143
o‘zaro o‘rin almashib turishining gemostazi (barqarorligi) deb ataladi. Ichdan
paydo bo‘ladigan signallar xatti-harakatni vujudga keltiradi, stress, zo‘riqish, affekt
holatlarini yo‘qotish (bartaraf qilish, pasaytirish), tug‘ilib kelayotgan mayllarni esa
qoniqtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Oqibat natijada, ichki tana a’zolarining
faoliyatini izdan chiqish holati yuz berishi mumkin. Xuddi shu sababdan tibbiyot
psixologiyasida interioretseptiv sezgilar ham muhim rol o‘ynaydi. Somatik va
visperal
jarayonlar, ruhiy holatlar (psixosomatika) o‘rtasidagi munosabatlarni
o‘rganish imkonini yaratadi.
Interioretseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari interioretsepsiya bilan
birgalikda K.M.Bikov, V.N.Chernigovskiylar tomonidan atroflicha o‘rganilgan. Bu
narsalarning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan
kelib chiqqan
holda sharhlab berilgan.
Proprioretseptiv sezgilar tana dvigatel apparatining va gavdaning fazodagi
holati to‘g‘risida signallar bilan ta’minlab turadi. Ular inson harakatining
regulyatorini va afferent asosini tashkil qiladilar.
Periferik
retseptorlar muskullarda, paylarda va bo‘g‘imlarda joylashgan
bo‘lib, maxsus tanachalari shakliga egadirlar. Mazkur tanachalar Puchchini
tanachalari deb ataladi. Tanachalarda vujudga keluvchi qo‘zg‘atuvchilar
144
muskullarining taranglashuvi natijasida va bo‘g‘imlar holatining o‘zgarishida, nerv
tolalari (iplari) yordamida orqa miyaning orqa ustunidagi (stolbasidagi) oq
suyuqliklarga yetkaziladi. Qo‘zg‘ovchilar Burdax
va Goll yadrosining quyi
bo‘limlariga yetib keladi va undan po‘stosti tugunlaridan o‘tib, bosh miya katta
yarim sharining qorong‘ilashgan zonasida o‘z harakatini yakunlaydi.
Dostları ilə paylaş: