiy tajribaning quyidagi tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatadi:
a) insonning dunyoga, odamlarga, o‘z-o‘ziga munosabatida shaxsiy fikr shakllanadigan va ongda «yozib qo‘yiladigan» universal umuminsoniy qadriyatlarni jamlovchi aksiologik (qadriyatli-mazmunli) tarkibiy qism;
b) madaniyatga oid – shaxs hayotiy faoliyati (akademik, sog‘lomlashtiruvchi, oilaviy, bo‘sh vaqtga doir va boshqalar) keskin o‘zgarish hosil qiluvchi turli «madaniy topshiriq» va madaniy muhit; umummadaniy qobiliyat, shaxs ma’naviy hayoti mazmunida aks etuvchi madaniy ijod namunalari; oila qadriyati va an’analari, milliy madaniyat hamda ularni asrash, qayta tiklash, qayta yaratish faoliyati va boshqa shu kabilarga oid tarkibiy qism;
v) hayotiy ijodiylik (voqeiy) – hayotiy hodisalar, ularni tashkil etish va yashash usullari (masalan, jamoaviy ijodiy ish), hayot texnologiyasi, o‘z hayotini o‘zgartirish usullari, hayotiy muhitni o‘zgartirish va boshqa shu kabilarga oid tarkibiy qism;
g) ma’naviy-axloqiy – insoniy, axloqiy xulq-atvorning emotsional ta’minlangan vaziyatlari uchun qayg‘urish va yashash tajribalarini egallash; talabalarning mehr-shafqat tadbirlarida ishtirok etishi, yaqin va uzoqlari haqida qayg‘urishning namoyon bo‘lishi, sabr-bardoshlilik, boshqa odamlarga hurmat ko‘rsatish; vijdon hissi, or-nomus, shaxsiy qadr-qimmat uchun qayg‘urish va boshqa shu kabilarga doir tarkibiy qism;
d) fuqarolik – ijtimoiy foydali ishlarda ishtirok etish, fuqarolik hissining namoyon bo‘lishi, inson huquqini himoya qilish, fuqarolik xulq-atvorini rivojlantirish tajribasiga oid tarkibiy qism;
e) shaxsiy – talabalar hayotiy faoliyatini haqiqiy javobgarlik, erkin tanlov, qarorlar qabul qilish, o‘z xatti-harakati, xulq-atvorini ongli amalga oshirish vaziyatlari, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini tarbiyalash usullari, o‘z xulq-atvorini loyihalash, shaxsiy rivojlanish va boshqalar bilan to‘ldirilganligini ifoda etuvchi tarkibiy qism.
Umuman olganda zamonaviy pedagogik tadqiqotlar, bizning nuqtai nazarimizdan tadqiqot ob’etikga ikki metodologik strategiya pozitsiyasidan loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi: texnologik (me’yoriy- didak-tik, tizimli-faoliyatli, dasturlashtirilgan-loyihaviy, sifat, informatsion va boshqalar: pedagogik jarayonning sifat va samaradorligi, pedagogik jarayonning sifatini boshqarish, pedagogik tizim rivojlanishini boshqarish, pedagogik jarayonni loyihalashtirish va prognozlash; optimal axborot-ta’lim muhitini loyihalashtirish) va gumanitar (madaniyatshunoslik, aksiologik, kontekstli, germenevtik) yondashuvlar.
Ilmiy faoliyat turlarining xususiyatlari va fanlararo (aniq, texnik, tabiiy, ijtimoiy-gumanitar) farqlar natijasi sifatida fanlar, uslublar, tadqiqotlar paradigmasi (ilm-fandagi erishilayotgan yutuqlar yig‘indisi)ning o‘ziga xosliklari bilan tushuntirilgan.
