6.3.Inson faoliyatida sezgining roli va qonuniyatlari, chet el
psixologiyasida sezgi nazariyalari
Odam bilan uning tevarak-atrofidagi olam o`rtasida doimo o`zaro bir-biriga
ta`sir qilish jarayoni bo`lib turadi. Odam bu protsessda dunyoni o`z psixikasi bilan
aks ettiradi. Shu bilan birga, voqelik odam ongida ko`zgudagi kabi passiv ravishda
aks etmay, balki aktiv ravishda aks etadi: odam tevarak-atrofdagi olam bilan o`zaro
bir-biriga ta`sir ko`rsatar ekan, shu jarayonda olamga ta`sir etadi, uni o`zgartiradi
va uni o`z ehtiyojlariga moslashtiradi.
Psixik mahsullar - psixik jarayonlarning natijasidir. Bularga sezgi va
idroklarning obrazlari, tasavvurlar, muhokamalar, tushunchalar shaklidagi
subyektiv psixik mahsullar kiradi.
Yoqimli va yoqimsiz tuyg`ular, tinchlik-farosat, hayajonlanish va
ma`yuslanish, uyg`oqlik va uyqu holatlari, dadillik va taraddudlanib qolish
holatlarini boshdan kechirish holatlarga kiradi.
Xilma-xil psixik hodisalarni: bilish, emotsional soha (hissiyot sohasi) va iroda
sohasi deb uchga bo`lish qadimdan bor. Odam ongi faoliyatida zohir bo`ladigan
ana shu turlar psixik funksiyalar deb ataladi.
Bilish hodisalari boshqacha aqliy, intellektual jarayonlar deb ataladi. Sezgilar,
idrok, xotira, xayol, tafakkur va nutq – bilish jarayonlaridir.
S e z g i l a r –
muayyan paytda sezgi organlarimizga: ko`ruv, eshituv, tuyish,
hid bilish va boshqa shu kabi organlarimizga ta`sir etib turgan narsalardagi ayrim
xossalarning aks etishidir. Masalan, qizil, oqni, shirin, achchiqni, og`ir, yengilni
sezamiz.
A.N.Leontev seskanuvchanlikdan sezuvchanlikka o`tish boshqacha hayot
tarixi bilan bog`liq deb ko`rsatadi va yuksak tashkil topgan hayvonlarda
sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi a`zolari tarkib topadi deb ko`rsatadi.
Sezish qobiliyatining paydo bo`lishi psixika taraqqiyotidagi dastlabki davrdir.
Keyinchalik hayvonlar nerv sistemasining taraqqiysiga va jumladan sezgi
organlarining taraqqiysiga qarab, tashqaridan bo`ladigan ta`sirni aks ettirish, sezish
qobiliyati o`sib, tobora murakkablasha bordi. Masalan, maxsus sezgi organlari
148
bo`lmagan eng sodda hayvonlarda, aftidan, faqat umumiy, differentsiallashmagan
sezuvchanlik mavjud bo`lsa kerak. Taraqqiyotning ancha yuqori bosqichlarida
hayvonlarda sezgi organlari paydo bo`ladi, nerv sistemasining analiz qilish
qobiliyati ham o`sadi. Biologik taraqqiyotning yuqori bosqichlarida hayvonlarning
ba`zi turlarida sezgi organlari hayron qolarlik darajada takomillashadi. Masalan,
burgutning ko`rish organi, itning hid bilish organlari va hokazo.
Nerv sistemasining sezgi organlarining taraqqiyoti, shu bilan birga hayvonlar
psixikasining ham taraqqiyotiga, hayvonlarning hayot kechirish tarziga, shu
hayvonlarning qayerda, qanday yashashiga, qanday oziqlanishiga, qanday ovqat
topishiga, kimga qarshi kurashishiga va shu kabilarga bog`liqdir. Masalan,
parrandalar umrining ko`p qismini havoda, uchib yurib o`tkazadi. Bunday hayot
kechirish bepoyon bo`shliqlarda adashmaslik zaruriyatini tug`diradi.
Biror faoliyatni bajarishdagi barcha harakatlar kishi tomonidan nazorat qilinib
tuzatilib boriladi. Nazorat qilish va holatlarni tuzatish qobiliyatidan mahrum
bo’lgan kasallar hatto eng oddiy ish-harakatni ham muvaffaqiyatli bajara olmaydi.
Ular stakanni stoldan olishda, og’izga olib kelishda xatolarga yo’l qo’yadilar.
Nazorat qanday yo’l bilan amalga oshiriladi? Bu sezgi organlari ko’rish,
eshitish, muskul sezgi va boshqalar orqali amalga oshiriladi. Chunki har bir ish –
harakatni bajarayotganimizda barcha harakatlarimizni ko’zimiz orqali yoki eshitish
sezgimiz orqali tekshirib turamiz.
Albatta, harakatni boshqarish va nazorat qilishda bosh miya ham katta rol
o’ynaydi. Har qanday harakat o’zining oxirida oladigan natijasining maqsadiga
qarab boshqariladi va nazorat qilinadi. Bajarilgan harakatning natijalari uning
maqsadi nuqtai nazaridan baholanadi va tuzatiladi. Har qanday ish harakatni
bajarishdan oldin uning modeli miyada tayyor bo’ladi, ana shu modelga qarab u
boshqariladi, olingan natija modelga qarab baholanadi.
Periferiyadagi nervlardan ba`zilari qo`zg`alishi periferiyadan markazga ham,
markazdan periferiyaga ham o`tkazadi.
Sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlardan qo`zg`alish bir xil tezlik bilan
o`tmaydi; sezuvchi nervlar qo`zg`alishni harakatlantiruvchi nervlarga nisbatan
149
sekinroq o`tkazadi. Sezuvchi nervlar ayrim sezgi organlariga yoyilib, har bir
organning asosiy negizini tashkil etadi. Har bir sezuvchi nerv muayyan organga
ko`ruv, eshituv, hid bilish va shunga o`xshash organlarning biriga xos bo`lgan
spetsifik qo`zg`alishlarni o`tkazadi.
Harakatlantiruvchi nervlar ayrim organlarning va muskul ayrim qismlari
harakatini idora etadi. Katta yarim sharlar po`stining peshona qismlarida periferik
nerv sistemasining ham, vegetativ nerv sistemasining ham funksiyalarini
birlashtiradigan yuksak markazlari bor. Bosh miya po`stidan periferik nerv
sistemasiga ham, vegetativ nerv sistemasiga ham impulslar kelib turadi. Binobarin,
vegetativ nerv sistemasini, shuningdek, boshqa qism va markazlarni bosh miya
po`sti idora etadi.
Vegetativ nerv sistemasi umumiy nerv sistemasining bir qismi bo`lib, ichki
organlar hazm, nafas, qon aylanish organlarining ishlarini va ichki sekretsiya
bezlarining faoliyatini idora qiladi. Vegetativ nerv sistemasi organizmning
umuman hamma hayotiy jarayonlarini idora etadi. Organizm jarayonlarining shu
tariqa vegetativ nerv sistemasi tomonidan idora etilishi organlar faoliyatining
kuchayishi va susayishida, ortishi va kamayishida ko`rinadi.
Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar bilangina bog`lanib qolmay, balki
organizmning boshqa hamma qismlari bilan ham bog`langandir. Vegetativ nerv
sistemasining markazdan qochuvchi tolalari hamma sezgi organlarida va teri
hujayralarida bor. Vegetativ nerv sistemasi o`sha tolalar orqali sezgi organlariga
ta`sir etib, ularning faoliyatini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Jumladan, vegetativ
nerv sistemasi sezgi organlarining adaptatsiyasiga (ya`ni moslanishiga) ancha
yordam berar ekan. Vegetativ nerv sistemasi markaziy nerv sistemasining turli
qismlariga, jumladan, bosh miya po`stiga ham ta`sir etadi. Shuning uchun ham
vegetativ nerv sistemasining ta`siri psixik jarayonlarda ham ko`rinadi.
Vegetativ nerv sistemasi ikki bo`lakdan: simpatik nerv sistemasi va
parasimpatik nerv sistemasidan iborat.
150
Simpatik nerv sistemasining markazlari gipotalamusda, orqa miyaning
ko`krak va yuqori bel bo`limlaridadir. Simpatik nerv sistemasining tolalari
tanadagi hamma organlarga yoyiladi.
Parasimpatik nerv sistemasining markazlari to`rt tepalikda, o`rta miyada
(Varoliy ko`prigi), uzunchoq, miyada va orqa miyaning dumg`aza bo`limidadir.
Simpatik va parasimpatik nerv sistemalari ichki organlar faoliyatini idora
etishda «antagonistlar» rolini belgilaydi.
Har bir analizatorning periferiyadagi chekka tarmoqlari tegishli sezgi
organlarida - ko`ruv organida (ko`z), eshituv organida (quloq), hid bilish organida
(burun - halqum) va boshqa organlarda bo`ladi.
Analizator – avvalo sezgi va idroklarimizning nerv-fiziologik apparatidir.
Analizator quyidagicha ishlaydi: analizatorning chekka tarmoq egati
(retseptor) tegishli qo`zg`alishlarni sezib, qaytadan ishlab, maxsus nerv
qo`zg`alishiga aylantiradi. Masalan, ko`ruv retseptori tabiatdan yorug`lik
tebranishlarini, eshituv retseptori esa havo tebranishlarini ajratib oladi.
Analizatorning ikkinchi bo`limi qo’zg’alishni periferiyadagi (chekka)
tarmoqlardan bosh miya po`stiga o`tkazadi.
Sa`y-harakatlarning amalga oshirilishi beto’xtov ravishda nazorat qilinadi,
uning mahsulasi harakatning pirovard maqsadi bilan qiyoslanadi va unga ayrim
tuzatishlar kiritiladi, xuddi shu tarzda boshqaruv betinim takrorlanaveradi,
harakatni nazorat qilish jarayoni esa sezgi a`zolari yordami bilan vujudga keladi.
Sa’y-harakatning sensor (sezgi a’zolari yordamida) nazorat qilishning isboti uning
oynadagi o’z aksiga qarab chizishda o`z ifodasini topadi. Ma’lumki, oynada
qalamning odam qo`li harakat yo`nalishi bo`yicha emas, balki qarama-qarshi
tomonga harakatlanayotganday tuyuladi. Inson ko`rish orqali mashqlanishi tufayli
ma`lumotlardan foydalanish bilan harakatni muvofiqlashtirishni uddalaydi.
Sa’y-harakatlarning nazorat qilish jarayoni va ularni boshqarish teskari aloqa
prinsipiga binoan ro`yobga chiqadi. Ushbu hodisani amalga oshish imkoniyati
quyidagi omillarga bevosita bog’liq holda kechadi: a) sezgi a’zolari aloqa kanali
vazifasini bajargan taqdirda; b) ular axborot manbai sifatida harakat rolini
151
o`ynaganda; v) sa’y-harakatlarni aks ettiruvchi alomatlar bu jarayonda xabar
yetkazuvchi sifatida qatnashganida va boshqalar. Ta’kidlab o`tilgan omillar orqali
amalga oshadigan teskari aloqaning bunday shaklini (ko`rinishini) rus tadqiqotchi
P.K.Anoxin teskari afferentatsiya deb atagan. Afferentatsiya (lotincha aggogepz
keltiruvchi degan ma`no anglatadi) hamda tashqi qo`zg`atuvchilardan hamda ichki
organlardan, axborotni qabul qiluvchi hissiy a`zolardan markaziy nerv sistemasiga
kelib tushuvchi nerv impulslarining doimiy oqimini bildiradi. To`g`ri aloqa-
axborotlarining tashqaridan kirib borishini anglatib kelsa, teskari afferentatsiya
uning aks holatini aks ettiradi. Sa`y-harakatlarning hammasi ham organlarning
faoliyatini tushuntirish uchun xizmat qiladi va nazorat (boshqaruv) jarayoni qanday
kechishini tahlil etish imkoniyatiga ega.
Senzitivlik (lotincha zepsis sezish, his qilish degan ma`no anglatadi).
Senzitivlik yuzasidan insonda bironta psixik reaksiyani hosil qilish uchun zarur
bo`lgan o`ta kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab mulohaza yuritiladi, jumladan,
sezgilarning paydo bo`lishi uchun qo`zg`ovchining ozgina kuchi (ularning quyi
chegarasi), ehtiyojlar qondirilmasligining sezilar-sezilmas darajasi (shaxsga ruhiy
azob beruvchi) mujassamlashadi.
XX asrning ikkincha yarmida paydo bo`lgan layoqatni miyaning
mikrotuzilishi va sezgi a’zolari bilan bog’lovchi faraz eng mahsuldor bo’lib
hisoblanadi. Miya hujayralarini tadqiq etish iste’dodli shaxs nerv hujayralarining
morfologik va funksional xususiyatlarida farq borligini aniqlash mumkinligi faraz
qilinadi. Layoqatlar bilan nerv jarayonlarining ayrim differentsial xususiyatlari
hamda oliy nerv faoliyatining tiplari o’rtasida bog’liqlik mavjudligi to’g’risida
faraz ham haqiqatga yaqindir.
Rus psixologi B. M. Teplov va uning shogirdlari ishlarida oliy nerv faoliyati
tiplarining xislatlari ta’siri tufayli shaxs qobiliyatlarining tuzilishida qandaydir sifat
xususiyatlari paydo bo’lishini aniqlashga urinishgan. Jumladan, asab tizimining
alohida sezgilari ma’lum qobiliyat nishonasi sifatida vujudga kelishi mumkin.
Eksterioretseptiv sezgilar - Ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri
sezgilari.
152
Proprioretseptiv sezgilar - Muskul-harakat, statik sezgilar;
Interioretseptiv sezgilar - Organik sezgilar.
Sezgi - qo’zg’atuvchilarning idrok a’zolari retseptorlaritga ta’siri tufayli
vujudga keladigan, obyektiv dunyo xossalarining subyektiv in’ikosidir. Inson
tartibsiz holdagi kechinma va tasavvurlar orasidan ba’zi obyektlarni ajratib oladi
va bu bilan go’yoki ushbu tartibsizliklarni tartibga keltiradi. Inson sezgi a’zolariga
ta’sir qilish uchun biron narsa idrok etildi, anglandi deyishga hali erta. Predmet
yoki predmet emas deb hisoblash insonning o’ziga bog’liq: kim uchundir tashqi
muhitda musiqaviy ovoz va shovqinlar, ularda uyg’unlashmaganlik (dissonans) va
uyg’unlik (konsonaj); kimgadir esa mashinaning ishlashidan darak beruvchi
shovqin yoki hayvonlar tomonidan chiqarilayotgan ovozlar, kim uchundir
suhbatdoshning nutqidagi mantiqiy urg’u berishlar, kimgadir turar joylarni
muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz rejalashtirish va boshqalar. Kimlar uchundir
esa, agar u bunday narsalarni bilmasa, ular go’yoki yo’qdek «zo’r berib eshitmaslik
va ko’rmaslik» payida bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |