O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi f. Xo`jaev nomli Buxoro Davlat universiteti



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix18.05.2020
ölçüsü0,68 Mb.
#31278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
kimyo tarixi

maoniy, aruz, va qofiya  tushunilgan)  darslarini  o`qiydi  va to`la  o`zlashtirib  oladi. 

 
30 
Ayni  vaqtda  arifmetika  va  algebra  darslarini  o`rgana  boradi.  Bulardan  tashqari, 
uyida  Abu  Abdullox  an-Natiliy  raxbarligida  mantiq,  geometriya  va  astronomiya 
fanlarini  o`qiydi.  Xusaynning    yozishicha:  "Bu  ustoz  falsafani  bilaman  degani 
uchun otam unga uyimizdan joy berdi va an-Natiliy menga dars bera boshladi. Bir 
muddat  dars  olgach  men  uning  raxbarligida  Porfiriy  Tirning  "Isagogi"  (mantiq 
faniga kirish) traktatini o`rgana boshladim. Tez orada men uni xayratda qoldirib, u 
qiyin o`zlashtirgan tushunchalarni unga ravon tilda tushuntirib bera boshladim, ... 
xar  qanday  masalada  ustozdan  ko`ra  mening  fikrim  aniq  va  ravshan  edi. 
Xayratlangan  ustoz  otamga  meni  ilmdan  boshqa  xech  narsaga  chalg`imasligimni 
aloxida  uqtirdi.  Bu  xodisa  Uqlidus  (eramizgacha    355-315  yy.  yashagan  yunon 
olimi  Эvklid)  ta`limoti  va  Al-Majistiy  (qadimgi  yunon  astronomi  Ptolomeyning 
Almagest  asari)  risolasini  o`rganishimda  xam  takrorlandi".  Bu  asarlarni  Ibn  Sino 
an-Natiliydan  ta`lim  olayotgan  paytida  o`rgana  boshladi  va  ustoziga  xam  qiyin 
joylarini tushuntirdi va ularning moxiyatini o`zlashtirishga yordam berdi. Pirovard 
natijada  Ibn  Sino  aql-zakovatiga  qoyil  qolgan  an-Natiliy  unga  shunday  deydi: 
"Эndi bu asarlarni sen o`zing o`qib o`zingcha ochishga xarakat qilaver, men senga 
to`g`ri yoki noto`g`riligini ko`rsataman...".   
Ayni  shu  davrda  Ibn  Sino  tabiiy,  ayniqsa,  fizika  va  metafizika  fanlarini  o`rgana 
boshlaydi.  U  o`zininг  tug`ma  iste`dodi  va  favqulodda  mexnatsevarligi  tufayli 
darslarni  osonlik  bilan  o`zlashtirar,  kitoblarni  mustaqil  o`qib  o`rganardi,  ayniqsa, 
tib  ilmida  juda  tez  kamol  topdi.  "Tib  ilmi  qiyin  ilmlardan  emas,-  deb  yozadi  Ibn 
Sino o`z tarjimai xolida,- shu sababli qisqa muddatda bu fandan ilg`orlab ketdim, 
endi  bilimli  tabiblar  xam  kelib  xuzurimda  tib  ilmidan  dars  oladigan  bo`ldilar. 
Bemorlarni  xam  ko`rib  turardim  va  orttirgan  tajribalarim  natijasida  muolaja 
eshiklari menga shu qadar keng ochildiki, uni ta`riflab berish qiyin. Men bu paytda 
16 yoshda edim." [Ibn Abi Usaybi`a (1203-1270yy.) ma`lumotlari]. 
Mantiq,  tabobat,  tabiiy  fanlarni  chuqur  o`zlashtirgach,  Ibn  Sino  o`sha  davr 
falsafasining  asosiy  qismlaridan  bari  metafizikani  o`rganishga  kirishadi.  "Bu 
davrda  o`rgangan  bilimlarim  shuncha  ko`p  ediki,  xozirgacha  o`sha  bilimga  xech 
narsa  qo`shilgani  yo`q",-  deb  yozadi  olim  ko`p  yillar  o`tgandan  сўнг.  Ёш  olim 
Aris-totelning  "Metafizika"sini  ("Mo  ba`da  at-tabia")  o`rganish  ja-rayonida 
kutilmagan qiyinliklarga duch keladi. "Bu kitobning mav-zu va maqsadi shu qadar 
men  uchun  begona  ediki,  qirq  marta  o`qib  ko`p  joyini  yod  olgan  bo`lsam  xam, 
uning o`zini xam, ma`nosini xam anglay olmadim. Juda xam tushkun xolga tushib, 
bu  kitobni  o`rganish  uchun  xech  qanday  yo`l  yo`q  degan  xulosaga  kela 
boshladim",-  deb  yozgan  edi  olim  bu  davr  to`g`risida.  Biroq  yosh  Ibn  Sino  kitob 
bozorida  3  dirxamga  sotib  olgan    Abu  Nasr  Forobiyning  bir  falsafiy  asarini 
mutolaa qilgandan keyin "Metafizika"     ("Mo ba`da at-tabia")ning nozik va daqiq 
tomonlarini o`zlashti-rishga muvaffaq bo`ladi. Olimning eslashicha:  "Sotib olgan 
kito-bim Abu Nasr Forobiyning "Metafizika" asarini sharxlab beruvchi risola ekan. 
Uyga  keliboq  bu  kitobni  o`qiy  boshladim  va  tezda  "Metafizika"ning  moxiyati 
menga  oydin  bo`ldi,  chunki  uni  deyarli  men  yoddan  bilar  edim.  Xursand 
bo`lganimdan,  ertasi  kuni  Olloxning  roziligi  va  menga  bergan  marxamati  uchun 

 
31 
kambag`al  va  gadoylarga  bir  qancha  xayr-exsonlar  tarqatdim.".  Ibn  Sinoning 
metafizikani  o`rganishda  erishgan  yutug`iga  sabab  bo`lgan  bu  risola  al-
Forobiyning ikki asaridan biri - "Xarflar kitobi" nomli risolasi deb olimlar taxmin 
qilishadi.     
 
Ibn  Sino  17  yoshidayoq  Buxoro  xalqi  orasida  moxir  tabib  sifatida  dong  
chiqardi.    O`shа  kezlarda    Somoniylar  davlati  boshlig`i  Nux  Ibn  Mansur  kasal 
bo`lib,  saroy  tabiblari  uni  davolashga  ojizlik  qiladilar.  Buxoroda  yangi  chiqqan 
tabib  amirni  davolashga  kirishadi  va  tez  orada  uni  oyoqqa  turg`izadi.  Buning 
evaziga  Ibn  Sino  saroy  kutubxonasidan  foydalanish  imkoniyatiga  ega  bo`ladi. 
O`rta  va  Yaqin  SHarqdagi  eng  boy  kutubxonada  bir  necha  yil  davomida  kecha-
kunduz  tinmay  mutolaa  qilish  natijasida  Ibn  Sino  o`z  bilim  doirasini  mislsiz 
darajada  kengaytiradi.    Ibn  Sinoning  o`z  yutuqlarи  xaqidagi  tarjimai  xoli 
yozuvlarini  ayrim  zamonamiz  manbashunoslari  maqtanchoqlik  bilan  bo`rttirilgan 
deb  xisoblashadi.  Ammo  997  yilda  Ibn  Sino  va  Abu  Rayxon  Beruniy  orasidagi 
bo`lib  o`tgan  ilmiй  munozaralarda  yurtdoshimiz  Aristotel'  fizikasining  bilimdoni 
emas, balki ximoyachisi sifatida xam chuqur bilim soxibi ekanligini isbotladi. Bu 
xaqda al-Beruniyning xam ma`lumotlari bizgacha etib kelgan. Olim o`zining yirik 
ilmiy asarlarini xam shu davrlarda yoza boshlagan.  
 
999  yili  Somoniylar  saltanati  kulatildi  va  Buxoroda  Koraxoniylar 
xukmronligi  boshlandi,  ayrim  feodal  xukmronlar  orasida  urushlar  davom  etar  va 
Buxoroda  ilmiy  ish  qilish,  xotirjam  yashaш  qiyinlashdi.  Ustiga-ustak  1002  yilda 
Ibn  Sino-ning  otasi  vafot  etadi,  oqibatda  u  Buxoroni  tark  etib  Xorazm  poytaxti 
Urganchga  ketadi.  Xorazm  xam  O`rta  Osiyoning  qadimiy  boy  va  rivojlangan 
madaniy  viloyatlaridan  bo`lib,  XI    asr  boshlarida  u  erda  ilmiy  xayot  ancha 
rivojlangan  edi. Xorazmshoxlar  Ali  ibn  Ma`mun  (997-1009  yy.)    va  Ma`mun  ibn 
Ma`mun  (1009-1017  yy.)lar  davrida  Urganchda  zamonasining  taniqli  olimlari 
yashab  ijod  etar  edilar.  Yirik  matematik  va  astronom  Abu  Nasr  ibn  Iroq 
(Beruniyning ustozi, 1034 yilda vafot etgan), atoqli tabib va faylasuflar Abu Saxl 
Masixiy (1010 yilda vafot etgan) va Abu-l-Xayr Xammor (942-1030 yy.), nixoyat 
buyuk Abu Rayxon Beruniy (973-1052 yy.) shular jumlasidandir.  Bu olimlarning 
barchasi  xorazmshox  saroyida  barcha  jixatdan  ta`minlangan  va  ilmiy  ishlar  bilan 
mashg`ul  edilar.  Ammo  bu  osoyishta  turmush  tarzi  1008  yilda  buzil-di  va  Ibn 
Sinoning darbadarlik xayoti boshlandi. 
 
O`z  siyosatida  ko`proq  reaktsion  ruxoniylarga  tayangan  va  ilg`or  fan 
bo`g`uvchisi  G`azna  xukmroni  Sulton  Maxmud  (998-1030)  Xorazm  erlarini  o`z 
davlatiga  qo`shib  olishga  xarakat  qiladi.  Dastlab  Maxmud  G`aznaviy    Xorazm 
shoxi  Ali  ibn  Ma`munga  elchi  yuborib,  saroydagi  mashxur  olimlarni  o`ziga 
chaqirtiradi. Xorazmshox olimlarni chaqirib, o`zining nochorligini tushuntiradi  va 
alloma-larga    ixtiyorni  qo`yib  beradi.  Uch  olim  bu  taklifni  qabul  qili-shadi,  Ibn 
Sino  va    al-Masixiy  rad  javobi  berishadi.  SHox  ular-ni  Urganchdan  "xaydaydi". 
Ibn Sino taxminan 1010 yilda Xorazm-dan maxfiy ravishda chiqib Xuroson tomon 
yo`l  oladi.  Yo`lda  og`ir  sharoit  va  suvsizlikdan  al-Masixiy  vafot  etadi  va  uni  Ibn 
Sino  Xorazm  qumliklarida  dafn  etadi.  Niso,  Abivard,  Tus,  Samankan  va  nixoyat 

 
32 
Xurosondagi  chegara  shaxar  Gurgon  amirligigacha  etib  keladi.  Gurgonda  "Tib 
konuni"ning  I  qismini  yozishga  kirishadi.  Bu  kitobida  olim  asarlari  arab  tiliga 
tarjima  qilingan  yunon  va  rimlik  tabiblaridan  Gippokrat  (eramizgacha  460-355 
yy.), I asrda yashagan Dioskorid, Jolinus (Galen, 129-200 yy.), Oribaziy (325-402 
yy.), Pavel (615-690 yy.)lar xaqida batafsil ma`lumotlar kel-tiradi.  
Gurgonda alloma Abu Ubayd Juzjoniy bilan tanishadi va shu vaqtdan boshlab bu 
yigit  Ibn  Sinoga  eng  yaqin  va  sodiq  shogird  bo`lib  qoladi,  ustozining  so`nggi 
nafasigacha undan ayrilmaydi. Abu Ubayd Abd al-Voxid ibn Muxammad Juzjoniy 
Ibn  Sino  bilan  1012  yilda  tanishadi,  uning  Gurgonga  kelguncha  bo`lgan  tar-jimai 
xolini o`z og`zidan yozib oladi va Ibn Sino xayotidagi ke-yingi voqealarni esa o`zi 
yozib  to`ldirgan,  shuning  uchun  bu  ma`lumotlar  ishonchli  manba  xisoblanadi. 
Ko`p  vaqt  o`tmasdan  Ibn  Sino  Gurgonda  o`zining  ilmiy  ishlari  va  tabiblik 
faoliyatini boshlab yuboradi. 
1014  yili  Ibn  Sino  Gurgonni  tark  etadi  va  bir  muddat  Ray,  Qazvin  shaxarlarida 
turadi. Maxmud G`aznaviy Ibn Sinoni  xamon ta`qib qilar va unga tinchlik bermas 
edi.  Bu  yillarda  Ray  shaxri  xokimi  Faxr-ad-Davla  vafot  etib  uning  o`rniga  o`g`li 
Majid-ad-Davla xokim bo`lsa xam, xukmronlik Faxr-ad-Davlaning beva mali-kasi 
qo`lida  edi.  Xukmronlikni  yaxshi  ko`rgan  bu  malika  Maxmud  G`aznaviyga  agar 
sen  mening  xokimligimga  daxl  solsang,  ayol  kishi-ni  enggan  erkak  shoxlardan 
bo`lasan qabilidagi gapi bilan uni o`ylantirib qo`yadi.  
Sulton  Maxmudning  Ibn  Sinoni  asir  olish  yoki  o`ldirish  xaqidagi  takroriy 
farmonidan  keyin  alloma  Ray  shaxridan  xam  ketishga  majbur  bo`ladi.  Taxminan 
1014-1015  yillarda  u  Xamadonga  keladi  va  buvayqiylar  xukmroni  SHams-ud-
Davla (997-1021 yy.) xizmatiga kiradi - avval saroy tabibi, keyin vazir mansabiga 
ko`tariladi.  Davlat  ishlari  bilan  band  bo`lishiga  qaramay  ilmiy  ishlarini  davom 
ettiradi  va  o`zining  mashxur  falsafiy  qomusi  "Kitob  ash-shifo"ni  xam  shu  erda 
(1015-1024  yillar)  yozishga  kirishadi.  1023-1024  yillarda  Ibn  Sino  Isfaxon 
shaxriga ko`chadi va "Kitob ash-shifo"ni shu erda tugatadi. "Kitob ash-shifo" Ibn 
Sinoning eng yirik falsafiy asari bo`lib, bu ilmiy qomus 4 qismdan iborat: 
-mantiq, 
-tabiiy  fanlar  (bu  qismda  minerallar,  o`simliklar,  xayvonot  olami  va  insonlar 
xaqida aloxida-aloxida bo`limlarda gap yuritiladi), 
-matematika,  ya`ni  riyoziyot  ilmlari  (bunda  arifmetika,  xandasa,  astronomiya  va 
musiqa fanlari xaqida baxs boradi), 
-metafizika yoki iloxiyot. 
 
 
Ibn Sinoning kimyoga munosabati 
 
SHu  narsani  qayd  qilish  lozimki,  O`rta  Osiyoda  qadimdan  simob,  kinovar, 
novshadil  spirti,  oltingugurt,  achchiqtoshlar,  tuzlar  va  selitra  qazib  olingan. 
Эramizgacha  II  asrda  Farg`onada  shisha  tayyorlash  ва  vino  texnologiyasi 
rivojlangan  edi.  VIII  asr  oxiri  va  IX  asr  boshlarida  O`rta  Osiyodan  savdo 

 
33 
karvonlarining  o`tishi  bu  o`lkani  va  uning  ilmiy  saloxiyatini  rivojlanishiga  olib 
keldi.  Konlardagi  qazish  ishlari,  shisha,  bo`yoqlar,  qog`oz  ishlab  chiqarish,  terini 
oshlash  kabi  xunarmandchilik,  ma`danshunoslik  va  kimyo  fanini  keskin 
yuksalishini  taqozo  qilar  edi.  O`sha  davr  olimlarning  qo`llagan  usullaridan 
eritmalar  tayyorlash,  fil'trlash,  suyuqlantirish,  qatronlash  ya`ni  distillash,  quruq 
xaydash, amal'gamalar olish xozirgacha o`z axamiyatini yo`qotmagan. 
Ibn  Sinoning  tabiiyot  fani  soxasidagi  xizmatlari  to`g`risida  gapirganda,  avvalo 
uning kimyo fani taraqqiyotiga qo`shgan xissasi ustida to`xtash lozim. U bu fanga 
ko`p yangiliklar kiritdi, ayniqsa o`shа paytdagi kimyogarlarning oddiy  metallarni 
(mis,  temir)  asl  metallarga  (oltin,  kumush)  aylantirish  mumkin  degan 
nazariyalarini  qattiq  tanqid  ostiga  oldi.  Olim  kimyogar  bo`lmasa  xam,  o`z 
tajribalarida  unga  katta  e`tibor  bergan.  "Tib  qonunlari"  asarining  II  jildida  
faqatgina oddiy dori-darmonlar (al-adviyat al-mufrada) xaqida yozilgan, V jildida 
murakkab  dorilar  (al-adviyat  al-murakkaba)  xaqida  tushuncha  berilgan.    Oddiy 
dorivorlardan  Ibn  Sino  785  xilining  nomini  alifbo  tartibida  izoxlaydi.  Ibn  Sino 
dorivorlar tayyorlashda  o`simlik va  xayvonot  dunyosi  bilan  bir  qatorda  juda  ko`p 
anorganik  moddalardan  xam  foydalangan.  Bunga  misol  qilib  quyidagi  metall, 
mineral  va  kimyoviy  birikmalarni  ko`rsatish  mumkin:  oltin,  kumush,  mis,  qalay, 
qo`rg`oshin,  temir,  po`lat,  isfidoj  (qo`rg`oshin  bo`yog`i),  kibrit  (oltingugurt), 
zarnix (auripigment), buroq (bura va soda), magnisiya (marganets ma`dani), to`tiyo 
(galmey),  za`faron,  zanjar,  zodi,  natrun,  novshadillar.  Ibn  Sino  bu  moddalarning 
xossalarini o`rganadi, anorganik kimyoga oid muxim ma`lumotlar keltiradi. Simob 
xususiyatlarini tushuntirib,  uning oltingugurt bilan birikib kinovar (sunjufr)   olish 
va  uning  teskarisini  amalga  oshirish  mumkinligini  yozadi.  Simob,  ayniqsa  uning 
bug`lari  zaxarli  ekanligini  o`sha  davrdayoq  olim  aniqlab  bergan  edi.  Xuddi 
shuningdek,  organik  moddalardan  sirka  kislota  va  mis  ta`sirida  mis  atsetati 
(zanjara) olishni  o`rgatadi. 
Ibn  Sino  suvning  og`irligini  o`lchash  orqali  uning  sifatini  aniqlash  usulini  kashf 
etgan va engil suv yaxshiroq ekanligini isbotlagan. Ibn Sino suvning sifatini ba`zan 
ma`lum usullar bilan, ba`zan quyidagicha aniqlaydi. Massasi bir xil bo`lgan ikkita 
paxta  yoki  matox  bo`lagini  ikki  xil  suv  bilan  xo`llab,  keyin  ularni  yaxshilab 
quritadi va tarozida tortadi, qaysi jism engilroq kelsa, o`sha namuna botirib olingan 
suv  tozaroq  xisob-lanadi.  SHu  usul  bilan  distillangan  suv  olishni  xam  birinchi 
bo`lib  Ibn    Sino  qo`llay  boshladi.  Qatronlash  yo`li  bilan  tozalangan  suvdan  dori-
darmonlar  tayyorlash  uchun  erituvchи  sifatida    foydalanar  edi.    Kimyo  fanini 
rivojlantirishda  olim  yozgan  "Kitob  ash-shifo"  falsafiy  asarining  axamiyati  juda 
katta  bo`lgan.  Ibn  Sinoning  bu  asari  alkimyogarlarga  berilgan  eng  katta  va 
qaqshatqich  zarba  edi:  "Alkimyogarlar  yangi  jismlar  yarata  olmaydi-lar.  Ular 
metallarga turli ishlov berib rangini o`zgartiradilar, ammo tarkibi o`zgarmaydi. Bir 
xil metallni ikkinchisiga aylantirish menga tushunarli emas, aksincha, men buning 
imkoniyati yo`q deb xisoblayman. Oddiy jism  o`zidan boshqa jismni ajratmasli-gi 
kerak",- deb talqin etadi. 

 
34 
Isfaxonda  o`tkazgan  umrining  oxirgi  yillari  (1024-1037  yy.)  olim  ijodining  eng 
sermaxsul  davri  xisoblanadi.  CHunki  bu  davrda  xukmronlik  qilgan  amir  Ali  ad-
Davla  unga  ko`p  iltifotlar  ko`rsatadi  va  qulay  sharoit  yaratib  beradi.  Abu 
Juzjoniyning yozishicha, Ibn Sino jismoniy baquvvat bo`lsa xam, shaxarma-shaxar 
darbadarlikda  yurish,  kechalari  uxlamasdan  uzluksiz  ishlash,  ta`-qiblar  va  buning 
ustiga  xibsda  yotishlar  olimning  salomatligini  yomonlashtiradi.  U  qulanj  (kolit) 
kasaliga  chalingan  va  1037  yil  iyunida  (xijriy  428  yil  ramazon  oyi)  57  yoshida 
Xamadonda vafot etadi. 
Ibn  Sino  xaqiqiy  qomusiy  olim  sifatida o`z  davridagi  fanlarning deyarli  xammasi 
bilan muvaffaqiyatli shug`ullangan. Turli manbalarda  uning 450 dan ortiq asarlari 
qayd  etilgan  bo`lsa  xam,  zamonlar  o`tishi  bilan  ularning  ko`plari  yo`qolib  ketgan 
va  bizgacha  242  tasi  etib  kelgan.  SHu  242  tadan  80  tasi  falsafa,  iloxiyot  va 
tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid 19 tasi mantiqka, 26 tasi ruxshunoslikka, 
23 tasi tabiiyot ilmiga, 7 tasi astronomiyaga, 2 tasi kimyoga, 1 tasi matematikaga, 
1  tasi  musiqaga,  9  tasi  etikaga,  4  tasi  adabiyotga,  8  tasi  boshqa  olimlar  bilan 
bo`lgan ilmiy yozishmalarga bag`ishlangan.  
 
Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy 
 
Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy VIII asr oxirida Xorazmda tug`ilgan, taxminan 
847 yili Bag`dodda vafot etgan. "Xorazmiyning tarix, matematika, astronomiya va 
geografiya  soxasidagi  xizmatlari  nixoyatda  ulug`dir.  Bu  xaqda  jaxon  adabiyotida 
etarli yozilgan",-  deydi akademik T.N. Qori Niyoziy.  
Xorazmiyning  nisbati  lotincha  kitoblarda  Algoritmus,  Algorismus,  Alxoarismus, 
Alkauresmus  va  xokazo  shakllarda  yozilib  yangi  arifmetika  -  algoritm  (algorizm) 
nomini  yaratdi.  Bu  nomlar  aslida  "Xorazmiy"  ekanligini  sharqshunos  olim  J. 
Reyno  1849  yilda  aniqlab  bergan.  Xorazmiyning  asarlarida  xind  algebrasi  bilan 
grek  geometriyasi  birlashtirilgan  edi,  bu  esa  xozirgi  mate-matika  fanining  asosiy 
manbaidir.  Xorazmiy  faqat  matematika  emas,  geografiya  faniga  xam  katta  xissa 
qo`shgan.  VIII  asr  oxiri-IX  asrlarda  obod  bo`lgan  Bag`dod  shaxrida  fan  yuksak 
darajaga  erishdi.  Xalifa  Xorun  ar-Rashid    o`g`li  al-Ma`mun  (813-833  yillarda 
xokim  bo`lgan)  davrida  "Donishmandlar  uyi"  ("Bayt  ul-Xikma")  akademiyasi 
uyushtirildi,  unda  butun  dunyodan  olimlar  jalb  qilindi.  Bular  orasida  O`rta 
Osiyolik  olimlar  Muxammad  Xorazmiy,  Axmad  al-Farg`oniy,  Abbos  bin  Said 
Javxariy va Axmad bin Abdullo Marvaziy xam bor edi. Arab xalifaligi kuchaygan  
IX asrda Bag`dod olimlari Er  meridianini o`lchashga kirishdilar.  Ayni shu paytda 
xalifa  Ma`mun  osmon  va  jaxonning  batafsil  xaritasi  tuzilsin  degan  Farmoni  oliy 
beradi.  "Jaxon  xaritasi"ni  tuzishda  70  dan  ortiq  olimlar  ishladi,  ularga  M. 
Xorazmiy boshchilik qildi. SHu munosabat bilan Xorazmiy "Surat ul-arz" xaritalar 
kitobini yozadi va bu asar "Xorazmiy geografiyasi" degan mashxur ta`limot asosi 
bo`lib  xizmat  qildi.  Ital'yan  sharqshunosi  K.  Nallino  aytishicha:  "Evropada  xech 
bir  xalq  Xorazmiy  erishgan  yutuqqa  erishishga  va  bunday  asar  yaratishga  qodir 
emas edi". 

 
35 
 
Abul Abbos Farg`oniy 
Bag`dod  observatoriyasi  xodimlaridan  biri,  Xorazmiyning  zamondoshi  Abul 
Abbos  Axmad  ibn  Muxammad  ibn  Kodir  al-Farg`oniy  edi.  U  asli  farg`onalik 
bo`lib IX asr boshlarida tug`ilgan va 860-870 yillar orasida vafot etgan. Farg`oniy 
geode-ziyaga  doir  kitoblar,  jumladan  "Usturlob  to`g`risidа  mukammal  ma`lumot" 
("Al Komil fil usturlob"), "Usturlob san`ati to`g`ri-sida" ("Fi sanoat ul-usturlob"), 
"Etti iqlim" va astronomiyaga doir kattagina ("Javomi ilm al-nujum val xarakat as-
samoviya" degan) kitob yozgan. Farg`oniyning xizmatlaridan biri shuki, u 861 yili 
al-Mutavakkilning buyrug`i bilan Nil daryosidagi suv satxini o`lchovchi moslama 
o`rnatish  uchun  Qoxira  shaxriga  borgan,  va  bu  asbobdan  xozirgacha  foydalanib 
kelishlari bizni xayratga qoldiradi. 
 
Jayxoniy 
X asrda Buxoro Somoniylar poytaxti bo`lib 914 yilda amir Axmad bin Ismoil vafot 
etgach,  go`dak  o`glи  shaxzoda  Nasr  bin  Axmad  taxtga  o`tirdi.  Uning  yoshligida 
davlatni buyuk vazir, ayni paytda fanimiz jonkuyari Jayxoniy boshqardi.  
Abu Abdullo Muxammad ibn Axmad ibn Nasr Jayxoniy 870 yillarda tug`ilib, 942 
yilda  "vayronalar  tagida"  (zilzila  oqibatida  demoqchi)  xalok  bo`lgan.  Arab 
geografi  Maqsudiy:  "Kutubxonada  Jayxoniyning  etti  jildlik  geografiya  kitobini 
ko`rdim",- deb e`tirof etadi. Bu kitobning nomi "Masofalar va mamlakatlar kitobi" 
("Kitob  ul  Masolik  va  mamolik")  bo`lgan-ligini  Abu  Rayxon  Beruniy  o`zining 
"Osori boqiya" asarida uqtirib o`tgan va undan juda ko`p marta foydalangan. 
 
Narshaxiy 
Abu Bakr Muxammad bin Ja`fari Narshaxiy - X asr birinchi yarmida (899-959 yy.) 
Buxoroda yashagaн tarixchi olimdir. U "Taxqiqi ul viloyat" nomli asari  - Buxoro 
viloyati  tarixini  944  yilda  arab  tilida  yozib  qoldirgan.  Biroq  odamlarning  arab 
kitoblarini  o`qishga  rag`batlari  bo`lmagani  uchun  bu  kitob  1129  yilda  Abu  Nasr 
Axmad  bin  Muxammad  al-Kubaviy  tomonidan  tojik  tiliga  qisqartirib  va  ayrim 
yangi parchalarni qo`shib tarjima qilingan. Bu kitobni 1179 yilda Muxammad bin 
Zufar  yana  qisqartirib  va  taxrir  qilib  ko`chirib  chiqqan.  Ammo  vaqt  o`tishi  bilan 
ilgarigi  qo`lyozmalar  bedarak  yo`qolib  ketgan  va  keyingi  asar  saqlangan.   
"Narshaxiy  tarixi"da  Buxoro  to`g`risida  turli  rivoyat  va  xikoyatlar,  xokimlarning 
xayoti  va  urushlari  yozilgan.  Ammo  biz  uchun  eng  muximi  -  Buxoroning 
topografiyasi,  butun  viloyatning  tabiati,  shaxarlari,  boyligi,  sanoati  va  axolisi 
to`g`risida  ma`lumotlar  keltirilgan.  Narshaxiy  Buxoro  shaxrini  Numujkat,  Mis 
shaxri  ("Madinat  us-Sufriya"),  Savdogarlar  shaxri    ("Madinat  ut-Tujjor"),  Foxira 
degan nomlari bo`lganligini aytib, "Xurosonda xech bir shaxarga buncha ko`p nom 
berilmagan",- deydi. 
 
 
 

 
36 
Boshqa kimyogarlar xaqida 
X    asrning  ikkinchi  yarmida  yashab  o`tgan  Abu  Mansur  Muvaf-faq  al-Xaraviy 
farmakopeyaga  doir  tojik  tilida  yozgan  kitobi  eng  qadimiy  asar  sifatida  bizgacha 
etib kelgan. U 585 ta xar xil dorilar to`g`risida ma`lumot keltiradiki, bu kimyo fani 
uchun katta axamiyat kasb etadi. 
Ibn Sino va Beruniygacha yashab o`tgan yana ikki xorazmlik olimlar kimyoga doir 
ilmiy  ishlar  qilishgan.  Ulardan  biri  Abu  Abdullo  Muxammad  ibn  Axmad  al-
Xorazmiy    X  asrning  ikkinchi  yarmida  yashagan  va  mashxur  "Fanlar  kaliti" 
("Miftoxil  al-Ulum")  asarining  muallifidir.  Bu  asarda  alkimyoga  aloxida  bob 
ajratilgan  bo`lib,  unda  o`sha  davrda  kimyoda  qo`llaniladigan  barcha  birikmalar, 
asbob-uskunalar,  jarayonlar  xaqida  ma`lumot  beradi.  Ikkinchi  xorazmlik 
alkimyogar  bizning  yuqorida  nomi  keltirilgan  ikki  buyuk  allomamiz  Beruniy  va 
Ibn Sino zamondoshi Abdulxakim Muxammad ibn Abdumalik al-Xorazmiydir.  U 
1034  yili  O`rta  Osiyodagi  barcha  kimyoviy  kashfiyotlar  tarixini  yig`gan  asarini 
yozib tugatadi. 
O`rta  Osiyo  va  arab  olimlari  qadimgi  misrliklar  va  yunonlar  ishlatib  kelgan 
shayinli  tarozini  ancha  takomillashtirdilar  va  o`lchov  aniqligini  5  mg. 
chegarasigacha tushira oldilar. Sobit ibn Qora "Qarastun xaqidagi kitob"risolasida 
qarastun  -  rimliklar  tarozisi  xaqida  ma`lumot  bergan.  Xorazmlik  alloma 
Abduraxmon  Xaziniyning  1121  yilda  yozilgan  "Donishmandlik  tarozilari  xaqida" 
nomli risolasi bilan tanishib chiqqanimizda, xar xil tarozilarning (xatto gidrostatik 
tarozilar  xam  tavsiflangan)  konstruktsion  tuzilishi  va  o`lchash  usullarini  batafsil 
yoritib  berilganligiga  guvox  bo`lamiz.  "Donishmandlik  tarozilari"  asarida  ikki 
elementdan  tarkib  topgan  xar  xil  metall  qotishmalarining  tarkibini  aniqlash 
usullarini  ko`rsatib  o`tilgan,  bunda  olim  qotishmani  suyuqlantirish  va  ajratishdan 
tashqari ularning solishtirma og`irligini aniqlash orqali xam bu natijalarga erishish 
mumkinligini batafsil izoxlaydi.  Ayniqsa, Abu Rayxon Beruniyning tajribalaridagi 
natijalarini  o`rganib  chiqqan  Xaziniyning  xar  xil  jismlar,  birikmalar,  ma`dan  va 
metallarning  solishtirma  og`irliklarini  aniqlashga  doir  keltirgan  ma`lumotlari 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin