O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Biogenetik va sotsiogenetik nazariyalar. «Men»-obrazi va



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 5.4.Biogenetik va sotsiogenetik nazariyalar. «Men»-obrazi va
o‘z-o‘ziga baho 
Shaxs. Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda 
rivojlanuvchi, til yordami bilan, boshqa kishilar bilan muloqot (muomala)ga 
kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi 
hisoblanadi. 
Individuallik. Har qaysi inson betakror o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 
Shaxsning o‘ziga xos qirralarining mujassamlashuvi individuallikni vujudga 
keltiradi. Individual shaxsning intellektual, emotsional va irodaviy sohalarida 
namoyon bo‘ladi. 
S.L.Rubinshteyn bo‘yicha shaxs quyidagi tuzilishga ega: Yo‘nalganlik -
ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari 
hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi. Bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar - hayot va 
faoliyat jarayonida egallanadi. 
Individual tipologik xususiyatlar - temperament, xarakter, qobiliyatlarda aks 
etadi. K.K.Platonov ta’limotiga ko‘ra, shaxs tuzilishi quyidagi shaklga ega: 


117 
I. Yo‘nalganlik ost tuzilishi - shaxsning axloqiy qiyofasi va munosabatlarini 
birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik, ko‘lam (hajm) 
darajalarini farqlash lozim. 
II. Ijtimoiy tajriba ost tuzilishi - ta’lim vositasida, shaxsiy tajribada egallangan 
bilimlar, ko‘nikmalar va odatlarni qamrab oladi. 
Psixologik aks ettirish shakllari ost tuzilishi - ijtimoiy turmush jarayonida 
shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari. 
Biologik shartlangan ost tuzilish - miya morfologik va fiziologik 
xususiyatlariga muayyan darajada bogliq bo‘lgan patologik o‘zgarishlarni, 
shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik xususiyatlarini birlashtiradi. 
A.G.Kovalev talqiniga binoan, shaxs mana bunday tuzilishga ega: 
1. Yo‘nalganlik - voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga 
o‘zaro ta’sir etuvchi har xil xususiyatli g‘oyaviy va amaliy ustanovkalar, 
qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi. 
Ustuvor yo‘nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini belgilaydi. 
Imkoniyatlar - faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshishini ta’minlovchi 
tizim. O‘zaro ta’sir etuvchi va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan turlicha qobiliyatlar. 
Ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. Odamning ruhiy 
hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo‘ladi. Xarakter tizimidan irodaviy va 
ma’naviy sifatlar ajratiladi. 
Mashqlar tizimi. Hayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish 
(korreksiyalash), o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi boshqarishni ta’minlaydi. 
Shaxsning psixologik tuzilishi modellari tahlili.
 
Psixologiya fanida sistemali 
yondashuvga oid tadqiqotlarning ko‘rsatishiga qaraganda, har qaysi tizimning 
tavsifi sifatida uning tuzilishi qabul qilinadi. Odatda, ya’ni struktura - bu 
obyektning bir qator tarkiblari o‘rtasidagi uning yaxlitligi, o‘ziga o‘zining 
ayniyatlashuvini ta’minlovchi barqaror ichki aloqalar majmuasidir. 
Biz shaxs strukturasi, ya’ni tuzilishi muammosini bayon, talqin qilishda 
tayanch va jabha, komponent tushuncha tariqasida yaxlit tuzilishning nisbiy 
mustaqil qismidan, tahlilning birligi sifatida element tushunchasidan (atamasidan), 


118 
har qanday kontekstlardan yaxlitlik xususiyatini aks ettirmasa ham ulardan 
foydalanamiz. Bunday tafovut (farq) shaxs xususiyatlarini yaxlit holda mukammal 
ochish uchun tarkibiy tizimli va elementli-tizimli darajalarini namoyon etish uchun 
mutlaqo zarur. 
Shaxsning tuzilishi to‘g‘risidagi muammo o‘zining dolzarbligi bilan fanning 
tadqiqot doirasidan, predmetidan tashqari chiqadi. Shaxs tuzilishiga oid ilmiy 
tasavvurlarning yaratilishi, ishlab chiqilishi yaxlit nazariyaning zaruriy sharti 
hisoblanib, insonning ijtimoiy mohiyati qirralarini ochish imkoniyatiga egadir. 
Xuddi shu boisdan psixologiyaga falsafa, pedagogika, tibbiyot singari fanlarning 
namoyandalari tomonidan uni muhokama qilish namoyon bo‘layotganligi tufayli 
unga qiziqishning yuksakligidan dalolat bermoqda. 
Psixologiya fani shaxs strukturasining modelini yaratishga boshqa fanlardan 
izchilroq kirishadi, uning tabiatini aks ettirish imkoniyatiga erishadi, natijada u 
psixologiya muammolari majmuasida markaziy o‘rin egalladi. Psixologiya olimlari 
tomonidan tadqiqot qilinayotgan dolzarb muammolar bilan shaxs tuzilishiga oid 
masala u yoki bu jabhasi orqali uzviy bog‘liqlikka ega. Bu kontekstda xulq 
motivatsiyasi, shaxsning tipologiyasini ishlab chiqish, shaxsga ta’sir o‘tkazishning 
samarali yo‘l-yo‘riqlarini qidirishni eslatib o‘tishning o‘zi kifoya. 
Psixologiya fanida shaxsga strukturaviy yondashish bo‘yicha eng salmoqli 
ilmiy izlanishlar amalga oshirilganligi qonuniy holat bo‘lib, xilma-xil shaxs 
strukturasining modeli yaratilganligi fikrimizning yorqin dalilidir. Bu borada 
B.G.Ananevning fikricha, psixologik hodisalarni aql (intellekt), hissiyot (emotsiya) 
va irodaga ajratilishi inson psixologiyasida strukturaviy yondashish tajribasining 
dastlabki ko‘rinishi bo‘lib, uning haqchilligi ko‘pgina psixologlar tomonidan tan 
olinishidir. B.G.Ananev strukturaviy yondashishning boshqa variantlari tariqasida 
turlicha psixik hodisalar bilan qarama-qarshi aloqalarning e’tirof etilishi - psixik 
aktlarning psixik funksiyalar, ongning ongsizlik, tendensiyalarning potensiyalar 
bilan uyg‘unligini ta’kidlaydi. L.S.Vigotskiyning mulohazasiga ko‘ra, insonning 
psixik funksiyalarini yuksak, madaniy, quyi, tabiiy turlarga ajratishni kiritish 


119 
mumkin, chunki ularning negizida ta’lim bilan insonning oliy nerv faoliyatida 
birinchi va ikkinchi signallar sistemasi o‘zaro ta’sirining ifodalanishi yotadi. 
Hozirgi davrda psixologiya fanida psixologik hodisalarni psixik jarayonlarga, 
holatlarga, shaxsning xususiyatlariga ajratish qabul qilinganligi muhim ahamiyatga 
ega. Bunday yondashuvning mavjudligi B.G.Ananev tomonidan strukturaviy 
konsepsiyaning bir tajribasi sifatida qaraladi. Bu voqelik «hodisalarni bir qator 
jabhalari bilan to‘ldirishga intilish psixofiziologik xususiyat kasb etib, psixik 
jarayonlar uchun dastlabki materiallarni to‘plash imkoniyatini (idrok, tafakkur, 
emotsiya, iroda) beradi». Uning fikricha, dastlabki materiallar, bir tomondan, 
psixik funksiyalar (sensor, mnemik), xulqning, ikkinchi tomondan, elementar 
motivlari (ehtiyoj, ustanovka) hisoblanadi. Olimning mulohazasicha, bu 
qo‘shimchalar «genetik ma’no kasb etib, fiziologiyadan miya mexanizmlarini 
umumpsixologik va neyrogumoral regulyatorlarini qamrab olish psixologiyaga 
o‘tishga imkon beradi». Lekin ushbu strukturaviy yondashuvning maxsus 
psixologik deb qarashdan qat’iy nazar, hozirgi zamon sintetik insonshunosligi 
uchun umumiy ahamiyatli jihatni yuksaklikka ko‘tarishga qodir emas. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan psixik hodisalarning turli ko‘rinishlarini 
fenomenlarga ajratishning qonuniyligi bo‘yicha bahs yuritmasdan turib, jumladan 
jarayonlarga, holatlarga, xususiyatlarga bo‘linishdan ko‘z yumib, ushbu 
kategoriyalar, ularning turlicha talqini shaxs strukturasining tarkibiy qismlariga 
tenglashtirish mumkin emasligini qayd etish zarur. Chunki ular sof psixologik 
asnoda vaqt va fazo o‘lchami bo‘yicha aniqlikka ega emasdirlar. Shuning uchun 
B.G.Ananev tomonidan kiritilgan ilmiy qo‘shimchalar umumpsixologik vaziyatni 
keskin o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lmasa-da, uning ayrim tomonlarini 
to‘ldirishga ega. 
Shaxs tuzilishining modelini ishlab chiqishdagi muhim qiyinchiliklarning eng 
asosiy sababi har xil nuqtai nazarlar mavjudligida yorqin namoyon bo‘ladi, ular 
«shaxsning tuzilishiga ko‘ra, substansional va ideal, irsiy va egallaganlik, ijtimoiy 
va psixologik, somatik va psixologik tomonlariga ega» (V.M.Banshikov). 
Mulohazadan ko‘rinib turibdiki, bunda shaxsning «substansional tomoni»ni irsiy, 


120 
turmushda egallaganlik, somatik jabhalar bilan taqqoslaganda mustaqil 
strukturaviy tarkib sifatida alohida reallikka ega emas. Bunday talqin biron-bir 
psixologik hodisani turlicha nuqtai nazardan izohlash bilan bog‘liq bo‘lib, 
yakkahol, ya’ni individual voqelik (reallik) ustida gap borayotganligini bildiradi. 
Psixologiya fanida qo‘llanilib kelinayotgan va nisbatan barqarorlashgan 
shaxsni yo‘nalganlikka, temperamentga, xarakter va qobiliyatlarga bo‘lish yetarli 
darajada keskin e’tirozlarga sabab bo‘layotgani yo‘q. Shuning uchun ko‘pgina 
psixologlar 
umumiy 
tizimning 
majmuasini 
tashkil 
qiluvchi 
murakkab 
xususiyatlarning tuzilishi sifatida qaraydilar va shaxsning yaxlit tavsifini 
ifodalaydi, deb tushunadilar. A.G.Kovalevning fikricha, temperament tabiiy (irsiy) 
xususiyatlarning tizimini bildirib keladi, yo‘nalganlik - ehtiyoj, qiziqish, ideallar 
tizimi, qobiliyatlar - intellektual, irodaviy va emotsional xislatlar ansambli, 
xarakter - xulq-atvor usullarining va munosabatlarining sintezidir. 
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, shaxsning murakkab tuzilishga ega 
bo‘lgan ko‘p qirrali xususiyatlari, fazilatlari, xislatlari o‘zaro bir-birlarining ichiga 
singib ketganligi natijasida tabiiy, emotsional ehtiyojlar, munosabatlar, xulq-atvor 
usullari to‘g‘risidagi mulohazalar umumlashmalar umumlashmasidir. Chunki 
qiziqishlar va ideallarni intellektual, emotsional, irodaviy xususiyatlarisiz tasavvur 
qilish mumkin bo‘lmaganiday, munosabatlar va xulq-atvor usullari ham alohida 
hukm surishi g‘ayritabiiy holatdir. 
B.D.Pariginning fikricha, shaxsning statik tuzilishga quyidagilar kiradi: 
umuminsoniy psixologik xususiyatlar; milliy, kasbiy, iqtisodiy, siyosiy, sinfiy 
birlikka aloqador ijtimoiy o‘ziga xos xususiyatlar; shaxsning individual betakror 
xususiyatlari. Bizningcha, olim tomonidan ta’kidlab o‘tilgan xususiyatlarning har 
qaysisi shaxs psixikasida mavjud bo‘lib, ular alohida xislatlar guruhi ko‘rinishiga 
ega emasdirlar. 
Yuqorida tahlil qilingan modellarning hech qaysisi sistemali yondashuv 
doirasidagi hozirgi zamon shaxs strukturasi to‘g‘risidagi modelga mos kelmas edi. 
Ushbu modellarning tarkib (jabha)larida nisbiy mustaqil birlik xususiyati aks 
topmaganligi tufayli bir vaziyatda ular o‘zaro tobe elementlarga, ikkinchi 


121 
hodisalarda esa takroriy xislatlar ko‘rinishiga o‘xshab ketadi. Shuningdek, shaxs 
tuzilishi umuman muayyan nazariy yoki amaliy ahamiyatga ega tomon (jabha)lari 
bilan ajralib turmaydi. Shuning uchun ta’kidlangan hech bir model psixologik 
mohiyatini o‘zida aks ettiruvchi, jamiyat a’zosi sifatidagi insonning tipiklik va 
individuallik qiyofalarini tahlil qilishni ta’minlay olmaydi. 
Chet el psixologlarining shaxs tuzilishining mohiyatini ochib berishga 
qaratilgan ko‘pgina yondashuvlari ham yuksak ko‘rsatkichlarga erishmaganligi 
tufayli bu masalani yoritish uchun keskin o‘zgarish kiritilmadi. G.Ollport, 
G.Myurrey, R.Linton, K.Rodjers, A.Maslou va boshqa olimlarning yaqqol 
shaxsning psixologik mohiyatini tushunchalar tizimi yordami bilan xaspo‘shlashi 
ijobiy izlanish tarzida o‘ziga tortadi, lekin unda shaxs «kundalik turmushimizda biz 
bilgan shaxsning aynan timsolidir», deb ta’riflanadi. 
Mazkur ijobiy ezgu niyatlarni amaliyotda qaror toptirishga shaxsning tizimi 
tashkiliy tomonini baholay olmaslik va ichki omillar rolini bir tomonlama orttirish 
holati to‘sqinlik qiladi. Jumladan, R.Linton shaxs tuzilishini «individumga 
aloqador psixik holatlar va hodisalar tashkiliy agregati», deb talqin qilishni taklif 
qiladi, buning natijasida ularning shunchaki yig‘indisi yuzaga keladi, xolos. 
Taniqli AQSh psixologi G.Ollportning fikricha, shaxs «ichki tizim», 
«dinamik qurilma», «Men», «qandaydir metapsixologik Men» o‘zida oldindan 
maqsad va dispozitsiyani aks ettiruvchi, inson tafakkuri va xulq-atvorida 
mutanosib ravishda qaror toptiruvchi jonzotdir». Xuddi shu boisdan shaxsning 
sinfiy-tarixiy jihatdan yaqqol baholanishi ochilmay qoladi, ijtimoiy tahlil o‘rnini 
psixologik talqin egallaydi chamamda. 
Psixologlardan T.Parsons, G.Mid va boshqalar «shaxsning rolli tuzilishi» 
nomli konsepsiyani ishlab chiqib, odamning yaxlit subyektiv dunyosini, uning 
psixologik qiyofasini diqqat markazidan, idrok maydonidan chetda qoldiradilar. 
Shunga qaramasdan, rus faylasuflari va psixologlari shaxsning strukturasiga 
biryoqlama yondashishga barham berishga intildilar, uning jamiyatda bajaradigan 
rolini adolatli baholab, ijtimoiy, ijtimoiy-psixologik, psixologik tizimlarda rolning 
turli kontekstda maqsadga muvofiq bajarilishini ko‘rsatib o‘tdilar. Bu kontekstdagi 


122 
asosiy yoki bosh muammo rollarni internalizatsiyalashning yaqqol psixologik 
mexanizmlari, ular bilan bog‘liq bo‘lgan normalari, rollar o‘rtasidagi psixologik 
farqlar, shaxs tuzilishida mustahkam joy olgan, unga nisbatan tashqi omillar; 
qo‘zg‘atuvchilar tarzida saqlanuvchilar hisoblanadi. 
Chet el psixologiyasida olimlar diqqatini keyingi yillarda shaxs modelining 
psixologik omillari tortmoqda, ularning asosiy variantlari G.Ayzenk, R.Kettell 
konsepsiyalari bilan bevosita bog‘liqdir. Mazkur konsepsiyalar ko‘p yoki oz 
miqdordagi «omillar» (Ayzenkda ular 2-3 ta, Kettellda esa 20 tadan ziyod)ga 
asoslangan bo‘lib, Ular muayyan darajada umumlashgan individuallikning yoki 
shaxs qiyofasini ifodalovchi, psixologik xususiyatlarni aks ettiruvchi ruhiy tizimni 
qayd qilishga suyanadi. Ammo tub ma’nodagi shaxsning psixologik konsepsiyasi 
ham individuallik qiyofalarini haqiqiy ijtimoiy-psixologik mohiyatini ochish 
imkoniyatiga ega emas, chunki xususiyatlarning qonuniy ravishdagi o‘zaro 
aloqalari tavsif qilinmay qolingan. 
B.D.Pariginning qat’iy asoslanib aytishiga ko‘ra, shaxsning dinamik 
strukturasining yetakchi (farqlanuvchi) alomati yaqqol vaqt oralig‘iga bog‘liqligi, 
shaxs faoliyati yoki psixikaning muayyan holatiga aloqadorligidir. Shaxsning 
dinamik strukturasining ikki asosiy jabhaga taalluqligiga, ya’ni psixik holatlarga va 
xulqqa ishora qilgan B.D.Pariginning mulohazasicha, shaxsning kayfiyati yoki 
psixologik jihatdan o‘zining tayyorgarlik xislati yuksak ahamiyatli yangilanishdir. 
Olimning talqiniga ko‘ra, psixologik tayyorgarlik - bu integral strukturaviy 
tuzilmadan iborat bo‘lib, muayyan vaqt oralig‘ida inson psixikasining jismli 
yo‘nalganlik darajasi va tonalligini tavsiflaydi. Psixologik tayyorgarlik o‘zining 
tuzilishi bo‘yicha uch xil jabhani qamrab oladi (konstantli, dolzarbli, vaziyatli) va 
faoliyatda muhim funksiyalarni bajaradi: a) muayyan vaqt birligida individ 
tomonidan qayta ishlanuvchi va idrok qilinuvchi barcha joriy axborotlarning 
akkumulyatori; b) inson faolligining tonizatori va regulyatori; v) faoliyat va 
axborotni qabul qilish ustanovkasi; g) shaxsning qadriyatga yo‘nalganlik omili 
hisoblanadi. Inson hayoti va faoliyatining u yoki bu lahzalarida psixikasining 
(komponentlari) tarkibiy qismlari bilan sodir bo‘lishlikning psixik tayyorgarligi 


123 
sintetik ravishda birlashgandir. Bu muammo pariginchasicha, psixik tayyorgarlik 
psixik holatlarning dominantligi degan tushunchaga yaqinlashib qoladi. Vaholanki, 
shaxsning dinamik va statik tuzilishi munosabatini hisobga olmaydi, psixologik 
tayyorgarlikning miqdoriy tavsifi yo‘llarini ko‘rsatib o‘tmaydi, natijada uning 
ko‘lami cheksizga aylanib qoladi. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan hodisalarni (vaqtni fazoviy) baholash ontologik 
asnoda o‘z yechimini topa olmaydi. Chunki struktura yaxlit tuzilma bo‘lganligi 
tufayli u hech qachon jabha, tomon va jihatlarning shunchaki majmuasidan iborat 
bo‘lmasligi ravshan. Binobarin, ost tuzilish tushunchasini talqin qilishda umumiy 
qabul qilingan qoidaga ko‘ra nisbiy jihatdan mustaqil tarkiblardan tuzilganidan 
qat’iy nazar, u bundan kengroq yaxlitlikning qismi bo‘lib hisoblanadi. Ana shu 
fikrdan kelib chiqqan holda quyidagilarni ko‘z o‘ngiga keltirish muvofiq: 
birinchidan, shaxsning ijtimoiy sifatlari o‘z holicha hukm surmaydi, balki yaqqol 
nerv sistemasida qayd qilinadi, ya’ni tabiiy-biologik mexanizmlar yordami bilan 
amalga oshadi.
Ikkinchidan, biologik shartlangan shaxs sifatlarining aksariyati filo va 
ontogenezda bevosita ijtimoiy shart-sharoitlarning ta’siri ostida shakllanadi. 
Shuning uchun biologik shartlanganlikning ijtimoiylikdan ajratishni o‘zi o‘ta 
murakkab bo‘lib, amaliy jihatdan genotip bilan fenotip o‘rtasida demarkatsion 
(fransuzcha - qat’iy chegara) chiziq o‘tkazish mumkin emas.
Uchinchidan, na biologik, na ijtimoiy shartlangan sifatlar, fazilatlar, xislatlar 
inson tomonidan egallanayotgan tajribadan tashqarida namoyon bo‘lishi 
kuzatilmaydi. Shuningdek, insonning o‘zlashtiradigan bilimlari, malakalari, 
ko‘nikmalari, odatlarining o‘ziga xosligi uning shaxsidagi nuqsonlar 
kompensatsiyasi ko‘pincha axloqiy yo‘nalganlik va mayllarga bog‘liq. 
To‘rtinchidan, alohida olingan bilim jarayonlarining tipologik xususiyatlari 
bilan shartlangan shaxs fazilatlarini o‘zaro bir-biridan ajratib tahlil qilish ham 
g‘ayritabiiy holatdir. Yuqoridagi mulohazalarning barchasi shaxsda namoyon 
bo‘ladigan xislatlarida o‘z ta’sirini, izini qoldiradi. 


124 
Xuddi shu boisdan K.K.Platonov tomonidan tavsiya qilingan ost-tuzilishning 
tabiiy yaqqol shaxs tuzilmasi majmuasi sifatida qabul qilish o‘ta bahslidir. 
K.K.Platonov bo‘yicha shaxsning to‘rt «osttuzilish» jabhalari hisoblanadi, chunki 
turli kontekstdagi ularning har qaysisiga shaxs fazilati tariqasida qarash va shunda 
uning integral tizimini baholash mumkin. 
V.S.Merlin ham shaxsning tuzilishi masalasiga alohida ahamiyat bergan 
olimlardan biri sanaladi. Uningcha, shaxsning qismlariga ajratib talqin 
qilinmaydigan jabha (komponent) - bu uning xislatlaridir. Ularning har biri 
muayyan yo‘nalganlik mohiyatini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, shaxs 
munosabatini aks ettiradi. Shunga binoan shaxsning tuzilishi deganda V.S.Merlin 
insonning o‘z-o‘ziga, o‘zgalarga, mehnatga u yoki bu munosabatini o‘zida 
birlashtiruvchi shaxs xususiyatlarining tashkiliy va o‘zaro aloqadorligini 
anglatuvchi o‘ziga xos «simptomo kompleks»ni tushunadi. 
Olimning muammoga bunday yondashuvi go‘yoki juda o‘rinli, to‘la ashyoviy 
daliliy tasavvurni vujudga keltiradi. Shaxs tuzilishi muammosini uzil-kesil hal 
qilinishi, yechimini topish uchun ayrim shartlarga rioya etilishi lozim. Birinchidan, 
«shaxsning munosabati» tushunchasi mohiyatini yaqqol ochish, ikkinchidan, 
shaxsning xususiyatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarni detallashtirgan holda ishlab 
chiqish 
darkor. 
V.S.Merlinning 
faktlar 
konstatatsiyasiga 
binoan 
«simptomokompleks» shaxs tuzilishining bayoniy va statik tavsifini bildiradi, 
xolos», holbuki shunday ekan «mazkur ijtimoiy sharoitlarda shaxs tuzilishining 
rivojlanishi va yuzaga kelishi qonuniyatlari» o‘rnatilishi joiz. 
N.I.Reynvaldning 
izohlashicha, 
faoliyatning 
regulyatsiyasida 
psixik 
funksiyalarni umumlashgan guruhlashtirish ularning uch o‘lchovli (mezonli) 
tasnifining aql (intellekt), hissiyot (emotsiya) va iroda mohiyati zimmasiga tushishi 
shaxs tuzilishini temperament, xarakter va qobiliyatlarga, ikkinchi tomondan esa 
ekstraversiya, introversiya omillariga ajratishga barham beradi. 
N.I.Reynvaldning ushbu yondashuvi A.R.Luriyaning miya faoliyatining uch 
blokli roli tasnifiga bevosita mos tushadi, chunonchi, aql (intellekt) ko‘p hollarda 
informatsion blok orqali amalga oshadi, iroda (tashkiliylilik) programmalashtirish 


125 
bloki bilan, xilma-xil emotsional holatlar (hissiyot) yuzaga kelishining negizida 
«energetik» blok yotadi. Aql, hissiyot, iroda va ularni ro‘yobga chiqaruvchi 
miyaning bloklari, harakatlantiruvchilarni emas, balki o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan 
insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatining uch lahzasini anglatadi. 
Xullas, qarashlarning rang-barangligi muammo yechimining har xil 
variantlari, invariantlari, modifikatsiyalari, modullari va modellari bir davrning 
o‘zida hukm surishini ta’minlaydi hamda sistemali yondashuv majmuasi yuzaga 
kelishi uchun puxta negiz, mexanizm va barqaror manba hozirlaydi. 
Odamzod muammosi azaliy dolzarbligi bilan boshqa insonshunoslik 
kategorilaridan keskin ajralib turgan va bundan keyingi insonning ijtimoiy-tarixiy 
taraqqiyotida ham xuddi shunday yuksak nufuzga ega bo‘lib qolaveradi. Jamiyat 
mavjud ekan, uning qudrati, harakatlantiruvchi kuchi, moddiy va ma’naviy 
mahsulot yaratuvchisi bo‘lmish insonning axloqi, aql-idroki, yuksak his-tuyg‘usi, 
irodaviy fazilati, qobiliyati va salohiyati yuzasidan yangi ma’lumotlarga ega 
bo‘lish masalasi o‘z mavqeini aslo yo‘qotmaydi. Xuddi shu boisdan inson shaxsi, 
uning kamoloti, unga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar, faoliyat, tajriba va 
intilishning roli masalalari XXI asrda tadqiqot etilishga muhtojdir. 
Inson shaxsini o‘rganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika, 
sotsiologiya, filologiya, tarix kabi ijtimoiy va gumanitar fanlar shug‘ullanadi. 
Hozirgi davrda inson muammosi aniq, gumanitar, ijtimoiy fanlarning umumiy 
tadqiqot obyektiga aylanib bormoqda va bu jarayon keyingi asrda yanada 
jadallashadi. 
Shunga 
qaramasdan, 
bir 
tomondan, 
insonni 
o‘rganishda 
differensiatsiya hodisasi yuz bermoqda, ikkinchi tomondan, inson taraqqiyotining 
sintetik (birikuv) tavsifi bo‘yicha integratsiya holati ko‘zga tashlanmoqda. Inson 
bir qator fanlarning tadqiqot obyekti ekanligi yig‘iq, ixcham, yaxlit tarzda tasavvur 
etish uchun uni biosotsial va sotsiobiologik jihatdan o‘rganish maqsadga muvofiq. 
Ma’lumki, inson hayoti va faoliyatining operatsional (usul, uslub, uquv, operatsiya, 
ko‘nikma, malaka, odat) mexanizmi uning ontogenezida funksional 
(harakatlantiruvchi) mexanizmga o‘sib o‘tadi, binobarin, unda komillikning 


126 
belgilari, alomatlari shakllanadi, natijada u jismoniy va ma’naviy kamolot 
cho‘qqisining muayyan darajasiga erishadi. 
Jahon psixologiyasidagi turli nazariyalarga asoslangan holda, birinchidan, 
inson u yoki bu aloqalar tizimiga binoan biologik evolyutsiya mahsuli sifatida 
o‘rganiladi. Ikkinchidan, ijtimoiy-tarixiy jarayonning ham obyekti, ham subyekti 
tariqasida inson shaxsi tadqiqot qilinadi. Uchinchidan, individ (odamzod) muayyan 
darajada va ko‘lamda o‘zgaruvchan, biologik taraqqiyotning genetik dasturiga 
asoslanuvchi alohida xususiyatli jonzod tarzida ilmiy jihatdan tekshiriladi. 
Bizningcha, insonning jamiyat ishlab chiqarishining yetakchi va asosiy 
tarkibi, bilish, kommunikatsiya va boshqaruv jarayonining subyekti, tarbiyalash va 
tarbiyalanish predmeti sifatida tadqiq etilishi muhim ahamiyatga ega. Xuddi shu 
boisdan inson va uning borliq, ijtimoiy jamiyat bilan ko‘p qirrali, murakkab 
munosabatga hamda aloqaga kirishishi quyidagi tarzda namoyon bo‘lishi mumkin: 
Tabiatning biotik va abiotik omillari - inson. 
Jamiyat va uning tarixiy taraqqiyoti - inson. 
Inson - texnika, texnologiya. 
Inson - madaniyat, ma’naviyat, qadriyat va ruhiyat. 
Inson va jamiyat - yer va fazo. 
XXI asrda ham odam individ, shaxs, subyekt, komil inson sifatida psixologik 
ilmiy tushunchalar negizida talqin qilinishda davom ettiriladi, lekin har bir 
tushuncha mohiyatida va ko‘lamida sifat o‘zgarishlari yuz berishi mumkin, chunki 
tashqi va ichki omillar, ta’sir etuvchilar, ta’sirlanuvchilar ustuvorligi yo‘qola 
boradi. 
Odamga individ sifatida tavsif berishda uning yosh davri, jinsiy va individual-
tipologik xususiyatlariga asoslaniladi. Yosh davrning sifatlari ontogenetik, 
evolyutsiya bosqichlarida izchil ravishda namoyon bo‘ladi va takomillashuv 
jarayonida o‘z ifodasini topadi, jinsiy dimorfizm xususiyati esa ularga mutlaqo 
mos tushadi. Individning individual-tipologik xususiyatiga konstitusion (tananing 
tuzilishi, biokimyoviy individuallik, ya’ni yakkahollik) holatlar, simmetriya va 
asimmetriya juft retseptorlari, effektorlari funksiyasi kiradi. Bu xususiyatlar, 


127 
holatlar, hodisalar, mexanizmlar va xossalar birlamchi hisoblanib, hujayra va 
molekulyar tuzilishning barcha darajalarida ishtirok etadi. 
Jahon psixologiyasi to‘plagan nazariy va amaliy ma’lumotlarga ko‘ra, yosh, 
jinsiy va individual-tipologik xususiyatlar sensor (subsensor, subseptiv), mnemik 
(xotira), verbal (so‘z orqali) va mantiq psixofiziologik funksiyalarining dinamikasi 
hamda organik ehtiyojlar tuzilishini aniqlaydi. Individning bu xususiyatlarini 
ikkilamchi deb atab, ularning integratsiyasi temperament xususiyatlarida va tug‘ma 
mayllarda ifodalanishini ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiq. Chunki yuqoridagi 
sifatlar ontogenetik evolyutsiya jarayondan iborat bo‘lib, ular filogenetik dasturga 
asoslanib hukm suradi. Yosh davrga oid va individual o‘zgaruvchanlik 
insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti ta’siri ostida har xil ko‘rinishlarda 
namoyon bo‘lishi mumkin. Individning dinamik xususiyatlariga shaxsning ijtimoiy 
muhitda vujudga kelgan sifatlari ta’sir etib, uning individual o‘zgaruvchanligi 
omilini yanada kuchytiradi. 
Insonning shaxs sifatida tavsiflanishining muhim psixologik lahzasi uning 
dinamik xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, 
mafkuraviy negizga bog‘liq, ya’ni uning jamiyatda egallagan o‘rni, nufuzi, mavqei 
bilan belgilanadi) orqali ifodalanadi. Statusning negizida esa hamisha uzluksiz 
ravishda o‘zaro aloqalar tizimi yotadi. Inson bajarishi lozim bo‘lgan guruhiy 
faoliyat va yakkahol turmushga, kasb-hunarga aloqador oiladagi hamda jamoadagi 
rolning ijtimoiy funksiyasi, uning muayyan maqsadga, qadriyatga, ma’naviyatga 
yo‘nalganligi, shaxsni faollashtiradi, natijada u barcha jabhalarda ishtirok etish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Status, rol, qadriyatga yo‘nalganlik shaxs xususiyatlari, 
sifatlari, fazilatlari, xosiyatlari va xislatlarining birlamchilarini tashkil etadi, uning 
tuzilishida asos bo‘lib xizmat qiladi. Shaxsning tavsifi faoliyat, xulq motivatsiyasi 
xususiyati va ijtimoiy fe’l-atvor (oddiy stereotipdan tortib, to xalq donishmandligi 
namunalari) tuzilishini belgilab, uning tarkibidan ikkilamchi alomatlar, belgilar 
sifatida joy egallaydi. Shaxsning birlamchi va ikkilamchi sifatlarining o‘zaro 
ta’sirini birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson xarakteri va mayllari yuzaga 
keladi. Insonning shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi, ularni takomillashtiruvchi va 


128 
barqarorlashtiruvchi asosiy shakl - uning jamiyatdagi hayot yo‘li, muayyan iz 
qoldirishi va ijtimoiy tarjimai holi hisoblanadi. Shaxsning xalqiga qilgan xizmati 
uning e’zozlanishiga, hattoki milliy ma’naviy boylik, tafakkur gulshani va 
sarchashmasi darajasiga ko‘tarilishi mumkin. 
Insonning faoliyat subyekti sifatidagi asosiy tavsiflari qatoriga uning bu 
sohadagi taraqqiyotning mahsuli - ongi (obyektiv faoliyatning in’ikosi sifatida (va 
faoliyati) voqelikning o‘zgartiruvchisi tariqasida) kiradi. Inson amaliy faoliyatning 
subyekti tarzida uning shaxsiy fazilatlari va xislatlarini tavsiflabgina qolmaydi, 
balki mehnatning texnik vositalari va texnologiyasi, ularning kuchaytiruvchanlik, 
tezlashtiruvchanlik va yaratuvchanlik funksiyalari sifatida yuzaga keladi. Amaliy 
faoliyat umuminsoniy va yakka shaxs tajribasining bir qismi tariqasida, 
egallanilgan, o‘zlashtirilgan, puxta tajribadan foydalanish singari namoyon bo‘ladi. 
Nazariy faoliyatning subyekti bo‘lmish inson o‘zining bilimlari, kasbiy 
ko‘nikmalari, aqliy malakalari bilan tavsiflanadi, qaysi-ki ular o‘ziga xos alomatlar 
tizimi bilan bevosita bog‘liqdir. Aqliy faoliyat ijodiyot darajasiga o‘sib o‘tishi 
natijasida ijodiy mahsullar, yangiliklar, qonuniyatlar vujudga keladi va jamiyat 
taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi. Ajdodlar merosi va avlodlar 
salohiyati mahsullarining uzviy bog‘lanishi nazariy va amaliy faoliyatning o‘zaro 
uyg‘unlashuvini taqozo etadi, vaholanki, har ikkala faoliyat turida ijodiylik 
alomati, mahsuli ishtirok qiladi, fan va texnika rivojini ta’minlaydi. Faoliyat 
tajribalar bilan uzviy bog‘lansa, uning samaradorligi, maqsadga yo‘nalganligi, 
amalga oshish imkoniyati yuksak bosqichga ko‘tariladi. 
Inson hayotida ijtimoiy hodisa sifatida armon muhim rol o‘ynaydi, uni 
faollikka chorlaydi, harakat qilishga asosiy turtki vazifasini bajaradi. Armon inson 
uchun go‘yoki ushalmagan orzu, g‘amgin tuyg‘ularning jonlashuvi, komfortga 
intilishga da’vat etuvchi hissiyot, ijtimoiy va yakkahol turmushni baholash mezoni, 
faollikka yetaklovchi motiv, ezgu niyatlar og‘ushiga tortuvchi doimiy turtki, 
loqaydlikning oldini oluvchi ichki ruhiy imkoniyatdir. Shaxs uchun eydetik 
obrazlar qanchalik ahamiyat kasb etsa, barqaror iz qoldirsa, armon ham xuddi 


129 
shunday xususiyatga ega bo‘lib, ulardan farqli o‘laroq doimiyligi, ustuvorligi, 
maqsadga undovchiligi bilan yuqoriroq nufuzga ega. 
Insonning subyektiv xislatlari integratsiyasining yuksak shakli ijodiyot 
(kreatsiya) hisoblanib, umumlashgan imkoniyatlar tarzida qobiliyatlar (iste’dod, 
iqtidor), talant va salohiyat vujudga keladi. Odamning subyektiv xususiyatlari, 
xislatlari rivojining asosiy shakllari ruhan tayyorgarlik, kulminatsiya va tugashi 
sanalib, insonning jamiyatdagi ishlab chiqarish va ijodiyot faoliyatlarini belgilaydi. 
Mazkur to‘rt bosqich, to‘rt mezon, taraqqiyotni baholash tizimi o‘ziga xos 
xususiyatlari, imkoniyatlari, sur’ati, davomiyligi bilan bir-birlaridan ham sifat, ham 
miqdor jihatdan ajralib turadi. 
Jahon psixologiyasi fanida inson sifatlari (xislatlari, fazilatlari, xosiyatlari)ni 
individual, shaxsga oid va subyektiv guruhlarga ajratilishi an’anaviy va kasbiy 
xususiyatga ega, chunki ular odamning yaxlitligi, bir butunligi, alohidaligi 
tavsifidan iborat bo‘lib, bir davrning o‘zida ham tabiat, ham jamiyat jonzodi 
ekanligini anglatadi. Mazkur yaxlitlikning mag‘zi shaxsning tuzilishidir, unda 
nafaqat insonning asosiy xislatlari o‘zaro kesishadi va umumlashadi, balki uning 
ijtimoiy va shaxsiy ko‘nikmalari muayyan tarkibga keltiriladi, qoidaviy xususiyat 
kasb etadi. 
Bizningcha, individ, shaxs, subyekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi 
ijtimoiy-psixologik holatlarga e’tibor qilinishi zarur: 
Inson rivojining determinatori hisoblangan asosiy omillar va shart-sharoitlar 
(ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, mafkuraviy, pedagogik va yashash muhitining 
omillari). 
Insonning shaxsiy o‘ziga taalluqli, asosiy tavsiflar, uning rivojlanishi ichki 
qonuniyatlari, mexanizmlari, evolyutsion negizda kamol topish bosqichlari, 
barqarorlashuvi va involyutsiya (o‘sishdan qaytish davri xususiyatlari). 
Insonni yaxlit, mukammal tuzilishining asosiy tarkiblari, ularning o‘zaro 
aloqalari, shaxsning tashqi ta’sirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot jarayonida 
ularning muttasil ravishda takomillashuvi kabi faktorlar. 


