O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
 
 


165 
Nazorat savolari: 
1. Sezgi haqida tushuncha bering?
2. Sezgi turlarini sanang? 
1.
Sezgining xususiyatlari va tavsifi haqida nimalarni bilasiz?
2.
Sensor adaptatsiya va sezgilarning o‘zaro ta’siri haqida ma’lumot bering?
3.
Sezgining rivojlanishi haqida aytib bering? 
 


166 
7 -MAVZU. IDROK 
 
Tayanch tushunchalar:
 
fon va figura, geshtalt nazariyasi, vaqtni idrok qilish, 
fazoni idrok qilish, harakat idroki,
predmetliligi, yaxlitligi, strukturaliligi, 
doimiyligi (konstantligi), anglashilganligi.
 
 
7.1.Idrok haqida tushuncha. Idrokning fiziologik asoslari 
Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo‘lib 
hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va 
inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir 
davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi. 
Idrok tushunchasi lotin tilida «regserpo» qabul qilish, idrok deb nomlanadi, 
uning yuqori bosqichi esa «appersensiya» (lotincha - idrok, qabul qilish) deyiladi. 
Appersepsiya - idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va 
ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman, 
ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Appersepsiya hodisasi 
tufayli odamlar o‘zaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan muayyan darajada 
tafovutlanadilar, ya’ni ular aynan bir xil narsani o‘zining bilim saviyasi, maslagi, 
pozitsiyasi, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha 
idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan, «ildiz» tushunchasini biologlar 
o‘simliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar sonlarning ildiz ostidagi 
ko‘rinishida, ijtimoiy nuqtai nazardan qarindosh-urug‘chilik shaklida ko‘z o‘ngiga 
keltiradi. Mazkur tushuncha ba’zi hollarda idrokning aniqlik, to‘liqlik, ravshanlilik, 
predmetlilik, tanlovchanlik (saralash) kabi sifatlarning ma’nosi o‘rnida 
qo‘llanilgan. Psixologiya nazariyalariga ko‘ra appersepsiya hodisasi barqaror va 
vaqtincha (muvaqqat) deb yurituvchi ikki ko‘rinishga (turga) ajratiladi. Barqaror 
appersepsiya hodisasi shaxsning dunyoqarashi, qat’iy maslagi, ideali, pozitsiyasi, 
motivatsiyasi, qiziqishi, bilim saviyasi, madaniy darajasi, xulq-atvori, ma’naviyati 
va kasbiy tayyorgarligiga bog‘liq bo‘lib, u o‘ta murakkab tuzilishga egadir. 
Muvaqqat (vaqtincha) appersepsiya turi esa shaxsning faqat idrok qilish 
jarayonidagi emotsional holatiga, ya’ni uning kayfiyati, ruhlanishi, shijoati, stress, 


167 
affektiv ko‘rinishdagi his-tuyg‘ularida, ularning sur’ati, davomiyligi, tezligida o‘z 
ifodasini topadi. 
Psixologiya fanida idrok muayyan shakllarga ajratilib tadqiq qilinadi, vaqt, 
harakat, fazo yordami bilan atrof-muhitning, biosferaning, ijtimoiy turmushning 
mohiyati yuzasidan axborotlar ma’lumotlar, xususiyatlar aks ettiradi. Borliqdagi 
narsa va hodisalarning yashash shakli, uzluksiz ravishda harakatda bo‘lishi, 
muayyan obyektiv vaqt birligida hukm surishi inson ongida bevosita in’ikos 
qilinadi. Odatda, inson tomonidan vaqtni idrok qilish, asosan, ruhiy hodisalar, 
holatlar, vaziyatlar, xususiyatlarning o‘zaro o‘rin almashinuvi tufayli namoyon 
bo‘ladi va o‘ziga xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq 
qilib turadi. Vaqtni idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining 
obyektiv (haqqoniy, xolis) mazmuniga, shaxsning unga nisbatan munosabatiga 
bog‘liq bo‘lib, xuddi shu mezon orqali uning mahsuldorligi o‘lchanadi. Masalan, 
shaxsning ehtiyoji, motivatsiyasi, qiziqishlari va intilishiga mos, mutanosib vaqt 
birligini, idrok birligini idrok qilgan taqdirdagina vaqt obyektiv jihatdan 
(kechinmalar, 
his-tuyg‘ularga 
nisbatan 
shaxsning 
ijobiy, 
haqqoniy 
munosabatlarida) tez o‘tganday idrok qilinadi, odatda, yoqtirmaslik, idrok 
maydoniga (qamroviga) nomutanosiblik esa shaxsda zerikish, vaqt «sekin» o‘tish 
tuyg‘usini uyg‘otadi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin