5.3. Chet el psixologiyasida shaxs nazariyalari. Rus va o‘zbek psixolog
olimlarning shaxs haqidagi ilmiy qarashlari
Jahon psixologiyasi fanida shaxsning kamoloti, uning rivojlanishi to‘g‘risida
xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo‘lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o‘rganishda
turlicha pozitsiyada turadilar va muammo mohiyatini yoritishda o‘ziga xos
yondashishga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sotsiogenetik,
psixogenetik, kognitivistik, psixoanalistik, bixevioristik kabilarni kiritish mumkin.
Quyida sanab o‘tilgan nazariyalar va ularning ayrim namoyandalari tomonidan
shaxsni rivojlantirishning printsiplari to‘g‘risidagi qarashlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Biogenetik nazariyaning negizida insonning biologik yetilishi bosh omil
sifatida qabul qilingan bo‘lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy xususiyat
kasb etib, ular bilan o‘zaro shunchaki aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga
binoan,
taraqqiyotning
bosh
maqsadi
-
biologik
determinantlariga
(aniqlovchilariga)
qaratiladi
va
ularning
mohiyatidan
sotsial-psixologik
xususiyatlar keltirilib chiqariladi.
Taraqqiyot jarayonining o‘zi, dastavval biologik yetilishning universal
bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi.
Biogenetik qonunni F.Myuller va E.Gekkellar kashf qilishgan. Biogenetik
qonuniyat organning taraqqiyoti nazariyasini tashviqot qilganda hamda
antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o‘ynagan. Biroq
organning individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda qo‘pol
xatolarga
yo‘l qo‘ygan. Jumladan, biogenetik qonunga ko‘ra, shaxs
psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy
taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g‘oya
yotadi.
Nemis psixologi V.Shternning fikricha, chaqaloq (yangi tug‘ilgan bola) hali u
odam emas, balki faqat sutemizuvchi hayvondir, u olti oylikdan oshgach, psixik
taraqqiyoti jihatidan faqat maymunlar darajasiga tenglashadi, ikki yoshida esa
oddiy odam holiga keladi, besh yoshlarda ibtidoiy poda holatidagi odamlar
darajasiga yetadi, maktab davridan boshlab ibtidoiy davrni boshidan kechiradi,
113
kichik maktab yoshida o‘rta asr kishilar ongiga va nihoyat yetukli davrdagina (16-
18 yoshlarda) u hozirgi zamon kishilarining madaniy darajasiga erishadi.
Biogenetik nazariyaning yirik namoyandalaridan biri bo‘lmish amerikalik
psixolog S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb «rekapitulyatsiya
qonuni»ni (filogenezni qisqacha takrorlashni) hisoblaydi. Uning fikricha,
ontogenezdagi
individual
taraqqiyot
filogenezning
muhim
bosqichlarini
takrorlaydi. Olimning talqiniga binoan, go‘daklik hayvonlarga xos taraqqiyot
pallasini qaytarishdan boshqa narsa emas. Bolalik davri esa qadimgi odamlarning
asosiy mashg‘uloti bo‘lgan ovchilik va baliqchilik davriga aynan mos keladi. 8-12
yosh oralig‘ida o‘sish davri o‘smiroldi yoshidan iborat bo‘lib, yovvoyilikning oxiri
va sivilizatsiyaning boshlanishidagi kamolot cho‘qqisiga hamohangdir. O‘spirinlik
esa jinsiy yetilishdan (12-13) boshlanib, to yetuklik davri kirib kelgunga qadar (22-
25 yoshgacha) davom etib, u romantizmga ekvivalentdir. S.Xollning talqiniga
qaraganda, bu davrlar «bo‘ron va tazyiqlar», ichki va tashqi nizolar (konflikt)dan
iborat bo‘lib, ularning kechishi davomida odamda «individuallik tuyg‘u»si vujudga
keladi. Shaxsni rivojlanishining ushbu nazariyasi o‘z davrida bir talay tanqidiy
mulohazalar manbai vazifasini o‘tadi, chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari
filogenezni aynan takrorlamaydi va takrorlashi ham mumkin emas.
Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis «konstitusion psixologiyasi»
(insonning tana tuzilishiga asoslagan nazariya) namoyandalari tomonidan ishlab
chiqilgan. E.Krechmer shaxs (psixologiyasi) tipologiyasi negiziga bir qancha
biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib,
insonning jismoniy tipi bilan o‘sishining xususiyati o‘rtasida uzviy bog‘liqlik
mavjud, deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta guruhga ajratadi va
uning bir boshqa sikloid toifasiga xos (tez qo‘zg‘aluvchi, his-tuyg‘usi o‘ta
barqaror), ikkinchi uchida esa shizoid toifasiga (odamovi, munosabatga qiyin
kirishuvchi, his-tuyg‘usi cheklangan) xos odamlar turishini aytadi. Bu taxminini u
shaxs rivojlanishi davriga ko‘chirishga harakat qiladi, natijada o‘smirlarda sikloid
xususiyatlari (o‘ta qo‘zg‘aluvchanlik, tajovuzkorlik, affektiv tabiatlilik), ilk
o‘spirinlarda esa shizoidlik xususiyatlari bo‘ladi, deya xulosa chiqaradi. Lekin
114
insonda biologik shartlangan sifatlar hamisha yetakchi va hal qiluvchi rol o‘ynay
olmaydi, chunki shaxsning individual-tipologik xususiyatlari bir-biriga aynan mos
tushmaydi.
