O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Segzi kognitiv jarayonning boshlang‘ich nuqtasi (R.Solso)



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

6.4.Segzi kognitiv jarayonning boshlang‘ich nuqtasi (R.Solso) 
Tashqi olam xususiyatlari to‘g‘risidagi va shaxsning o‘z gavdasini tuta bilish 
yuzasidan bilimlar, ma’lumotlar, xabarlar va taassurotlar manbai bu sezgilar bo‘lib 
hisoblanadi. Shuning uchun sezgilar inson organizmiga, ya’ni uning tana a’zolariga 
tushadigan axborotlarning asosiy kanali (yo‘li) sanalib, ular tashqi dunyo hamda 
ichki tana a’zolari to‘g‘risidagi xabarni bosh miya katta yarim sharlari va bosh 
miyaning tarkiblariga yetkazib turadi, xuddi shu boisdan inson o‘zini qurshab 
turgan makro muhitni oriyentirlash (mo‘ljallash) imkoniyatiga egadir. Agarda 
mazkur kanallar berk bo‘lib qolgan taqdirda, sezgi organlari zarur axborotlar bilan 
ta’minlamaydi, binobarin, ongni hukm surish imkoniyati o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. 
Psixologiya fanida shunday ilmiy dalillar mavjudki, mabodo inson 
axborotlarning shaxobchasidan mahrum bo‘lsa, u holda u uyqu holatiga 
sho‘ng‘iydi. Masalan, tasodifan teri-tuyush sezgilari patologiyaga uchrasa, unda 
odam (ko‘pincha vaqtincha, muvaqqat) ko‘rish, eshitish, hid sezishdan mahrum 


153 
bo‘lishi mumkin. Mabodo axborotlar tuzatish shaxobchasi ilk bolalik yoshi davrida 
buzilsa, kar yoki ko‘r bo‘lib qolsa, u taqdirda uning aqliy rivojlanishida keskin 
to‘xtalish (vaqtincha orqada qolish) yuzaga keladi. Agarda bola maxsus usul yoki 
uslubga o‘rgatilsa tabiiy ravishda mavjud kamchiliklarning o‘rnini to‘ldirib 
bo‘lmaydi. 
Sezgini bunday tarzda tushuntirilishiga nisbatan har xil munosabatlar 
psixologiya tarixida mavjud bo‘lib, ularning hech qaysisi asosiy manba ekanligiga 
shubha bilan qarashga moyildirlar. Hozir ularning ayrimlariga qisqacha to‘xtalib 
o‘tamiz va haqiqiy mohiyatini ochib berishga intilamiz. 
Nemis faylasufi Xristian Volf “Ratsional psixologiya” (1732) va “Empirik 
psixologiya” (1734) kitoblarida: ongning ichki holati, aqliy fikr yuritishga 
qobiliyatlilik tabiiy moddiy asos zamiridan kelib chiqib, tashqi olamdan kelib 
tushadigan axborotlar shoxobchasiga, ya’ni sezgi kanaliga, hech qanday bog‘liq 
emas deb tushuntirishga harakat qildi. Sezgilarga mana bunday yondashish 
nazariyotchisi fanga “ratsionalizm” tushunchasi bilan birga kirib keldi. X. Volf va 
uning tarafdorlari psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira va boshqalar) murakkab 
ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli emas, degan g‘oyani ilgari surdilar. Shuning 
bilan birga “Ong”, “Aql” tarixiy evolyutsiya natijasi emas deb, inson psixikasiga 
o‘zgacha yondashib, uni izohlab berish mushkul bo‘lgan “birlamchi” xususiyat 
ekanligini tushuntirishga intildilar. 
Mazkur nazariyaga asoslangan psixologlar insonning sezgilari uning tashqi 
olam bilan bog‘lab turuvchi birdan-bir shaxobcha ekanligini inkor qilishgacha 
borib yetdilar va voqelikni mana bunday tarzda izohlashga harakat qildilar: 
go‘yoki sezgilar insonni tashqi olamdan ajratib turadilar, ular atrof-muhit 
o‘rtasidagi bartaraf qilib bo‘lmaydigan devor hisoblanadilar. Berkli, Yung, 
I.Myuller, Gelmgols singari olimlar sezgi organlarining “spesifik energiyasi” 
nazariyasini ishlab chiqdilar. Bu g‘oyaning asoschisi sifatida Iogann Myuller qat’iy 
pozitsiyada turib, uni butun vujudi bilan himoya qilishga intildi. Ushbu nazariyaga 
binoan, har qaysi sezgi a’zosi xoh quloq, xoh til, xoh teri bo‘lishidan qat’iy nazar, 
tashqi dunyoning ta’sirini aks ettirmaydi, atrof-muhitda bo‘lib turgan real, yaqqol 


154 
jarayonlar yuzasidan axborotlar berishga qobil emas, faqat u tashqi ta’sirdan 
shaxsiy jarayonlarning qo‘zg‘atuvchisidan turtki bo’ladi, xolos. Mazkur nazariyaga 
ko‘ra, har bir sezgi a’zolari o‘zining “spesifik energiyasi”ga ega, har qanday 
ta’sirdan qo‘zg‘aladi. Masalan, ko‘zni bosib, unga elektr toki bilan ta’sir qilib 
ko‘rilsa, unda yorug‘lik sezgisi hosil qilinadi; quloqqa elektr qo‘zg‘atuvchisi bilan 
ta’sir o‘tkazilsa, u holda tovush sezgisi vujudga keladi. Binobarin, sezgi a’zolari 
tashqi ta’sirni aks ettirmaydi, balki ulardan, ya’ni ularning ta’siridan qo‘zg‘aladi, 
xolos. Inson hech qachon tashqi voqelik, yaqqol dunyoning obyektiv ta’sirlarni 
idrok qilmaydi, balki sezgi a’zolari faoliyatida o‘zlarining shaxsiy subyektiv 
holatlarini aks ettiradi. 
Mazkur nazariyaga binoan, inson obyektiv dunyoni idrok qila olmaydi, u 
subyektiv jarayonlarni aks ettiradi, oqibat natija “dunyo element” (mayda 
qism)larni idrok qilish vujudga keladi. Psixologiya tarixida “subyektiv 
idealizm”degan yo‘nalish ham yuzaga kelgan bo‘lib, ungacha, «inson faqat 
o‘zi»nigina biladi, xolos. Undan tashqari hech narsa hukm surishi mumkin emas. 
Bu nazariya o‘ziga xos g‘oyaga ega bo‘lib, fan tarixida «solipsizm» (yagona 
«Men») nomini olgan edi. 
Sezgilarning retseptor va reflektor nazariyalari. Sezgilarning retseptor 
nazariyasiga ko‘ra, retseptor yoinki sezgi a’zolari ularga ta’sir qiluvchi 
qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan sust (passiv) javob qaytaradi, sezgilar harakatga 
qarama-qarshi turuvchi sust jarayondir, harakatning o‘zi esa aksincha faol 
(aktiv)dir. 
Hozirgi davrda sezgilarning retseptor nazariyasi mutlaqo sezgi jarayonining 
fiziologik mexanizmini ochib berishga yaroqsiz ekanligini qator tadqiqotchilar 
tomonidan ishonchli omillarga suyangan holda ta’kidlab o‘tilgandir. 
Sezgi jarayonining faol (aktiv)ligini tan oluvchi nazariya - sezgilarning 
reflektor nazariyasi deb ataladi. Ushbu fikrni asoslash uchun misollarga murojaat 
etaylik va hayvonot olamida aks ettirishni tahlil qilib ko‘raylik. Hayvonlar va 
jonivorlarning sezgilari sust (passiv) xususiyatga emas, balki tashqi olam 
ta’sirining biologik ahamiyatga molik jihatlarini faol (aktiv) ravishda ajratgan 


155 
holda xatti-harakatni amalga oshiradilar. Masalan, bolari (asalari) bir xil 
turkumdagi gullarga nisbatan aralash holdagi gullarga faol (aktiv)roq javob 
reaksiyasini bildiradi; qirg‘iy irish-chirish hidlariga, undan ko‘ra suv o‘tlarining 
ildizlari hidiga chaqqon harakat qiladi. Mushuk sichqonning qitirlashiga e’tiborini 
kuchaytiradi, lekin xuddi shunga o‘xshash kamerton tovushini keltirsak, aslo unga 
parvo ham qilib qo‘lmaydi. 
Bu omillar shuni ko‘rsatib turibdiki, birinchidan, sezgilar faollik (aktivlik) 
xususiyatiga ega, ikkinchidan, ularning vujudga kelishida harakat tarkiblari 
ishtirok etadi. AQShlik psixolog Neffning ta’kidlashicha, mikroskop ostiga olib 
teriga igna sanchilsa, xuddi shu uchastkada (maydonda) reflektor harakat 
reaksiyalari kuzatilgan; tomirning qisilishi, teri galvanik refleks (KGR), goho ko‘z 
harakati, bo‘yin muskullarining taranglashuvi, qo‘lning harakat reaksiyasi sodir 
bo‘lishi mumkin. 
Jahon psixologlari tomonidan narsalarning murakkab tomonlarini tanish, 
farqlash harakatning ishtirokisiz amalga oshmasligi ta’kidlab o‘tilgan. Masalan, 
ko‘zni yumib jismni farqlash uchun qo‘l bilan uni paypaslash kerak, aks holda 
uning holati, shakli, qattiq yoki yumshoqligi, g‘adir-budurligini bilib, sezib 
bo‘lmaydi. 
I.M.Sechenovning fikriga ko‘ra, jismni ko‘z bilan idrok qilish uchun ko‘z 
o‘sha narsani «qidirsin», faqat shundagina maqsadga muvofiq harakat yuzaga 
chiqqan bo‘ladi. Hozirgi davrda psixologiya fanida ko‘z harakatlari nazariyasi 
ishlab chiqilgan bo‘lib, ular va makro va mikro, ixtiyoriy hamda ixtiyorsiz 
ko‘rinishlarga ajratiladi. Ular quyidagi nomlar bilan ifodalanadi: konvergent, 
divergent, gorizontal, vertikal, siklofuzion, torsion, version, vergent, sakkadik, 
tremor, dreyf, fliki kabilar. Ko‘z harakati yordami bilan fazoda o‘rin almashib 
turgan jismlarni tanish, bilib olish va identifikatsiyalash amalga oshiriladi. Ko‘z 
harakatlari uch juft tashqi muskullari, ya’ni miya bosh suyagining III, IV va VI juft 
nervlari orqali ro‘yobga chiqadi. Ko‘zning mikro va makro harakatlari sezgining 
mexanizm rolini bajarish imkoniyatiga ega. 


156 
Eshitish sezgisi eshitish va tovush apparatlari tarkiblarining yaqin ishtirokida 
vujudga keladi. 
Shunday qilib, yuqoridagi mulohazalarga ko‘ra, elementlar (sodda) faol 
reflektor jarayoni, shuningdek, murakkab faol retseptor faoliyat jarayoni 
(paypaslash, suratga tikilish kabilar) mavjud bo‘lib, sezgilarning vujudga kelishini 
ta’minlab turadi. Psixologik ma’lumotlarning tahliliga ko‘ra, faol harakatning har 
qaysisi sezgining reflektor nazariyasidan iboratdir. 
Sezgilarning umumiy qonuniyatlari va sezgirlik. Sezgilar o‘zlariga adekvat 
(mos) bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilarni aks ettirish shakllaridan biri hisoblanmish bilish 
jarayonlaridir. Ko‘rish sezgisining adekvat qo‘zg‘atuvchisi havo to‘lqini uzunligi 
380 dan 770 millimikron diapazondagi elektromagnit nurlanishidan iboratdir. Bu 
elektromagnit nurlanishlar ko‘rish analizatorlarida ko‘rish sezgisini vujudga 
keltiruvchi nerv (asab) jarayoniga aylanadi. Eshitish sezgilari tebranish chastotasi 
16 dan to 20000 gacha bo‘lgan tovush to‘lqinlari ta’sirining reseptorlarda aks 
etishidir. Taktil sezgilari mexanik qo‘zg‘atuvchilarning teri yuzasida ta’siri 
natijasida hosil bo‘ladi. Karlar uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan tebranishni 
aks ettirish sezgilari narsalarning tebranishlarini in’ikos qilish orqali yuzaga keladi. 
Boshqa turdagi sezgilar ham o‘zlarining maxsus qo‘zg‘atuvchilariga egadirlar. 
Lekin sezgilarning turli ko‘rinishlari faqat o‘zlarining maxsusligi bilangina emas, 
balki ular uchun umumiy xususiyatlari bilan ham tavsiflanadilar. Sezgilarning ana 
shu xususiyatlariga sifatlari, jadalligi, davomiyligi va fazoviy lokalizatsiyasi kiradi. 
Sifat mazkur sezgining asosiy xususiyati bo‘lib, uni boshqa sezgi turlaridan 
farqlaydi va ayni shu sezgi turi chegarasini o‘zgartiradi. Masalan, eshitish sezgilari 
tovushning balandligi, tembri, qattiqligi bilan tafovutlanadi, ko‘rish sezgilari esa 
ranglarning quyuqligi, jilosi, tovlanishi, toni va boshqa shu kabilar bilan 
farqlanadi. Sezgilarning sifat jihatidan ko‘p turliligi materiya harakati shakllarining 
turli-tumanliligining aks ettirishidir. 
Sezgilarning jadalligi ularning miqdoriy tavsifidan iborat bo‘lib, ta’sir 
qilayotgan qo‘zg‘atuvchining kuchi va retseptorning funksional holati bilan 
belgilanadi. Sezgilarning davomiyligi ularning vaqtinchalik tasniflanishidan 


157 
iboratdir. Sezgilarning davomiyligi ham sezgi a’zolarining funksional holati bilan, 
shuningdek, qo‘zg‘atuvchining ta’sir qilish vaqti hamda jadalligi bilan o‘lchanadi. 
Qo‘zg‘atuvchi sezgi asosida ta’sir qilishi bilan darhol sezgi hosil bo‘lmaydi, 
balki u bir qancha daqiqadan keyin vujudga keladi. Ana shu qisqa vaqt sezgining 
latent (yashirin) davri deb ataladi. Latent davri sezgi turlari uchun har xil fursatda 
kechadi. Masalan, taktil sezgilari uchun latent davri 130 millisekund, og‘riq 
sezgilari uchun esa 370 millisekundga to‘g‘ri keladi, maza-ta’m sezgisi esa til 
yuzasiga ta’sir etilgandan so‘ng 50 millisekundgacha vaqt oralig‘ida hosil bo‘ladi. 
Qo‘zg‘atuvchi ta’sir qila boshlashi bilan bir davrda hosil bo‘lmaganidek, 
qo‘zg‘atuvchining ta’siri to‘xtashi bilan bir vaqtning o‘zida sezgi yo‘qolmaydi. 
Vaholanki, sezgilarning inersiyasi (sezgilarning saqlanishi) ta’siridan keyingi 
hodisasi deb ataladigan narsada namoyon bo‘ladi. 
Ko‘rish sezgisi ba’zi bir inersiyaga ega bo‘lib, ko‘rish sezgisining ta’siri 
to‘xtashi bilan darhol yo‘qolib ketmaydi. Qo‘zgatuvchi ta’sirining izi ketma-ket 
keluvchi obrazlar deb ataladigan hodisa sifatida saqlanib qoladi. Psixologiyada 
ko‘zning to‘r pardasida rangni sezadigan uch xil xususiyatli element bor deb 
taxmin qilinadi. Qo‘zg‘alish jarayoni hosil bo‘lganda, ular toliqadilar va 
sezgirliklari ancha kamayadi. Qizil rangga qarab turganimizda ko‘z to‘r 
pardasidagi qizil rangni qabul qiluvchi element boshqalarga nisbatan ortiqroq 
toliqadi, shuning uchun ko‘z to‘r pardasining xuddi shu joyiga qizil rangdan so‘ng 
oq rang ta’sir etadigan bo‘lsa, qolgan ikkita qabul qiluvchi element ortiqroq 
sezgirlikka ega bo‘ladi va biz ko‘z qarshimizda ko‘kish yashil rangni ko‘ramiz. 
Eshitish sezgilari ham ketma-ket obrazlarga ega bo‘lishi mumkin. Chunki 
quloqni bitiradigan qattiq ovoz yoki tovush bilan birga yuzaga keladigan noxush 
sezgi, ya’ni bu «quloq»ning shang‘illashidir. Eshitish analizatoriga bir necha 
sekund davomida ta’sir etadigan bir qator qisqa tovush impulslaridan so‘ng ular 
tutash holda yoki bir oz pasaytirilgan tarzda idrok qilina boshlaydi. Agar bu 
tovushlarning ta’sirini modellashtirish mumkin bo‘lganda edi, ana shunday 
hodisani kuzatish imkoni yuzaga kelardi. Bu hodisa tovush impulsining ta’siri 


158 
to‘xtaganidan keyin uchraydi hamda tovushning impulsi jadalligi va davomiyligiga 
bog‘liq ravishda bir necha sekund mobaynida davom etishi mumkin. 
Boshqa analizatorlarda ham xuddi shunga o‘xshash hodisalarni kuzatish 
mumkin. Masalan, harorat, og‘riq va maza sezgilari ham qo‘zg‘atuvchining ta’siri 
to‘xtagandan so‘ng bir necha muddat oralig‘ida davom etaveradi. 
Sezgilar uchun qo‘zg‘atuvchining fazoviy lokalizatsiyasi, qo‘zg‘atuvchining 
fazoda o‘rin egallashi bilan tavsiflanadi. Distant, ya’ni masofa retseptori 
tomonidan amalga oshiriladigan fazoviy analiz bizga qo‘zg‘atuvchining fazodagi 
o‘rni haqida ma’lumot beradi. Kontakt sezgilar: taktil, og‘riq, maza badanning 
qo‘zg‘atuvchi ta’sir qilayotgan joyi bilan bog‘liqdir. Bunda og‘riq sezgilarining 
lokalizatsiyasi, ya’ni badanda joylashgan o‘rni, taktil sezgilarga qaraganda 
badanga anchagina tarqalgan, lekin unchalik aniqlik darajasiga ega emas. Bu 
holatni yaqqol namoyish qilish uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni keltiramiz: 1 
kvadrat mmteriga nisbatan barmoqlar 120, panja 14, kaft 15, ko‘krak 29, peshana 
50, burun uchi 100 va hokazo. 
Lokalizatsiya (mahalliy cheklanganlik) psixik funksiyalarning bosh miya 
katta yarim sharlari qobig‘idagi muayyan hujayralarning ishi bilan bog‘lanishidir. 
Masalan, ko‘ruv analizatorining ishi asosan miya qobig‘ining ensa qismining 
faoliyati bilan bog‘langan, eshitish analizatorining ishi esa chakka bo‘laklari bilan, 
teri-tuyush hamda harakat analizatorlari bo‘lsa tepa va ensa bo‘laklari bilan 
bog‘langandir. 
Insonni qurshab turgan atrof-muhitning holati to‘g‘risida axborot beruvchi 
turli ko‘rinishdagi sezgi a’zolari o‘zlari aks ettirmoqchi bo‘lgan hodisalarga 
nisbatan ma’lum darajada sezgir bo‘lishlari lozim. Chunki mazkur hodisalarni 
ozmi yoki ko‘pmi aniq va ravshan aks ettirish lozim. Binobarin, sezgi a’zolarining 
sezgirligi dolzarb va favquloddagi sharoitda ta’sir qilib sezgi jarayoni hosil qilish 
imkoniyatiga ega bo‘lgan minimal darajadagi qo‘zg‘atuvchi bilan belgilanadi. 
Xuddi shu boisdan sezilarli yoki sezilmas darajada sezgi hosil qiluvchi 
qo‘zg‘atuvchining minimal kuchi sezgirlikning quyi mutlaq (absolyut) chegarasi 
deyiladi. 


159 
Kuchli 
mutlaq 
(absolyut) 
chegaradan 
nimjonroq 
yoki 
kuchsizroq 
qo‘zg‘atuvchilar quyi chegaralarni hosil qilmaydi, chunki, ularning ta’sir kuchi 
to‘g‘risidagi signallar bosh miya po‘stiga borib yetmaydi. Bosh miya po‘sti har bir 
ayrim olingan «p» miqdordagi impulslardan hayotiy zaruriysinigina tanlab, so‘ng 
qabul qilib oladi. Shuning bilan birga miya po‘sti o‘z qo‘zg‘atuvchanlik 
chegarasini oshirish yo‘li bilan qilingan barcha qo‘zg‘atuvchilarni, shu jumladan, 
ichki a’zolardan keladigan impulslarni ham ushlab qoladi. Vujudga kelgan bunday 
holat biologik jihatdan maqsadga muvofiqdir. Chunki, bosh miya katta yarim 
sharlari po‘sti barcha tushib kelayotgan impulslarni qabul qilib oladigan va 
ularning hammasiga javob reaksiyasini bildira oladigan organizmni tasavvur qilish 
mumkin emas. Ma’lumki, bosh miya katta yarim sharlarining po‘sti organizmning 
hayotiy manfaatlarini muhofaza qilib turadi, shuningdek, o‘z qo‘zg‘alish 
chegarasini oshirish bilan faollashmagan (aktuallashmagan) impulslarni po‘stloq 
ostiga, ya’ni quyi markazlarga uzatadi, buning natijasida organizm ortiqcha 
reaksiyalardan musaffo bo‘ladi. 
Tekshirishlarning ko‘rsatishiga qaraganda, po‘stloqosti impulslari organizm 
uchun befarq tura olmaydi. Masalan, tashqaridan ta’sir qilayotgan xuddi ana shu 
kuchsiz po‘stloq osti qo‘zg‘atuvchilari bosh miya katta yarim sharlari po‘stida 
dominant o‘chog‘ini (hukmron manbaini) barpo qiladi va gallyutsinatsiya hamda 
«sezgilarning aldanishiga» sabab bo‘ladi. Kasallangan odamlar quyi chegaradagi 
tovushlarni miyaga o‘rnashib qolgan tovushlar to‘plami tariqasida qabul qilishlari 
mumkin, ayni chog‘da haqiqiy inson nutqiga befarq bo‘ladi; kuchsiz yorug‘lik nuri 
har xil gallyutsinatsiya ko‘rish sezgilari hosil qilishi mumkin; terining kiyimga 
tegishidan vujudga kelgan taktil sezgilar noto‘g‘ri o‘tkir teri sezgilarini yuzaga 
keltiradi.
Sezgilarning quyi chegarasi mazkur analizatorlarning mutlaq (absolyut) 
sezgirligi darajasini aniqlaydi. Mutlaq (absolyut) sezgirlik bilan sezgi 
chegaralarining me’yori o‘rtasida teskari mutanosiblik (proporsionallik) mavjud; 
sezgi chegarasining me’yori qanchalik kichik bo‘lsa, mazkur analizatorlarning 
sezgiligi shunchalik yuksak bo‘ladi. 


160 
Insondagi hid bilishni bitta hujayrasining chegarasi tegishli hid tarqatuvchi 
moddalar uchun 8 (sakkiz) molekuladan oshmaydi, maza yoki ta’m sezgisini hosil 
qilish uchun hid sezgisini yuzaga keltirishga qaraganda 25000 marta ko‘proq talab 
qilinadi. 
Insoniyatda ko‘rish va eshitish analizatorlarining sezgirligi juda yuksakdir. 
S.I.Vavilovning fikricha, ko‘z to‘r pardasiga 2-8 kvant yorug‘lik tushsa, u holda 
ko‘rish hodisasi yuz beradi. Xuddi shu sababdan to‘la qorong‘ilikda yongan 
shamni 27 km masofadan ko‘ra olish mumkin. Biroq narsaning tekkanligini sezish 
uchun ko‘rish va eshitishga qaraganda 100-10000 ml. marta ortiq energiya kerak 
bo‘ladi. 
Analizatorlar sezgilarning yuqori chegarasiga ham egadirlar. Ta’sir qilayotgan 
qo‘zg‘atuvchiga nisbatan tag‘in adekvat, ya’ni aynan sezgini hosil qila oladigan 
qo‘zg‘atuvchining yuqori mutlaq (absolyut) chegarasi deyiladi. Retseptorlarga 
ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchining kuchini bundan keyin ham ortib borishi 
retseptorlarda faqat og‘riq sezgisini yuzaga keltiradi. 
Mutlaq (absolyut) chegaraning me’yori sharoitga qarab o‘zgaradi: inson 
faoliyatining xususiyatlariga, uning yoshiga, retseptorlarning funksional holatiga, 
qo‘zg‘atuvchining kuchi hamda davomiyligiga va hokazoga bog‘liq holda 
o‘zgarishi mumkin. 
Sezgilar o‘rtasida yuzaga keladigan farqni hosil qilish ikki qo‘zg‘atuvchi 
o‘rtasidagi minimal farqni farq ajratish chegarasi deb ataladi. Nemis fiziolog olimi 
Veber odamning o‘ng va chap qo‘lidagi ikkita narsadan og‘irrog‘ini aniqlay olish 
qobiliyatini tekshirib, shunday xulosaga keladi: farq ajratish sezgirligi mutlaq 
(absolyut) xususiyatga ega bo‘lmay, balki nisbiy xususiyatga egadir. 
Sezgilarni o‘lchashni asosan ikki metodi psixologiya fanida hukm surib 
keladi. Ulardan biri bevosita metod deb atalib, subyektiv ravishda baholashga 
asoslanadi. O‘lchashning ikkinchi metodi esa alomatlarni obyektiv ravishda 
baholashga asoslangan bo‘lib, sezgilarning bilvosita (bevosita) mavjudligiga 
qaratilgandir. 


161 
Bevosita metod yoki qo‘zg‘atuvchining so‘z bilan baholash metodi 
quyidagicha tuzilishga egadir: sinaluvchiga teri, tovush, yorug‘lik ta’sir qila 
oladigan qo‘zg‘atuvchi havola qilinadi, dastavval qo‘zg‘atuvchi minimal 
intensivlikka (jadallikka) ega bo‘ladi, so‘ng ularning kuchi orttirib boriladi. 
Mazkur tadbirdan keyin sinaluvchi «u qaysi bir sezgi qo‘zg‘atuvchisining dastlab 
sezganligiga» javob berish so‘raladi. 
Teri sezgirligini o‘lchash uchun maxsus asbob, «esteziometr» qo‘llaniladi. 
Eshitish sezgirligini o‘lchash audiometr yordamida amalga oshirilib, tovushlarning 
turli darajalaridagi intensivligi aniqlanadi. Ba’zan kichkina temir sharni har xil 
balandlikdan tashlab ko‘rish orqali ham yuqoridagi maqsad amalga oshiriladi. 
Ko‘rish sezgirligini aniqlash esa sinaluvchi ko‘ziga yorug‘likning turli-tuman 
intensivlikda yuborish orqali (goho qorong‘ilikda), quyidan yuqoriga yorug‘lik 
birligi (ya’ni lyuks) orttirib boriladi. Ta’m va hid bilish sezgirligi ham maxsus 
asboblar yordamida o‘lchanadi, goho kimyoviy usul ham qo‘llaniladi. 
Yuqoridagi tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, sinaluvchiga kuchsiz 
qo‘zg‘atuvchi bilan ta’sir etilsa, ya’ni subyektga kuchsiz qo‘zg‘atuvchi bilan ta’sir 
etilsa, u holda subyektda hech qanday sezgi hosil bo‘lmaydi, shuningdek, sanab 
o‘tilgan reflektorlarda ham o‘zgarish yuz bermaydi. 
Qon tomir yoki elektrofiziologik reaksiyalar kuchsiz qo‘zg‘atuvchi ta’sirida 
ham aniq namoyon bo‘lishi mumkin, aksincha sezish jarayoni esa amalga 
oshmaydi. Bu holatni elektro ensefalografik reaksiyalar tasdiqlaydi. Tovush 
qo‘zg‘atuvchiga kelib chiqqan holda G. V. Gershuni inson subsensor diapazonga 
ega degan ilmiy g‘oyani olg‘a suradi. Bu narsa anglashinilmagan fiziologik 
reaksiyalar, sezib bo‘lmas qo‘zg‘atuvchilarga asoslanadi. 
Sezgilarning o‘zgarishi adaptatsiya va sensibilizatsiya holatlarida o‘z 
ifodasini topadi. 
Adaptatsiya 
(lot.-moshlshmoq) 

sezgi 
organlari, 
ya’ni a’zolari 
(analizatorlar)ning taassurot kuchiga moslashuvi natijasida muayyan sezgirlikning 
o‘zgarishidan iboratdir. Adaptatsiya hodisasida sezgirlik ortishi yoki kamayishi 
mumkin. Kuchli ta’sirdan kuchsiz ta’sirotga o‘tganda sezgirlik asta-sekin ortib 


162 
boradi, ta’sirot kuchayganda esa sezgirlik kamayib boradi (ko‘ruv, eshituv, hid 
bilish, teri-tuyush va hokazo). 
Odatda, genetik nuqtai-nazardan adaptatsiya uch xil xususiyatli negiz (manba) 
ta’sirida vujudga keladi. 
1. Qo‘zg‘atuvchilarning davomli ta’siri jarayonida sezgilarning to‘la 
yo‘qolishi tarzidagi adaptatsiya. Doimiy ta’sir qilib turadigan qo‘zg‘atuvchi ta’sir 
o‘tkazadigan bo‘lsa, bunday holatda sezgi so‘nib qoladi. Masalan, teriga tegib 
turadigan yengilgina bir yuk tez orada sezilmay qoladi. Yoqimsiz hidli bir joyga 
kirib qolganimizda bir ozdan so‘ng bu hidni batamom yo‘qolib ketganday his 
qilamiz. Og‘izda biron-bir narsa ushlab turiladigan bo‘lsa ta’m sezgisining 
intensivligi bo‘shashadi. 
Doimiy va harakatsiz qo‘zg‘atuvchining ta’siriga nisbatan ko‘rish 
analizatorlarida to‘la adaptatsiya hodisasini shu bilan tushuntirib berish mumkin. 
Bunday 
holatda 
qo‘zg‘atuvchining harakatsizligini ko‘rish retseptorlari 
apparatining harakatchanligi bosib yuboradi. Ko‘zni har doim ixtiyoriy va 
ixtiyorsiz ravishda harakatlanib turishi ko‘rish sezgisining uzluksizligini 
ta’minlaydi. Qo‘zg‘atuvchi ta’siridan 2-3 sekund o‘tgach, ko‘rish sezgisi 
yo‘qoladi, ya’ni adaptatsiya hodisasi yuzaga keladi. 
2. Kuchli qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida ham sezgilar zaiflashadi. Masalan, 
qo‘lni muzdek suvga tutib turgan paytda, sovuq qo‘zg‘atuvchi ta’siri bilan yuzaga 
kelgan sezgining intensivligi pasayadi. Qorong‘iroq xonadan juda yorug‘ joyga 
kirib qolsak, biz avval boshqa yorug‘likdan «ko‘r» bo‘lib qolib, atrofimizdagi 
narsalarni 
ajrata 
olmaymiz. 
Ma’lum fursat o‘tgandan so‘ng ko‘rish 
analizatorilarning sezgirligi keskin sur’atda pasayadi va biz mo’tadil ko‘rish 
imkoniyatiga 
ega 
bo‘lamiz. Ko‘rish sezgirligining intensiv yorug‘lik 
qo‘zg‘atuvchisi bilan ta’sir qilganda pasayishdan iborat hodisani yorug‘lik 
adaptatsiyasi deb yuritiladi. 
Ko‘rib o‘tilgan ikki turdagi adaptatsiyani ko‘pincha psixologiya fanida 
negativ adaptatsiya deb ataladi. Chunki, har ikkala adaptatsiya natijasida ham 
analizatorlarning sezgirligi keskin pasayadi. 


163 
3. Sezgirlikni, kuchsiz qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida sodir bo‘ladigan, ortib 
borishini ham adaptatsiya deb atash an’anaga aylanib qolgan. Aksariyat sezgi 
turlariga xos bo‘lgan adaptatsiyaning mazkur turi pozitiv adaptatsiya deyiladi. 
Qorong‘ilik adaptatsiyasida ko‘rish sezgirligi ortadi. Sokinlikka nisbatan 
adaptatsiya eshitish adaptatsiyasi zamirida yuzaga keladi. Masalan, sovuq suvda 
(sovuq yegan) qo‘l - bir harorat - issiq; issiq suvda qo‘l sovuq suvda 
o‘zgarmaganday tuyuladi. Harorat sezish bilan bog‘liq bo‘lgan pozitiv 
adaptatsiyalar yuqoridagi xususiyatlarga ega. 
Tibbiyot psixologiyasida negativ og‘riq adaptatsiyasining mavjudligi 
to‘g‘risidagi gipoteza (ukolga, ignaga, issiq nurlanishga nisbatan) ham hukm 
surishi ta’kidlanib o‘tildi. 
Adaptatsiyani hosil bo‘lish xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumot: a) taktil (teri) 
adaptatsiya juda tez hosil bo‘ladi; b) ko‘z adaptatsiyasi bir necha daqiqa; v) hid va 
ta’m adaptatsiyalari undan ham uzunroq vaqt talab qiladi. 
Adaptatsiyaning ahamiyati shundan ibratki, u kuchsiz qo‘zg‘alishni 
payqashga yordam beradi, kuchli qo‘zg‘alishdan sezgi organini saqlaydi. 
Adaptatsiyani tushuntirib berish: 1) tayoqsimon hujayralarga joylashgan 
ko‘rish purpuri aynib ketadi; kimyoviy modda borligi ilmiy jihatdan 
isbotlanmagan; 
2) 
miyaning 
po‘stloq qismi sezgirlikni pasaytiradigan 
«mulohazalovchi» tormozlanish. Tormozlanish - boshqa joylarda qo‘zg‘alishni 
kuchaytiradi - sezgirlik ortadi, izchil o‘zaro induksiya hodisasi ro‘y beradi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin