O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə21/92
tarix16.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#180829
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org

Pedagogik xayol — bu kishining o'quvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyihalashtirishda o'z ish-harakatlarining natijasini oldindan

ko'ra bilishda namoyon bo'ladigan qobiliyatdir. Bu qobiliyat o'qituv- chi ma'lum o'quvchidan kelgusida kim chiqishini ko'z oldiga kelti- rishida, tarbiyalanuvchilarda u yoki bu xildagi xislatlarni o'sib rivojlanishini oldindan ko'ra bilishida namoyon bo'ladi. Bu qobiliyat pedagogik optimizm, tarbiyaning kuchiga, o'quvchilarga bo'lgan ishonch bilan bog'liqdir. Shuning uchun ham o'quvchilar ayrim o'qituvchilar to'g'risida: „Ahmad akamlar, chamasi ichimizdagi eng yaramaslarga ham ishonchlarini yo'qotmasdilar, shuning uchun ham biz ularni hurmat qilardik", degan fikrlarni izhor qiladilar.



9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati — bu qobiliyat bir vaqtning o'zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bb'lib, o'qituvchi ishida g'oyat muhim ahamiyatga egadir.

Qobiliyatli, tajribali o'qituvchi o'zining diqqat-e'tiborini o'quv materialini qanday bayon etilishiga, uning mazmuniga, o'z fikrlarini atroflicha qilib qanday ochib berishga yoki o'quvchi fikriga baralla qaratadi va shu bilan birga bir vaqtning o'zida barcha o'quvchilarni kuzatib, ularni toliqqan-toliqmaganligiga, e'tiborli yoki e'tiborsiz- ligiga, darsni tushunish-tushunmasligiga ahamiyat berib, o'quv- chilarning intizomini kuzatadi hamda natijada o'zining shaxsiy xulq- atvoriga (yurish-turishiga, o'zini tutishiga, mirnika va pantomimika- siga) e'tibor beradi. Tajribasiz o'qituvchi, ko'pincha o'quv materialini bayon etishga berilib ketib, o'quvchilarning nima qilayotganliklarini sezmay qoladi va nazoratdan chiqarib qo'yadi, agar, bordiyu, o'quvchilarni diqqat-e'tibor bilan kuzatishga harakat qilsa, bunday hollarda o'z bayonotining izchilligini yo'qotib qo'yadi.


    1. Pedagogik takt psixologiyasi


Pedagogik takt psixologiyasini o'rganishda psixolog I.V. Straxov benihoyat katta hissa qo'shgan. Uning fikricha, bunda muhimi - o'quvchilarga ta'sir etishning eng qulay usullarini topa bilish, tarbiyaviy ta'sirni qo'llashda maqsadga muvofiq pedagogik choralarga e'tibor berish, aniq pedagogik vazifalami hisobga olish, o'quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va uning imkoniyatlari hamda mazkur peda- gogik holatlarini hisobga olish zarurdir.

Pedagogik taktning yaqqol ifodalaridan biri — har qanday peda- gogik ta'sirga nisbatan qo'llaniladigan chora-tadbirlarni (rag'bat- lantirish, jazolash, pand-nasihat) his eta bilishdan iboratdir. Farosatli o'qituvchi bolalarga e'tibor berib, ziyraklik bilan qaraydi, ularning individual psixologik xususiyatlari bilan hisoblashadi. „U biz bilan hayron qolarli darajada, ajoyib, yaqin do'stlarcha yaqin munosabatda bo'ladi"; „Bizning tarix o'qituvchimizning kuchli tomoni — har kimga qanday yondashishni bilar edi"; „Eng yomoni — o'qituvchining o'quvchilar oldida xushomadgo'ylik qilishidir. Bizning zoologiya o'qituvchimiz Farida opamlar shundaylardan edi: ular nimaiki qilib bo'lsa-da, bolalarni o'ziga qaratish uchun xushomadgo'ylik qilardi! Nega ular o'zlarini shunchalik kamsitib erga uradi? deb o'ylar edim. Axir ular o'z fanini yaxshi bilardiku"; „Ibrohim aka esa, qarabsanki, hech narsadan hech narsa yo'q, kishi diliga ozor berar, tushirib qolar yoki behudaga o'rishib, koyib berar edi".

Pedagogik taktning yo'qligi ko'pincha og'ir oqibatlarga olib keladi. Toshkent o'quv maskanlaridan birida ona tili va adabiyot o'qituvchisi o'quvchilarga juda ko'p talablarni qo'yganu, ammo hech qanday izchillik bilmagan: bir vazifa berib turib, shu zahotiyoq boshqa talablarni qo'ya boshlagan. Arzimagan xatolar, tartib buzishlar ro'y bersa, shu zahotiyoq mazmunan va shakl jihatidan o'ta qo'pol va alam qiladigan keskin gaplarni qilib, „2" qo'yardi. Masalan, daftarning chetida qoldirilgan joyning xatoligi yoki intizom buzganlik kabi va arzimagan narsalar uchun yopishgani-yopishgan edi. O'qituvchining bu xatti-harakatlari uchun o'quvchilarda dard, alam to'lib toshgandi. Ko'p o'tmay o'quvchilarning noroziligi va qat'iy e'tirozi ochiqdan- ochiq namoyishkorona bildirilib, o'qituvchiga quloq solmaydigan, ataylab intizom buzadigan va o'qituvchini keskin tanqid qiladigan bo'lib qoldilar. Bunday achinarli ahvol faqat ana o'sha o'qituvchi o'quv maskanidan ketgandan keyingina tuzatildi.

O'qituvchining pedagogik takti masalasi munosabati bilan shuni ham aytish joyizki, qachon o'quvchilar o'qituvchining ijobiy xislatlari to'g'risida gapirar ekanlar, ular hamisha o'qituvchining adolatliligi kabi xislatlarini birinchi o'ringa qo'yadilar.

„Ko'p hollarda nohaq ish qiladilar — biror masalani yaxshilab tekshirib ko'rmasdan ish tutadilar". O'qituvchining bunday xislatiga o'quvchilar nechukdir achinishli talabchanlik munosabatida bo'ladilar. O'qituvchining adolatsizligi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu to'g'rida har qaysimiz o'quv maskani amaliyotidan qandaydir tasawurga egamiz.


3*6. Pedagogning psixologik jihatdan o z malakasini

oshirishni tashkil etishi

Muhim davlat vazifasini — „Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ni amalga oshirayotgan zamonaviy o'quv maskani o'qituvchisining xislatlari, uning ijodiy faoliyati XXI asrda shakllanib, asosan amaliy ishda, pedagogik tajribalarni egallash jarayonida o'sib-rivojlanaboradi.

Hozirgi jamiyatimizda o'qituvchining mustaqil ravishda bilimlarni egallab, o'z malakasini oshirib borishi — bir tomondan o'qituvchilik faoliyatining borgan sari naqadar muvaffaqiyatli borayotganligini ko'rsatsa, ikkinchi tomondan muhim vazifa ekanligidan dalolat be- radi — chunki, bu kechiktirib bo'lmas jarayon shaxsni intellektual qashshoqlikdan qutqarib qoladi.

Psixologik nuqtai nazardan o'qituvchi doimiy ravishda o'z bilimlarini oshirish bilan shug'ullanishi zarurdir. Chunki o'qituvchilik mehnatining asosiy xususiyati ham shudir. Pedagog hamma vaqt odamlar orasida bo'larkan, u birinchidan, odamlarni ko'pdan beri qiziqtirib kelayotgan haqiqatni o'z qarashlari bo'yicha to'g'ri tushuntirib berishi lozim. Albatta, o'qituvchidagi bu tariqa qarashlar ko'p yillar davomidagi mehnat va hayot faoliyati jarayonida shakllanadi; ikkinchidan, o'qituvchining o'zi axborotlar olish uchun o'quvchilarga nisbatan cheklangan vaqt imkoniyatiga ega; uchinchidan, u o'ta tor doiradagi tengqurlari bilangina muloqotda bo'lish imkoniyatiga ega bo'lib, ko'pincha o'z kasbiga xos qiziqishlar bilangina cheklanib qoladi.

O'qituvchining mustaqil bilim egallashi deganda, uning o'z bilimlarini doimiy ravishda kasbiy va umummadaniy axborotlar bilan to'ldirib, o'zining individual ijtimoiy tajribasini keng miqyosda doimo yangilab borishi tushuniladi.

Odatda, aksariyat o'qituvchilar mustaqil bilim egallash zarurligini tushungan holda, undan muvaffaqiyatli foydalanadilar.

Biining motivlari, odatda, pedagogik faoliyat jarayonida o'qituvchi oldida yuzaga keladigan muammolarni anglab olish natijasida shakl- lanadi. Ko'p hollarda bunday motivlar o'qituvchilarni qanday o'qitib va qanday tarbiyalash kerak, degan xohish-istaklar tariqasida, fan- ning oxirgi yutuqlari, o'zining pedagogik mahoratini takomillashtirish ehtiyoji tug'ilishi munosabati bilan shakllana boradi.

Shu bilan birga yaqqol ko'zga tashlanib turgan ayrim hollardan ko'z yuma olmaymiz. Masalan o'qituvchilar ommasining ma'lum qismi mustaqil izlanishda bo'lib, o'z bilim saviyasini oshirish bilan faol shug'ullanmaydi, malakasini oshirishga intilmaydi, ba'zilar muayyan bilimlar sohasida taraqqiyotdan butunlay ortda qolmoqdalar. Bunday o'qituvchilar o'sib kelayotgan yosh avlodning ta'lim va tarbiya taraqqiyotiga jiddiy zarar keltiradilar.

Bu muammoni hal etishda asosiy vazifa malaka oshirish tizimi zimmasiga tushadi. Respublikamizda Oliy va o'rta maxsus ta'lim hamda Xalq ta'limi xodimJarining malakasini oshirish institutlari va ularning tarmoqlari joriy etilgan. Bular viloyatlardagi xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirish institutlari, Toshkent shahar xalq ta'limi xodim- larining malakasini oshirish instituti va Avloniy nomidagi xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirish Markaziy institutidir.

Xalq ta'limidagi bu tizimning asosiy vazifasi doimiy ravishda o'qituvchi kadrlarning malakasini oshirish, o'qituvchi kadrlarni o'zlarining kasbiga xos bilim saviyasini, ko'nikma, malakalarini, ma'naviyat va ma'rifatini, shu bilan bir qatorda iqtisodiy, ekologik va huquqiy ma'lumotni oshirishga da'vat etuvchi ijtimoiy psixologik sohalarni rivojlantirib borishdan iboratdir.

Sharq mutafakkirlari o'qituvchi o'zi o'qib tursagina - o'qituvchi bo'la oladi, agar u o'qishni to'xtatib qo'yar ekan, unda o'qituvchilik ham o'ladi, deb juda haqqoniy aytganlar.


Asosiy tushuncha va atamalar

Pedagog psixologiyasi, pedagog shaxsi, pedagog shaxsiga qo'yiladigan talablar, pedagog shaxsi haqida Sharq mutafakkirlarining fikrlari, pedagogik professiogramma, pedagogik qobiliyat, pedagogning akademik, persiptiv, nutqiy, tashkilotchilik, avtoritar, diqqatni taqsimlay olish qobiliyatlari, pedagogik xayol, pedagogik takt, pedagogning o'z malakasini oshirishi va uning psixologik masalalari.


Rezyume

Xulosa qilib, shuni aytish joizki, o'qituvchining barcha ijobiy, umuminsoniy axloq me'yorlariga mos keluvchi xislatlari katta ahamiyatga ega. Agar biz yuqorida qayd etilgan xislatlarni olib qaraydigan bo'lsak, bularning barchasi ham o'ta muhim omillardir. Hatto, o'qituvchining tashqi qiyofasi ham uning obro'sini shakllanishiga ta'sir etadi. O'qituvchining ozodaligi, ixchamligi, uning pokizaligi, sarishta- saranjonligi, sipogarchiligi, uning qiliqlari, o'zini chiroyli tutishi, qaddi-qomati va yurish-turishlari o'quvchilarda juda yaxshi taassurot qoldiradi.

Shaming uchun o'qituvchi jamiyatdagi kishilar bilan doimo muloqotda bo'lar ekan, unga barkamol insonlarni etishtirib berishdek muhim vazifa yuklatilgan ekan, u o'z kasbiga xos ko'nikma va malakalarni, tashkilotchilik, gnostik malakalarni, ijodiy xislatlarni, uddaburonlik sifatlarni yanada shakllantirish borasida doimo o'z bilimlarini rivojlantirib borishi muhimdir.


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin