osonlashadi. Pristli ish faoliyati davrida yangi to`qqizta gazni kashf etdi: (1772 -
HCl, 1772 - N2O, 1772 - NH3, 1774 - O2, SO2, CO). Pristli va K. SHeele bir
zamonda ishlab kislorodni ochgan bo`lsalar xam, bu ishning axamiyati va
moxiyatini to`la anglay olmadilar, chunki ular flogiston nazariyasi tarafdorlari edi.
Kislorodning ochishi bilan Karl Vil'gel'm SHeele (1742-1786 yy.) shved
olimlarining ajoyib vakili XVIII asr SHvetsiyasini ilg`or fan davlatlari qatoriga
olib chiqdi. Taxminan 1735 yilda shved kimyogari Georg Brandt (1694-1768 yy.)
mis rudasini esla-tuvchi ko`k mineralni o`rgandi. Ma`danshunoslar bu ruda sexr-
langan va undan misni olib bo`lmaydi deb xulosa chiqarishadi. 1742-1744 yillar
davomida izlangan olim bu ma`dan mis emas, te-mirni eslatuvchi boshqa yangi
metall kobal't manbai ekanligini aniqladi. 1751 yilda Aksel' Fredrik Kronsted
(1722-1765 yy.) kobal'tni eslatuvchi yangi metall nikelni, 1774 yilda Iogann Gotlib
Gan (1745-1818 yy.) marganetsni, 1782 yilda Peter Yakob G'el'm (1746-1813 yy.)
molibdenni kashf etdilar. Minerallarni o`rganishda birinchi marта payvandlash
naychasidan foydalangan kishi Kronsted xisoblanadi. Yangi texnik usullarni
qo`llagan ki-myogarlar minerallar xaqida ancha ma`lumotlar to`plashdi. Bu
qiymatlarni taxlil qilgan olim minerallarni faqat tashqi shakliga qarab emas, balki
kimyoviy tuzilishiga xam etibor berish lozimligini ta`kidladi va 1758 yilda yozgan
"Mineralogiya sistemasi" asarida ularning yangicha sinflash tizimini bayon qildi.
Bu ishlar keyinchalik boshqa shved olimi ma`danshunos Torbern Ulaf Bergman
(1735-1784 yy.) tomonidan davom ettirildi. Bir kimyoviy modda ikkinchisi bilan
reaktsiyaga kirishadi, ammo uchinchisi bilan reaktsiyaga kirishmaydi. Buning
sababini o`rgangan Bergman birikmalar orasidagi "moyillik" (affinities)
mavjudligini sezdi va ularning aniq qiymatlarini topib jadval tuzib chiqdi. Bu
jadvallar olimga katta shuxrat keltirdi va xayotidan keyin bir necha o`n yillar
davomida qo`llandi. Aptekachining yordamchisi bo`lgan SHeelega Bergman
aloxida e`tibor bilan qaragan va doimo yordam bergan. Pirovard natijada SHeele
bir qator o`simliklar va tirik organizmlardan vino, limon, olma, oksalat, gall,
benzoy, 0siydik, kislotalarni ajratib olgan bo`lsa, shu bilan birga molibden va
arsenat kislotalarini sintez qildi. SHeele uchta o`ta zaxarli gazlarni xam sintez
qilgan: vodorod ftoridi, vodorod sul'fidi va vodorod tsianidi. Uning bevaqt
o`limiga shu zaxarli moddalarning kuchli ta`siri sabab bo`lgan deb xisoblashadi,
chunki SHeele o`zi ishlagan kimyoviy birikmalarning ta`mini doimo tatib ko`rgan.
58
Kimyoda o`lchov ishlarining tantanasi
XVIII asrning oxirida kimyoda juda katta eksperimental ishlarning natijalari
yig`ildi, endi ularni yagona nazariya asosida tizimlashtirib chiqish kun tartibining
dolzarb muammosiga aylandi. Ana shunday nazariyaninn yaratuvchisi frantsuz
kimyogari Antuan-Loran Lavuaz'e (1743-1794 yy.) xisoblanadi. Kimyo bilan
shug`ullanishining boshidanoq eksperimental ishlar muvaffa-qiyatining asosiy
negizi aniq o`lchov ekanligini tushunib etdi. 1764 yilda gips mineralini o`rgangan
Lavuaz'e uning tarkibidagi suv miqdorini qizdirish bilan aniqladi. Blek va
Kavendishning ishlariga nisbatan u eksperiment ijrosida yangicha yondashdi va
eski nazariyalarning o`rinsizligini, kimyo rivojidagi to`sqinlik qilishini
birinchilardan anglab etdi. XVIII asrda yonish jarayoni barcha kimyogarlarning
fikrini band etgan edi. 60-yillarda e`lon qilingan ko`cha yoritish ishlari natijalariga
ko`ra Lavuaz'e Oltin medalga sazovor bo`ldi. Boshqa kimyogarlar bilan
xamkorlikda ol-mosni yopiq kamerada yoqib ko`rdi va uning yo`qolib ketishini
qayd qilgach, idishdagi yonish maxsuloti sifatida karbonat angidiridi xosil
bo`lishini isbotladi. Demak, olmos xam tarkib jixatdan uglerod elementi va boshqa
birikmalarga nisbatan ko`mirga yaqin ekanligi o`z-o`zidan ravshan bo`ldi. Yopiq
idishdagi metallarning qizdirish natijasida og`irligi ortishini SHtal' flogistonning
birikishi bilan tushuntirsa, Lavuaz'e ma`lum "bir narsa" metallga birikadi deb
tushuntirdi. Agar idish ichidagi bu "bir narsa" xavo bo`lib, u metall bilan
birikkanda oksid xosil qilishini bilgan olim, reaktsiyagacha va undan keyin idish,
xavo va metallar umumiy og`irligi o`zgarmaganini aniqladi. Agar idishdagi xavo
reaktsiyaga kirishgan bo`lsa, retortani ochganda uning ichidagi vakuumni to`ldirish
uchun xavo oqimi kirishi kerak deb o`ylaydi olim. Xaqiqatan xam retorta
ochilganda uning ichidagi vakuumni reaktsiyaga qatnashib kamaygan miqdordagi
xavo kirishini o`lchash yo`li bilan aniqladi. Lavuaz'ening bu kashfiyoti metallar va
ma`danlar xosil bo`lishining yangi nazariyasini yaratishga imkon yaratdi. Bu
nazariyaga ko`ra ma`danda metall gaz bilan birikkan. Pista ko`mir bilan ma`dan
qizdirilganda uning tarkibidagi gazni ko`mir absorbtsilaydi va natijada karbonat
angidridi bilan sof metall ajralib chiqadi.
Lavuaz'ening birinchi e`lon qilgan ishlaridan biri 1769 yilda chiqqan "Suv
tabiati xaqida" maqolasi edi. Bu asar alkimyogarlarning suvni tuproqqa aylantirish
mumkin degan gipotezasini tekshirish uchun bajarilgan ish bo`lib, olim yopiq
idishda suvni 101 kun davomida qaynatadi va qayta kondensatlay-di. Tajribadan
ilgari va so`ngra kolba, uning ichidagi suv og`irligini doimo o`lchab boradи va
tajriba oxirida umumiy og`irlik o`zgarmaganligini isbotlaydi. Kolba ichidagi
suvning loyqalanishini ko`rgan olim suvni, loyqani va idishni aloxida tarozida
tortib, suvning miqdori o`zgarmaganligi, kolbaning og`irligi esa quritib o`lchangan
cho`kma miqdoricha kamayganligini aniqlaydi. Demak, suv tuproqqa aylanmadi,
balki shisha idishning bir qismi suvda erib, yana qaytadan cho`kmaga tushdi.
