4.5. A.N.Leontev bo‘yicha faoliyat tuzilishi.
Faoliyat va motivlar
O‘yin nazariyasiga oid ilmiy qarashlar E.Klapared, Dj.Kollarits, X.Shlosberg,
Dj.Bruner kabi xorijiy psixologlar asarlarida o‘z ifodasini topgan.
O‘yinda yoki o‘yin faoliyatida o‘zbek xalqining (hududiy xususiyatidan qat’iy
nazar) yashash tarzi, intilishi, xohishi, istagi, ezgu niyati, uning mavsumiyligi,
kasb-korga taalluqli jihatlari, holatlari aks ettirilgan bo‘ladi. Emotsiya, hissiyot,
xarakter, milliy qiyofa, bilish jarayonlari, xulq-atvor, ularni namoyon bo‘lish
tezligi (sur’ati), davomiyligi, kechishi milliy xususiyatga egadir. Nafaqat milliy
o‘yinlar, balki xalqning (millatning, elatning) raqslari; ularning syujeti, tezligi,
101
osoyishtaligi; uning qo‘shiqlari chastotasi, tembri, amplitudasi, badiiy ijodiyoti
xususiyatlari umumiy milliy kaloriti bilan uyg‘unlashgandir.
Milliy harakatli va sport o‘yinlarining mohiyati, mazmuni, ma’no ifodalashi,
manbai, negizi, ularning in’ikosi, ularda aks ettiriluvchi kechinmalari, syujetda o‘z
aksini topgan shaxslararo munosabat, muomala, xarakterologik va shaxs
xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik omil (sabab, faktor)lardan tashqari milliy
o‘yin faoliyati tabiiy, geografik qonuniyatlarga (iqlim, yog‘ingarchilik, joylashish
sathi, qulay va noqulayligi, shamol, ofatlar ehtimolligi), xossalari, ularga nisbatan
xayrixohlik, qat’iy yoki beayov kurash yoki sajda, yolvorish, iltijo qilish milliy
idrok, tasavvur, irodaviy kuchga asoslanadi.
Ijtimoiy tajriba va uni egallash, shakllangan etnik stereotiplarga asoslanish
natijasidan kelib chiquvchi milliylik, umumiylik, xususiylik, alohidalik,
yakkahollik, guruhiylik, jamoaviylik, tabiatga va jamiyatga munosabatni aks
ettirish tarzida o‘yin vujudga kelishi mumkin.
Tabiat mo’jizalari, ilohiy kuchlarga e’tiqod, aql-zakovatdan hayratlanishni
ifodalovchi syujet va mazmundan iborat bo‘lgan milliy o‘yinlar.
Kasbni tasvirlovchi, uni takomillashtirishga olib boruvchi imkoniyat,
intilishni harakat va his-tuyg‘u yordamida namoyon etuvchi, qadriyat, ma’naviyat,
ruhiyatga asoslanuvchi milliy o‘yinlar.
Millatlararo ta’sir natijasida yaraluvchi, lekin milliylikning u yoki bu
qirralarini saqlab qoluvchi baynalmilal xususiyatli o‘yinlar.
Ijtimoiy garmoniya ta’siri, ijtimoiy ong rivoji, madaniyat, fan va texnika
mahsulasi sifatida tug’iluvchi yangi toifaga xos milliy o‘yinlar.
Jahon psixologiyasi fanida o‘yinlar yuzasidan mulohaza yuritilganda
aksariyat hollarda ularni oilaviy turmushga, dehqonchilikka, qurilishga, sanoat
sohasiga, siyosatga, harbiyga, kasbga taalluqli ekanligiga qarab guruhlarga
ajratiladi. Eng qadimiy milliy o‘yinlar qatoriga harakatli va sport o‘yinlari kiritiladi
hamda xalqning keng tarqalgan, sevimli o‘yinlari bo‘lib hisoblanadi. Ular o‘zining
syujeti, mazmuni, roli bilan bir-birlaridan keskin tafovutlanib turadi. Ba’zi hollarda
102
harakatli o‘yinlar bir davrning o‘zida ham sport o‘yinlari bo‘lib hisoblanadi.
Yoinki sport o‘yinlari harakatli o‘yinlar qatoriga kiritilishi mumkin
Dostları ilə paylaş: |