O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi f. Xo`jaev nomli Buxoro Davlat universiteti



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix18.05.2020
ölçüsü0,68 Mb.
#31278
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
kimyo tarixi

va termik  parchalanishda xosil bo`lgan oksidni o`rganish, 

 
64 
 
 
3.   Aniq  miqdor  metall bilan  kislota  reaktsiyaga  kirishganda  ajralgan 
vodorod xajmini aniqlash, 
 
4.  Эlementlarning  quyi  oksidlarini  xlorli  oxak  bilan  oksidlab,  yuqori 
oksidlarigacha o`tkaziш va ularni cho`ktirib o`rganish,   
 
 
5.    Metallarni  nitrat  kislotasida  eritib,  ajralgan  azotning      oksidlari  xajmini  
aniqlash. 
 
 
Murakkab  modda  atom  massasini  (molekulyar  massa  demoqchi) 
topish uchun  uning tarkibiga qancha oddiy atomlar kirishini aniqlash lozim deydi 
Dal'ton va bu uchun quyidagi  umumiy qoidaga amal qilishlikni taklif etdi: 
 
1.    Ikki  oddiy  atomlar  faqat  birgina  murakkab  modda  xosil  qiladimi  yoki 
ko`proqmi?    Agar  boshqa  moddalar  xosil  qilmasa  va  boshqa    oddiy    element 
atomlari  qatnashmasa,  bu murakkab modda ikki qismdan  iborat
 
 
2.    Agar  moddalar  bir  necha  birikma  xosil  qilsa,    ularni  aloxida 
o`rganish lozim. 
 
 
J. Dal'tonning nazariyasini olimlar tomonidan  qabul qilinishida shved 
olimi  Ya.  Bertseliusning  (1779-1849  yy.)    ishlari  muxim  rol'  o`ynadi.  U  Dal'ton 
ta`limoti  to`g`riligini    targ`иб  qilish  bilan  birga,  uning  xisoblashlaridagi  xato-
kamchiliklarini tuzatdi va  atomistik ta`limotni kimyoda ilmiy shakllantirdi. Nemis 
olimlaridan  Kant,  SHelling,  Vyolerlar  J.  Dal'tonning    ishlariga    shubxa  bilan 
qarashdi, ammo keyinchalik Gegel' va Libix  bu olimlarning fikrlari xato ekanligini 
tushuntirdilar.  Dal'ton  ta`limoti  frantsuz  olimlari  Gey-Lyussak,  Dyuma,    Jerar, 
Loran ishlari orqali yana boyidi va to`la fanga  kiritildи. 
 
1814  yili  Bertselius  41  element  uchun  o`zining  atom  massalari  asosidagi 
elementlar  jadvalini tuzib,   ularni  e`lon qilgan bo`lsa, 1818  yili  kimyo  darsligi  3-
tomida  kimyoviy  nisbatlar  nazariyasini    e`lon  qildi.  Bu  kitobida    u  10  yillik 
izlanishlari  natijalarini  umumlashtirib,  Dal'tonning  atomistik  ta`limotiga    amaliy 
poydevor yaratdi, bulardan tashqari 45 element  atom massalarini aniqladi va 2000 
birikma tarkibiy qismini xisoblab chiqdi.  
 
XIX  asr  tabiatshunosligida  elektr  xaqidagi  tushunchaning  paydo  bo`lishi 
kimyodagi  bir  qator  kamchiliklarni  ochishga  va  ularni  tuzatishga  ko`maklashdi. 
Ya. Bertselius birinchilardan bo`lib elektr toki bizning atrofimizdagi tabiatning eng 
birinchi  ta`sir  etuvchi  kuchi  deb  qabul  qildi.    1811-1818  yillardagi  ilmiy 
izlanishlarida elementlarning  reaktsion qobiliyatini sinflashda elektrokimyoni asos 
qilib  oldi  va  "Kimyoviy  reaktsiya  turli    atomlardagi  qarama-qarshi  zaryadli 
zarrachalarining o`zaro ta`siridir",- deb aniqladi. 
1800 yilda italiyalik olim Alessandro Vol'ta (1745-1827 yy.) dastlab ikki xil metall 
plastinkalarini  elektr  tokini  o`tkazuvchi  eritmaga  tushirish  orqali  elektr  toki  xosil 
qilish  mumkinligini  ko`rsatib  berdi.  Bu  xildagi  plastinkalarning  20  tasini 
birlashtirib  birinchi  elektr  batareyasini  yaratdi  va  bu  o`zgarmas  tok  manbaini 
olimlar Vol'ta ustuni nomi bilan atay boshladilar. Ikki metall plastinkalari va ularni 
bir-biridan  ajratib  turuvchi  eritma  orasidagi  kimyoviy  reaktsiya  natijasida  elektr 
toki xosil bo`ladi. Bu tajribalar elektr toki va kimyoviy reaktsiyalar orasida uzviy 
aloqa borligini ko`rsatib berdi. Ammo buni amalga oshirish uchun insoniyatga xali 

 
65 
100  yillik  izlanishlar  kerak  bo`ldi.  Kimyoviy  reaktsiya  natijasida  elektr  toki  xosil 
bo`lsa,  uning  teskarisini,  ya`ni  elektr  toki  ta`sirida  moddalar  orasida  kimyoviy 
reaktsiyalarni  amalga  oshirish  mumkinligini  olimlar  qidira  boshladilar.  Xaqiqatan 
xam  2  oy  ichida  ingliz  olimlari  Uil'yam  Nikol'son  (1753-1815  yy.)  va  Эntoni 
Karlayl  (1768-1840  yy.)  birinchi  bo`lib  elektr  toki  ta`sirida  suvni  parchalash 
reaktsiyasini,  ya`ni  G.  Kavendish  reaktsiyasining  teskarisini    amalga  oshirdilar. 
Ajralib chiqqan vodorod va kislorodni aloxida idishlarga yig`dilar va vodorodning 
xajmi kislorodnikidan ikki marta ko`pligini isbotladilar: 
 
 
 
 
2 N2O                         2 N2      +    O2 
 
Nikol'son  va  Karlayl  ishlarining  to`g`riligini    frantsuz  kimyogari  Jozef  Lui 
Gey-Lyussak (1778-1850 yy.) ikki xajm vodorod va bir xajm kislorodning o`zaro 
birikishi  orqali  yana  bir  karra  isbotladi.  Keyinchalik  u  gazlar  o`zaro  reaktsiyaga 
kirishganda,  xosil  qilgan  birikmalari  tarkibidagi  ularning  nisbatlari  butun  sonlar 
kabi bo`lishini aniqladi va 1808 yilda xajmiy nisbatlar qonunini e`lon qildi va shu 
qonun  yordamida  ammiakda  qancha  azot  va  vodorod  borligini  isbotladi.  Ilgari 
ammiakdagi bu gazlarning xajmiy nisbati 1:1 kabi deb xisoblanardi. Эndi ammiak 
molekulasida  bir  atom  azotga  uch  atom  vodorod  to`g`ri  kelishi  va  azotning  atom 
massasi 5 emas, balki 14 ekanligi xam isbotlandi.  
 
Эndi vodorod va xlor gazlari aralashmasining reaktsiyasini ko`rib chiqaylik, 
ular  o`zaro  reaktsiyaga  kirishib  uchinchi  gaz  vodorod  xloridini  xosil  qiladi.  Bir 
xajm  vodorod  va  bir  xajm  xlor  o`zaro  reaktsiyaga  kirishganda  bir  xajm  vodorod 
xloridini  xosil  qilishi  kerak  deb  xisoblaymiz.  100  atom  vodorod  100  atom  xlor 
bilan  reaktsiyaga  kirishganda  bu  zarrachalarning  o`zaro  juftlashuvidan  100 
molekula  vodorod  xloridi  xosil  bo`lishi  kutiladi.    Ammo  reaktsiya  natijasida  200 
molekula  vodorod  xloridining  xosil  bo`lishini  tajriba  ko`rsatadi.  Demak,  birta  
vodorod  zarrachasi    birta  xlor  zarrachasi  bilan  reaktsiyaga  kirishganda  ikki 
molekula  vodorod  xloridi  xosil  bo`lishi  lozim  ekan,  vodorod  va  xlor  zarrachalari 
birgina atomlardan emas, balki ikkitadan atomlarning yig`indisi bo`lib chiqmoqda.  
Bularning  barchasi  xar  qanday  gazlarning  bir  xil  miqdordagi  soni  bir  xil  xajmni 
egallashi aniqlandi. Bunga eng avval e`tiborini qaratgan olim A. Avogadro (1776-
1856  yy.)  bo`lib,  1811  yilda  e`lon  qilgan  gipotezasi  xozir  xam  o`z  axamiyati  va 
kuchini  yo`qotgan  emas.  Bu  gipotezani  e`tiborga  olsak,  vodorod  va  boshqa  xar 
qanday gazlarning atomlari va molekulalari orasida aniq chegara borligini bilamiz. 
Ammo  o`z  zamonasida  olimlar  Avogadro  gipotezasini  tan  olishmagan,  gazsimon 
elementlarning  atom  va  molekulyar  farqiga  xech  kim  e`tibor  qaratmagan.  Bu 
anglashilmovchilik bir qancha chalkashliklarga olib keldiki, olimlar o`z xatolarini 
Avogadro  o`limidan  so`ng  50  yil  o`tgach  bildilar  va  bir  qator  zaruriy 
elementlarning atom massalaridagi noaniqliklarni bartaraf etdilar. 
 
Bu  davrga  kelib  olimlar  atom  massalarini  aniqlashning  boshqa  usullarini 
xam  kashf  qildilar.  1818  yilda  P'er  Dyulong    (1735-1838  yy.)  va    Aleksis  Pti 
(1791-1820 yy.) shunday elementlardan birining atom massasini aniqladilar va bu 
tajriba  1819  yili  matbuotda  e`lon  qilindi.  Ularning  aniqlashicha,  elementlarning 

 
66 
solishtirma issiqlik sig`imi (bir birlik massadagi moddaning issiqligini bir darajaga 
ko`tarish  uchun  sarflanadigan  issiqlik  miqdori)  ularning  atom  massasiga  teskari 
proportsional  ekan.  Boshqacha  aytganda,  agar  x-moddaning    atom  massasi  y-
elementidan  ikki  marta  katta  bo`lsa  va  ularning  bir  xil  og`irlikdagi  namunasiga 
teng  miqdorda  issiqlik  ta`sir  etilsa,  y-namunaning  xarorati  x-elementinikiga 
nisbatan  ikki  martaga  ko`tariladi.  Demak,  moddalar  tarkibidagi  element  atom 
massasi  bilan    solishtirma  issiqlik  sig`imi  ko`paytmasi  o`zgarmas  son  (Const) 
ekanligini aniqlandi: 
 
 
6,3   =  A x S  
 
 
 
6,3  -  atom issiqlik sig`imi, 
 
  
A  -  elementning atom massasi, 
 
   
S  -  solishtirma issiqlik sig`imi. 
 
Bu  usul  bilan  faqat  qattiq  xoldagi  elementlar  uchun  taxminiy  qiymatlar 
olinsa  xam,  o`z  vaqtida  kimyo  fanida  ijobiy  natijalar  olishga  imkon  yaratdi.  Ya. 
Bertselius  Dyulong  va    Ptilarning  solishtirma  issiqlik  sig`imi  qonunini 
elementlarning aniq atom massasini   xisoblab topishda  birinchi bo`lиб qo`lladi. 
 
1819  yilda  nemis  kimyogari  Эyl'gard  Mitcherlix  (1794-1863  yy.)    odatda  
kimyoviy  tarkibi  yaqin  moddalar  eritmalaridan  qayta  kristallanganda  aralash 
kristallar shaklida ajralib chiqishini isbotladi, ya`ni bir modda molekulalari shaklan 
o`ziga  o`xshagan  boshqa  modda  molekulalari  bilan  aralashib  ketadi.  SHunday 
qilib, izomorfizm ("bir xil shakl") qonuni yaratildi.  Bu qonundan shunday xulosa 
chiqariladiki,  aralash  kristallar  xosil  qiluvchi  moddalarning  kimyoviy  tabiati  bir-
biriga yaqin bo`ladi. 
 
XIX ASRNING I  YaRMIDA  KIMYo FANINING 
RIVOJLANISHI 
 
J.  Dal'tonning  atomistik  ta`limoti  Evropada  tan  olingandan  so`ngra  1808 
yilda J. Gey-Lyussak tomonidan xajmiy nisbatlar qonuni ochildi. 1811 yilga kelib 
ital'yan  olimi  A.    Avogadro  (1776-1856  yy.)    Dal'ton  ta`limoti  va  Gey-Lyussak 
kashfiyoti  orasida  qarama-qarshilik    yo`qligini  ko`rsatdi  va  o`zining  gipotezasini 
yaratdi: "Bir xil sharoitdagi xar xil gazlarning bir xajmi molekulalarining teng soni 
bilan ifodalanadi".   
 
Kimyoviy  atomistika  rivojining  tub  burilish  nuqtasi  shved  olimi  I.Ya. 
Bertselius  nomi  bilan  bevosita  bog`langan,  u  Dal'ton-dan  keyin  atom-molekulyar 
ta`limot  nazariyasiga  eng  katta  xissa  qo`shdi.  Taxminan  1807  yildan  boshlab 
Bertselius  xar  xil  birikmalarning  element  tarkibini  aniqlashga  kirishdi.  Yuzlab 
bajargan  taxlillari  natijasida  tarkibning  doimiylik  qonuni  isboti  uchun  shuncha 
dalillар  keltirdiki,  kimyogarlar  bu  qonunning  to`g`riligini  tan  olishdi  va  natijada 
atom-molekulyar  ta`limot  xam  shakllandi.  Эndi  Bertselius  elementlar  atom 
og`irliklarini Dyulong va Pti, Mitcherlix va Gey-Lyussak qonunlaridan foydalanib 
murakkab  va  yangi  usullar  bilan  aniqlashga  kirishdiki,  bu  usullardan  Dal'ton 

 
67 
xabardor emasdi, ammo o`z zamondoshlari kabi u xam Avogadro gipotezasini rad 
etgandi. 1826 yilda Bertselius o`zi aniqlagan atom og`irliklari jadvalini e`lon qildi, 
ularning  deyarli  barchasi  (ikki-uchtа  elementlardan  tashqari)    zamonaviy 
qiymatlarga  to`g`ri  keladi.  Dal'ton  aniqlagan  atom  og`irliklaridan  bu  qiymatlar 
farqi ularning yaxlit sonlar bilan ifodalanmaganidir.   
 
Dal'tonning xisoblashlarida vodorodning atom og`irligi 1 deb qabul qilingan
shuning  uchuн  xam  barcha  qolgan  elementlarning  qiymatlari  butun  sonlarda 
ifodalangan.    1815-1816  yillarda  Dal'ton  jadvali  bilan  tanishib  chiqqan  ingliz 
kimyogari  Uil'yam  Praut  (1785-1850  yy.)    barcha  elementlar  xam  vodoroddan 
tarkib topgan, faqat ulardagi vodorod atomlari soni xar xil degan gipotezani ilgari 
surdi.  Vodorodning  atom  og`irligi  1  ga  teng  bo`lsa,    kislorodning  atom  og`irligi 
undan  15,9  marta  katta  chiqdi,  ammo  bundan  kislorod  tarkibida  15,9  ta  vodorod 
bor  degan  xulosa  chiqarish  xato  ekanligi  ravshan  bo`lsa  kerak.    XIX  asrning  60 
yillarida  bel'giyalik  kimyogar  Jan  Serve  Stas  (1813-1991  yy.)    va    XX  asr 
boshlarida  amerikalik  olim  Teodor  Uil'yam  Richards  (1868-1928  yy.) 
elementlarning  atom  og`irliklarini  Bertseliusdan  xam  aniqroq  topishdi.  Xar  xil 
elementlarning  atom  og`irliklari  orasida  bir-biri  bilan  ancha  murakkab  bog`lanish 
borligini anglagan olimlar dastlab ma`lum standart qabul qilish lozim deb topdilar. 
Kislorodning  atom  massasini  yaxlit son bilan ifodalash  uchun uni 16,000 ga  teng 
deb  oldilar  va  bu  standart  XX  asr  o`rtalarigacha  saqlandi.  Kislorodning  atom 
og`irligi  yaxlitlanishi  oqibatida  vodorodning  atom  og`irligi  1,008  qiymat  bilan 
ifodalanadigan bo`lib chiqdi.   
 
Atom-molekulyar  ta`limot  qabul  qilingach,  endi  birikmalarni  muayyan 
atomlardan  tarkib  topgan  molekulalar  tarzida  ifodalash  imkoniyati  tug`ildi. 
Tabiiyki,  bu  elementlar  simvollarini  kichkina  xalqachalar  bilan  ifodalash  va  bu 
xalqa  ichiga  biror  belgi  qo`yish  dastlab  Dal'ton  tomonidan  qabul  qilindi.  Bu 
belgilar  soni  cheklanganligi  uchun  Dal'ton  elementlar  nomining  bosh  xarflarini 
qo`yishga kirishdi: 
 
Ђ - vodorod (Hydrogen),             G` - kislorod (Oxygen), 
 
      - azot (Azote),                               - uglerod  (Carbon),   
           +   - oltingugurt (Sulphur),         ©  - mis (Copper), 
            ?   - temir (Iron),                            t  - qalay (Tin).   
     
Bu  davrning  asosiy  belgilari  kimyoning  eksperimental  fan  sifatida 
shakllanishi quyidagи qonunlarning kashf etilishi bilan bevosita bog`liq sanaladi, 
bir qator miqdoriy qonunlar kimyoga ratsional xarakter berdilar: 
 
1.  Rixterning  ekvivalentlar qonuni (1792-1802 yy.) 
 
2.  Prustning  doimiy nisbatlar qonuni (1799-1806 yy.) 
 
3.  Dal'tonning karrali nisbatlar qonuni (1802-1808 yy.) 
 
4.    Gey-Lyussakning  gazlar  birikishining    xajmiy  nisbatlar  qonuni  (1805-
1808 yy.) 
 
5.    Avogadro  e`lon  qilgan  gazlarning  molekulyar  massalari  bilan  ularning 
zichliklari orasidagi proportsionallik qonuni (1819 y.) 
 
6.  Mitcherlixning izomorfizm qonuni (1818-1819 yy.)  

 
68 
 
7.    D'yulong  va  Ptining      solishtirma  issiqlik  sig`im  xaqidagi  qonuni  (1819 
y.) 
 
8.  Faradeyning elektroliz qonuni (1830 y.) 
 
9.  Gessning termokimyoviy reaktsiyalar qonuni (1840 y.) 
 
10. Kannitstsaroning atomlar qonuni (1858 y.) 
 
 
Эndi  kimyogar-olimlar      xar  xil  mineral,  ruda,  tuz,  kislota,  asos  kabi 
anorganik    moddalarning  taxliliy  o`zgarishiga  e`tiborlarini  qarata  boshladilar. 
Tarkib xaqidagi  ta`limot "atom" va "molekula"  tushunchalariga asoslanar edi.  Bu 
tushunchalar atom-molekulyar  nazariya yordamida shakllantirildi. Miqdoriy taxlil 
XIX  asr  boshida  kimyoning keskin rivojlanish bosqichini belgilab berdи. 
 
Bir  qator  yangi  elementlar  kashf  etildi:  1803  yili  -  Tseriy    (  Bertselius  va   
Xizinger tomonidan),  1817 yili - Selen  (Bertselius) , 1818 yili- Litiy ( Bertselius 
shogirdi  Alfredson  tog`    jinsidan  ajratdi),  1823  yili  -  Kremniy  (Bertselius  erkin 
xolda  oldi),  1825  yili  -  Titan  (Sefsrem  va  Bertselius),  1816-1825  yillar-  Tantal 
(Bertselius),  1825  yili-  Alyuminiy  (Эrsted),  1828  yili  -Toriy  (  Bertselius 
tomonidan  ThSiO4    minerali  tarkibidan  ajratildi)  ,  1830  yili-  Vanadiy  (Sefstrem 
Bertselius raxbarligida), 1844 yili - Ruteniy (Karl Klaus). 1848 y.  nemis olimi K. 
Frezenius (1818-1897 yy.) Visbadenda  birinchi bo`lib taxliliy kimyodan o`quv va  
ilmiy laboratoriyani yaratdi. 
 
Yangi elementlarning ochilishi va atom massalarining aniqlanishi metallarni 
sinflashga  turtki  berdi.  1829  yili  nemis  olimi  I.Dyobereyner  (1780-  1849yy.)  
o`zining  "Эlementar  moddalarning  o`xshashligiga  qarab  guruxlash"  asarida 
elementlarning fizik-kimyoviy xossalari ularning atom massasiga bevosita bog`liq 
deb  xisoblaydi.  Xuddi  shu  o`xshashlikka  qarab  u    elementlarning  quyidagi 
triadalarni tuzdi:  
 
Li                            Ca                       Cl                            S    
 
            
 
Na                           Sr                        Br                           Se 
 
 
K                             Ba                        I                             Te  
 
Dyobereynerdan  keyin  elementlarni  sinflash  va  tizimlashga  ko`p  urinishlar 
bo`ldi. 1857 yili nemis kimyogari Э. Lensen 20 ta triadalar tuzdi. U birinchi marta 
noma`lum elementlar atom massasini aniqlashga urindi. 1864 yili U. Odling (1829-
1921  yy.)  elementlarni  jadvalga  qo`yib  chiqdi.  Bu  jadvalda  xam  elementlar 
kimyoviy xossalariga ko`ra guruxlarga ajratildi. XIX asr 50-60 yillarida kimyoviy 
o`xshash elementlarni o`zaro solishtirish xarakatlari bo`ldi. 1866 yilining  birinchi 
martida  ingliz  olimi  J.N'yulends  (1837-1898  yy.)  London  kimyogarlar  jamiyatida 
o`z  ma`ruzasi  bilan  chiqib,  o`sha  paytdagi  62  elementni  Kannitstsaro  atom 
massalari  jadvalidan  foydalanib  ularni  tizimlashtirdi  va  bunda  ikkita  printsipga 
amal kildi: vodorodni raqamlash birdan boshlandi   N 56 . Atom massalari bir xil 
elementlar bir katakka qo`yildi (So, Ni);  (Ro, Ru);  (Pt, Ir); (Ge, La). 1864 yilda  
nemis  olimi    Yu.  Meyer  (1830-1895  yy.)      o`z  jadvalini    e`lon  qildi.  Uning 
jadvalidagi  6  vertikal  qatorda  44  element  joylashtirildi.  Buni  izoxlab,  rus  olimi 
L.A.CHugaev  -"Davriy  qonun  moxiyati  -  elementlar  xossalarining  davriy 
takrorlanishi,  ularning  atom  massalari  ortib  borishi  tartibida  qo`yish  Meyerga 

 
69 
butun  begona  edi",  -  deydi.  Bu  barcha  ishlar  o`sha  paytdagi  elementlarning 
xossalari  xaqida  1826  yilda  Bertselius  e`lon  qilgan  natijalarga  asoslandi.  Atom 
massalarini solishtirish, kimyoviy xossalarning takrorlanishi va boshqa izlanishlar 
elementlarni  tizimga  solib,  ma`lum  sinflarga  ajratish  va    davriy  qonunni 
yaratilishiga  asos  bo`ldi.    1858  yili  Italiya  olimi  S.Kannitstsaro  (1826-1910  yy.) 
gaz moddalar massasini aniqlashda vodorod massasidan foydalanish mumkinligini 
ko`rsatdi, ammo bu formula 1856 yilda rus olimi D.I. Mendeleev tomonidan e`lon 
qilingan edi:   
                         M G` DH  =  2       yoki        M  = 2 * DH 
 
DH  -    vodorodga nisbatan zichlik.  
 
1860  yilga  kelib  moddalar  molekulyar  massasini  fizik-kimyoviy  usul  bilan 
aniqlash  (ular  bug`larining  zichligiga  nisbatan)  kimyoda  to`la  shakllandi.  Bu 
molekulyar  nazariyaning  qabul  qilinishiga  muxim  omil  bo`ldi.    Ayrim  moddalar 
bug`lari  zichligidagi  anomallikni  (NH4Cl,  PCl5,  H2SO4)  D.I.  Mendeleev 
tushuntirib, Avogadro qonuni universalligini ko`rsatdi.    
Karlsrue kongressi 
 
1860  yili  Karlsruedagi  kimyogarlar  kongressida  Avogadro  qonuni  xalqaro  
tan olindi.  Xalqaro kongress vazifasi asosan atom va molekula tushunchalarini bir-
biridan ajratish va atom, molekula, ekvivalent, atomlik, asoslik kabi tushunchalarni 
aniq-lashdan  iborat  edi.  Xalqaro  kongress  1860  yil  3-5  sentyabr  kunlari  turli 
davlatlardan  kelgan  140  olim  ishtirokida  o`tdi.    Avogadro  qonuni  va  Jerar 
tizimlaridan  foydalanib,  elementlarning  atom  va  molekulyar  massasini  aniqlash 
tartibi  bo`yicha  S.  Kannitstsaro    kongressda  ma`ruza  qildi.  Birinchi  majlisdayoq 
atom  va  molekula  tushunchalari  qabuл  qilindi    va  boshqa  kimyoning  asosiy 
tushunchalari,  atom  massalari  tushunchalari  shu  kongressda  rasmiylashtirildi. 
Kongress  ishidan  mamnun  bo`lgan  D.I.  Mendeleev  "Faqatgina  ana  shunday  aniq 
va xaqiqiy birliklar umumlashtirishga yaraydi",- deb aytgan edi.  
 
Bu  qarorlar  va  s`ezd  materiallarini  o`rganish  bilan  birga  o`sha  paytdagi 
kimyo  fani  tarkibida  shaklanna  boshlagan  organik  kimyo  mavqeini  xam  keyingi 
bo`limda ko`rib chiqamiz.    
 
Tayanch iboralar 
Moddalar  massasining  saqlanish  qonuni.  Atomistik  ta`limot.  Korpuskula.  Kuchli 
aroq  (HNO3).  Kuchsiz  aroq  (CH3COOH).    Selitra  spirti.  Fizikaviy  kimyo. 
Texnikaviy  kimyo.    Naturfalsafa.  Tabiatshunos.  Partsial  bosim  qonuni.  Issiqlik 
sig`imi.  Эlektrokimyo.  Xajmiy  nisbatlar  qonuni.  Эkvivalentlar  qonuni.  Doimiy 
nisbatlar  qonuni.  Karrali  nisbatlar  qonuni.  Izomorfizm  qonuni.    Эlektroliz 
qonunlari. Triadalar. Karlsrue kongressi. 
 
Nazorat savollari 
 
1.  XIX  asrning  muxim  voqeasi  atomistik  ta`limotning  shakllanishi  edi,    bu 
kimning amalga oshirgan ishlari natijasida paydo bo`ldi ? 
 
2. Atom xaqidagi I. N'yutonning yangi fikrlarini aytib bering . 
 
3.  I.  N'yutonning  g`oyalari  XIX  asr  olimlari  dunyoqarashiga  qanday  ta`sir 
ko`rsatdi ? 

 
70 
 
4.  Peterburg  Fanlar  akademiyasi  olimlari  L.  Эyler  va  M.V.  Lomonosovlar 
atom tuzilishi xaqidagi ta`limotining moxiyatini bilasizmi ? 
 
5.  M.  Lomonosovning  fikricha,  kimyo  fanini  o`rganish  uchun  fizika  fani 
ma`lum axamiyat kasb etadi.  Nega olim shu fikrga keldi ? 
 
6.  Nega    kimyo  fanini  M.  Lomonosov  "fizikaviy  kimyo"  va  "texnikaviy 
kimyo" soxalariga bo`lib o`rganishni tavsiya etdi ? 
 
7. Partsial bosim qonuniyatini kim ochgan edi ? 
 
8.  Karrali  nisbatlar  qonuni  moxiyatini  ochishda  Dal'ton    qanday 
tushunchalardan foydalandi ?  
 
9.  Murakab  moddalar  massasini  aniqlash  uchun  Dal'ton  qanday  umumiy 
qoidalarga amal qilishni taklif etdi ? 
 
10.  Dal'ton  atomistik  ta`limotiga  amal  qilgan  olimlardan  Bertselius  qanday 
ishlarni amalga oshirgan ? 
 
11.  Nemis  olimlaridan  kimlar  Dal'ton  ishlariga    shubxali  qarab,  uning 
fikrlarini ma`qullashmadi ? 
 
12. Jismlarning issiqlik sig`imi va atom massasi xaqida nimalarni bilasiz? 
 
13. Xajmiy nisbatlar qonuni qachon kashf etildi ? 
 
14. Xajmiy nisbatlar qonuni va atomistik ta`limot bir-biriga zid emasmi? 
 
15. Эlementlarni guruxlashda  olimlar qanday  yutuqlarga erishdilar? 
 
16. Эlementar moddalarning o`xshashligiga qarab guruxlash kim tomonidan 
birinchi marta amalga oshirildi ? 
 
17.  Эlementlarning triadalari nimani anglatadi ? 
 
18. Moddalar nisbiy zichligiga ko`ra ularning massasini aniqlash mumkinmi 
?  Buni kim birinchi marta o`rgandi ? 
 
19.  Avogadro qonunining universalligini kim tushuntirdi ? 
 
20. Karlsrue kongressi qachon o`tkazildi va unda kimlar ishtirok etdi? 
 
21. Kimyogarlarning Karlsrueda bo`lib o`tgan kongressida qanday masalalar 
ko`rib chiqildi? 
 
Adabiyotlaр 
 
1. Figurovskiy  N.A. Ocherk obshey istorii ximii.-  M.: Nauka.- 1969.-  455 
s. 
 
2. Bikov G.V.  Istoriya organicheskoy ximii.- M.: Nauka.-1978.-379s. 
 
3. Solov'ev Yu.I. Istoriya  ximii.-  M.:  Prosveshenie.- 1976.- 367 s. 
 
4.  Volkov  V.V.,  Vonskiy  E.V.,  Kuznetsova  G.I.  Vidayushiesya  ximiki  mi-

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin