Bob yuzasidan savol va topshiriqlar
Sharq mutafakkirlarining o'qituvchi haqidagi fikrlari.
Hozirgi zamon o'qituvchisiga qo'yiladigan talablar nimalardan iborat?
Pedagogik professiogramma deganda nimani tushunasiz?
O'qituvchining shaxsiy xislatlari qanday bo'lishi to'g'risida siz-
ning shaxsiy fikringiz.
Pedagogik takt deganda nimani tushunasiz?
Kasbiy xislatlar to'g'risida gapirib bering?
O'qituvchi qanday qobiliyatlarga egabo'lmog'i lozim?
Pedagogik mahorat psixologiyasi haqida gapiring?
O'qituvchining perseptiv qobiliyati nima?
O'qituvchining o'z malakasini oshirishining psixologik masalalari deganda nimani tushunasiz?
Sizni fanlardan o'qitayotgan ustozlaringizning shaxsiy, pedagogik xislat va qobiliyatlarini ushbu mavzuda o'rgangan ma'lumotlaringiz bilan taqqoslang va zaruriy xulosalar chiqaring. (Zarur sharoitlarda psixologiya yoki pedagogika fani o'qituvchisi bilan maslahatlashing.)
Abu Nasr Forobiyning „Baxt-saodatga erishuv" asarini mutoala qiling va allomaning quyidagi qarashlarini yozma bayon eting:
insoniy kamolotga erishuvda aqliy bilishning ahamiyati.
irodaviy fazilatlarni shakllantirish va odatga aylantirishda inson
qudrati, ta'lim va tarbiyaning kuchi haqida.
yoshlarning kasb-hunar va ish-tajribani egallashi to'g'risida.
IVBOB
PEDAGOGIK BAHOLASH PSIXOLOGIYASI
Bobning qisqacha mazmuni
Pedagogik baho va uningpsixologikjihatlari. O'quvchilarga ta'lim va tarbiya berishda rag'batlantirishning psixologik asoslari.
Dostları ilə paylaş: |