O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

O’z-o’zini tarbiyalash metodlari. 
O‘z-o‘zini anglashning navbatdagi bosqichida shaxs o‘tmishini tahlil qiladi, 
undagi qusurli va ibratli jihatlarni o‘zaro qiyoslab ustuvorlikni topishga intiladi, bu 
borada ayrim siljishlarga erishadi. Ijtimoiy hayotdan u o‘ziga ideal bo‘luvchi 
shaxsni tanlaydi va undagi ijobiy xislatlar, xususiyatlar va ko‘rinishlarni, 
ko‘rsatkich-larni o‘zida mujassamlashtira boradi. Shaxs o‘z-o‘zini anglash 
davomida dinamik harakatsiz hech bir narsani ro‘yobga chiqara olmasligiga iqror 


134 
bo‘ladi, natijada uzluksiz harakatlar asta-sekin, birdaniga, tavakkaliga amalga 
oshirish lozimligini tushunib yetadi. Dinamik holatni baholash, tekshirish, nazorat 
qilish, boshqarish natijasida dinamik «Men» shakllana boshlaydi. O‘z-o‘zini 
anglashning besh tarkibiy qismi bir tekis insonning ma’naviy dunyosiga aylansa, 
demakki, unda mukammallik, barkamollik darajasi vujudga kelganligidan 
dalolatdir. 
O‘z-o‘zini anglash shaxsning fazilatiga aylanishi uchun muayyan davr, vaqt, 
muddat talab qiladi, shuning uchun o‘quvchilar, talabalar va respublikamizning 
boshqa fuqarolari bilan dasturiy tadbir-choralar o‘tkazish orqali ko‘zlangan 
maqsadga erishish mumkin. 
XXI asr odamlari komillikni egallovchi, ya’ni komil insonlikka intiluvchi 
shaxslardan tarkib topishi lozim. Komillikning bir nechta mezonlari mavjud bo‘lib, 
unda jismoniy barkamollik, axloqiy barkamollik, betakrorlik, aql-zakovatlilik 
singari shaxsning ijtimoiy-tarbiyaviy tarkiblari o‘z ifodasini topadi. Komillikning 
o‘ziga xos bosqichlari, obyektiv va subyektiv xususiyatli shart-sharoitlari, omillari 
mavjuddir. Komil inson imkoniyati cheksiz, o‘z iqtidori, iste’dodi, salohiyati, 
qobiliyati, donishmandligi, qomusiyligi bilan o‘z zamondoshlaridan sezilarli 
darajada ilgarilab ketuvchi, betakror, o‘ta (super) ongli, biosfera va neosfera 
munosabatlarini anglovchi ongli zotdir (onglilikning ongliligi ustuvordir). 
Bizningcha, bu darajaga barcha fuqarolar erishish imkoniyatiga ega emas, chunki 
buning ham obyektiv, ham subyektiv omillari, shart-sharoitlari mavjuddir. Xuddi 
shu sababdan shunchaki intilish, mayl, layoqat bilan yuksak kamolot cho‘qqisiga 
erishib bo‘lmaydi, mazkur ijtimoiy holatni chuqurroq tadqiqot qilish farazlarimizni 
yo tasdiqlaydi yoki inkor qiladi. 
Inson shaxsini o‘rganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika, 
sotsiologiya, filologiya, tarix kabi ijtimoiy va gumanitar fanlar shug‘ullanadi. 
Hozirgi davrda inson muammosi aniq, gumanitar, ijtimoiy fanlarning umumiy 
tadqiqot obyektiga aylanib bormoqda va bu jarayon keyingi asrda yanada 
jadallashadi. 
Shunga 
qaramasdan, 
bir 
tomondan, 
insonni 
o‘rganishda 
differensiatsiya hodisasi yuz bermoqda, ikkinchi tomondan, inson taraqqiyotining 


135 
sintetik (birikuv) tavsifi bo‘yicha integratsiya holati ko‘zga tashlanmoqda. Inson 
bir qator fanlarning tadqiqot obyekti ekanligi yig‘iq, ixcham, yaxlit tarzda tasavvur 
etish uchun uni biosotsial va sotsiobiologik jihatdan o‘rganish maqsadga muvofiq. 
Ma’lumki, inson hayoti va faoliyatining operatsional (usul, uslub, uquv, operatsiya, 
ko‘nikma, malaka, odat) mexanizmi uning ontogenezida
 
funksional 
(harakatlantiruvchi) mexanizmga o‘sib o‘tadi, binobarin, unda komillikning 
belgilari, alomatlari shakllanadi, natijada u jismoniy va ma’naviy kamolot 
cho‘qqisining muayyan darajasiga erishadi. 
Jahon psixologiyasidagi turli nazariyalarga asoslangan holda, birinchidan, 
inson u yoki bu aloqalar tizimiga binoan biologik evolyutsiya mahsuli sifatida 
o‘rganiladi. Ikkinchidan, ijtimoiy-tarixiy jarayonning ham obyekti, ham subyekti 
tariqasida inson shaxsi tadqiqot qilinadi. Uchinchidan, individ (odamzod) muayyan 
darajada va ko‘lamda o‘zgaruvchan, biologik taraqqiyotning genetik dasturiga 
asoslanuvchi alohida xususiyatli jonzot tarzida ilmiy jihatdan tekshiriladi. 
Insonning shaxs sifatida tavsiflanishining muhim psixologik lahzasi uning 
dinamik xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, 
mafkuraviy negizga bog‘liq, ya’ni uning jamiyatda egallagan o‘rni, nufuzi, mavqei 
bilan belgilanadi) orqali ifodalanadi. Statusning negizida esa hamisha uzluksiz 
ravishda o‘zaro aloqalar tizimi yotadi. Inson bajarishi lozim bo‘lgan guruhiy 
faoliyat va yakkahol turmushga, kasb-hunarga aloqador, ya’ni oiladagi hamda 
jamoadagi rolning ijtimoiy funksiyasi, uning muayyan maqsadga, qadriyatga, 
ma’naviyatga yo‘nalganligi, shaxsni faollashtiradi, natijada u barcha jabhalarda 
ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Status, rol, qadriyatga yo‘nalganlik shaxs 
xususiyatlari, sifatlari, fazilatlari, xosiyatlari va xislatlarining birlamchilarini 
tashkil etadi, uning tuzilishida asos bo‘lib xizmat qiladi. Shaxsning tavsifi faoliyat, 
xulq motivatsiyasi xususiyati va ijtimoiy fe’l-atvor (oddiy stereotipdan tortib, to 
xalq donishmandligi namunalari) tuzilishini belgilab, uning tarkibidan ikkilamchi 
alomatlar, belgilar sifatida joy egallaydi. Shaxsning birlamchi va ikkilamchi 
sifatlarining o‘zaro ta’sirini birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson xarakteri 
va mayllari yuzaga keladi. Insonning shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi, ularni 


136 
takomillashtiruvchi va barqarorlashtiruvchi asosiy shakl - uning jamiyatdagi hayot 
yo‘li, muayyan iz qoldirishi va ijtimoiy tarjimai holi hisoblanadi. Shaxsning 
xalqiga qilgan xizmati uning e’zozlanishiga, hattoki milliy ma’naviy boylik, 
tafakkur gulshani va sarchashmasi darajasiga ko‘tarilishi mumkin. 
Insonning faoliyat subyekti sifatidagi asosiy tavsiflari qatoriga uning bu 
sohadagi taraqqiyotning mahsuli - ongi (obyektiv faoliyatning in’ikosi sifatida (va 
faoliyati) voqelikning o‘zgartiruvchisi tariqasida) kiradi. Inson amaliy faoliyatning 
subyekti tarzida uning shaxsiy fazilatlari va xislatlarini tavsiflabgina qolmaydi, 
balki mehnatning texnik vositalari va texnologiyasi, ularning kuchaytiruvchanlik, 
tezlashtiruvchanlik va yaratuvchanlik funksiyalari sifatida yuzaga keladi. Amaliy 
faoliyat umuminsoniy va yakka shaxs tajribasining bir qismi tariqasida, 
egallanilgan, o‘zlashtirilgan, puxta tajribadan foydalanish singari namoyon bo‘ladi. 
Nazariy faoliyatning subyekti bo‘lmish inson o‘zining bilimlari, kasbiy 
ko‘nikmalari, aqliy malakalari bilan tavsiflanadi, qaysiki ular o‘ziga xos alomatlar 
tizimi bilan bevosita bog‘liqdir. Aqliy faoliyat ijodiyot darajasiga o‘sib o‘tishi 
natijasida ijodiy mahsullar, yangiliklar, qonuniyatlar vujudga keladi va jamiyat 
taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi. Ajdodlar merosi va avlodlar 
salohiyati mahsullarining uzviy bog‘lanishi nazariy va amaliy faoliyatning o‘zaro 
uyg‘unlashuvini taqozo etadi, vaholanki, har ikkala faoliyat turida ijodiylik 
alomati, mahsuli ishtirok qiladi, fan va texnika rivojini ta’minlaydi. Faoliyat 
tajribalar bilan uzviy bog‘lansa, uning samaradorligi, maqsadga yo‘nalganligi, 
amalga oshish imkoniyati yuksak bosqichga ko‘tariladi. 
Inson hayotida ijtimoiy hodisa sifatida armon muhim rol o‘ynaydi, uni 
faollikka chorlaydi, harakat qilishga asosiy turtki vazifasini bajaradi. Armon inson 
uchun go‘yoki ushalmagan orzu, g‘amgin tuyg‘ularning jonlashuvi, komfortga 
intilishga da’vat etuvchi hissiyot, ijtimoiy va yakkahol turmushni baholash mezoni, 
faollikka yetaklovchi motiv, ezgu niyatlar og‘ushiga tortuvchi doimiy turtki, 
loqaydlikning oldini oluvchi ichki ruhiy imkoniyatdir. Shaxs uchun eydetik 
obrazlar qanchalik ahamiyat kasb etsa, barqaror iz qoldirsa, armon ham xuddi 
shunday xususiyatga ega bo‘lib, ulardan farqli o‘laroq doimiyligi, ustuvorligi, 


137 
maqsadga undovchiligi bilan yuqoriroq nufuzga ega. 
Insonning subyektiv xislatlari integratsiyasining yuksak shakli ijodiyot 
(kreatsiya) hisoblanib, umumlashgan imkoniyatlar tarzida qobiliyatlar (iste’dod, 
iqtidor), talant va salohiyat vujudga keladi. Odamning subyektiv xususiyatlari, 
xislatlari rivojining asosiy shakllari ruhan tayyorgarlik, kulminatsiya va finish 
sanalib, insonning jamiyatdagi ishlab chiqarish va ijodiyot faoliyatlarini belgilaydi. 
Mazkur to‘rt bosqich, to‘rt mezon, taraqqiyotni baholash tizimi o‘ziga xos 
xususiyatlari, imkoniyatlari, sur’ati, davomiyligi bilan bir-birlaridan ham sifat, ham 
miqdor jihatdan ajralib turadi. 
Jahon psixologiyasi fanida inson sifatlari (xislatlari, fazilatlari, xosiyatlari)ni 
individual, shaxsga oid va subyektiv guruhlarga ajratilishi an’anaviy va kasbiy 
xususiyatga ega, chunki ular odamning yaxlitligi, bir butunligi, alohidaligi 
tavsifidan iborat bo‘lib, bir davrning o‘zida ham tabiat, ham jamiyat jonzodi 
ekanligini anglatadi. Mazkur yaxlitlikning mag‘zi shaxsning tuzilishidir, unda 
nafaqat insonning asosiy xislatlari o‘zaro kesishadi va umumlashadi, balki uning 
ijtimoiy va shaxsiy ko‘nikmalari muayyan tarkibga keltiriladi, qoidaviy xususiyat 
kasb etadi. 
Bizningcha, individ, shaxs, subyekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi 
ijtimoiy-psixologik holatlarga e’tibor qilinishi zarur: 
Inson rivojining determinatori hisoblangan asosiy omillar va shart-sharoitlar 
(ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, mafkuraviy, pedagogik va yashash muhitining 
omillari). Insonning shaxsiy o‘ziga taalluqli, asosiy tavsiflar, uning rivojlanishi 
ichki qonuniyatlari, mexanizmlari, evolyutsion negizda kamol topish bosqichlari, 
barqarorlashuvi va involyutsiya (o‘sishdan qaytish davri xususiyatlari). Insonni 
yaxlit, mukammal tuzilishining asosiy tarkiblari, ularning o‘zaro aloqalari, 
shaxsning tashqi ta’sirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot jarayonida ularning 
muttasil ravishda takomillashuvi kabi faktorlar. 
Uch xil xususiyatli tadqiqot dasturining tarkibiy qismlari insonning amaliy, 
nazariy va ijodiy faoliyatining mezonlari hisoblanadi. Chunki bevosita faoliyatni 
amalga oshirish jarayonida yashash muhitini va ijtimoiy-tarixiy tajribani 


138 
egallashning ham interiorizatsiya, ham eksteriorizatsiya davrlari yuzaga keladi. 
XXI asrda individ, inson, shaxs, subyekt va komil insonni o‘rganish turli 
yo‘nalishlarda, vaziyatlarda, yosh xususiyatlari, alohida yondashish negizida, 
o‘ziga xos tahlilga, metodologik asosga suyanib olib borilishi maqsadga muvofiq. 
Chunki jahon psixologiyasi fanida to‘plangan nazariy va amaliy xususiyatli 
materiallarni mafkuraviy nuqtai nazardan tahlil hamda tanqid qilmasdan, balki 
ularni xolisona baholash, ilmiy jihatdan talqin qilish joiz. Binobarin, turli 
psixologik ilmiy maktablar tomonidan to‘plangan natijalarning oqil jihatlarini 
tanlash va tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasini belgilashda ulardan omilkorlik 
bilan foydalanish ko‘pgina ilmiy qaytadan tekshiruvlarning oldini oladi. 
Shaxsga nisbatan subyektiv munosabat, ya’ni unda robot sifatida majburiylik 
tamoyiliga asoslanib (barcha xususiyatlarni bir tekis shakllantirish mumkin, degan 
xato nazariyadan voz kechish) inson qarshilik ko‘rsatishini hisobga oluvchi 
yondashishni yo‘lga qo‘yish, subyekt-subyekt aloqasini vujudga keltirish. 
Har qanday subyekt-shaxs, lekin har qaysi shaxs subyekt emasligi 
muammosini yechish. Buning uchun mustaqil fikrlashga ega bo‘lish, shaxsiy 
pozitsiyani himoya qila olish, g‘oyani amalga oshirish yo‘lida to‘siqlarni pisand 
qilmaslik, mustahkam ishonch, qat’iy maslak, iymon negizida asoslanish, intilishda 
irodaviy barqarorlik ustuvorligiga erishish. Dunyoqarash va uni hayotga tatbiq 
qilishning obyektiv va subyektiv shart-sharoitlari mavjudligiga iqror bo‘lish hamda 
uni tan olish va hokazo. 
Bizningcha, individ, shaxs, subyekt va komil inson to‘g‘risida mulohazalar 
yuritilganda ularning ongsizlik, ongostlilik, onglilik va o‘ta (super) onglilik 
holatlari bilan uzviy aloqadorligini unutmaslik lozim. Yuqorida keltirilgan 
atamalar ongli mavjudodga taalluqli ekanligi jahon psixologiyasi fanining ilmiy 
manbalarida atroflicha talqin qilingan, lekin ularning ierarxiyasi, mohiyati 
bayonida turlicha yondashuv hukmrondir. Mazkur maqsadni chuqurroq ochishga 
yo‘naltirilgan nazariyalar o‘ta bahsli bo‘lib, uning zaminida faqat ong yotishi 
tasdiqlanadi, xolos. Aslida esa inson ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriy xotira va muayyan 
maqsadga asoslanib, biron-bir faoliyat inson tomonidan tashkil qilingandagina ong 


139 
shaxsning ushbu faoliyatini regulyatori (boshqaruvchi) vazifasini bajaradi. Biroq 
odam funksional holatining o‘zgarishi bilan onglilikdan ongsizlik (ixtiyorsizlik)ka 
o‘tishi, ijod, tashabbus uning uchun muomala, faoliyat negiziga aylansa, u holda 
shaxs ongosti (muvofiqlashuv) holatiga asta kirib borishi mumkin. Xuddi shu 
boisdan shaxs bir davrning o‘zida har uchala holat (onglilik, ongsizlik, ongostlilik) 
hukmi ostida yashashi, faoliyat ko‘rsatishi, ijod qilishi, muomalaga kirishishi 
mumkin. Har uchala holatning omili negizida shaxsning kamoloti vujudga keladi, 
ularning har qaysisi bu jarayonga o‘ziga xos ulush qo‘shadi. Ong holatlari tabiiy 
ravishda bir-biri bilan uzluksiz tarzda o‘rin almashtirib turadi, chunki inson 
ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi bosqichlar hukmi bilan yashaydi va 
faoliyat ko‘rsatadi. 
Jahon psixologiyasi fanida to‘plangan ma’lumotlardan ma’lumki, inson 
(shaxs) o‘zini o‘zi anglashi uchun xuddi shu o‘zini o‘zi anglash xususiyatining 
(jarayonining) subyekti bo‘lishi muqarrar. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin