132
5.5. Shaxsga xos bo‘lgan obyektiv sifatlar, onglilik, javobgarlikni his
etish, o‘z qadrini bilish
XXI asrda yashovchi inson ongli, ongosti va ongsizlik holatlaridan tashqari,
o‘z-o‘zini anglash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Xuddi shu boisdan o‘z-o‘zini
anglashning quyidagi tarkibiy qismlarga ajratish maqsadga muvofiqdir:
o‘tmishdagi «Men» («o‘zlik»);
hozirgi «Men» («o‘zlik»);
bo‘lg‘usi «Men» («o‘zlik»);
ideal «Men» («o‘zlik»);
dinamik «Men» («o‘zlik»).
O‘z-o‘zini anglash jarayoni milliy o‘zligini anglash bilan uzviy bog‘liq bo‘lib,
muayyan vaqt, muddat o‘tishini, ya’ni ma’lum
davrni taqozo etadi, lekin u ham
evolyutsion, ham revolyutsion yo‘l ta’sirida amalga oshishi mumkin. O‘z-o‘zini
anglash borliq va jamiyatni in’ikos etishning yuqori bosqichi sanalib,
pirovard
natija sifatida yuzaga keladi, insonning donishmandligini namoyish qiladi. O‘z-
o‘zini anglash besh tarkibdan iborat bo‘lib, u o‘ta murakkab jarayon hisoblanib,
uning tarkiblari birin-ketin anglashinish imkoniyatiga ega emas.
Chunki insonda
o‘zining hayoti va faoliyati yutuqlari, nuqsonlarini, xulq-atvor ko‘nikmalarini, aql-
idrok darajalarini, ichki imkoniyat zaxiralarini, qadriyat hamda ma’naviyat
ko‘rsatkichlarini oqilona baholashga qurbi yetishmaydi. Shaxsda tanqid va o‘z-
o‘zini tanqid, baholash va o‘z-o‘zini baholash, tekshirish va o‘z-o‘zini tekshirish,
nazorat qilish va o‘z-o‘zini
nazorat qilish, boshqarish va o‘z-o‘zini boshqarish,
takomillashtirish va o‘z-o‘zini takomillashtirish, rivojlantirish va o‘z-o‘zini
rivojlantirish mutanosibligi maqsadga javob bera olmaydi.
Individual va ijtimoiy
ongni tobora rivojlanib borishi mazkur mutanosiblikni amalga oshirishni
ta’minlaydi, bu esa muayyan muddatni talab qiladi.
Inson o‘z-o‘zini anglash jarayonida ko‘pincha reallikdan boshlaydi, hozirgi va
favquloddagi holatni tahlil qiladi, shaxsiy
imkoniyati bilan taqqoslaydi, ma’lum
mezon yoki namuna, ibrat tanlab, unga tenglashishga intiladi.
Keyinchalik esa
kelajak, istiqbol rejalari uni qiziqtiradi, o‘zining nimalarga qodirligi yuzasidan
133
mulohaza yuritadi va bu borada muayyan qaror qabul qilishga erishadi, lekin uning
ongliligi yoki oqilliligiga shubhalanadi. Uni bir necha marta tahlil qilish, qiyoslash,
unga o‘zgartirishlar kiritish, yangilash orqali bo‘lg‘usi «Men»iga aniqlik kiritadi va
faollik mexanizmiga aylantiradi.
Dostları ilə paylaş: