Pedagogik tajriba keng ma’noda ta’lim-tarbiya amaliyoti, tor ma’noda pedagoglarning innovatsion faoliyati. Ilg‘or pedagogik tajriba pedagogika nazariyasiga doir ta’lim-tarbiya borasidagi samarali metodlar, vositalar texnologiyalarda ifodalanadi. Pedagogik jarayon ijodiy jarayon, malakali, tashabbuskor, o‘qituvchi, murabbiylar tajribalari, ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish faoliyatidir. Ta’lim-tarbiya jarayonini demokratlashtirish uzluksiz ta’lim pedagoglarining ijodkorligiga sharoit yaratadi. SHuningdek, mamlakat miqyosida o‘tkazilayotgan olimpiada, yil o‘qituvchisi tanlovlari ommaviy ijodkorlikni rag‘batlantirishga imkon bermoqda.
Ilg‘or pedagogik tajribalarni tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilishi o‘ziga xos xususiyatga ega. Ta’lim-tarbiya natijalarini pedagogik qonuniyatlar tamoyillar asosida, samaradorlik mezoni, innovatsiyani dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyatini tahlil qilish, baholash tadqiqotchidan yuksak metodologik bilim talab qiladi.
Pedagogik tajriba maxsus tashkil etilgan eksperiment asosida ham bo‘lishi mumkin. Ijodkor pedagog erishgan natijalari tajribalari tahlilida metodologik tamoyil alohida o‘rin tutadi. Pedagogik tajribaning yangiligi, dolzarbligi, ilmiy amaliy ahamiyati asoslanadi, oldingi an’ana, tizimga qiyoslanadi. Ilg‘or pedagogik tajribaning asosiy ko‘rsatkichi innovatsion natijasidir. Masalan, o‘quvchilarning bilim darajasi, mustaqil o‘zlashtirishi, olingan bilimlarni erkin qo‘llay olishi, tarbiyalanganlik darajasi, bilish motivi, ezgu maqsadi shakllanganligi.
Ilg‘or padagogik tajribani ilmiy tahlil etishda vaqt tejamkorligi, tajribaning iqtisodiy afzalligi alohida o‘rin tutadi. Ma’lumki, pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish kam mehnat qilib yuqori natija olishdir. Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish ijodkor o‘qituvchilarni kashf qilish ta’lim-tarbiya nazariyasini va ahamiyatini boyitadi.
Ilmiy tadqiqotchi ijodkor o‘qituvchi bilan yangi tajribalarni yaratishi mumkin, birga izlanish ishlarini tashkil etishi, tajriba yakka va jamoa tarzida bo‘lishi mumkin. Jamoaningning ilg‘or tajribalari maqsadli, kompleks, rejali bo‘lishi mumkin. Keyingi yillarda ta’lim muassasalarida metodik kengashlar, birlashmalar ilg‘or tajribalarni umumlashtirish markazlariga aylangan. Ilmiy seminarlarda ilg‘or tajribalar natijasi, innovatsion loyihalar ilmiy amaliy bahosini, tavsiyasini olmoqda.
Ilg‘or pedagogika tajribalarni o‘rganish metodi ilmiy tadqiqot muammosidan kelib chiqib har xil usullarda qo‘llaniladi. Ta’lim-tarbiya amaliyotiga doir dolzarb tadqiqot, muammonisini tanlashda ilg‘or pedagogik tajribalarga asoslaniladi, ilmiy farazlar ham ilg‘or pedagogik tajribalar asosida shakllanadi. Tadqiqotchi nazariy qarashlarni, umumlashtirish, eksperiment o‘tkazish uni keng qo‘llash, uzluksiz ta’lim-tarbiya faoliyatida joriy etishda, ilg‘or pedagogik tajribalarga tayanadi.
Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish natijasida nazariy va amaliy tavsiyalar yaratiladi.
Pedagogik faoliyat o’z mehnatiga ko’ra ijodiy tavsifga ega. Pedagogik ijodkorlikning asosiy mohiyati pedagogik faoliyatning maqsadi va xarakteri bilan aniqlanadi. Pedagogik ijodkorlik majmui – pedagogik tajribadir.
Ilg’or pedagogik tajriba deganda o’qituvchining o’z pedagogic vazifasiga ijodiy yondashishi, o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning yangi shakl, metod va vositalarini izlab topishdir.
Ilg’or pedagogik tajribani o’rganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa va qonuniyatlarni ochish o’quv-tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli o’zgarishlar kiritadi, o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish, yangi turdagi o’quv jarayonini modellashtirish muammolarini yechishga sabab bo’ladi.
Pedagogik tajriba o’qituvchining o’quv ishlari jarayonida egallaydigan bilim, ko’nikma va malakalari yig’indisidir. Pedagogik tajribani to’plash pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, u pedagogic faoliyatni samarali tashkil etish omili hisoblanadi.
Pedagogik tajribani to’plash tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi:
Maqsadni belgilash.
Ma’lumotlarni to’plash.
Ma’lumotlarni tahlil etish, umumlashtirish, xulosa qilish.
Yutuqlarni aniqlash va amaliy faoliyatga tatbiq etish.