Biogenetik nazariyaning namoyandalari amerikalik psixologlar A.Gezell va
S.Xoll taraqqiyotning biologik modeliga chamalab ish ko‘radilar, bu jarayonda
muvozanat, integratsiya va yangilanish sikllari o‘zaro o‘rin almashinib turadi,
degan xulosaga keladilar.
Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko‘rinishi Zigmund Freydning
shaxs talqinida o‘z ifodasini topgan. Uning ta’limotiga binoan, shaxsning barcha
xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan,
ayniqsa, birinchi navbatda, u jinsiy (seksual) mayliga (libidoga) bog‘liqdir. Bunga
o‘xshash biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan-bir mezon yoki
betakror turtki rolini bajara olmaydi.
Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko‘rinishi - bu aksil qutbga
joylashgan sotsiogenetik nazariya hisoblanadi. Sotsiogenetik yondashishga binoan,
shaxsda ro‘y beradigan o‘zgarishlar jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish
(sotsializatsiya) usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan o‘zaro munosabati
vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko‘ra,
inson biologik tur sifatida tug‘ilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita
ta’siri ostida shaxsga aylanadi.
G‘arbiy Yevropaning eng muhim nufuzli nazariyalaridan biri - bu rollar
nazariyasidir. Ushbu nazariyaning mohiyatiga binoan jamiyat o‘zining har bir
a’zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-harakat (xulq)ning barqaror
usullari majmuasini taklif qiladi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo‘lgan
maxsus rollari shaxsning xulq-atvor xususiyatida, o‘zgalar bilan munosabat,
muloqot o‘rnatishida sezilarli iz qoldiradi.
AQShda keng tarqalgan nazariyalardan yana bittasi - bu individual tajriba va
bilimlarni egallash (mustaqil o‘zlashtirish) nazariyasidir. Mazkur nazariyaga
binoan shaxsning hayoti va uning voqelikka nisbatan munosabati ko‘pincha
ko‘nikmalarni egallash va bilimlarni o‘zlashtirishning samarasi qo‘zg‘atuvchini
115
uzluksiz ravishda mustahkamlanib borishning mahsulidir. (E.Torndayk, B.Skinner
va hokazo).
K.Levin tomonidan tavsiya qilingan «fazoviy zarurat maydoni» nazariyasi
psixologiya fani uchun (o‘z davrida) muhim ahamiyat kasb etadi. K.Levinning
nazariyasiga ko‘ra individning xulqi (xatti-harakati) psixologik kuch vazifasini
o‘tovchi ishtiyoq (intilish), maqsad (niyat)lar bilan boshqarilib turiladi va ular
fazoviy zarurat maydonining ko‘lami va tayanch nuqtasiga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Yuqorida tahlil qilingan (sharhlangan) har bir nazariya shaxsning ijtimoiy
xulqi (xatti-harakati)ni o‘zgalar uchun yopiq yoki maxsus muhit xususiyatlaridan
kelib chiqqan holda tushuntiradi, bu o‘rinda odam xohlaydimi yoki yo‘qmi bundan
qat’iy nazar mazkur sharoitga moslashmog‘i (ko‘nikmog‘i) zarur, degan aqidaga
amal qilinadi.
Bizningcha, barcha nazariyalarda inson hayotining ijtimoiy-tarixiy vaziyatlari
va obyektiv shart-sharoitlari mutlaqo e’tiborga olinmaganga o‘xshaydi.
Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud bo‘lib, u biogenetik,
sotsiogenetik omillarning qimmatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlar
taraqqiyotining birinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Ushbu
yondashishning uchta mustaqil yo‘nalishga ajratib tahlil qilish mumkin, chunki
ularning har biri o‘z mohiyati, mahsuli va jarayon sifatida kechishi bilan o‘zaro
tafovutlanadi.
Umumiy psixologiya fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi
qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari tadqiq etiladi.
Bu borada psixologlar tomonidan shaxsga nisbatan turlicha ta’rif berilgan va
uning tuzilishini o‘ziga xos tarzda tasavvur qilishgan. Quyida mualliflarning
ayrimlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
A.G.Kovalevning fikricha, shaxs - bu ijtimoiy munosabatlarning ham obyekti,
ham subyektidir. A.N.Leontev ushbu masalaga boshqacharoq yondashib, unga
shunday ta’rif beradi: shaxs - bu faoliyat subyektidir. K.K.Platonovning talqiniga
binoan: jamiyatda o‘z rolini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli a’zosi shaxs
deyiladi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan
116
S.L.Rubinshteyn ta’rificha, shaxs - bu tashqi ta’sirlar yo‘nalishini o‘zgartiruvchi
ichki shart-sharoitlar majmuasidir.
Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin ayniyat bo‘lmagan tushunchalar
qo‘llanilib kelinadi, chunonchi: odam, shaxs, individuallik. Ularning mohiyatini
aniqroq izohlab berish uchun har birining psixologik tabiatini tahlil qilish
maqsadga muvofiq.
Odam: sut emizuvchilar sinfiga daxldorlik, biologik jonzot ekanligi odamning
o‘ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik, qo‘llarning mehnat faoliyatiga
moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga
kirishi uning o‘ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzot sifatida odam ong
bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o‘z
qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o‘zgartirish imkoniyatiga ham
egadir.
Dostları ilə paylaş: |