L.A.Mikeshinaning ta’kidlashicha, ijtimoiy-gumanitar bilimning xususiyatlarini aniqlash muammosi zamonaviy metodologik va falsafiy fanlarda katta ahamiyat kasb etib bormoqda, bu omil ayniqsa, insoniyat bilimlarini kengaytirish bobidagi yangi uslublarni izlashda muhim sanaladi, shuningdek, ilmiy faoliyatga “inson omili” degan atamaning kirib kelishiga sabab bo‘lmoqda. Umuman olganda, zamonaviy ilm-fan uchun insonparvarlashtirish va aksiologizatsiyalash kabi yangi yo‘nalishlar xosdir.
Zamonaviy sharoitda ijtimoiy-gumanitar fanlarning maxsus xususiyatlari (refleksiv, prognostiv, retrospektiv, aksiologi) va uslubiy me’yorlari (tarixiy metod) aniq va texnik ilmiy fanlar uchun namuna bo‘lyapti hamda umumiy aniq fanlar metodologiyasigiga sezilarli ta’sir ko‘rsatyapti, ijtimoiy-gumanitar fanlar, fanlararo ilmiy tadqiqotlarning mohiyati va hissasi esa doimo ortib bormoqda.
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning obyektlari inson va jamiyat bilan bog‘liq ma’naviy va madaniy xodisalar hisoblanadi.
E.G.Yudinning fikricha, ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘ziga xos xususiyati “tadqiqotchining ongu-shuuri, tafakkurining ijtimoiy borliqdagi bevosita ishtiroki” bilan belgilanadi. A.A.Ivinning fikricha: “Shu narsa tobora aniq bo‘lyaptiki, eski tushunchalarga qaramay, bilim haqiqatga teng emas va o‘z ichiga ma’lum bir qiymatni oladi. Bilish – hozir mavjud bo‘lgan voqea-hodisa haqidagina emas, balki kelgusida nima bo‘lishi kerakligi haqida ham, tasavvurga ega bo‘lmoqlik... Ilmiy bilish alohida faoliyat turi sifatida butun qiymatga ega va buningsiz mavjud bo‘la olmaydi”.
L.A.Mikeshina shunday deb ta’kidlaydi: “Ijtimoiy-gumanitar fanlarda subyektning maqsadi – haqiqiy obyektiv bilimga ega bo‘lish, uning yordamida nafaqat tushuntira olish, balki u yoki bu ijtimoiy tuzilmalar va munosabatlarni o‘zgartirish ham tushuniladi”. A.A.Ivinning fikricha: “Ijtimoiy-gumanitar fanlardan nafaqat mavjud bo‘lgan narsalarni tasvirlash, balki sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisalar, ijtimoiy hayot va faoliyatni tushuntirib, isbotlab berishning o‘ziga xos taklif va tavsiyalarni kutish mumkin. Agar ijtimoiy-gumanitar fanlar baholashdan chekinib, faqat bayon etib beruvchiga aylansa, u tadqiq qilayotgan inson va insoniyatga nima naf keltira oladi?”.
Ijtimoiy-gumanitar ilmiy bilishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, (V.M.Rozin, V.S.Shvirev), ilmiy tadqiqot jarayonida nafaqat ijtimoiy obyektlarning nazariy modellari, balki ilmiy samaradorlikka ega ijtimoiy loyihalash ham amalga oshiriladi, ya’ni, “biz inson o‘lchamiga mos mavjudlikni narsa-buyumlarning joylashuvi haqida shunchaki bilimga ega bo‘lib qolmasdan, balki inson haqidagi tasavvurlarimiz qiymati (aslida u qanday bo‘lishi kerak) bilan birga loyihalashtiramiz”. Lekin ishlab chiqilgan ijtimoiy-gumanitar loyihalar ijtimoiy samaradorlik nuqtai nazaridan alohida nazoratga olinishi kerak. V.S.Stepinning ta’kidlashicha: “Inson idroki o‘lchamiga mos obyektlarni o‘rganishda haqiqatni izlash xuddi shu obyektni o‘zgartirish sari yo‘naltirilgan mavjud yo‘nalishlar va maqsadlarni aniqlash bilan bog‘liq. Bu esa bevosita insonparvarlik qadriyatini inobatga oladi. SHunday ekan, bunday tizimlar ustidan tadqiqot olib borib bo‘lmaydi. Ularni o‘rganish jarayonida va amaliy qo‘llashda ba’zi bir o‘zaro ta’sir strategiyalarga bo‘lgan ta’qiqlarni bilish muhim. V.V.Krayevskiyning fikricha: “Pedagogik tadqiqot natijalari va tabiati asosan qimmatli amaliy bilim ko‘rsatmalarining ta’siri bilan aniqlanadi. Pedagogikada ish bizning aralashuvimizsiz pedagogik jarayon o‘z holicha davom etishini bashorat qilish bilan cheklanib qolmaydi. Obyektning o‘z holicha harakatini qamrab olib, bu asosda o‘rganayotgan pedagogik tizimimiz o‘zini qanday tutishi haqida bashorat qilishning o‘zi etmaydi. Ushbu tizimni yaxshilash yo‘llarini ham ko‘rsatib berish lozim. Masala yaxlit tarzda qo‘yiladi: nafaqat o‘rganish, balki loyihalash shart. Ilmiy-nazariy vazifani bajarayotgan tadqiqotchi pedagogik faoliyatni borligicha aks ettiradi. Loyihalash-texnik vazifasini amalga oshirayotgan tadqiqotchi pedagogik faoliyatni qanday bo‘lsa shundayligicha aks ettiradi”. Shu tariqa, tadqiqotchi-pedagogning vazifasi nafaqat pedagogik hodisalarni (“nima borligini”) tushuntirishdan, balki uni o‘zgartirish, shaxsiy fikrlari, tafakkuri yordamida takomillashtirishdan iborat.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar (pedagogika, psixologiya, boshqaruv, sotsiologiya va boshqalar) “maqsadga muvofiqlik” (I.V.Blauberg, E.G.Yudin), “ehtimollik”, “erkinlik darajasi” kabi tabiatga ega turli darajadagi ijtimoiy tizimlar (ta’lim), madaniy hodisalarni o‘rganadi. Ushbu tizimlarning amal qilishi va rivojlanishi determinizmning qat’iy jadvaliga to‘g‘ri kelmaydi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar “yagona”, “noyob”, “o‘ziga xos”, “individual” kabilarga diqqatni qaratishi kerak.
Loyihalashtirish, modellashtirish, prognozlash uslublari ijtimoiy tadqiqotlarda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ijtimoiy tadqiqotlar obyektlariga texnik loyihalash va foydalanish nuqtai nazaridan qarab bo‘lmaydi, masalan, “insonni” ilmiy bilimlar asosida yoki “ijtimoiy guruh”ni keltirib o‘tilgan xususiyatlar bilan yaratib bo‘lmaydi. Ma’lum darajada bunday vazifani tashkil etish ishlab chiqarish munosabatlaridagi “mutaxassis”ga ko‘proq tegishli bo‘ladi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar vakillarini ilmiy bilimlarning boshqa jihatlari qiziqtiradi, “ya’ni boshqa shaxsni (olim, rassom, siyosatchi shaxsiyati) tushunish imkoniyatini beradigan, belgilangan madaniy yoki ma’naviy hodisani tushuntirish (uni takomillashtirish yoki qayta tashkil etishga yo‘l qo‘ymasdan), madaniy jarayon yoki faoliyatning ma’lum bir sohasiga yangi mazmun olib kirish (yangi madaniy jarayonni tashkil etish yoki mavjud jarayonga ta’sir ko‘rsatish)”.
Psixologik-pedagogik tadqiqotlarda hali hanuz ssientistik ko‘rsatmalar namoyon bo‘ladi: aniq fanlar paradigmasi, tadqiqotlar uslubi va usullari mukammal darajada deb hisoblanadi. Psixologik-pedagogik tadqiqotlarda ssientizm insonga obyektiv yondashuvda o‘z ifodasini topadi. «Psixologiyada ko‘pgina zamonaviy yo‘nalishlar ssientizm nuqtai nazaridan kelib chiqadi. Jarayonda aniq fanlar tadqiqotchisi faoldir: u maqsad, tajriba jarayonlarini aniqlaydi, sharoitlarni belgilaydi, tadqiqot markazidagi obyekt tabiati me’yorini o‘rnatadi. Inson bunday tadqiqotda passiv bo‘lib, ko‘rsatmalarga aniq rioya qilishi, berilgan savollarga javob berishi, ruhiy holat va jarayonlar haqida ma’lumot taqdim qilishi kerak. U tadqiqotchidan mustaqil ravishda mavjuddir, tadqiqotchi esa tashqi tomonlama o‘rganib, obyektiv bilimlarni shakllantiradi. Aynan shuning uchun obyektiv aniq fanlar pozitsiyasi nuqti nazaridan yondashuv inson shaxsiyatini to‘liq o‘rgana olmaydi, uning ma’naviyatini anglay olmaydi. Ijtimoiy bilish individuallikka asoslangan, inson ma’naviyati olami, uning hayot mazmuni haqidagi shaxsiy dunyoqarashiga qaratilgandir”.
Subyektiv yondashuv mazmunida ijtimoiy tadqiqot “ikki mustaqil subyekt dialogi” sifatida qaraladi. (V.I.Slobodchikov). Ijtimoiy-gumanitar bilish metodologiyasi xususiyatlarini ochar ekan, M.M.Baxtin shunday yozgan edi: “Aniq fanlar – bu bilimning monologik shakli: zakovat narsani ko‘rib chiqadi va u haqda fikr yuritadi. Bu erda faqat bitta subyekt bor – tadqiq qiluvchi va uni bayon etib beruvchi. Unga faqat jonsiz narsa qarshi tura oladi. Bilishning har qanday obyekti (shu jumladan inson) narsa kabi aniqlanishi va qabul qilinishi mumkin. Ammo aslida subyekt bu erda narsa kabi qabul qilinishi va o‘rganilishi mumkin emas, zero, subyekt sifatida u aks ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin emas, bilish jarayoni ijtimoiy-gumanitar fanlarda faqat dialogik ko‘rinishda bo‘lishi kerak”. Ijtimoiy tadqiqot obyekti subyekt munosabatida “hayotiy”, “faol” hisoblanadi. V.I.Slobodchikov, V.I.Isaevlarning ta’kidlashicha: “Tadqiqotchi va tadqiq qilinuvchi ikkisining muloqotida o‘zgarish, muloqot subyektlarining rivojlanishi ro‘y beradi. Ushbu o‘ziga xoslik tufayli ijtimoiy-gumanitar bilimlar aniq bilimlardan ajraladi, bunda tadqiqot obyekti tadqiqotning barcha jarayonlarida o‘z borlig‘ini saqlab qoladi. SHu jihat bilan ijtimoiy sohani o‘rganish miqdoriy usullarni qo‘llashdagi cheklanganlik bilan bog‘liqdir”. Obyektlari madaniy hodisalar hisoblangan ijtimoiy ilmiy bilish sohalari uchun bevosita yoki bilvosita o‘zaro ta’sir qilish, tadqiqot subyekti va obyekti munosabati xosdir: ijtimoiy tadqiqot obyekti sifatida madaniy hodisa tadqiqotchi dunyoqarashi, bilimiga ta’sir ko‘rsatadi. Boshqa tomondan, tadqiqotchi nafaqat madaniy hodisani tushuntiradi, balki baholaydi, shaxsiy munosabatini bildiradi, fikrini aytadi, ideallari bilan solishtiradi.
L.A.Mikeshinaning fikricha, nazariyada ilmiy bilishga oid faoliyat tushunchasi real borliqning aniq obyektiv ko‘zgudagi aksi tomon yo‘nalgandek (metafora “tadqiqotchi – bu ko‘zgu kabidir”). Lekin “bilish doimo farazlarni ilgari surish “rejimida” yuradi, bu esa ijodiy, ichki sezgilarni ishga solishga, taxminlarni tekshirish va tushuntirib berishga, ideal modellarni yaratishga va boshqa mavhumroq tushunchalarni hosil qilishga imkoniyat yaratadi. SHuning uchun fan real tadqiqot jarayonida subyektni inkor etmaydi, lekin unga ijtimoiy izlanish uchun maksimal imkoniyatlar yaratadi, hatto xayoliy tajriba, modellashtirish, abstraksiya va ideallashtirishda virtual olamga chiqishga “ruxsat” beradi”. SHu munosabat bilan ijtimoiy-gumanitar ilmiy bilish subyekti (germenevtika pozitsiyasiga ko‘ra) – bu ilmiy va madaniy “matnlarni” tushunib, anglab, tushuntirib beradigan, yangi madaniy ma’nolarni taqdim etuvchi, madaniy jarayonlarni tashkil etuvchi subyektdir.
N.Sayidahmedov pedagogikaning rivojlanish yo‘nalishlari mohiyati xususida so‘z yuritib, pedagogikaning metodologik muammolari falsafiy hamda ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinishi, chunonchi, ba’zi mualliflar metodologiyani metodlar to‘g‘risidagi ta’limot, ikkinchi guruh vakillari uni barcha falsafiy mezonlarning tatbiqi, uchinchi guruh mualliflar esa metodologiyani nafaqat umumiy, balki xususiy (maxsus) tadqiqot metodlarini ham keltirib chiqarish imkoniga ega deb hisoblashlariga urg‘u berib o‘tadi.
Quyida pedagogika fani taraqqiyotida shakllangan hamda “metodologiya” tushunchasining mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi qarashlarning ayrimlari xususida to‘xtalib o‘tiladi.
Metodologiyani umumilmiy asos sifatida tadqiq etuvchi olimlar (M.S.Burgin, B.S.Gershunskiy, M.I.Rojkov, S.S.Rozova, N.Sayidahmedov va boshqalar) bilish metodologiyasini ilmiy-bilish faoliyati va uning natijasi bo‘lgan bilimlar ularni aniqlovchi mezonlari, bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat shakli va usullari to‘g‘risidagi, shuningdek, amaliy faoliyat metodologiyasini muayyan faoliyat tuzilmasi, uni tashkillashtirish mantiqi, metod hamda vositalari to‘g‘risidagi ta’limot sifatida guruhlash lozimligini ta’kidlab o‘tadilar. M.I.Rojkov ushbu yondashuv mohiyatini mantiqan rivojlantirib fanlar tizimida nisbiy jihatdan farqlanuvchi hamda bilish va amaliy-tatbiqiy deb nomlanuvchi ikki xususan kichik tizimni shakllantirish lozimligini ta’kidlaydi. Muallifning fikricha, dastlab natija sifatida ilmiy nazariyalar ko‘rinishdagi bilimlar yuzaga keladi. Ularni o‘zlashtirish uchun ilmiy bilish metodlari qo‘llaniladi. Navbatdagi bosqichda amaliy-tatbiqiy bilimlarning qo‘llanilishi amaliyot metodlaridan foydalanishni ifodalaydi. Bunday bilimlarning hosil bo‘lish jarayonini amaliy tadqiqotlar deb atash mumkin. Amaliy metodlarning rivojlanishi va amaliyotda qo‘llanishi metodologiyada o‘z aksini topadi. Bu kabi g‘oyalar metodologiyani «borliqni bilish va o‘zgartirish to‘g‘risidagi ta’limot» sifatida qabul qiluvchi qarashlar bilan mos keladi va ularni umumilmiy darajada aniqlashtirish ifodasi hisoblanadi. Bunday aniqlashtirish amalda alohida olingan har qanday fan, jumladan, pedagogika fani misolida davom ettirilishi mumkin. Biroq, ayni vaqtda metodologiyaning bu tahlitdagi talqini pedagogika fani tomonidan ommaviy holda e’tirof etilmagan.
Chunonchi, B.S.Gershunskiy, N.D.Nikandrovlar pedagogika metodologiyasining amaliy yo‘naltirishga ega bo‘lishi mumkinligini qayd etgan holda, istisno tariqasida quyidagi fikrni ilgari suradilar: “Albatta, ushbu vaziyatni buzib ko‘rsatish mumkin emas. Jumladan, muayyan aniq amallarni bajarish usullarini ko‘rsatuvchi har qanday amaliy tavsiyani metodologiyaning xususiy ko‘rinishi sifatida qabul qilish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Metodologiyani haddan tashqari mavhumlashtirib ko‘rsatish, har qanday umumlashma, amaliyotdan ajralgan har qanday nazariy xulosa, ayrim holatlarda esa muallif tomonidan ilgari surilayogan g‘oyalarning muhimligini asoslovchi fikrning metodik tushuncha sifatida e’tirof etilishi, uni buzib ko‘rsatilishiga yaqqol misoldir”. Pedagogik atamalarning noto‘g‘ri sharhlanishi holati tobora ko‘proq ko‘zga tashlanayotgan bir vaqtda ushbu mulohazaga qo‘shilmaslik mumkin emas.
M.S.Burginning fikriga ko‘ra, pedagogika metodologiyasining amaliy ahamiyati ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishida emas, balki pedagogika tomonidan uning muayyan fan sohasi – pedagogik amaliyot o‘rtasidagi aloqalarini o‘rganishda deya hisoblaydi: “Metodologiya ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish bilan shug‘ullanishi shart emas, biroq uning vazifalari sirasiga ushbu jarayonni tashkil etish yo‘llari, umumiy yondashuvlar hamda amalga oshirish mezonlarini aniqlash kabilar kiradi”. Faylasuf olim bo‘lganligi va metodologiya to‘g‘risidagi umumilmiy tasavvurlar asosida ish ko‘rganligi sababli M.S.Burgin qonuniy ravishda metodologiyaning amaliyot bilan bog‘liqligini quyidagicha ifoda etadi: “U amaliyot bilan bilvosita bog‘langanmi yoki pedagogik nazariya vositasidami? Mazkur sohalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar mavjudmi?” Ayni o‘rinda shunday xulosa ham ilgari suriladi: “Pedagogik amaliyot metodologiyasi deb ataluvchi fan sohasini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘ladi”. Uning fikriga ko‘ra, ushbu fan sohasining tadqiqot obyekti bo‘lib, tarbiyachi, o‘qituvchi hamda o‘quvchilarning faoliyati, shuningdek, o‘quv-tarbiyaviy jarayon va tizimlar xizmat qilmog‘i lozim.
Metodologiyaning pedagogika fani rivojidagi o‘rnini V.I.Juravlev tomonidan ham tadqiq qilingan bo‘lib, ushbu tadqiqotda asosiy e’tibor uning amaliy vazifalariga qaratiladi. Muallif bu boradagi vazifalarni aniq faoliyat sohalarining ilmiy asoslangan texnologiyasini ishlab chiqish boshqaruviga oid tavsiyalarda ko‘radi. Muallifning fikricha, fan va amaliyot metodologiyasining shakllanishi hamda rivojlanishida ikki yo‘nalish ko‘zga tashlanadi. “Ulardan biri – metodologiyaning ilmiy va amaliy faoliyatning turli sohalariga yanada chuqurroq kirib borish, uning bilish hamda faoliyatni o‘zgartiruvchi omil sifatida keng tan olinishi: ikkinchisi – yanada mukammal hamda samarador bilish va ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlovchi metodologik amallarning o‘sib borishi, rivojlanishi va kengayishi”.
Mazkur qarashning o‘ziga xos jihati shundaki unda metodologiya “bilimlar yoki bilish to‘g‘risidagi bilimlar” emas, balki “ma’lum sohadagi faoliyatni amalga oshirish, uning metod hamda vositalari to‘g‘risidagi ilmiy bilimlar (nazariy tizim)” sifatida qaraladi. Aynan mana shu qarash ko‘plab umummetodologik hamda fanshunoslikka oid tadqiqotlarda rivojlantirilgan M.S.Burgin, A.P.Zinchenko, S.S.Rozova va boshqalar).
Bizning fikrimizcha, ushbu qarash haqiqatga yaqinroq va metodologiyaning turli sohalari – fan hamda amaliyotni bir-biridan tabiiy yo‘l bilan ajratish imkonini beradi.
Shunday qilib, asosiy mezonlar tadqiqot predmetiga tatbiqan singdirishishi lozim bo‘lgan nazariy asoslar pedagogik amaliyot metodologiyasini rivojlantirishga xizmat qilishi mumkin.
Mezon – muayyan bir nazariya, ta’limot, fan, dunyoqarash yoki nazariy dasturning asosi; insonning e’tiqodi, voqelikka bo‘lgan munosabati va xulq-atvor me’yorlarini belgilab beradi. Falsafada mezon – boshlang‘ich nuqta, boshqaruvchi g‘oya, xulq-atvor, o‘zini tutishning asosi sifatida qaraladi. Mantiqiy ma’noda mezon markaziy tushuncha bo‘lib, abstraksiya sifatida olingan hodisaning barcha sohalariga tatbiq qilinuvchi, umumlashtiruvchi va tarqatuvchi tizimning asosidir.
N.M.Boritko pedagogik kategoriya sifatida mezonning quyidagi xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tadi: boshqaruvchi talablar; tarbiyaviy jarayonning qonuniyatlari hamda ziddiyatlari; e’tiqod sifatida namoyon bo‘luvchi ichki boshqaruvchi g‘oya; ma’lum doiradagi hodisa va jarayonlarga nisbatan tatbiq etilish; mezonlar guruhida o‘zaro ta’sirlashish va bir-birini to‘ldirish. SHunday qilib, pedagogik mezonlar – “pedagog borlig‘ining dominanti, pedagogik ta’sir mavjudligini ta’minlovchi faoliyatning mazmuni va mohiyatini belgilab beruvchi qoidasidir”.
Olib borilgan tadqiqotlar g‘oyalariga tayanib, o‘qituvchining kasbiy shakllanish yo‘li va yo‘nalishini belgilab beruvchi metodologik g‘oya va qarashlarni ajratib olishga imkon beruvchi mezonlarini belgilab olish maqsadga muvofiq deb topildi. Bu o‘rinda N.S.Pryajnikov o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lgan mezonlar tizimida metodologik, tashkiliy-boshqaruvchilik, aniq amaliy va etik xususiyatlarga ega g‘oya va qarashlarni belgilab olish g‘oyasini ilgari suradi.
Metodologik g‘oya va qarashlarni aniqlovchi mezonlar quyidagilardan iboratdir:
Tarixiylik – predmetni uning rivojlanib borish jarayonida o‘rganish. Mazkur mezon so‘z yuritilayotgan tadqiqot asosida yotuvchi dialektik metodning muhim talabi hisoblanadi. V.I.Juravlyov ta’kidlaganidek “Har qanday ijtimoiy fan obyektni yaxlit va majmuaviy tarzda o‘rganishni tarixiy mezoni asosida qaraydi. SHunga ko‘ra, tadqiqotchi obyektning mavjud holati hamda istiqboldagi rolini baholaydi”.
Mantiqiylik – o‘rganilayotgan obyektni alohida, uni o‘rab turgan muhitdan ajratib olingan holda emas, balki aynan (mazkur tadqiqot obyekti misolida bo‘lgani kabi) yaxlit tizim sifatida qarashni ko‘zda tutadi. Aks holda, ushbu obyektni o‘rganish natijalari tadqiqot mahsuli emas, balki faqat ma’lum natijalarni qayd etishdan iborat bo‘lib qoladi.
Dialektik mezon – shaxsning ijtimoiy munosabatlarning faol subyekti ekanligi to‘g‘risidagi etakchi falsafiy g‘oyalar yangicha talqin qilish natijasida tadqiqotlar mazmuni ham vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boradi. Bu ma’noda dialektik mezon tarbiyaning etakchi mezoni sifatida o‘z davrining ustuvor ijtimoiy-madaniy g‘oyalariga yo‘naltiriladi. Foyalar maqsad, mazmun, metod va tarbiya natijalariga aylana borib, pedagogik jarayonning metodologik asosini belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: |