4.4. Faoliyatda muvaffaqiyatga erishish. Faoliyatning shaxs
taraqqiyotidagi roli
Psixologik ma`lumotlarning ko`rsatishicha, faoliyat shaxslararo munosabatlar
tizimi tariqasida, hamkorlik tarzida namoyon bo`ladi. Faoliyatda inson shaxsi
(uning xususiyatlari) aks etadi va ayni bir davrda faoliyat odam shaklini tarkib
toptiradi. Ong bilan faoliyat birligi printsipiga asoslanish orqali shaxs kamol
topadi, shaxslararo munosabatga kirishadi, ijtimoiy tajribalarni o`zlashtiradi,
o`zaro ta`sir yordamida ijtimoiylashadi. Inson shaxsining shakllanishi o`yin, ta`lim,
mehnat, sport va boshqa faoliyatning turlarida amalga oshadi. Faollik tufayli
faoliyatni amalga oshirish jarayoni yuzaga keladi, xulq-atvor, muomala
(kommunikatsiya) vositasida ehtiyoj, istak, ijtimoiy talablar qondiriladi, turli
xususiyatli axborotlar o`zlashtirilishi natijasida shaxs tarkib topa boshlaydi.
Faoliyatning oddiy shakllaridan biri o‘yin hisoblanadi, lekin u tobora
takomillashib, sodda harakatlardan keyinchalik syujetli, rolli o‘yinlarga, hatto
97
sportgacha murakkablashib boradi, atrof-muhitni aks ettirishida ishtirok eta
boshlaydi. Insonning borliqni in’ikos etishidagi dastlabki urinish harakat orqali
namoyon bo‘ladi. Harakatlar bolaning tabiatga, uni qurshab turgan kishilik
dunyosiga nisbatan munosabatini, ular to‘g‘risidagi ilk taassurotlar, sodda
tasavvurlar, bilimlarni o‘zlashtirishni anglatib keladi. Keyinchalik oddiy harakatlar
muayyan ma’no kasb etib, syujetli va rolli o‘yinlarga aylanadi. O‘yinlar milliy
(etnik) va umumbashariy turkumlardan tarkib topgan bo‘lib, ijtimoiy hayotning
barcha jabhalarini o‘zida aks ettiradi. O‘yinlar takomillashib borib sport turlariga,
sport faoliyatiga o‘sib o‘tadi, jumladan, shaxmat, damino, futbol, shashka va
hokazo. Sport o‘yin faoliyati sifatida barcha yoshdagi insonlarga xos bo‘lib
hisoblanadi.
O‘yin faoliyatida bola ijtimoiy voqelikni taqlid, rol orqali ijro etishga harakat
qiladi va shu yo‘sinda atrof-muhit to‘g‘risidagi, ijtimoiy turmushdagi shaxslararo
munosabatlarni o‘zlashtira boradi. Ijtimoiy turmushdagi u yoki bu hodisani rol
orqali ijro qiladi. So‘z bilan harakatning birikuvi natijasida o‘yin faoliyat tusini
oladi va muayyan ma’no, axborot berish, uzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Dastlabki o‘yin aynan kattalar xatti-harakatini takrorlash, ularga taqlid qilish bilan
tavsiflanadi. Syujetli o‘yinlar borliqning goh anglangan, goho anglanmagan tarzda
u yoki bu tomonlarini egallashga xizmat qiladi.
O‘yin dastavval bola uchun vaqt o‘tkazish, uni mashg‘ul qilish funksiyasini
bajarsa, keyinchalik ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot namunalarini ifodalash darajasiga
o‘sib o‘tadi. Rollar, ma’noli harakatlar, ibratli imo-ishoralar, tushunchalar bola
shaxsini shakllantirishda faol ishtirok etadi. Bola tug‘ilganidan to maktab
ta’limigacha davrida uning uchun o‘yin faoliyati yetakchi faoliyat rolini bajaradi,
shuningdek, o‘yin didaktik tus kasb etishi ham mumkin.
