O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi toshkent – 2018



Yüklə 456,18 Kb.
səhifə7/73
tarix26.10.2023
ölçüsü456,18 Kb.
#161508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73
Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi-fayllar.org

M. Kodjaspirov bo‘yicha:
Ijtimoiy shart-sharoitlar bilan shartlanganlik qonuniyati: ta’lim va tarbiyaning ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlarga bog‘liqligi.
Inson tabiati bilan bog‘langanlik qonuniyati: shaxsni shakllantirishda muloqot va faoliyatning hal qiluvchilik roli; ta’lim va tarbiyaning ta’lim oluvchilarning yosh va individual o‘ziga xosliklariga bog‘liqligi.
Tarbiviy jarayon mohiyatining shartlanganlik qonuniyati: tarbiya, o‘qitish, ma’lumot va shaxs rivoji jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi; o‘quv-tarbiyaviy jarayonda shaxs va ijtimoiy guruhlarning o‘zaro aloqasi.
M.Kodjaspirovning mazkur tasnifi Yu.K.Babanskiyning tasnfiga juda yaqin. Yaxlit pedagogik jarayonning qonuniyatlari, aynan akademik Yu.K.Babanskiy tomonidan sodda va tushunarli ochib berilgan:
Ta’lim va tarbiya jamiyatning ehtiyojlari va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlariga bog‘liq holda amalga oshadi.
Tarbiya, o‘qitish, ma’lumot va rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi qonuniyati.
Tarbiya va o‘zini-o‘zi tarbiyalashning birligi qonuniyati.
Ta’lim va tarbiya jarayonida muloqotning hal qiluvchilik roli qonuniyati.
Pedagogik jarayonda ta’lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish.
Pedagogik jarayonda jamoa va shaxsning o‘zaro aloqadorlik qonuniyati.
Pedagogik jarayon vazifalari, shakllari, metodlarining o‘zaro aloqadorlik qonuniyati.


Pedagogika fani metodologiyasi. Pedagogika fani rivojining hozirgi bosqichida alohida dolzarb metodologik masalalarni hal etish bilan chegaralanmasdan xususiy bilimlar tizimi sifatida pedagogika fani metodologiyasini aniq belgilab olish zarur. Bu birinchidan, pedagogik nazariyalarning ishonchliligini ta’minlasa, boshqa tomondan metodologik bilimlarsiz pedagogik tadqiqotlarni samarli tashkil etish va o‘tkazish mumkin emasligini uqtiradi.
Ijodiy jarayonda bugungi kunda pedagogika fani metodologiyasiga, uning predmetiga nisbatan turlicha yondashuvlar vujudga kelmoqdaki, ularning mohiyatini qisqacha tushuntirishga harakat qilamiz.
Metodologiya alohida fan sifatida ikkita funksiyani bajaradi: deskriptiv (ifodalovchi) va perskriptiv (me’yorlovchi). Birinchisi – obyektni nazariy jihatdan ifodalashni ko‘zlasa, keyingisi – tadqiqotchi uchun aniq mo‘ljal olishga shart-sharoit yaratadi. Bu ikki vazifaning mavjudligi pedagogika metodologiyasini ham ikki guruhga ajratishni taqozo etadi – nazariy va me’yoriy.
Pedagogikaning nazariy metodologiyasiga quyidagilarni kiritish mumkin: «metodologiya» tushunchasi ta’rifi; fan metodologiyasining umumiy tavsifi, uning darajalari; metodologik bilimlar va faoliyat tizim sifatida; pedagogika sohasidagi tadqiqiy faoliyatni metodologik ta’minlash manbalari; pedagogik tadqiqot obyekti va predmetining metodologik tahlili.
Me’yoriy asos quyidagi savollar doirasini qamrab oladi:
pedagogikani obyektiv borliqni ma’naviy jihatdan o‘zgartirishning boshqa shaklidan farqli tomonlarini ilmiy asoslash;
pedagogika sohasidagi ishlarni fanning fundamental asoslariga muvofiqligini aniqlash;
maqsadning aniqligi; maxsus tadqiqot obyektini ajratish; maxsus bilish metodlari va vositalarini qo‘llash; atamalarning bir xil qo‘llanilishi;
pedagogik tadqiqotlarni tizimlashtirish;
tadqiqot asosnomasi: muammo, mavzu, uning dolzarbligi, tadqiqot obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari, farazi, himoya qilinadigan holatlar, ilmiy yangiligi, ilmiy-amaliy ahamiyati;
pedagogik tadqiqotning tarkibi va mantiqiy ketma-ketligi;
pedagogik fanlar tizimi, ularning o‘zaro aloqasi.
Tadqiqot muammosi bo‘yicha qabul qilingan direktiv va me’yoriy hujjatlar ham bevosita metodologiyaning me’yoriy asosini tashkil etadi.
Falsafiy nuqtai nazardan metodologiya nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish prinsiplari va usullari tizimi, shuningdek, bu tizim haqidagi ta’limot (nazariya) sifatida qabul qilinadi. Aniqrog‘i, metodologiya predmeti – faoliyatni tashkil etish haqidagi nazariya demakdir.
Ko‘rinib turibdiki, bu ta’rifda ilmiy bilishning ikki jihati – bilimlar tizimi va ilmiy-tadqiqiy faoliyat qamrab olingan. Yoki ikki faoliyat turi – metodologik tadqiqot va metodologik ta’minot hisobga olinyapti. Agar birinchisining vazifasi pedagogika fanlari rivojining qonuniyatlari va yo‘nalishlari, pedagogik tadqiqotlarning sifat va samaradorligini oshirish prinsiplari, ularning tushunchalari tarkibini aniqlashtirsa, ikkinchisi –metodologik bilimlardan tadqiqot dasturlarini asoslashda va sifatini baholashda foydalanishni anglatadi.
Shu bilan birgalikda pedagogik muammolarning umumnazariy muammolar bilan almashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki, birinchisi «qanday qilib metodologiyani pedagogikaga qo‘llash mumkin» degan savolni aniqlashtirsa, ikkinchisi – umumnazariy savollar esa pedagogikaning predmeti, uning boshqa fanlar bilan aloqasi, ta’lim va tarbiya mohiyati kabi umumiy savollar yyechimiga qaratiladi.
Pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish masalasi respublikamiz va jahon miqyosida tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Mazkur muammo ta’lim mazmunini modernizatsiyalash, ta’lim jarayonini tashkil qilish texnologiyalari va usullarini optimallashtirish bilan chambarchas bog‘langan. Ularning to‘laqonli hal etilishiga esa pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirishda yanada moslashuvchan va taraqqiyparvar yondashuvlarni keng joriy etish orqaligina erishish mumkin. O‘z navbatida pedagogika fani boshqa fanlar kabi yangi-yangi dalillar, yuqori natijalarga erishish imkonini beruvchi texnologiyalar asosida rivojlanib boradi. Buning uchun esa ilmiy asoslangan tadqiqot metodlariga tayanish talab etiladi. Ilmiy tadqiqot metodlari esa o‘z navbatida metodologiya tushunchasi bilan ataluvchi nazariy prinsiplar majmuasiga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik metodologiya sohasida amalga oshirilgan ilmiy ishlar tahlili «metodologiya», shuningdek, «pedagogik metodologiya» tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjudligini ko‘rsatadi. Pedagogika fanida metodologiya tushunchasining gnoseologik talqini ko‘proq ustuvorlik kasb etadi. Mazkur yondashuvga ko‘ra «metodologiya» tushunchasi, mazmunan «gnoseologiya» (bilish to‘g‘risidagi fan), «nazariy bilish» kabi tushunchalarga yaqin turadi. Ushbu yo‘nalish tarafdorlari masalaga bir tomonlama yondashib, metodologiyani faqat «bilish metodlari to‘g‘risidagi ta’limot» yoki hodisalarni bilish jarayoni sifatida talqin qiladilar. Shu o‘rinda, ushbu tushunchaning «borliqni o‘zgartirish metodlari to‘g‘risidagi ta’limot» ekanligini e’tibordan chetda qoldiradilar va metodologiyani gnoseologik qolip bilan cheklab qo‘yadilar.



Yüklə 456,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin