ko`tarildi. Reagentlar sifatida metallorganik birikmalarning ishlatilishi, ayniqsa,
koordinatsion birikmalar kimyosining rivojlanishi oqibatida anorganik kimyoning
qayta tug`ilish davri boshlandi deb xisoblash mumkin. Fizikaviy tadqiqot
usullarining (RSA, YaMR, ЭPR spektoskopiyasi , mass-spektrometriya) ulkan
muvaffaqiyatlari kimyogarlarga makromolekulyar moddalar fazoviy tuzilishi va
93
ularning biologik axamiyatini tushunishga yordam berdi. Kimyogar-bioorganik
uchun bu tadqiqot natijalari fermentlar ta`sirini chuqurroq tushunish, biologik
jarayonlarda ikkilamchi va uchlamchi strukturalardagi nokovalent ta`sirlarning
moxiyatini tushunish imkoniyatini beradi.
Xozirgi zamon bizning rivojlanishimiz o`zining burilish nuktasida turibdi,
bugungi ЭXM asrida ikki yo`nalish juda dolzarb xisoblanadi:
axoli sonini xisobga olish,
energiya bilan ta`minlash muammolari.
Organik
kimyoning
keyingi
rivojlanishi
qishloq
xo`jaligi
zararkunandalariga qarshi yangи agentlar ishlab chiqarish, farmatsevtika
yo`nalishlariga qaratiladi. 1974 yildagi neft krizisi insoniyat bu xom ashyodan
ayovsizlarcha foydalanayotganini isbot etdi. Xozirgacha asosiy energiya manbai
sifatida GЭSlardan tashqari toshko`mir, neft, tabiiy gaz xizmat qilmoqda. Эndi
bularni tejash va termoyadroviy reaktsiyalar asosida energiya ishlab chiqarish
insoniyat oldidagi keyingi muammodir. Bu vazifa taxminan XXI asr o`rtalarida
amalga oshishini xisobga olsak, ungacha bor imkoniyatlardan tejab-tergab
foydalanish insoniyat oldidagi asosiy vazifadir. Mavjud texnologik jarayonlarda
mikrobiologik sintez muxim bosqich xisoblanadi, chunonchi pivo ishlab chiqarish,
teri oshlash vа oziq-ovqat sanoatida mikroorganizmlar asosiy zanjir bosqichlaridan
biri xisoblanadi.
Oxirgi yillardagi ferment tizimlarini ajratish, tozalash va ularni barqaror
shaklga aylantirish muxim yutuqlardan biridir. Bu xildagi "immobillashgan
ferment" tizimlarini sanoatda ishlatish muammolari bugungi kunning dolzarb
vazifasidir. Bulardan eng tez xal qilinishi lozim variant tsellyuloza polimerlarini
qandga aylantirish sanoatidir. Ferment strukturaviy tuzilishi va xossalari
soxasidagi bilimlar yig`indisi tez orada sanoat miqyosida fermentsimon
makromolekulalarni katalizator sifatida ishlatish muammosini xal qilishi lozim. Bu
soxadagi Merrifil'd usuliga binoan polimer asoslar yaratish, ularni yuqori
polipeptidlar va polikondensatlanish maxsulotlari olishda ishlatilishini ta`minlash
bugungi yosh kimyogarlarning asosiy vazifasi bo`lishi kerak.
Tayanch iboralar
"Yog`larning shirin asosi". Radikallar va elektrokimyoviy dualizm. Xayvonot
kimyosi. Vino ruxi. Vino spirti. Kuporos moyi. Эrkin radikallar. Metalepsiya.
Kislotalarning kislorodli nazariyasi. Vodorod nazariyasi. Izomeriya. Polimer.
Gomolog. Gomologik qatorning matematik formulasi. Unitar va tiplar nazariyasi.
Эlementorganik birikmalar. Biokimyo. Geokimyo. Kosmik kimyo. Bioorganik
kimyo. Geterogen va gomogen kataliz. Kimyoviy termodinamika. Kinetika.
Stereokimyo (birikmalarning fazoviy tuzilishi). Эlektrolitik dissotsilanish
nazariyasi. Stereoregulyar polimerlar. Vitaminlar. Gormonlar. Nuklein kislotalari.
Oqsillar. Bo`yoqlar. Sintetik tolalar. Pestitsidlar. Plastmassalar. O`simlik
pigmentlari. Mikrotaxlil usullari. Xromatografining afzalliklari. "Immobillashgan
ferment".
94
Nazorat savollari
1. Organik va anorganik kimyo fanlari ajralguncha tabiat qanday bo`limlarga
ajratilgan edi ?
2. "Organik kimyo" terminini kim birinchi marta ishlatdi ?
3. Organik kimyo fanining dastlabki taraqqiyoti davomida qanday gipoteza
va nazariyalar yaratildi?
4. Valentlik xaqidagi ta`limot asoschilari kimlar ?
5. Organik moddalarning tuzilish nazariyasi yaratilguncha kanday yangi
tushunchalar fanga kiritildi ?
6. A.M. Butlerov kimyoviy tuzilish nazariyasini qanday yaratdi va
olimlarning u xaqdagi qarashlarini bilasizmi ?
7. A.M. Butlerov izomeriya xodisasini dastlab qanday tushuntirdi va
keyinchalik unga bo`lgan munosabati o`zgardimi ?
8. Amaliy organik kimyo va uning asosiy yutuqlari xaqida nimani bilasiz?
9. Fisher-Tropshning katalitik sintezi sanoat miqyosida nimani olish uchun
katta imkoniyat yaratdi?
10. Dil's-Al'derning dien sintezi nima maqsadda va qanday amalga
oshiriladi?
11. Past va yuqori bosimda olingan polietilen farqini ko`rsata olasizmi?
12. Organik kimyoning nazariy kontseptsiyalari nimadan iborat ekanligini
aytib bering?
13. Kvant kimyosi tadqiqotlari natijasida qanday yutuqlar qo`lga kiritildi?
14. XX asr boshlarida tabiatdan ajratib olinadigan va sanoat usulida sintez
qilinadigan organik moddalar orasidagi farqlarni yo`qotish uchun olimlar qanday
ishlarni bajarishdi?
15. Tadqiqotning fizik-kimyoviy usullari organik sintez uchun qanday
sharoitlarni yaratdi?
16. Rentgenostrukturaviy taxlil XX asr organik kimyo fani uchun qo`l
keldiми?
17. Gormonlar, fermentlar va nuklein kislotalari kabi biofaol organik
moddalarning tuzilishini kim aniqlagan?
18. Oqsil moddalari va ularning tuzilishini aniqlash uchun XX asr olimlari
nimaga o`z e`tiborlarini qaratishdi?
19. Organik sintezni san`at darajasiga ko`targan olim kim ekanligini aytib
bering.
20. Tsiklopentadienil xosilasi ferrotsen organik moddami yoki koordinatsion
birikmami? Fikringizni asoslang.
21. Dinamik stereokimyo tushunchalarini shakllanishiga nima turtki berdi?
22. Vudvord bilan Xoffman birgalikda yaratishgan orbital simmetriyasining
saqlanish qoidasi nimani tushuntiradi?
23. Kimyo sanoati taraqqiyoti uchun ЭXM qo`llashning afzalliklari va ikki
dolzarb yo`nalishи xaqida fikringizni bildiring.
95
24. "Immobillashgan ferment" va uning qo`llanish soxalarini ko`rsating.
Adabiyotlar
1. Figurovskiy N.A. Ocherk obshey istorii ximii.- M.: Nauka.- 1969.- 455
s.
2. Bikov G.V. Istoriya organicheskoy ximii.- M.: Nauka.-1978.-379s.
3. Solov'ev Yu.I. Istoriya ximii.- M.: Prosveshenie.- 1976.- 367 s.
4. Volkov V.V., Vonskiy E.V., Kuznetsova G.I. Vidayushiesya ximiki mi-
ra.- M.: Visshaya shkola .- 1991 .- 656 s.
5. Materiali nauchnoy konferentsii "Aktual'nie problemi razvitiya
bioorganicheskoy ximii v Uzbekistane" .- Tashkent.- IBOX .- 3-4 noyabrya
1998 goda.
6. O`zbekiston Respublikasi. Эntsiklopediya.- Toshkent .- Qomuslar bosh
taxririyati .- 1997 yil .- 656 b.
10-MA`RUZA. O`ZBEKISTONDA KIMYo FANI
VA SANOATI ISTIQBOLLARI
R E J A :
1. O`zbekistonda kimyo fani taraqqiyoti,
2. O`zR Fanlar akademiyasi kimyo institutlari,
3. Kimyo sanoati tarmoqlari va ularning bugungi axvoli,
4. Kimyo sanoatining rivojlanishi Respublikamiz
Prezidenti I.A. Karimov nigoxi bilan.
O`zbekistonda kimyo fani va sanoati ancha rivojlangan. Sobiq SSSR
miqyosida O`zbekiston kimyo sanoati lak-bo`yoqlar ishlab chiqarish jixatdan
birinchi o`rinni egallagan bo`lsa, yalpi kimyo sanoati bo`yicha to`rtinchi o`rinni
egallab turgan edi.
XIX asr o`rtalarida O`zbekistonda sopol, shisha tayyorlash, o`simliklardan
turli moddalar (xushbo`y efir moylari, bo`yoqlar, sharbat, sharob tayyorlash, mis,
jez, asl va nodir metallardan buyum xamda turli bezaklar yasash kabi ishlar tez
rivojlandi. Natijada kichik sanoat korxonalari vujudga kela boshladi. XX asrning
20-yillaridan boshlab O`zbekistonda kimyo fani tez rivojlana boshladi. Buning
asosiy sababi shuki, o`sha davrda O`rta Osiyo Davlat universiteti deb atalgan,
xozirgi O`zbekiston Milliy universitetida kadrlar tayyorlash bilan birga ilmiy-
tadqiqot ishlari yo`lga qo`yildi. Kimyo sanoati rivojlanishi extiyojlari uchun zarur
bo`lgan tadqiqotlarni amalga oshirish borasida zalvorli ishlar bajarildi.
II Jaxon urushi yillarida O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
tashkil etildi va uning qoshida bugungi kunda bir qancha kimyo ilmiy-tadqiqot
institutlari faoliyat ko`rsatmoqda. Bу ilmiy-tadqiqot institutlarida olimlarimizdan
25 akademik, 70 fan doktori, jami 460 dan ortiq ilmiy xodimlar faoliyat
96
ko`rsatmokdalar. Kimyogar mutaxassislar tayyorlaydigan 16 ta oliy o`quv yurtlari
jumladan Mirzo Ulug`bek nomli O`zMU, ToshKTI, ToshFarMI, viloyatlardagi
universitet va pedagogika institutlari qoshidagi kimyo fakul'tetlari va bo`limlari,
qisman Abu Rayxon Beruniy nomli TDTU va Tosh ES va TI xisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi FA qoshidagi umumiy va anorganik kimyo
instituti asosan uchta yo`nalish bo`yicha ishlaydi: a) kolloid kimyo, b) anorganik
materiallar, v) neft kimyosi va gazni qayta ishlash. SHu bilan birga bu institutda
Respublikamiz ravnaqi uchun yangi soxa bo`yicha ilmiy izlanishlar yo`lga
qo`yilmoqda, bular qurilish materiallari va rangli metallar texnologiyalari
xisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi polimerlar kimyosi va fizikasi
instituti jamoasi asosan polimerlar ishlab chiqarish uchun o`z xom ashyomizni
yaratish ustida izlanmoqda, bu poliamid ishlab chiqarish yo`nalishi. NamDU
qoshida institut filiali tashkil qilindiki, uning laboratoriyalari Farg`ona kimyo
kompleksi uchun ishlaydi. CHirchiq kimyo kompleksi bilan xamkorlikda olib
borilayotgan ilmiy izlanishlarning asosiy maqsadi granulalashtirilgan tsellyuloza
ishlab chiqarishdir. Xozirgi kunda uning asosida kaprolaktam ishlab chiqarish
yaratilgan. Kaprolaktamdan plastmassa va suvda eriydigan polimer olish
bugungi kunimizning dolzarb muammolardan biridir.
O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o`simlik moddalar kimyosi
instituti asosan ikki yo`nalishda ishlaydi:
o`simlik moddalar kimyosi,
organik sintez.
O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bioorganik kimyo instituti
uchta asosiy muammolarni xal qilishga o`z kuch va saloxiyatini qaratgan:
gossipol va KMTs asosida yangi preparatlar olish,
ferromonlar ishlab chiqarishni kuchaytirish,
sintetik yuvuvchi vositalar ishlab chiqarishni yaratish va uni sanoat
miqyosida yo`lgа qo`yish.
Anorganik kimyo soxasidagi dastlabki ishlar E.I. Pozner (1865-1949 yy.)
raxbarligida tuzlar eruvchanligini tekshirish bilan boshlandi. XX asrda anorganik
kimyo va koordinatsion birikmalar kimyosining yangi davri - ular sanoatda nodir
metallarni tozalash, ajratish, taxlil qilish vа ekstraktsiyalash uchun ishlatilmoqda.
Bu o`z navbatida gidrometallurgiyada nodir va siyrak metallarni ishlab chiqarish
usulini yo`lga qo`yish imkoniyatini yaratdi. SHulardan biri reniy xozirgi zamon
texnikasi, avia- va raketasozlik, yuqori xaroratda ishlaydigan termoparalar va
o`tga chidamli materiallar olishda ishlatiladi. Ammo uni ajratib olish juda qiyin,
chunki o`z birikmalarida reniy 8 xil valent xolatida bo`lishi mumkin. Olmaliqdagi
qiyin eriydigan va o`tga chidamli metallar kombinatida rudalar qayta ishlanayotgan
paytda reniy miqdorini nazorat qilish texnologiyasi yaxshi yo`lga qo`yilmagan
edi. Bu soxadagi ishlarni o`rgangan akademik N.A. Parpiev o`z xodimlari bilan
reniyni kislotali muxitda barqaror komplekslar xosil qilishini aniqladi va
kombinat tsexlarida yuqori sifatli reniy ajratib olishni amalga oshirdi. Xuddi
97
shuningdek, vol'framni molibdendan ajratish texnologiyasi xam benzgidroksam
kislotasi va uning xosilalari ishtirokida amalga oshirish mumkinligi o`rganilgan va
kombinatda joriy qilingan. Bu usul bilan tozalangan vol'fram birikmalari
tarkibidagi molibden miqdorini 10-20 martagacha kamaytirish imkonini berdi.
ToshFarMIning birinchi rektori M.A. Azizov raxbarligida biologik faol
moddalar bilan ishlash va ular asosida kompleks birikmalar sintezini o`rganish
boshlangan edi. Xozirgi kunda xam institut kafedralarida va markaziy ilmiy-
tadqiqot laboratoriyasida bu ishlarni o`rganish davom ettirilmoqda. Ular sintez
qilgan koamid, kobal't-30, ferramid, ketofer, kupfir kabi birikmalar tibbiyotda
qo`llanilmokda, kovit nomli biostimulyatorni chorvachilikda qo`llash yuqori
samara ko`rsatdi. Respublikamizda so`nggi yillarda bajarilgan ilmiy-tadqiqot
ishlari bu boradagi yutuqlarimiz oz emasligini ko`rsatmokda. O`zR FA umumiy
va anorganik kimyo institutining laboratoriya mudiri, k.f.d., prof. T.A. Azizov
(akad. N.A. Parpievning shogirdi) bu dori-darmonlarga nisbatan samaradorligi 2-3
marta yuqori bo`lgan bir qator preparatlarni yaratdi va ularni amalda qo`llanishini
joriy qildi va keltirilgan foydasini xam xisoblab chiqdi. Bularga misol tariqasida
antianemik dorivor moddalardan feratsetamid, koatsetamid, sul'fatodinikotinamid
kabi yaratilgan yangi moddalarni ko`rsatishimiz mumkin.
Mineral o`g`itlar va ularni ishlab chiqarish bo`yicha Respublikamizdagi eng
etuk olim sifatida xaqli ravishda akademik M.N. Nabiev (1913-1994 yy.)
xisoblanar edi. U 1935 yili Ivanovo kimyo-texnologiya institutini tugatgan, 1961
yili o`g`itlar kimyosi laboratoriyasini tashkil etdi. 1949 yili donador ammiakli
selitra, 1952 yili ammoniylashtirilgan superfosfat , 1975 yili mikroelement tutgan
ammofos ishlab chiqarishni sanoat miqyosida joriy qildi. U yaratgan maktab
azotli, fosforli, kaliyli va kompleks xoldagi makro- va mikroelementli o`g`itlarning
sifatini yaxshilash, texnologik ko`rsatkichlarini tubdan o`zgartirish, ularning
ozuqaliligini oshirish ustida ishlamoqda. Tarkibida fiziologik faol birikmalar,
mikroelementlar, pestitsid va defoliantlar mujassamlashgan kompleks
o`g`itlarning kimyoviy asoslari va texnologiyasi o`rganib chiqilgan. Olimning bu
boradagi ishlarini xozirgi kunda shu maktabning davomchilari, ustoz safdoshlari
akademiklar B.M. Beglov va S. To`xtaevlar o`z guruxlari bilan davom
ettirmoqdalar.