1775 yilda xavo, karbonat angidridi va suv tarkibini to`la isbotladi va xar xil
moddalar yonishida xosil bo`ladigan gazlarni aniqladi. Flogiston nazariyasinig
salbiy ta`sirini engib, yonishninг kislorodli nazariyasini yaratdi. Lavuaz'e 1774-
59
1777 yillar davrida bajargan ishlarida kislorodning yonish, oksidla-nish
jarayonlarida va xayvonlarning nafas olishdagi bevosita axamiyatini ko`rsatdi.
1774 yilda Parijga kelgan Pristli Lavuaz'-ega o`zining "flogistonsiz xavo"
olganligini aytib beradi. Bu kashfiyotning axamiyatini darrov anlagan olim 1775
yilda Fanlar Akademiyasida ma`ruza bilan chiqib, xavo oddiy modda emas, balki
ikki xil gazlarning aralashmasi deb tasdiqlaydi. Lavuaz'ening fikricha, xavoning
beshdan bir qismini Pristlining "flogistonsiz xavosi" (kislorodning ochilishini
Lavuaz'е Pristliga nisbatan o`ziga taalluqli kashfiyot deb xisoblaydi) tashkil etadi.
Aynan ana shu miqdordagi xavo komponenti zanglayotgan metall bilan yoki
yonadigan jism bilan birikadi, xuddi shuningdek, tirik organizm xayoti uchun zarur
sanaladi. Lavuaz'e bu gazni "kislorod" - kislota xosil qiluvchi deb atadi. Xavoning
beshdan to`rt qismini tashkil etgan ikkinchi gaz (Rezerford kashf etgan "flogistonli
xavo") aloxida mustaqil modda va bu gaz yonish jarayonini so`ndirib, tirik
organizmlarning yashashiga to`sqinlik qiladi. Lavuaz'e bu gazni "azot" - xayotni
so`ndiruvchi deb atadi. Keyinroq azot lotincha nitrogen - selitra xosil qiluvchi deb
qayta nomlandi. Bu so`z keng tarqalgan inglizcha nitrogen shaklida xozirgacha
saqlanib qoldi.
Tirik to`qimalar va organizmlar xam uglerod va vodorod birikmalari bo`lib,
ular nafas olganda kislorod bilan birikishini Lavuaz'e idrok etdi. SHunday qilib
Lavuaz'e ilgari amalga oshirgan kuzatishlari natijasida xulosa chiqarib, bajargan
tajribalari asosida nafas olish jarayonida xavo tarkibidagi kislorodning nimaga
sarflanishi, va boshqacharoq usul bilan o`lchash mumkinligini e`tirof etdi. Bu
ishlari natijasida 1774 yildan boshlab qisman, 1777 yildan boshlab to`liq va
ochiqchasiga flogiston nazariyasiga qarshi chiqdi.
Ilgari aytganimizdek, 1783 yilda Kavendish tomonidan "yonuvchi gaz"ning
xossalari o`rganilib, u yonganda suv bug`i xosil qilishini aniqlaydi. Bu tajriba
xaqida eshitgan Lavuaz'e Kavendish gazini vodorod ("suv xosil qiluvchi") deb
atadi. SHunday qilib, o`z-o`zidan, xavo kabi suv xam ikki elementdan iborat
murakkab modda ekanligi isbotlandi.
Lavuaz'ening yangi kashfiyot va nazariyalari kimyoning ratsio-nallashuviga
olib keldi. Эndi materiyaning abstrakt elementlari -
unsurlar xaqidagi ta`limot inkor etilib uning o`rniga kimyogar-lar tarozida tortish
va xajmni o`lchash kaби amallarga band bo`lib, shu ishlardan eksperimental puxta
tekshirilgan va nazariy muxokamalarga asoslangan xulosalar chiqarishga
o`rganishdi.