130 
Uch xil xususiyatli tadqiqot dasturining tarkibiy qismlari insonning amaliy, 
nazariy va ijodiy faoliyatining mezonlari hisoblanadi. Chunki bevosita faoliyatni 
amalga oshirish jarayonida yashash muhitini va ijtimoiy-tarixiy tajribani 
egallashning ham interiorizatsiya, ham eksteriorizatsiya davrlari yuzaga keladi. 
XXI asrda individ, inson, shaxs, subyekt va komil insonni o‘rganish turli 
yo‘nalishlarda, vaziyatlarda, yosh xususiyatlari, alohida yondashish negizida, 
o‘ziga xos tahlilga, metodologik asosga suyanib olib borilishi maqsadga muvofiq. 
Chunki jahon psixologiyasi fanida to‘plangan nazariy va amaliy xususiyatli 
materiallarni mafkuraviy nuqtai nazardan tahlil hamda tanqid qilmasdan, balki 
ularni xolisona baholash, ilmiy jihatdan talqin qilish joiz. Binobarin, turli 
psixologik ilmiy maktablar tomonidan to‘plangan natijalarning oqil jihatlarini 
tanlash va tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasini belgilashda ulardan omilkorlik 
bilan foydalanish ko‘pgina ilmiy qaytadan tekshiruvlarning oldini oladi. 
Demakki, tabiatga va jamiyatga nisbatan sevinch, sevgi, mehr-muhabbat 
yuksak hislari, vatanparvarlik va Vatan tuyg‘usining tarkiblari, negizi, ularni 
harakatlantiruvchi mexanizmlari boshqacha yondashishni taqozo etadi, zamon ruhi 
va nafasiga moslashishni talab qiladi. Insoniyatning bunday yuksak his-tuyg‘ulari, 
anglashilgan motivlari shaxsning o‘qish, mehnat, sport va o‘yin faoliyatlarida, 
bilish hamda muomala jarayonlarida vujudga kelishi mumkin. Borliqqa va 
jamiyatga nisbatan munosabatning o‘zgarishi, uning ierarxiyasi, shakllari, maqomi 
va mohiyatida namoyon bo‘ladi, ularga yo‘naltirilgan avvalgi, eski uslubdagi 
motivatsiya o‘z ahamiyatini nisbiy jihatdan yo‘qotadi. 
Hozirgi kunda va kelajakda shaxsga subyektiv munosabat muammosini 
ijtimoiy jihatdan turmushda qaror toptirish uchun: 
Odam (individ) – inson - shaxs - individuallik - subyekt - komillik 
(barkamollik) ierarxiyasiga rioya qilish. 
Shaxsga nisbatan subyektiv munosabat, ya’ni unda robot sifatida majburiylik 
tamoyiliga asoslanib (barcha xususiyatlarni bir tekis shakllantirish mumkin, degan 
xato nazariyadan voz kechish) inson qarshilik ko‘rsatishini hisobga oluvchi 
yondashishni yo‘lga qo‘yish, subyekt-subyekt aloqasini vujudga keltirish. 


131 
Har qanday subyekt - shaxs, lekin har qaysi shaxs subyekt emasligi 
muammosini yechish. Buning uchun mustaqil fikrlashga ega bo‘lish, shaxsiy 
pozitsiyani himoya qila olish, g‘oyani amalga oshirish yo‘lida to‘siqlarni pisand 
qilmaslik, mustahkam ishonch, qat’iy maslak, iymon negizida asoslanish, intilishda 
irodaviy barqarorlik ustuvorligiga erishish. Dunyoqarash va uni hayotga tatbiq 
qilishning obyektiv va subyektiv shart-sharoitlari mavjudligiga iqror bo‘lish hamda 
uni tan olish va hokazo. 
Bizningcha, individ, shaxs, subyekt va komil inson to‘g‘risida mulohazalar 
yuritilganda ularning ongsizlik, ongostlilik, onglilik va o‘ta (super) onglilik 
holatlari bilan uzviy aloqadorligini unutmaslik lozim. Yuqorida keltirilgan 
atamalar ongli mavjudodga taalluqli ekanligi jahon psixologiyasi fanining ilmiy 
manbalarida atroflicha talqin qilingan, lekin ularning ierarxiyasi, mohiyati 
bayonida turlicha yondashuv hukmrondir. Mazkur maqsadni chuqurroq ochishga 
yo‘naltirilgan nazariyalar o‘ta bahsli bo‘lib, uning zaminida faqat ong yotishi 
tasdiqlanadi, xolos. Aslida esa inson ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriy xotira va muayyan 
maqsadga asoslanib, biron-bir faoliyat inson tomonidan tashkil qilingandagina ong 
shaxsning ushbu faoliyatini regulyatori (boshqaruvchi) vazifasini bajaradi. Biroq 
odam funksional holatining o‘zgarishi bilan onglilikdan ongsizlik (ixtiyorsizlik)ka 
o‘tishi, ijod, tashabbus uning uchun muomala, faoliyat negiziga aylansa, u holda 
shaxs ongosti (muvofiqlashuv) holatiga asta kirib borishi mumkin. Xuddi shu 
boisdan shaxs bir davrning o‘zida har uchala holat (onglilik, ongsizlik, ongostlilik) 
hukmi ostida yashashi, faoliyat ko‘rsatishi, ijod qilishi, muomalaga kirishishi 
mumkin. Har uchala holatning omili negizida shaxsning kamoloti vujudga keladi, 
ularning har qaysisi bu jarayonga o‘ziga xos ulush qo‘shadi. Ong holatlari tabiiy 
ravishda bir-biri bilan uzluksiz tarzda o‘rin almashtirib turadi, chunki inson 
ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi bosqichlar hukmi bilan yashaydi va 
faoliyat ko‘rsatadi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin