Soda qo`shish yo`li bilan quruq qoldiq miqdorini aniqlash Chinni idish o`zgarmas massagacha termoshkafda 1500 C da quritiladi.
Pipetka yordamida 250-500 sm3 suv o`lchanib, filtrlanib, quritilgan chinni
idishga solinadi.
Suvga pipetka yordamida 25 sm3 1% li soda eritmasi solinadi va u shisha
tayoqcha bilan aralashtiriladi.
Tayoqcha distillangan suv bilan yuviladi va yuvilgan suv ham cho`kmali
chinni idishda yig’iladi.
Cho`kmali suv 1500 C haroratda o`zgarmas massa hosil bo`lguncha
quritiladi.
Suv hajmi bo`yicha olingan quruq qoldiq (cho`kma) ning miqdori quruq qoldiq (cho`kma) li idish massasi bilan bo`sh idish va soda massasi yig’indisi o`rtasidagi farq orqali aniqlanadi (1sm3 1% eritmada 10 mg Na2 CO3bo`ladi)
Quruq qoldiq (cho`kma) miqdori quyidagi formula bilan hisoblanadi (mg/dm3):
(16) bu yerda,
a – quruq qoldiq (cho`kma) li idishning massasi, kg;
b – toza idishning massasi, mg;
c - qo`shilgan sodaning massasi, mg;
1000 – desimetr kubga aylantirish koeffisienti;
V – tekshirish uchun olingan suvning hajmi, sm3 Suvning qattiqligi suvda erigan uglerodli, oltingugurtli, xlorovodorodli, fosforli, azotli, kislotali, asosan kalsiyli va magniyli tuzlarning miqdori bilan aniqlanadi. Ayrim hollarda suvning qattiqligi uning tarkibidagi kaliy, natriy, temir (II), marganes (II), alyuminiy tuzlarining mavjudligi bilan ham tavsiflanadi.
Amalda qattiqlik 3 xil bo`ladi: umumiy, tuzatiladigan va doimiy.
Umumiy qattiqlik – bu xom suvning qattiqligi bo`lib, u qanday anionlar bilan birikkan bo`lishidan qat`iy nazar, kalsiy va magniyning barcha birikmalari bilan ifodalanadi.