Kimyo fanining fundamental asoslarini yaratgan Lavuaz'e uning
ustqurmasini shakllantirish bilan shug`ullandi. XVII-I asrning 80-yillarida Lui
Bernar Giton de Morvo (1737-1816t yy.) Klod Lui Bertolle (1748-1822 yy.) va
Antuan Fransua de Furkrua (1755-1809 yy.) kabi boshqa frantsuz olimlari bilan
xamkorlikda kimyoviy nomenklaturaning asosini yaratdi va uni 1787 yilda
nashriyotdan chiqarиб e`lon qildi. Xar qaysi kimyogar birikmalarni o`zicha
nomlab, ksbdoshlarini lol qoldiradigan davr o`tib, mantiqiy printsiplarga
asoslangan tizim ishlab chiqildi.
60
1789 yilda Lavuaz'e "Kimyo elementar kursi" ("Traite elemen-taire de
chimie") asarida o`zi yaratgan nazariyaga asoslanib va ishlab chiqilgan
nomenklaturadan foydalanib, o`sha payt kimyosi soxasida yig`ilgan barcha
yutuqlarni, bilimlar majmuasini tizimlashtirib chiqadi. Bu kitobda o`sha paytdа
ma`lum bo`lgan barcha elementlar ro`yxati keltirilgan edi. Bundagi 33
elementlardan faqat ikkitasi xaqida noto`g`ri tasavvurga ega bo`lishi olimning o`z
davriga nisbatan ilgarilab ketgani va katta yutug`idan nishona bo`lsa kerak. Bir
necha o`n yillar o`tgandan keyingina yorug`lik va issiqlik material substantsiya
bo`lmasdan, energiya turlari ekanligi isbotlandi. Flogiston nazariyasi tarafdorlari,
ayniqsa Pristli ishlarini tan olishmas va tanqid qilishar edi. Birinchilardan bo`lib
Lavuaz'e ta`limotini shved olimi Bergman tan oladi. SHtal' yurtdoshlari bo`lgan
nemis olimlarining barchasi olimga qarshi bo`lishsa xam, Martin Genrix Klaprot
1743-1817 yy.) Lavuaz'e nazariyasining qo`llashi juda katta shov-shuvga sabab
bo`ldi. Uning o`zi xam 1789 yilda uran va tsirkoniy elementlarini kashf etib bu
ta`limotni boyitdi. Frantsuz kimyogar-vatandoshlari Lavuaz'eni
ko`klarga ko`tarib maqtashadi. "Kimyo frantsuzlarning fani, u Lavuaz'e
tomonidan yaratilgan",- deydi frantsuz olimi SH. Vyurts (1817-1884). Lui Grimo
(1835-1910) esa: "Xozirgi zamon kimyo fani Lavuaz'e tomonidan yaratilgan",-
deydi. A. Lavuaz'ening ilmiy yutuqlarini 2 katta qismga bo`lish mumkin:
1. Flogiston nazariyasiga qarshi kurash (yonish, kuydirish, nafas olish
jarayonlarining to`g`ri tushuntirilishi bu nazariyani puchga chiqardi).
2. Kimyoviy elementga va murakkab moddalarga to`g`ri ta`rif berish, kimyo
reformasi - moddalar saqlanish qonunini tajriba yo`li bilan isbotlash.
A. Lavuaz'e xayotining so`nggi yillari ancha tashvishli va uning yakuni
fojeali tugadi. 1789 yilda boshlangan frantsuz revolyutsiyasi olimni kimyo
bo`yicha ilmiy ishlardan uzoqlashtirdi. Revolyutsiyaning dastlabki yillarida
iqtisodiy masalalar bilan shug`ullangan Lavuaz'e tezda revolyutsiya xaqida salbiy
fikr bildiradi.
A. Lavuaz'e 1775 yilda Frantsiyaning porox va selitra ishlari bo`yicha davlat
boshqaruvchisи darajasiga erishgan edi. Arsenalga ko`chib o`tgan olim o`z
mablag`lari xisobidan laboratoriya quradi va umrining oxirgi 15 yili davomida u
erda ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradi, xar xil ilmiy komissiyalarda faol qatnashadi.
1771 yilda boy sudxo`r qizi Anna Mariya Pol'zga uylanadi, o`zi xam qaynatasidek
shu ish bilan shug`ullanib, qarzdor fuqarolarning mulkini arzon-garovga olish va
qimmat sotish natijasida boyib ketadi. Xalqning bunday foydaxo`rlarga juda katta
nafrat ko`zi bilan qarashi uning olimlik sha`niga dog` tushirgan edi. Royalistlar
bilan yaxshi aloqasi borligini bilgan respublikachilar uni 1792 yilda ishdan
bo`shatishadi. SHu yilning mart oyida Milliy majlis qaroriga ko`ra mollarini
garovga qo`yib qarzlarini to`lash rasman ta`qiqlanadi, 1793 yil avgust oyida Parij
FA yopiladi, oktyabr' oyidan boshlab garovga mol-mulkini olib qarz berish tartibi
xam bekor qilinadi. SHu tashkilotning barcha korchalonlari qatorida, erishgan
yutuqlariga qaramasdan buyuk kashfiyotlar soxibi, ulug` olim Lavuaz'e xam xibsga
olindi va Revolyutsion tribunalning qarori bilan1794 yil 8 may kuni olim
61
gil'otinada katl etildi. Frantsuz revolyutsiyasi tarafdorlari uni sudxo`rlikda
ayblab shunday karor qilishdi. Tarix olim kasbdoshlari, birinchi navbatda u bilan
maslakdosh bo`lgan buyuk frantsuz revolyutsionerlari Morvo, Bertolle va
Furkrualarni xech qanday sabab va baxonalar bilan oqlamaydi. Ular juda katta
obro`-e`tiborga ega, ko`zga ko`ringan revolyutsionerlar vakili bo`lsalar xam
Lavuaz'eni xalos etishga urinmadilar va uning taqdiri bilan qiziqmadilar.
Lavuaz'ening qatl etilishi fan uchun qanday darajada yo`qotish bo`lganini xech kim
tasavvur etolmaydi, bu endi faqat Olloxgagina ayondir
Tayanch iboralar
Metallurgiya. Yatrokimyo. Pnevmokimyo. Oq magneziya. "Bog`langan
xavo". "O`rmon gazi". Flogiston nazariyasi. "Yonuvchi xavo". Ratsional
nomenklatura.
Nazorat savollari
1. IY-XYI asrlar kimyosi fan rivojining qaysi bosqichiga kiritilgan
deb xisoblaysiz?
2. Metallurgiya soxasining "otasi" - Georgiy Agrikola ishlarini batafsil aytiб
bering.
3. Robert Boyl' va uning kimyoviy yutuqlari xaqida gapiring.
4. Ingliz olimlari "bog`langan xavo" (SO2) ni qanday usullar bilan olishgan?
5. Flogiston nazariyasining moxiyati nimadar iborat?
6. Flogiston nazariyasi namoyandalaridan kimlarning ishlarini ta`riflab
berasiz?
7. Antuan-Loran Lavuaz'e kim va u nima ishlar qilgan?
8. Lavuaz'e xaqidagi frantsuz olimlarining fikrlarini izoxlay olasizmi?
9. Kimyoviy elementga to`g`ri ta`rif berish qaysi olim tomonidan amalga
oshirildi?
10. Yonishning kislorodli nazariyasini kim yaratdi?
11. Lavuaz'e ishlariga nemis olimlari tomonidan bildirilgan muloxazalarni
aytib bering.
Adabiyotlar
1. Figurovskiy N.A. Ocherk obshey istorii ximii.- M.: Nauka.- 1969.- 455
s.
2. Bikov G.V. Istoriya organicheskoy ximii.- M.: Nauka.-1978.-379s.
3. Solov'ev Yu.I. Istoriya ximii.- M.: Prosveshenie.- 1976.- 367 s.
4. Volkov V.V., Vonskiy E.V., Kuznetsova G.I. Vidayushiesya ximiki mi-
ra.- M.: Visshaya shkola .- 1991 .- 656 s.
62
6-MA`RUZA. ATOM-MOLEKULYaR TA`LIMOT.
XIX ASRNING I YaRMIDA KIMYo FANINING
RIVOJLANISHI
R E J A:
1.
Atom-molekulyar ta`limot.
2.
J. Dal'ton ishlari.
3.
Jismlarning issiqlik sig`imi (Dyulong-Pti qoidasi).
4.
XIX asr I yarmida kimyo fanining rivojlanishi.
5.
Эlementlarni guruxlash bo`yicha urinishlar.
6.
Karlsrue kongressi.
XIX asrning muxim voqealaridan biri Dal'tonning atomistik ta`limoti bo`ldi.
Uning ishlari kimyoviy taxlilning empirik qiymatlariga nazariy yondoshish uchun
katta turtki berdi. Kimyoviy tadqiqotlarni o`zaro singdira oladigan kimyo
fanining mantiqiy rivojlanish asosi yaratildi.
R. Boyl' va N. Lemeri atomlar turli shakllarga ega deb aytishgan edi, bu
mexanistik ta`limotdan qabul qilingan tushunchadir. Bu ishlari bilan ular
kimyoviy reaktsiya mexanizminи tushuntirish uchun xarakat qilib, qaysi sharoitda
korpuskulalar o`zaro ta`sirlashuvini aniqlamoqchi bo`ldilar: Masalan, kuchli aroq
(HNO3) simobni eritadi, ammo kuchsiz aroq (CH3COOH) eritmaydi, chunki
sirka kislotasi simob sirtiga kira olmaydi, deydi Lemeri. Yoki "shox arog`i"
simobni eritmaydi, chunki selitra spirti (HNO3) tuz qo`shilgandan keyin o`tkir
uchlari o`tmaslashadi va simob sirtida sirg`anadi, natijada ichkariga kira olmaydi,
oltin sirtidagi teshikchalar kattaroq, shuning uchun u bilan ta`sirlashadi deydilar.
XYIII asrda atom xaqidagi I. N'yutonning yangi fikrlari bilan boyigan edi.
Uning fikricha, kichik zarrachalar shunday tabiiy kuch bilan bog`langanki,
ularning o`zaro ta`sirini shu kuch belgilaydi. I. N'yutonning fikricha: "Atomlar
o`tkir ilmoqlari bilan emas, balki ma`lum kuchlar bilan ta`sirlashadi. Bu kuch
birinchi bo`lib zarrachalar orasida tortishish kuchi borligini, juda yaqin masofada
esa, ular o`zaro itarishishi mumkin",-deb aytadi.
XYIII va XIX asr olimlariga N'yutonning g`oyalari katta ta`sir etdi. Burgave
1732 yilda yozgan "Kimyo elementlari" kitobida bundan to`la foydalangan. U
kimyoviy xodisalar kichik zarrachalar orasidagi tortishish va qarama-qarshi
kuchlar ta`sirida bo`ladi deb tushuntiradi.
1732 yili materiya tuzilishi xaqida Leonard Эyler (1707-1783 yy.)
Peterburg Fanlar akademiyasida axborot berdi. Bu ma`ruzada dastlabki atom
ta`limoti va kimyoviy elementlarni birlashtiruvchi fikr tug`iladi. Korpuskulyar
ta`limot o`zining fizik moxiyati bilan shu davrning progressiv fikr yurituvchi
olimlarini xech qoniqtirmadi. M.V. Lomonosov (1711-1765 yy.) atom tuzilishi
xaqida yangi ta`limot yaratib, fizik-kimyoviy xodisalarni tushuntirmoqchi bo`ldi.
Uning fikricha, tabiat xodisalari zarrachalarning ichki xarakatlari oqibatida ro`y
beradi. M. Lomonosov o`zining ta`limotini 1741-1750 yillar orasida olib borgan
63
tadqiqotlari asosida atom-korpuskulyar nuqtai-nazardan yaratdi va 1756 yili
massalar saqlanish qonunini e`lon qildi. 1747-1752 yillarda olib borgan
izlanishlari natijasida kimyoni chuqur o`rganish uchun fizika kerakligini asosladi.
Dast-lab bu soxaning nazariy bo`limini "fizikaviy kimyo " deb, amaliy tomonini
"texnikaviy kimyo" deb ajratdi. Uning ishlari natijasida naturfalsafa bilan
tabiatshunoslik orasidagi aniq chegara qo`yildi.
M. Lomonosov, J. Bekon, R. Boyl', Guk, Lokk ishlarida issiqlik
xodisasining mexanik tabiati tushuntirilib, issiqlik xam moddalar kichik
zarrachalari xarakatidir deb tan olindi.
Ingliz fizik va kimyogari J. Dal'ton (1766-1844 yy.) atmosferadagi gaz
aralashmasi va suv bug`i xolatini o`rganib, 1801-1802 yillarda partsial bosim
qonuniyatini ochdi. Uning aniqlashicha, o`zaro kimyoviy ta`sir bo`lmaganda bir
gaz ikkinchisi orasiga xuddi bo`shliq-vakuumda tarqalgandek aralashadi.
Dal'tonning tushuntirishicha, gaz molekulalari kattaligi bir xil emas, shuning
uchun katta molekulalar orasidagi bo`shliqda kichkinalari taqsimlanadi. Dal'ton xar
qaysi modda atomlari o`z atom massalariga ega deydi. U kimyoviy birikma xosil
bo`lishi uchun xar xil atomlar o`zaro yaqin masofada ta`sirlashadi va murakkab
modda atomini (molekula demoqchi) xosil qiladi. Bu modda massasi shu
moddani xosil qiluvchi atom massalarining yig`indisi deb xisoblaydi. Moddalar
tarkibini miqdoriy o`rganish bu fikrlar to`g`riligini isbotlaydi. Dal'ton xar xil
moddalar atom massalarini aniqlash bilan birga, ularning vodorod atomi
massasiga nisbatini xam aniqladi.o`lchov birligi asosida vodorod atom massasini
qabul qilib, uni 1- deb oldi. Suv tarkibida 88 % - O va 12 % - N borligini
aniqladi. Ammiak tarkibini o`rganib, azot atom massasini aniqladi va ammiakda
80 % - azot va 20 % vodorod borligini xisoblab chiqdi.
Turli massaga ega atomlar borligini aniqlagan Dal'tonning ishlaridan
keyinchalik atomlarning bir-biri bilan karrali nisbatlar asosida birikish faktini
ochishga olib keldi va 1803 yilda Dal'ton karrali nisbatlar qonunini yaratdi: SO da
3 qism uglerod va 4 qism kislorod birikkan. Is gazida ular 3 : 4 kabi nisbatda
bo`lsa, SO2 da 3 qism uglerod va 8 qism kislorod birikkan va ular 3 : 8 nisbatda
ekanligini isbotladi. 1808 yilda Dal'ton "Kimyoviy falsafadagi yangi tizim" asarini
yozib, yangi atomistik nazariyani batafsil yoritib berdi va azot oksidlarida N va O
nisbatlari turlicha bo`lishini xam ko`rsatdi: N2O da - (2:1), NO da - (1:1), NO2 da
- (1:2). SHu yili karrali nisbatlar qonunini boshqa ingliz olimi Uil'yam Gayd
Uollaston (1766-1828 yy.) tasdiqladi va atomistik nazariyani yanada boyitdi. Atom
massalarining eng birinchi jadvalini xam Dal'ton tuzdi. O`sha paytda atom
bo`linmas degan tushunchaga amal qilishar va u paytda yadroni bombardimon
qilish xech kimning xayoliga kelmagan edi. Karrali nisbatlar qonuni ochilishidan
keyin Dal'ton elementlarning nisbiy atom massasini aniqlashga xarakat qildi va bu
uchun quyidagilardan foydalandi:
1. Aniq miqdorda metallni yoqib, olingan oksid massasini o`lchash,
2. Aniq massadagi metallni kislotada eritib, undan cho`kmaga tushirilgan
Dostları ilə paylaş: |