9-rasm. Oqova suvlarinini dastlabki tozalash boshqichi Kimyoviy tarkibi bo`yicha zararli va zaharli moddalar turli xil bo`lishi mumkin. Shu sababli ular zararli ko`rsatkichlarni chegaralash (limitlash, ta`qiqlash) tamoyili bo`yicha me`yorlanadilar. Bunda har bir moddaning noqulay ta`sir etishi mumkinligi tushuniladi. Suv havzalaridagi ichimlik va madaniy- maishiy maqsadlarda ishlatiladigan suvlarning ifloslanishini me`yorlashda zararli ko`rsatkichlarni chegaralash (ZKCH) ning 3 xili qo`llaniladi:
1. Sanitariya -toksikologik, 2. Umumsanitariya 3. Organoleptik. Baliqchilik xo`jaligidagi suv havzalarida yuqoridagilar bilan bir qatorda zararli ko`rsatkichlarni chegaralash (ZKCH) ning yana 2 ta (toksikologik va baliq xo`jaligi uchun) mo`ljallangan xillari qo`llaniladi.
Quyidagi nisbatning bajarilishi suv havzasining sanitariya holati nechog’lik me`yor talablariga javob berishini bildiradi:
(14)
bu yerda,
- suv havzasining quyilish joyidagi moddaning hisoblangan i ta
konsentrasiyasi;
RECHKi-i ta moddaning ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiyasi.
Ichimlik va madaniy maqsaddagi suv havzalari uchun 3 tagacha, baliqchilik xo`jaliklariga mo`ljallangan suv havzalari uchun esa 5 gacha tengsizlikning bajarilishi tekshiriladi. Bunda har bir modda faqat bitta tengsizlikda hisobga olinadi.
Ichimlik va madaniy-maishiy maqsadlardagi suv havzalariga 400 ta dan ortiq zararli moddalarga nisbatan RECHK (ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiya) ning me`yorlari, baliqchilik xo`jaliklariga mo`ljallangan suv havzalarida esa 100 ta dan ortiq zararli moddalarga nisbatan chegaraviy konsentrasiyalari belgilangan.
Odatda, baliqchilik xo`jaliklariga mo`ljallangan suv havzalariga zararli moddalarning RECHKsi, ichimlik va madaniy-maishiy maqsadlarga mo`ljallangan suv havzalariga belgilangan RECHKga nisbatan kam.
Quyidagi jadvalda suv havzalari uchun ayrim moddalarning RECHK lari keltirilgan:
7-Jadval