Taxliliy kimyo soxasida Kozog`iston FA akademigi, prof. SH.T. Tolipov
(1908-1990 yy.) nodir metallarni aniqlash ustida ishlagan, tabiiy birikmalar
(anabazin, gossipol, papaverin, paxikarpin) va ularning xosilalarini reagent sifatida
ishlatib, fotolyuminestsentsiya, kompleksonometriya va boshqa bir qator
elektrokimyoviy taxlil usullarini yaratgan o`quv jarayoni va sanoat miqyosida joriy
qilgan. Ftorli birikmalar kimyosini o`rganishga asos solib, qator yangi moddalar
oldi, ftoridlarning o`zaro ta`siri bo`yicha ba`zi nazariy masalalar va qonuniyatlarni
aniqladi. Bu yutuqlar natijasida tseriy, alyuminiy, xrom va titanni aniqlashning
xajmiy va ampermetrik usullari ishlab chiqildi. Marxum ustozning shogirdlar
tayyorlash borasidagi yana bir ibratomuz ishlarini shu joyda ko`rsatib o`tishni
lozim top-dik; akad. SH.T. Tolipov 1942-1984 yillar davomida Milliy
98
universitetning kimyo fakul'teti dekani, 1938-1990 yillarda analitik kimyo
kafedrasining mudiri lavozimida ishlagani xam bugungi yoshlarimiz uchun
ibratomuz misol deb o`ylaymiz.
Organik
kimyo
soxasidagi
dastlabki
ishlar
bugungi
O`zMU
tashkilotchilaridan biri prof. S.N. Naumov (1874-1933 yy.) raxbarligida
boshlangan. U O`zbekiston mineral boyliklarini o`rgangan, toshko`mir,
oltingugurt, neft konlari maxsulotlarining tarkibini aniqlagan. A.S. Sultonov neft
maxsulotlarini qayta ishlash katalizatorlari ustida ish olib borgan. Uning
kasbdoshlari va shogirdlari tomonidan nikelli katalizatorlarning faolligi gidrid
komplekslari sababli ekanligini nazariy va taxliliy tomonlari tushuntirildi. Neft
distillyatlarini krekinglash uchun zarur alyumosilikat katalizatorlari olish
texnologiyasi ishlab chiqildi. Bu borada 1964 yili Toshkentda ochilgan O`rta
Osiyo neftni qayta ishlash va neft kimyosi (xozirgi kimyo tenologiyasi va kataliz
instituti) ilmiy-tadqiqot institutida diqqatga sazovor ishlar bajarib kelinmoqda.
Akad. I.P. Tsukervanik (1901-1968 yy.) aromatik uglevodorodlarni alkillash va
atsillash reaktsiyalari ustida ishlagan, 1933-1968 yillar davomida universitetning
organik kimyo kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. AlCl3, ZnCl2 kabi
katalizatorlar moxiyatini o`rgangan. Bu davrda proton va aproton kislotalari xaqida
nazariy ma`lumotlar vujudga keldi, metallik katalizatorlarning ta`sir etish
mexanizmiga aniqlik kiritildi. Olim va uning safdoshlari tomonidan organik
birikmalarning karbonillanish reaktsiyalariga axamiyat berildi. Aminobirikmalarni
bevosita karbonillash orqali anabazin xosilalari olindi, bularni paxta va boshqa
o`simliklar zararkunandalariga qarshi ishlatish mumkinligi isbotlandi.
O`zR FA akademigi S.Yu. Yunusov (1909-1996 yy.) asosan o`simlik
moddalar kimyosi bilan shug`ullanib, 700 alkaloidlarni ajratgan, ulardan 300 dan
ortig`ining tuzilishini aniqlagan. o`ndan ortiq preparatlari dori sifatida tavsiya
qilingan va ishlatilmoqda (galantoin, metilapogalantamin, likorin va xokazo).
Uning raxbarligida galantamin, tsitizin, papaverin va boshqa yuzlab
alkaloidlarning yangi manbalari aniqlandi. Glyukozidlar kimyosi chuqur
o`rganildi, bulardan o`nga yaqin preparatlar yurakni davolashda foydalanish uchun
ruxsat etildi. O`zbekiston Fanlar akademiyasi O`simlik moddalar kimyosi instituti
marxum olim nomi bilan atalgan. Olimning o`g`li, k.f.d., akademik M.S. Yunusov
Rossiya FA ning Ufadagi organik kimyo instituti direktori vazifasida ishlab
kelmoqda.
O`zbekiston va sobiq SSSR FA akademigi O.S. Sodikov (1913-1987 yy.)
100 dan oshiq dipiridil, xinozolin, izoxinolin alkaloidlarini ajratib olgan, tuzilishini
aniqlagan, konformatsion xolati va biogenetik o`zgarishlarini tekshirgan. Gossipol
va anabazin gidroxlorid kabi preparatlarning sanoatda ishlab chiqarish
texnologiyasini yaratgan. 1956 yili mikrobiologik usulda itakon kislota ishlab
chiqarishni joriy etdi, g`o`za bargidan limon va olma kislotalari ishlab chiqarishni
sanoat usulida yo`lga qo`ydi. Ustoz yaratgan maktab namoyandalari, u kishining
shogirdlari O`zMU kimyo fakul'tetida, boshqa OO`Yularida, O`zR FA ilmiy-
tadqiqot institutlarida bugungi kunda xam samarali ishlamoqdalar. Ustoz
99
avlodlaridan, u kishining ukasi, kimyo fanlari doktori, professor R.S. Tillaev
Milliy universitet fizikaviy kimyo kafedrasini boshqarayotgan bo`lsa, marxum
olimimizning o`g`li kimyo fanlari doktori, professor A.O. Sodiqov shu ilm
dargoxining kimyo fakul'tetiga raxbarlik qilmoqda. O`zR FA Bioorganik kimyo
instituti olim xizmatlariga xurmat yuzasidan u kishining nomi bilan atalgan.
Akademik K.S. Axmedov (1914 yili tug`ilgan) Respublikamizda polimerlar
fizik kimyosi va kolloid kimyo maktabini yaratib, unga asos solgan olim
xisoblanadi, 1939 yili mineral moddalarning suvli suspenziyalarini tekshirish
uchun mo`ljallangan elektroforetik usulni taklif etdi, O`zbekiston oxrasi misolida
mineral bo`yoqlar ishlab chiqqan olim K.S. Axmedov raxbarligida kimyo
kombinatlari chiqindilaridan poliakrilonitrilni suvda eriy-digan oligomerlari
olinishi yo`lga qo`yilgan va sanoat miqyosida bu reagentlardan juda keng
foydalanilmokda. Akad. K.S. Axmedov va uning shogirdlari - prof. S.S. Xamraev,
prof. A.A. A`zamxo`jaevlarning sirt-faol moddalar va polielektrolitlar orqali xalq
xo`jaligining turli soxalariga kerakli maxsulotlarni, ularning xossalarini oldindan
belgilab yaratishga imkon berishni tadqiqot qilish va olingan natijalardan
amaliyotda foydalanish borasidagi ilmiy izlanishlari katta axamiyat kasb etadi.
O`zbekistondagi barcha kimyoviy sanoat korxonalari ochiq turdagi
aktsionerlik ishlab chiqarish jamiyatiga birlashtirilgan. O`zbekiston Vazirlar
maxkamasi kimyo sanoati aktsionerlik ishlab chiqarish jamiyati ishlarini
muxokama qilganda bugungi kundagi quyidagi dolzarb mkammolarning xal
qilinishi muximligini ko`rsatdi va bu masalaga bag`ishlangan ilmiy amaliy
konferentsiya xam o`tkazilди:
1. Milliy valyutamizni barqarorlashtirish,
2. Qishloq xo`jaligining dolzarb yo`nalishlarini rivojlantiruvchi preparatlar
va o`g`itlar ishlаб chiqaruvchi kimyo korxonalarini jadal rivojlantirish,
3. Maxalliy mineral xom ashyo resurslaridan unumli foydalanish,
Bu vazifalarlarni amalga oshirish uchun birinchi navbatda oliy ma`lumotli,
yuqori malakali kimyogar va kimyogar-texnologlar tayyorlash o`z dolzarbligi bilan
ajralib turadi.
Buning uchun kimyo sanoatini tubdan islox qilish kerak, shu erning o`zida
nima uchun islox kerak degan savolga javob izlaylik. Bizning kimyo sanoatimiz
bir tomonlama rivojlangan. Butun O`rta Osiyoda kimyo sanoati rivojlanmagan,
balki ular (Kozog`iston, Kirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston) O`zbekistondagi
kimyo ishlab chiqarish korxonalarining xom ashyo bazasi bo`lib qolgan edi. o`z-
Dostları ilə paylaş: |