O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi f. Xo`jaev nomli Buxoro Davlat universiteti



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix18.05.2020
ölçüsü0,68 Mb.
#31278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
kimyo tarixi

Rayda  yashaydi.  Uning  Rayda  o`tgan  umri  bo`lajak  fan  tarixchisi  uchun  bekorga 
o`tmadi.  Bu  shaxarda  qo`lga  kiritgan  bilimlari,  kuzatish  va  tajribalari  uning 
"Mineralogiya"  va  "Farmakognoziya"  (Kitob  as-Saydana)  asarlarida  xar 
tomonlama chuqur va ilmiy yoritilgan. Beruniy Rayda tug`ilib, ijod etgan mashxur 
faylasuf, kimyogar va tabib Abu Bakr Roziyning tarjimai xoli va asarlarini o`rgana 
boshladi. Nixoyat, 1036 yilda "Muxammad Zakariyo Roziy kitoblarining fexristi" 
nomli  maxsus  risola  xam  yozdi.  Beruniyning    yozishicha,  Roziy  o`zidan  keyin 
tabobatga  oid  56  ta,  tabiiyotga  oid  93  ta,  kimyoga  oid  22  ta,  falsafaga  oid  17  ta, 
matematika  va  astronomiyaga  oid  10  ta,  mantiqqa  oid  7  ta,  asarlarning  sharxi  va 
kisqartmasiga oid 7 ta,  iloxiyotga oid 14 ta, metafizikaga oid 6 ta, daxriylikka oid 
2 ta va boshqa fanlarga oid 10 ta - xammasi bo`lib 184 ta asar yozib qoldirgan. Za-
mona  tazyiqi  ostida  Beruniy  o`z  dunyoqarashida  Roziyga  yaqin  ekan-ligini 
yashirishga  uringan,  chunki  bu  vaqtda  unga    "bid`atchi",  Roziy  bilan  xamfikr  va 
o`zi  xam  "dindan  qaytgan"  degan  jiddiy  qo-ralash  xavf  solayotgan  edi.  SHuning 
uchun bo`lsa  kerak, Roziy  asarlarining  ro`yxatini  tuzib  berishni iltimos qilgan bir 
buyurtmachiga  Beruniy  shunday  deydi:  "Agar  men  seni  xurmat  qilmaganimda, 
Roziy  asarlarining  ro`yxatini  tuzmagan  bo`lar  edim,  chunki  bu  ishda  Roziy 
dushmanlaridan  ba`zilarining  menga  raqib  bo`lib  qolishlari  va  ular  tomonidan 
meni  Roziy  mazxabidan  deb  shov-shuv  ko`tarish  xavfi  bor  edi".  Xozirgi  vaqtda 
Beruniy va Roziyning falsafiy va ilmiy-uslubiy nuqtai-nazarlarining yaqinligi uzil-
kesil  isbotlangan.  Masalan,  Beruniy  "Farmakognoziya"  (Kitob  as-Saydana)  nomli 
asarida ko`rsatishicha, Roziyning "Kitob al-xoviy", "Kitob al-saydana", "Kitob al-
abdol",  "Kitob  al-ag`ziya",  "At-Tibb  al-mulukiy"    va  "Al-Kutib  al-isno  ashara" 

 
24 
nomli asarlariga eng ishonarli va e`tiborli birinchi manba sifatida tayangan, xamda 
ulardan iqtibos qilgan.  
Ba`zi  manbalarga  qaraganda  Roziy  Buxoroda  xam  bo`lgan.  Masalan,  Aruziy 
Samarqandiyning  (XII  asr)  1155  yilda  yozilgan  "CHaxor  maqola"  nomli  asarida 
ko`rsatilishicha,  Roziy  Buxoroga  kelgan  va  Somoniylar  amirini  og`ir  kasallikdan 
davolagan.  Buxoro  amiri  deyilgan  bu  tarixiy  shaxs  Xuroson  xokimi  Abu  Solix 
Mansur  ibn  Isxoq  (keyinchalik  915  yilda  o`ldirilgan)  bo`lgan.  Roziy  butun  O`rta 
Osiyo, ayniqsa, Buxoro  olimlari bilan  yaqin ilmiy  aloqada bo`lgan. Uning  "Sirlar 
kitobi" nomli kimyoga bag`ishlangan asaridagi fikriga qaraganda, falsafa, mantiq, 
va boshqa aniq fanlardan chuqur bilimga ega bo`lgan buxorolik olim Muxammad 
ibn  Yunus  uning  yaqin  do`sti  va  sevimli  shogirdi  bo`lgan.  Roziy  kimyoga 
bag`ishlangan asarlarini xam asosan shu shogirdiga atab yozgan.  
Roziyning o`ziga xos tibbiy maktabida tarbiyalangan va keyinchalik mashxur tabib 
bo`lib  etishgan  Abul  Qosim  Muqoni`iy  va  Abu  Bakr  Rabi`  ibn  Axmad-al-
Axavayniy al-Buxoriy ismli shogirdlari bo`lib, keyingisi bizgacha etib kelgan asari 
bilan  SHarq  tabobatida  o`chmas  iz  qoldirgan.  Xozirgi  zamon  fan  tarixchilarining 
taxminiga ko`ra, tug`ilgan yili noma`lum Abu Bakr Rabi` 983 yilda (xijriy 373 yil) 
vafot  etgan.  U  o`zidan  keyin  Buxoro  fors-tojik  tilida  yozilgan  eng  birinchi  ilmiy  
"Tabobatni  o`rganuvchilar  uchun  qo`llanma  kitob"  nomli  tibbiy  asarini  yozib 
qoldirgan. Bu asarning 1085 yilda qayta ko`chirilgan nusxasi Angliyaning Oksford 
shaxridagi  Bodlian  kutubxonasida  saqlanmokda.  Abu  Bakr  Rabi`  mazkur  asarida 
30  yoshida  etuk  tabib  bo`lganligini  va  ko`p  kishilarni  shaxsan  davolab 
tuzatganligini yozadi. 
Barcha  manbalarda  Roziy  umrining  oxirida  ko`r  bo`lib  vafot  etgan  degan  xabar 
bor.  Roziy  savdogar  va  amirlarni  davolagani,  Ray  va  Bag`dod  kasalxonalarini 
boshqargani  bilan  uning  xayoti  kambag`allik  va  muxtojlikda  o`tgan.  Roziy 
kamxarajat, kambag`al bo`lishiga qaramay beva-bechoralarga yordam qilib, ularni 
bepul davolagan. Roziy 925 yil 26 oktyabr' (313 yil 5 sha`bon) kuni Ray shaxrida 
vafot  etgan.  Roziy  qomusiy  aql  egasi  sifatida  o`z  davridagi  ilmining  barcha 
soxalaridan  xabardor  bo`lgan.  Uning  ilmiy  maxo-rati  falsafa,  kimyo  va  tabobat 
fanlarida  yaqqol  ko`rinadi.  Roziy  xayoti  va  ijodini  o`rganish  va  uni  xotirlash 
borasida o`tgan asrda bir qancha kongress va yubileylar o`tkazildi. Jumladan, 1913 
yili Londonda Roziyga bag`ishlangan xalqaro tibbiyot kongressi, 1932 yili Parijda 
uning  1000  yillik  yubileyi  o`tkazildi.  1965  yilga  kelib  jaxon  jamoatchiligi  Roziy 
tug`ilgan  kunning  1100  yilligini  keng  nishonladi.  Эron,  Pokistonda  va 
O`zbekistonda  olimlar  Roziy  xayoti  va  ijodini  aks  etuvchi  bir  qator  risola  va 
maqolalar yozdilar. 
 
Abu  Rayxon Beruniy 
Abu  Rayxon  Muxammad  ibn  Axmad  al-Beruniy  O`rta  asrning  eng  buyuk 
olimlaridan  biridir.  Beruniy  o`z  zamonasining  xamma  fanlarini  -  fizika, 
matematika  va  tabiiy-tarixiy  fanlarni  egallagan  buyuk  qomusiy  darg`a  edi.  U 

 
25 
buyuk  olimgina  bo`lib  qolmasdan, o`z  zamonasida  Xorazmning  ko`zga  ko`ringan 
siyosiy arboblaridan biri xam bo`lgan. 
Beruniy 973 yili (362 yili 3 zulxijjada) Xorazmning qadimgi poytaxti Qiyot shaxri 
yaqinida  tug`ilgan.  Beruniy  nisbati  xam  shaxar  tashqarisi,  tashqarida  yashovchi 
kishi  ma`nosini  anglatadi.  Ayrim  olimlarning  fikricha,  allomaning  kunyasi  Abu 
Rayxon  (Rayxonning  otasi)  uning  botanikaga  qiziqqani  va  Rayxonni  yaxshi 
ko`rganidan bo`lsa kerak deb xisoblashadi. 
Xorazm  O`rta  Osiyoning  qadimiy  davlatlaridan  biri  bo`lib,  X-XI  asrlarda 
rivojlanishning  eng  baland  cho`qqisiga  ko`tarilgan  edi.  O`sha  paytda  Xorazm 
Somoniylar  davlati  tarkibiga  kirsa  xam,  butun  Yaqin  SHarq  davlatlari  bilan  bir 
qatorda Volga bo`yi, SHimoliy Kavkaz, Kiev Rusi, G`arbiy Evropa davlatlari bilan 
keng  savdo-sotiq  ishlarini  olib  borgan,  unda  xatto  rumliklar  va  suriyaliklar  xam 
to`plangan  edi.  Xorazm  Somoniylar  davlatidan    chetroqda  bo`lgani  uchun  avval 
yarim mustaqillikka ega bo`lsa, keyinchalik butunlay mustaqilligini qo`lga kiritdi. 
Unda  savdogar  va  xunarmandlar  shaxarlari  paydo  bo`la  boshladi.  Jurjon  shaxri 
Mamu-nidlar  davlati  poytaxtiga  aylantirildi,  ular  qadimgi  afrig`iylar  sullolasini 
qulatadilar. 
Beruniy  yoshligidanoq  ilm-fanga  qiziqqan,  xorazm  tilidan  tashqari  sug`diy,  fors, 
yunon,  xind,  suryoniy,  qadimgi  yaxudiy  tillarini  bilar  edi.  Ammo  uning 
yoshligidagi  ustozi  xaqida  ma`lumotlar  yo`q.  Ancha  bilimlar  soxibi  bo`lgan 
Beruniy  xorazmshox  saroyidagi  o`z  zamonasining  mashxur  olimi  Abu  Nasr 
Mansur ibn Iroq qo`lida ta`lim oladi. Abu Nasr ibn Iroq astronomiya, geo-metriya, 
matematika fanlarning chuqur bilimdoni edi. U Beruniy-ni Эvklid geometriyasi va 
Ptolomeyning  astronomik  ta`limoti  bilan  tanishtiradi.  Ammo  Beruniyning  o`zida 
mustaqil  bilim  olish  va  o`rganish  qobiliyati  juda  kuchli  bo`lib,  16  yoshidаёк 
aloxida astronomik kuzatishlar olib boradi. Juda yosh bo`lishiga qaramasdan O`rta 
Osiyoda birinchи globus yaratdi. Kuzatishlar uchun o`zi astronomik asboblar ixtiro 
etgan.  
Qadimgi  ulug`  geograf  Klavdiy  Ptolemey  (90-168  yy.)  o`zining  "Geografiyaga 
qo`llanma"  kitobining  12  qismida  meridianlar,  paralellar  va  axoli  punklarini 
ko`rsatuvchi  globus  tayyorlash  qo`llanmasini  beradi.  Ammo  bu  qo`llanmaga 
muvofiq  biror  kishining  globus  yasagani  xaqida  ma`lumot  saqlanmagan. 
Adabiyotlarda  qayd  qilinishicha,  birinchi  ilmiy  globus  1492  yili  ritsar  Martin 
Bexaym  tomonidan  yasalgan  deb  e`tirof  etiladi.  "Geodeziya"  bilan  tanishsak, 
fikrimizni o`zgartirishga majbur bo`lamiz, chunkи dastlabki globus O`rta Osiyo va 
Yaqin  SHarqda  Beruniy  tomonidan  yasalgani  isbotlandi.  Tog`  cho`qqisidan 
ko`rinadigan  gorizont  chizig`ini  kuzatish  yo`li  bilan  Beruniy  ungacha  va  undan 
keyin  xech  kim  erishmagan  aniqlikda  Er  qit`asi  o`lchamlarini  topgan,  1o 
kattalikdagi  Er  meridiani  aylanasining  uzunligini  Beruniy  110624  metr  deb 
xisoblagan. Zamonaviy astronomik va geografik o`lchashlар natijasida bu kattalik 
111,1  km  ekanligi  isbotlanganini  e`tiborga  olsak,  Beruniy  bor-yo`g`i  476  metrgа 
adashganining  guvoxi  bo`lamiz.  Beruniyning  bu  ishi  undan  keyin  yashagan 
olimlarning  topgan  qiymatlaridan  xam  aniqroq  edi.  Gorizont  pasayishi  orqali 

 
26 
burchak  o`zgarishini  kuzatish  bir  qancha  vaqt  ingliz  olimi  Rayt  (1560-1616  yy.) 
yutug`i  deb  xisoblangan  bo`lsa  xam,  bugun  bu  kashfiyot  Beruniy  xizmatlarining 
natijasi ekanligi to`la o`z isbotini topdi. 
Beruniy o`z ish usuli bilan boshqa olimlardan shu bilan ajralib turadiki, xech biror 
xulosasini  tekshirilmagan,  isbotini  topmagan  va  mavxum  natijalar  orqali  e`lon 
qilmaydi.  Ayniqsa,  Ptolemeyning  SHarqdagi  shaxarlarning  geografik  koordi-
natalarini  topgan  qiymatlariga  shubxa  bilan  qaraydi.  Geografik  koordinatalarni 
aniqlashda  Beruniy  tomonidan  trigonometriya  va  geometriyaning  qo`llanishi  bu 
natijalar  aniqligini  shu  qadar  ishonchli  qildiki,  xali-xanuzgacha  zamonamiz 
olimlari  uning  muvaffaqiyatlaridan  taajjublanib,  qoyil  qolmoqdalar.  Beru-niyning 
yozishicha:  "Men  Ptolemeyning  "Geografiya"  kitobidagi  bayon  qilingan  usullarni 
Jayxoniy  va  boshqa  olimlarning  "Yo`llar  xaqidagi  kitobi"dagi  kattaliklar  bilan 
solishtirib, juda mavxum va  menga shubxa uyg`otgan ma`lumotlarga ega bo`ldim. 
Barcha  shaxarlar  va  joylarning  nomlarini,  ular  orasidagi  masofalar  xaqidagi 
ma`lumotlarni  yig`a  boshladim.  Bu  natijalarning  aniqligini  bir  necha  kishilardan 
olingan  qiymatlarni    solishtirish  orqali  tekshirib  turdim.  Olingan  natijalarni  yozib 
borganim  uchun  esimda  saqlashga  o`rin  yo`q  edi,  chunki  men  zamonaning 
tinchligiga,  o`zimning  barcha  kulfatlardan  ximoyalangan  va  xavfsizlikda 
ekanligimga ishonar edim. Ammo meni kulfat bosganda yuqorida aytilgan narsalar 
bilan birga mening barcha xarakatlarim xam zoe ketdi",- deb eslaydi. 
994-995  yillar  Xorazmda,  umuman  O`rta  Osiyoda  juda  muxim  o`zgarishlar  sodir 
bo`ldi.  Ko`chmanchи  Koraxoniylar  boshliq  qabila-lar  Somoniylar  davlatini 
emiradi,  buning  natijasida  Xorazmda  xam  davlat  to`ntarishi  bo`lib,  Qiyot  shaxri 
Urganch  amiri  Ma`mun  I  (995-997  yy.)  tomonidan  bosib  olinadi.  Xayoti  xavf 
ostida kolgan 22 yoshli olim  Vatanini tashlab chiqib ketadi, avval Kaspiy dengizi 
janubidagi  Jurjon  shaxriga,  keyinroq  Texron  yaqinidagi  qadimiy  Ray  shaxriga 
boradi. Beruniy Raydan yana Jurjonga keladi va bu erda o`zining ikkinchi ustozi - 
tabib,  astronom,  fay-lasuf  Abu  Saxl  Iso  al-Masixiy  bilan  tanishib,  undan  ta`lim 
oladi.  O`sha  paytda  Kaspiy  oldi  viloyatlarida  ziyoriylar  sulolasi  (928-1042  yy.) 
xukmronlik qilib, bu sulolaning mashxur vakili Kobus ibn Vushmagir (1012-1013 
yillar orasida o`ldirilgan) olimni o`z ximoyasiga oladi. "SHams al-Maoliy" ("Oliy 
martabalar  quyoshi")  taxallusi  bilan  mashxur  bo`lgan  bu  podshoxga  Beruniy  
"Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar"  asarini  bag`ishlaydi.  O`rta  Osiyo  va 
Xorazmga  qilgan  sayyoxatlarida  Beruniy  xaqida  barcha  ma`lumotlarni  to`plagan 
mashxur  sayyox  Yoqut  al-Xamaviy  (1179-1229  yy.)  olimning  Jurjondagi  xayoti 
xaqida  xam  juda  muxim  ma`lumotlar  qoldirgan.  U  Beruniyning  barcha 
qo`lyozmalari bilan tanishib chiqqan. Yoqutning yozishicha, Qobus ibn Vushmagir 
Beruniyga  vazirlik  lavozimini  taklif  qilgan,  lekin  olim  bunga  rozi  bo`lmagan  va 
ilm bilan shug`ullanishni afzal ko`rgan. 
 
1010  yili  Beruniy  Abu  Abbos  Ma`mun  II  ibn  Ma`mun  (997-1017  yy.) 
tomonidan taklif qilinadi va Xorazmning yangi poytaxti Urganchga keladi. Yoqut 
Xamaviyning yozishicha, xorazmshox Beruniyni o`z saroyiga joylashtiradi va uni 
olim  sifatida  izzat-ikrom  qiladi.  Ma`mun  II  ilm-fan  va  adabiyot  xomiysi  bo`lib, 

 
27 
Urganchda "Ma`mun akademiyasi" ilmiy markazini barpo qiladi. Bu akademiyaga 
o`sha  zamonning,  umuman,  islom  SHarqining  olim,  shoir  va  faylasuflarini 
to`playdi,  bular  xaqida  Ibn  Sino  to`g`ridagi  risolada  batafsilrok  to`xtalamiz. 
Beruniy "Akademiya" faoliya-tida ishtirok etishi bilan birga shox Ma`munning eng 
yaqin  maslaxatchisi,  mamlakatning  barcha  siyosiy  ishlarida  faol  qatnashar  edi, 
afsuslar  bo`lsinkim,  shuncha  mexnatlar  evaziga  tashkil  qilingan    "Ma`mun 
akademiyasi"  1017  yilgacha  o`zining  faoliyatini  davom  etdi,  xolos.  Bu  davrda 
Ma`mun  II    saroyida  yuksak  mavqe  egasi  va  xurmatga  sazovor  olim  kamyob 
metallar  va  qimmatbaxo  toshlar  ustida  eng  murakkab  kuzatish  va  tajribalar 
o`tkazish  imkoniga  ega  bo`ldi.  Bu  izlanishlar  keyinchalik  "Mineralogiya" 
kitobining  yuzaga  kelishiga  zamin  yaratdi.  Mashxur  yurtdoshimiz    Abu  Rayxon 
Beruniy  xam,  simob  metall  emas  balki  "metallar  onasi"  deb  xisoblaydi.  o`zining 
qomusiy  "Mineralogiya"  (1048yil)    asarida  me-tallar  guruxida  simobni  oltindan 
oldinga qo`yadi va ularning zichligini juda katta maxorat bilan aniqlab chiqadi. 
Beruniy  Urganchda  yashagan    davrida  Ibn  Sino  bilan  yozishma-lar  olib  borgan. 
Bizgacha  bu  yozishmalarning  faqat  18  tasi  etib  kelgan.    Bu  xatlar  Beruniyning 
tabiat  falsafasi  va  fizika  masalalari  bilan  qanchalik  qiziqqanligidan  guvoxlik 
beradi.  Savol-javoblarda    fazo,  issiqlikning  tarqalishi,  jismlarning  issiqdan  va 
suvning esa muzlash paytida kengayishi, nurning qaytishi va sinishi kabi masalalar 
ustida ikki olim tortishadi. Savol-javoblarning mazmunidan Aristotelning aql bilan 
xis qilish orqali chiqargan xulosalariga Beruniy o`zining kuzatish va tajriba orqali 
aniqlagan xulosalarini qarshi qo`yadi, Ibn Sino esa Aristotelni ximoya qiladi. 
1017-1018  yillarga  kelib  Urganchda  yana  notinchlik  davri  boshlanadi. 
Movarounnaxrda  Qoraxoniylar  davlati  barpo  etiladi.  Xuroson  va  Afg`onistonda 
esa  mashxur  Maxmud  G`aznaviy  997-1030  yillar  davomida  o`z  xukmronligini 
o`rnatadi.  Koraxoniylar  bilan  Maxmud  G`aznaviy  o`rtasida  tuzilgan  sharnomaga 
muvofiq Amudaryo ular davlatining chegarasi qilib belgilanadi. Xorazm Maxmud 
davlatiga  qaram  bo`lib  qoladi  va  keyinchalik  uning  tomonidan  bosib  olinadi. 
Beruniy  xam  Maxmud  G`aznaviyning  bosqinchilik  rejalariga  qarshi  bo`lgan 
voqealarda  ishtirok  etgan.  Xorazm  bosib  olingach,  Beruniy  asir  sifatida  G`azna 
shaxriga  olib  ketiladi.  Sulton  Maxmud  Beruniy  va  uning  yaqin  safdoshi  bo`lgaн 
xorazmlik olim Abdusamad Avvalni qatl etish xaqida farmon beradi. Lekin vaziri 
a`zam  Xo`ja  Xasanning  o`rtaga  tushishi  tufayli  olimning  xayoti  saqlab  kolinadi. 
Keyinchalik  Maxmudga  yaqin  kishilar    vositachiligida  Beruniy  bilan  Sulton 
Maxmud  o`rtasida  nizolar  ko`tarilib,  olim  uchun  yana  osoyishta  xayot  kechirish 
imkoni tug`iladi.  
Sulton  Maxmud  G`aznaviy  -  asli  Sirdaryo  bo`yidan.  Uning  otasi  Sabuktegin 
yoshligida  asirga  olinib,  toshkentlik  Nasr  CHochiy  degan  savdogarga  sotilgan. 
Toshkentdan  Qarshi,  keyin  Buxoroga  keltirilgan.  Bu  erda  Alptegin  ismli  amaldor 
xizmatida  bo`lgan  va  uning  amiri  lavozimigacha  ko`tarilgan.  Alpteginning  o`zi 
xam  Buxoro  amirining  g`ulomi  bo`lgan,  keyinchalik  jangovarligi  va 
ishbilarmonligi  tufayli  ozod  qilingan,  xatto  sipax-salor  (armiya  boshlig`i) 
lavozimiga  ko`tarilgan.  Amir  Sabuktegin  Afg`onistonga  ketib  G`azna  shaxrini 

 
28 
bosib  olgan  va  u  joyni  poytaxt  qilib  kattagina  davlat  yaratgan.  Sabuktegin  20  yil 
xukmronlik  qilib,  997  yili  vafot  etadi.  Uning    vafotidan  keyin  o`g`li  Maxmud 
jaxongirlikni davom ettirdi, G`arbda - Эronning bir qismini SHimolda - Xorazmni, 
Janubda  -  Xindistonning  Panjobini  qilich  va  daxshat  bilan  bosib  oldi.  Poytaxti 
G`aznani  dunyoning  eng  go`zal,  obod  va  gavjum  shaxarlardan  biriga  aylantirdi, 
xarbiy o`ljalar, oltin va marvaridlar evaziga bu shaxar bezatildi. 
1030 yili Beruniy Xindiston nomli mashxur eng yirik asari "Taxqiq mo-l-Xind min 
ma`qula  maqbula  fi-l-aql  av  marzula"  ("Xindlarning  aqlga  sig`adigan  va  aqlga 
sig`maydigan  ta`limotlarini  aniqlash")ni  yaratdi.  Bu  shox  asarga  G`arb  va  SHarq 
olimlari,  shu  jumladan,  xozirgi  xind  olimlari  xam  juda  yuksak  baxo  berganlar.  U 
Xindiston  asarini  yozish uchun sanskrit tilini o`rgangan va  Xindiston  shimolidagi 
Nandia  qal`asida  yashab,  xind  madaniyati,  adabiyoti  va  mashxur  olimlari  bilan 
yaqindan  tanishgan.  Akademik  V.R.  Rozen:  "SHarq  va  G`arbning  qadimgi  va 
O`rta  asrdagi  butun  ilmiy  adabiyotida  bunga  teng  keladigan  asar  yo`q",-  deb 
yozgan edi.  