Bolalar o‘yinlarining dastlabki ilmiy tahlili rus olimi E.A.Pokrovskiy
tomonidan 1887 yilda amalga oshirilgan. Uning fikriga ko‘ra, «o‘yin» to‘g‘risidagi
tushunchalar o‘ziga xoslikni va tafovutni u yoki bu xalqqa mansublikni bildiradi.
Oradan yarim asr vaqt o‘tgandan keyin, 1933 yilda «o‘yin» tushunchasining
etimologik tahlilini amalga oshirgan va uning o‘ziga xos alomatlarini tasniflashga
98
harakat qilgan golland olimi F.Boytendayk hisoblanadi. Boytendayk o‘yinning
alomatlari qatoriga quyidagilarni kiritadi: «u yoqqa va bu yoqqa» harakat,
ixtiyorsizlik va erkinlik, quvonch va ermaklik. Bunday alomatlardan
qanoatlanmagan muallif, uning fenomenini bolalar faoliyatini kuzatish orqali
aniqlash mumkin, chunki o‘yinning qiymati va ahamiyati ularning o‘zlari
tomonidan oqilona baholash, degan xulosaga keladi.
O‘yinni vujudga kelish tarixiga ilmiy yondashish nemis psixologi V.Vundtga
1887 yilda nasib etdi. Uning mulohazalariga ko‘ra, o‘yinning manbai huzur qilish,
rohatlanishdan iboratdir. V.Vundt bildirgan fikrlar yoyiq xususiyatga ega bo‘lib,
o‘yinning u yoki bu jihatlarini yoritishga xizmat qiladi. Uning fikricha, o‘yin - bu
bolalarning mehnatidir. Hech bir o‘yin yo‘qki, u jiddiy mehnatning u yoki bu
shaklini prototipi bo‘lmasin, hamisha uning vaqtdagi va fazodagi haqiqiy holatini
o‘zida aks ettirmasin. Yashash zarurati insonni mehnat qilishga majbur qiladi.
Mehnat orqali inson o‘z kuch-qudratini baholashga o‘rgana boradi, huzur qilish va
rohatlanishining manbai ekanligiga iqror bo‘ladi. Uningcha, o‘yin mehnatning
foydali jihatini yo‘qotib boradi. Shuningdek, mehnat jarayonidagi eng yoqimlilik,
uning natijasi maqsadga aylanadi. V.Vundt mehnat predmetini harakat usullaridan
alohida hukm surishiga ishora qiladi. Bu bilan u psixologiya tarixida ustunlik qilib
kelayotgan «o‘yin insonning biologik jabhasi» degan g‘oyaga qo‘shimcha
tariqasida unga ijtimoiy-tarixiy jihatni kiritadi. V.Vundtning ushbu g‘oyasi
psixologiya fani uchun alohida ahamiyat kasb etadi va o‘yinning tadqiqotiga keng
imkoniyatlar ochadi.
Jahon psixologiyasi fanida o‘yin nazariyasiga yirik ulush qo‘shgan olimlardan
biri K.Groos hisoblanadi. Yigirmanchi asrlarning boshlari o‘yin nazariyasi uchun
eng qulay va sermahsul davr bo‘lgan. V o‘z zamondoshlari D.A.Kolotssa va
G.Spenserlarning fikr va mulohazalariga asoslangan holda o‘yin nazariyasini
yaratdi. K.Groos o‘z g‘oyasini umumlashtirib, uni «mashqlantirish nazariyasi»
yoki o‘z-o‘zini tarbiyalash deb ataydi va uni quyidagicha tasniflashga harakat
qiladi:
99
Har qaysi tirik mavjudod irsiy beriluvchanlik, mayl xususiyatiga ega bo‘lib,
uning xulq-atvorida maqsadga muvofiqlikni kasb ettiradi. Yuksak darajadagi
jonivorlarning tug‘ilishidan berilgan xislatlari qatoriga faoliyatga impulsiv
intilishni kiritish mumkin, qaysiki u jismoniy o‘sish davrida yaqqol namoyon
bo‘ladi.
Yuksak darajadagi mavjudodda, xususan, insonda irsiy javob harakatlari
murakkab hayotiy muammolarni bajarishga yetarli emasdir.
Har qaysi yuksak taraqqiy etgan mavjudot hayotida bolalik davri mavjud
bo‘lib, u o‘sish va rivojlanish xususiyatiga ega. Lekin mustaqil hayot va faoliyatni
ta’minlay olmaydi. Chunki unga bunday imkoniyatni ota-onaning parvarishi
yaratadi va u tug‘ma mayl va moyilliklarga asoslanadi.
Bolalik davri hayot uchun eng zarur shart-sharoitlarga va ularga moslashuvni
egallash maqsadiga tabiiy ravishda yo‘nalgan bo‘ladi. Biroq irsiy javob
harakatlarga bevosita asoslanmaydi. Inson zotiga uzundan-uzun bolalik davri
beriladi. Qanchalik faoliyat mukammal bo‘lsa, unga shunchalik ko‘proq
tayyorgarlik joiz.
Bolalik xususiyatiga binoan hayotga ko‘nikish yo‘llari turli-tumandir.
Ko‘nikish yoki moslashish yo‘lining eng tabiiysi va shuning bilan eng zaruri
shundan iboratki, bunda faoliyatga nisbatan impulsiv ehtiyojning mavjudligi irsiy
reaksiyalar o‘z-o‘zicha namoyon bo‘lishiga zamin hozirlaydi. Bunday sharoit irsiy
harakatlarga asoslangan holda yangi malakalarni egallashni vujudga keltiradi.
Avvalo yangi odatiy harakatlar yaraladi.
Ko‘nikish yoki moslashish yo‘llari insonni taqlid qilishda o‘z ifodasini
topuvchi nasliy intilish, mayl orqali amalga oshiriladi. Bu narsa keksa avlodning
qobiliyatlari va odatlari bilan uzviy bog‘liq ravishda kechadi.
Shaxsiy ichki qo‘zg‘alish xususiyatiga ko‘ra, rivojlanuvchi individ hech
qanday maqsadning tashqi ko‘rinishisiz o‘z mayli hamda intilishini namoyon
qiladi, mustahkamlaydi va o‘stiradi. Bu o‘yinning dastlabki nishonalaridan dalolat
beradi.
100
K.Byuler K.Groosning ogohlik nazariyasini tan olib, o‘yin filogenezga
taalluqli ekanligini ta’kidlab, uning dressura bosqichi uchun ogohlik ekanligini
uqtiradi. U o‘yinning mohiyati va tomonlarini ochishda o‘zining gedonalogik
(huzur qilish) reaksiyaning birlamchiligi nazariyasiga asoslanadi. K.Byuler
Z.Freydning rohatlanishga intilishdan iborat g‘oyasini e’tirof etsada, lekin inson
faoliyati va rivoji uchun harakatlantiruvchi emas ekanligini uqtiradi.
O‘yin nazariyasiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan olimlardan biri - bu
Boytendaykdir. U.K.Groosning ogohlik nazariyasiga ikki xil mazmunda e’tiroz
bildiradi.
O‘ynay bilmagan hayvonlar instinkt darajasiga ko‘ra zaif deyishga hech
qanday dalil yo‘q. Chunki instinktiv faoliyatda mashqlanishning roli yetarli yuksak
emas. Shuning uchun faoliyatning instinktiv shakllari mashqlanishga bog‘liq
bo‘lmasdan, balki ulardan tashqari muhitda takomillashadi.
Mashqlanish o‘yinning mohiyatida yotmaydi, lekin uning tayyorgarlik
mashqlari mavjud bo‘lib, ular o‘yin deyilmaydi.
F.Boytendayk o‘yin predmetining tanishligi yoki notanishligi o‘rtasidagi
munosabatini uning obrazliligi deb ataydi. Obrazning affektiv va gnostika
munosabati (notanish yoki hayotiy) fantaziyani keltirib chiqaradi. Binobarin,
antropomorfizm sahovati sifatida fantaziyalashgan obrazlar, tasavvurlar vujudga
keladi.
Dostları ilə paylaş: |