Beruniyning  muxim  asarlaridan  biri  "Qimmatbaxo  toshlar-ni  bilib  olishga  oid 
ma`lumotlar  kitobi"  ("Kitob  ul-jamoxir  fi  ma`rifat  ul-javoxir"),  ya`ni  G`arbda 
mashxur  "Mineralogiya"  asaridir.  Bu  kitob  1048  yili  G`aznada  yozilgan  bo`lib, 
olim  bu  kitobda  birinchi  marta  qimmatbaxo  toshlarning  solishtirma  og`irligini 
aniqlagan. Buning uchun etalon (ya`ni  "qutb") sifatida oltin andoza qilib olingan.  
Maxmud  G`aznaviy  vafotidan  keyin  uning  katta  o`g`li  Mas`ud  davlatni  (1030-
1041  yy.)  o`z  qo`liga    oldi,  bu  davrda  Beruniyning  axvoli  ancha  yaxshilandi. 
Yoqut  Xamaviyning  yozishicha,  bu  shox  astronomiyaga  qiziqqan  va  ilmiy 
kuzatishlarga  e`tibor  bilan  qaragan.  SHuning  uchun  xam  Beruniy  astronomiyaga 
oid  maxsus  asari  "Mas`ud  qonuni"  ("al-Qonun  al-Mas`udiy")ni  o`z  ximoyachisi 
Sulton  Mas`udga  bag`ishlaydi.  O`rta  asr  olimlari  bu  asarni  juda  yuqori 
baxolaganlar.  "Al-Qonun  al-Mas`udiy"  asari  matematika  va  astronomiyaga  oid 
Beruniygacha  yozilgan  barcha  kitoblar  izini  o`chi-rib  yubordi",-  deb  yozadi 
tarixchi Yoqut al-Xamaviy.  
Beruniy  umrining  oxirigacha  G`aznada  yashadi,  bu  orada  bir  bor  Xindistonga 
borib keldi, bir marta o`z ona yurti - Xorazmga xam borgan. Umrining oxirigacha 
shu  erda  qolib  1052  yili  79  yoshida  vafot  etdi.  Yoqut  al-Xamaviy  "Adiblar 
qomusi"  ("Mu`jam  ul-udabo")  asarida  yozishicha,  Beruniy  nafsi  pok,  xalol  odam 
bo`lgan,  gapni  ochiq-oydin,  shartta-shartta  gapirgan,  lekin  noma`qul  xatti-
xarakatlar qilmagan.  U ilmi nujum (asrologiya) ga e`tibor bermagan. "Ilmi nujum 
fanining ildizlari chirigan, shoxlari mo`rtdir. Uning xulosalari qarama-qarshi, unda 
xaqiqat  ustidan  taxmin  xokimlik  qiladi.  ...  Alkimyo  esa  boylik  orttirishni  maqsad 
qilib qo`ygan soxta fandir",- deydi olim. 
Beruniyning oxirgi asari "Dorivor o`simliklar xaqida kitob" ("Kitob us-saydana fi-
t-tibb")dir.  SHarqda  bu  asar  "Saydana"  nomi  bilan  mashxur  bo`lib,  unda  Yaqin 
SHarq  va  O`rta  Osiyoda  o`sadigan  dorivor    o`simliklarning  to`la  tavsifi  berilgan. 
G`arbda  bu  kitob  "Farmakognoziya"  deb  ataladi.  Uni  farg`onalik  tabib  Abubakr 
bin Ali al-Kosoniy 1211 yili fors tiliga tarjima qilgan.  

 
29 
Abu  Rayxon  Beruniy  fanning  xamma  soxalarida  samarali  ijod  etdi.  Akademik 
I.Yu.  Krachkovskiy  so`zи  bilan  aytganda,  u  bilgan  soxalarni  sanab  chiqishdan 
ko`ra,  kizikmagan  soxalarini  sanab  chiqish  osonrokdir.  Beruniy  yubileyi 
munosabati  bilan  O`zbekiston  Fanlar  Akademiyasi  Abu  Rayxon  Beruniy  nomli 
SHarqshunoslik  instituti  jamoasi  A.Rasulev, Yu. Xakimjonov, G. Jalolovlar  1965 
yili  olimning  "Xindiston"  asarini,  1968  yili  "Qadimgi  xalqlardan  qolgan 
yodgorliklar"  asarini  Abdufattox  Rasulev  o`zbek  tiliga  tarjima  qilib  nashrdan 
chiqarganlar. Ayniqsa, bu borada Ubaydulla Karimov va Abdusodiq Irisovlarning 
ishlari  samarali  bo`lib,  ular  dunyoga  tanilgan  beruniyshunos  olimlarimiz 
xisoblanadilar.    
 
 
Abu  Ali  Ibn  Sino 
O`z  davrida  fanning deyarli xamma  soxalarida  chuqur  iz koldirgan  qomusiy  olim 
Ibn  Sino,  ayniqsa,  tabobat  ilmida  katta  muvaffaqiyatlarga  erishdi.  Buning  asl 
moxiyati  shundaki,  Ibn  Sino  o`zidan  oldin  o`tgan  olimlarning  yaratgan  ilmiy 
faktlarini va muloxazalarini izchillik bilan bir tizimga sola oldi. Ibn Sino o`z davri 
olimlaridan  farqli  ularoq,  chalkash  muloxazalar  va  diniy  aqidalar  ta`siriga 
berilmasdan, faqat tajriba va amaliyotgina xaqiqiy ilmning ob`ektiv asosi bo`lishini 
talqin  va  targ`ib  etdi.  SHarqda  uni  "ash-SHayx"  -  Donishmand, Iloxiy  ustoz  yoki 
"ar-Rais" - Boshliq, Boshqaruvchi; ko`proq esa xar ikki sifat - "ash-SHayx ar-Rais" 
nomi bilan mashxur bo`lgan. Uning  "Xujjat al-Xaq" ya`ni Xaqiqat namoyandasi, 
keyinroq uning qarashlarini diniy qarashlarini bilgan tanqidchilar "Xujjat al-Islom" 
-  Islom  namoyandasi  deb  xam  atashgan.  Ibn  Sino  jaxon  fani  taraqqiyotiga  ulkan 
xissa qo`shgan buyuk siymolardan bo`lib, uning ilmiy ishlari xorazmlik olim Abu 
Rayxon  Beruniy  asarlari  bilan  birgalikda  o`sha    davr    fani  taraqqiyotining  eng 
yuqori cho`qqisini tashkil etadi. 
Uning  to`la  ismi  Abu  Ali  al-Xusayn  ibn  Abdullox  as-Xasan  ibn  Ali  ibn  Sino 
bo`lib, qisqacha Ibn Sino deb yuritiladi. Bu nom qadimgi yaxudiy tilida Aven Sino 
deb yozilgan va olimning Evropada keng tarqalgan Avitsenna shaklidagi nomi shu 
so`zning  buzilib  talaffuz  etilishidan  kelib  chiqqan.  Ibn  Sinoning  otasi  Abdullox 
Balx  shaxridan  bo`lib,  Somoniylar  amiri  Nux  ibn  Man-sur  davrida  (976-997  yy.) 
Buxoroga  ko`chib  keladi  va  o`sha  atrofdagi  Xurmitan  qishlog`iga  amaldor  etib 
tayinlanadi.  Afshona  (Ispeni)  qishlog`iga  ko`chib  o`tganida  Sitora  nomli  qizga 
uylanadi. Ularning ikki o`g`illari bo`lib, Xusayn (Ibn Sinoning yoshlikdagi nomi) 
980  yil  avgust  oyining  ikkinchi  yarmida  (xijriy  370  yil  safar  oyining  boshida) 
dunyoga keladi. Uning otasi moliya-soliq ishlari xodimi bo`lsa xam, Misrda keng 
tarqalgan ismoiliya oqimiga mansub ilmiy va falsafiy dunyoqarashga ega bo`lgan 
shaxs edi.  
Xusayn 5 yoshga kirganida ularning oilasi poytaxt - Buxoroga ko`chib keladilar va 
Ibn  Sinoni  o`qishgа  beradilar.  U  10  yoshga  etar-etmas  Qur`on  va  adab  (adab 
deganda  u  vaqtlarda  savodli  kishining  bilishi  zarur  bo`lgan  til  qoidalari,  bayon, 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin