O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti Ekologiya va geografiya kafedrasi


-MA’RUZA. “Sanoat ekologiyasi” faniga kirish



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə4/104
tarix18.05.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#116552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Sanoat ekologiyasi

1-MA’RUZA. “Sanoat ekologiyasi” faniga kirish




R e j a:

  1. “Sanoat ekologiyasi” fani, uning tarkibi, maqsadi, vazifalari va boshqa fanlar bilan bog’liqligi.

  2. Muhit, muvozanat va ekologik omillari.

  3. Atmosfera havosi, uning tarkibi va mohiyati.



Tayanch atama va iboralar

Ekologik muammo, umumbashariy (global), mintaqaviy (regional) va mahalliy (lokal) ekologik muammolar, ekologik tuzum, autekologiya, populyasiyalar ekologiyasi, sin ekologiya, biosfera, ekonomika, muhit, tabiiy muhit, sun’iy muhit, ekologik muhit, tabiiy ekotizim, ijtimoiy-iqtisodiy ekotizim, muvozanat, ekologik omil, abiotik, biotik va antropogen omillar, fizik, kimyoviy va iqlimiy omillar, gidrofil, gigrofil va mezofil guruhlari, tirik, o’lik va oraliq moddalar, biomassa, atmosfera, kislorod.




A d a b i y o t l a r



  1. Abdullaev O., Toshmatov 3. Uzbekiston ekologiyasi bugun va ertaga. T. Fan, 1992.

  2. Rafiqov A.A Geoekologik muammolar. T. O’qituvchi, 1997, 112 b.

  3. Otaboev Sh., Nabiev M, Inson va biosfera. T. O’qituvchi, 1995, 320 b.

  4. To’xtaev A.S. Ekologiya. T. O’qituvchi, 1988, 192 b.

  5. Shodimetov Yu. Ijtmoiy ekologiyaga kirish. T. O’qituvchi, 1994.



Nazorat savollari



  1. Ekologik muammolar va ularning turlari haqida ma’lumot bering.

  2. Qaysi holatlarda ekologik muammo paydo bo’lishi mumkin?

  3. “Ekologiya” va “ekologika” atamalarini izohlab bering?

  4. “Ekologiya” fanining asosiy tushunchalari, bo’limlari va ularning ma’nosi haqida ma’lumot bering.

  5. Ekologik tizim yoki ekotizim deb nimani tushunasiz?

  6. “Ekologiya” fanining asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?

  7. Myhit va ekologik muhit haqida ma’lumot bering.

  8. Qaysi holatlarda ekologik muhit muvozanatdan chiqishi. mumkin?

  9. Ekologik omillar va ularning turlari haqida ma’lumot bering?

  10. Omillarni tasniflashda nima asos qilib olinadi?

  11. Abiotik, biotik va antropogen omillar haqida ma’lumot bering?

  12. Ta’sir etuvchi omillar deb nimani tushunasiz?

  13. Gidrofil, gigrofil va mezafil guruhlari haqida ma’lumot bering.

  14. Tuproqning tabiiy va kimyoviy xossalarini izohlab bering.

  15. Abiotik va biotik omillarni qanday boshqarish mumkin?

  16. Ekologik inqiroz qaysi holatlarda vujudga kelishi mumkin?

  17. Tirik, o’lik, oraliq va biogen moddalar deb nimalarni tushunasiz?

  18. Qanday qilib biosferani parchalab ketishini oldini olish mumkin?

  19. Biomassa deb nimani tushunasiz?

  20. Atmosfera deb nimani tushunasiz?

  21. Kislorodning biosferadagi ahamiyati nimalardan iborat?

“Sanoat ekologiyasi” fani, uning tarkibi, maqsadi, vazifalari va boshqa fanlar bilan bog’liqligi


Ma’lumki, keyinga 80 yil davomida fan va texnika keskin rivojlandi, sanoat, transnort, qurilish, energetika tarmoqlari tez sur’atlar bilan o’sdi, tabiiy boyliklar (neft va gaz, ko’mir, rangli metallar) dan haddan tashqari foydalanildi, quriq yerlar-yaylovlar, to’qayzorlar, botqoqliklar o’zlashtirildi, sanoatda va qishloq xo’jaliga tarmoqlarida turli zaharli kimyoviy moddalardan qo’llanib kelindi. Natijada tabiiy muhitda ekologik muvozanat buzildi, tuproq, suv va atmosfera havosining tabiiy tarkibi o’zgaradi, turli ifloslanishlar paydo bo’ldi. Bular nafaqat iqtisodiy - ijtimoiy tangliklarni, balki ekologik tangliklarni kelib chiqishiga asosiy sabab bo’ldi va tabiiy boyliklarni kun sayin kamayishiga olib keldi. Masalan, Jarqoq va Gazli yer osti boyliklari yildan yilga kamayib borishi ko’pchilikka ma’lum bo’lib qoldi.
Bundan tashqari, ba’zi-bir mintaqalarda suv muammolarining kelib chiqishi (masalan, Orol dengizining qurib borishi, Zarafshon daryosining qurib borishi, Arnasay ko’llari atrofidagi ekologik muammolar va hokazolar), o’simlik va hayvonot turlarining qirilib ketishiga sabab bo’ldi. Agar 17 - 18 asrlar davomida hammasi bo’lib 32 turlari yo’qolib ketgan bo’lsa, 20 asr oxirlariga kelib 235 hayvonot turlari va 400 dan ortiq o’simlik turlari yo’qolib ketdi.
Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko’rsatayotgan ta’siri bilan bog’liq holda tabiatning insonga aks ta’siri, ya’ni uning hayotida, iqtisodiyotida xo’jalik ahamiyatiga molik bo’lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog’liq har qanday hodisa tushuniladi. Masalan, iqlimning o’zgarishi yoki suv toshqini natijasida paydo bo’ladigan muammolar, ishlab chiqarish korxonalarida vujudga keladigan ba’zi bir favqulodda vaziyatlar va hodisalar, ba’zi bir hayvonot turlarining bir joydan ikkinchi joyga. ko’chib borishi va hokazolar, ekologik muammo bo’la oladi.
Ekologik muammolarni ko’lami va dolzarbligiga qarab 3 guruhga ajratish mumkin.

  1. Umumbashariy (global) ekologik muammolar. Bu guruhga ozon qatlamining siyraklanishi, “Atmosferaning dimiqishi”, chuchuk suv muammolari misol bo’la oladi.

  2. Mintaqaviy (regional) ekologik muammolar. Bu guruhga Orol dengizining qurib borishi, Arnasoy ko’llari atrofidagi ekologik muammolar, Sarez ko’li muammosi va boshqalar misol bo’la oladi.

  3. Mahalliy (lokal) ekologik muammolar. Bu guruhga sanoat korxonalari joylashgan mintaqalarda (masalan, Navoiy, Angren, Olmaliq, Chirchiq va b.) tabiatni muhofaza qilish muammolari, suv tanqisligi muammolari, chiqindilar, pestisidlar, gerisidlar va boshqa kimyoviy moddalar bilan bog’liq agrosanoat ekologik muammolari misol bo’la oladi.

“Ekologiya” yunoncha so’z bo’lib, “oykos”–uy va “logos”–fan, ta’limot degan ma’nolarni anglatadi. Bu atamani 1866 yilda nemis biolog-darvinist olimi Ernest Gekkel “Organizmlar marfologiyasining umumiy prinsiplari” asarida izohlab bergan edi. E.Gekkel “umumiy ekologiya” ni tirik organizmlarning atrof-muhit bilan o’zaro aloqalarini va ta’sirini o’rganadigan fan deb, ta’riflagan edi.
Umumiy ekologiya biologiya fanining bir bo’lagi bo’lsa-da, ammo botanika, zoologiya nisbatan yangi fan bo’lib, u XX asrning boshlarida rivojlana boshladi.
Ekologiya tirik organizmlarning yashash sharoiti va ulariing o’zi yashab turgan muhit bilan o’zaro murakkab munosabatlari, hamda shu asosda vujudga keladigan qonuniyatlarni o’rganadi. Ya’ni tirik mavjudot va uning ma’lum hududiga mos keladigan muhitlaridan iborat tizimlar tabiatini tadqiq yetadi. Bu esa ekologik tizimlar yoki ekotizimlar deb ataladi.
Populyasiyalar, turlar, biosenozlar, biogeosenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining asosiy tushunchalari va manbalari hisoblanadi. Shuning uchun umumiy ekologiya 4 bo’limga bo’lib o’rganiladi.

  1. Autekologiya

  2. Populyasiyalar ekologiyasi

  3. Sinekologiya

  4. Biosfera

1. Autekologiya (“autos”– yunoncha so’z bo’lib, “o’zi” degan ma’noni bildiradi) ayrim turlarning yashab turgan muhiti bilan o’zaro munosabatini, turlarning qanday muhitga ko’proq va uzviy moslashganini o’rganadi.
2. Populyasiyalar ekologiyasi (“populyasion”– fransuzcha so’z bo’lib, “aholi” degan ma’noni bildiradi) populyasiyalar tuzilmasi va dinamikasi. ma’lum sharoitda turli organizmlar sonining o’zgarishi (biomassa dinamikasi) sabablarini tekshiradi.
3. Sinekologiya ("sin"– yunoncha so’z bo’lib, “birgalikda” degan ma’noni bildiradi) biogeosenozning tuzilishi va xossalarini, ayrim o’simliklar va hayvonot turlarining o’zaro aloqalarini, hamda ularning tashqi muhit bilan munosabatini o’rganadi.
4. Ekotizmlarni tadqiq qilish va ularning rivojlanishi biosfera (yunoncha “bios”–hayot, “sfera”–shar) haqidagi ta’limotni vujudga keltirdi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar, ya’ni Er qobig’idagi barcha mavjudotlar tizimi biosfera deb ataladi. Ushbu ta’limotning asoschisi akademik V.I.Vernadskiy (1863-1945) hisoblanadi.
Ekologiya fanining rivojlanishiga taniqli olimlar YA.N.Pavlovskiy, V.L.Sukachev, S.I.Vavilov, K.A.Timiryazev va xususan V.I.Vernadskiy salmoqli hissa qo’shganlar.
Ingliz olimi Ch.Darvin (1809-1885)ning “Tirik organizmlarning yashash uchun kurash" qonuni ekologiya fanining negizini tashkil yetadi.
Tabiiy muhitda tirik organizmlarning issiqlikka, namlikka, bosim va qurg’oqlikka moslanishi va turlarning bir-biri bilan o’zaro munosabatlari asosida vujudga keladigan o’zgarishlar ushbu qonunning negizi (asosi) hisoblanadi.
Rus olimi, Moskva Davlat Universiteti professori K.F.Rul`e (1814-1858) tirik organizmlarning tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlarini “tabiat qonuni” yoki “munosabat qonuni” deb atagan edi.
Markaziy Osiyo xalqlari qadimdan ekologik madaniyat merosiga ega. Markaziy Osiyo, shuningdek O’zbekiston tabiatini, o’simliklar va hayvonot dunyosini o’rgangan olimlar D.N.Kashkarov, E.P.Korovin, T.Z.Zohidov, A.M.Muhammadiev va boshqalarning ilmiy maktablari, shogirdlari bilan birga olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari ekologiyaning yanada rivojlanishiga katta hissa qo’shdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, “ekologiya” va “ekonomika” atamalari bir ildizli yunoncha so’zlardir. Agar “oykos”-uy, ro’zg’or, xo’jalik bo’lsa, “nomos”-qoida, qonun demakdir. “Ekonomika” (iqtisodiyot fani)–uy–ro’zg’or xo’jaligini boshqarish san’atidir. Demak, “ekologiya” fani “iqtisodiyot” faniga chambarchas bog’liqdir. Bundan tashqari, ekologiya fani fizika, matematika, kimyo, biologiya, fiziologiya, mineralogiya, geografiya, metrologiya, tibbiyot, huquqshunoslik va boshqa fanlar bilan chambarchas bog’liq fandir.
Oxirgi 20-25 yil davomida insonning atrof-muhitga bevosita ta’siri tufayli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tubdan o’zgarib, sohalar ekologiyasi (ijtimoiy ekologiya, iqtisodiy ekologiya, suv ekologiyasi, energetika ekologiyasi, qurilish ekologiyasi, sanoat ekologiyasi va hokazolar) vujudga keladi. Lekin ekologiya fanini o’rganmasdan, sanoat ekologiyasini o’rganib bo’lmaydi.
“Ekologiya” fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Hayot jarayoni qonuniyatini o’rganish, shuningdek, insonning tabiiy tizimlarga va biosferaga ko’rsatayotgan ta’sirini bir butun holda o’rganish.
2. Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqarish, inson faoliyati tufayli o’zgargan tabiatdagi jarayonlar va o’zgarishlarni oldindan bashorat qilish, ularni boshqarish va inson uchun eng qulay muhitni saqlash.
Z. Populyasiyalar sonini boshqarish, ya’ni kimyoviy moddalardan oqilona foydalanish.
4. Ekologik-huquqiy qonun-qoidalarni o’rganish va ularga qat’iy rioya qilish.
5. Zararli chiqindilar, ularni zararsizlantirish yoki qayta ishlov berish yo’llarini ko’rsatish.
Muhit, muvozanat va ekologik omillar.
“Muhit” tushunchasi turli ma’nolar (fizik muhit, geografik muhit, falsafiy muhit, ijtimoiy muhit va boshqalar)ni anglatadi. Ammo ekologiyada muhit deb. tirik organizmni o’rab turgan fizik qurshovga ataladi. Muhit tevarak-atrofdagi o’zaro bog’lanishlar, shart-sharoitlar va ta’sirlar majmuidir.
Muhit 2 xil bo’ladi.
1. Tabiiy muhit. Uni suv, quyosh, shamol, havo, yer, o’simliklar va hayvonot dunyosi birgalikda tabiiy holda vujudga keltiradi.
2. Sun’iy muhit. U inson tomonidan yaratiladi, ya’ni bunda insonning mehnat mahsuli yotadi.
Tabiiy va sun’iy muhitlar o’zaro chambarchas bog’liq. Mana shu bog’liqlikni ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi.
Ekologik muhit tabiiy va sun’iy atrof-muhit bo’lib, tirik organizmlar ob’ekt va sub’ekt ta’sirlar sifatida qatnashib, ta’sirlar turi esa tevarak-atrofni saqlab qolish yoki xavf solish sharoitini keltirib chiqaradi.
Ekologik muhit, o’z navbatida, muayyan ekologik tizim hisoblanadi. Uni tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy qismlarga bo’lish mumkin.
Tabiiy ekotizim (yoki ekosfera) hayotni rivojlanishiga imkon beradigan Yerning tavsifi va jonsiz (anorganik) jismlarning majmuidan iborat. Ijtimoiy-iqtisodiy ekotizim esa insonning barcha atrof-muhitga (jonsiz va jonli tabiatga) bo’lgan munosabatini ifodalaydi.
Ekologik muhit muvozanatda bo’lishi mumkin, lekin ko’pincha ushbu muvozavat buzilishi ham mumkin. Agar tirik organizmlarning hayoti o’zgarmasa yoki ularga ta’sir eruvchi omillar barqaror holatda bo’lsa, ekologik muhit ham muvozanatda bo’ladi.
Agar er usti va yer osti suvlari haddan tashqari ifloslanib qolsa, chiqindilar to’planib qolib, atmosfera havosi ifloslansa, oziq-ovqat mahsulotlari zaharlanib qolsa, shovqinlar ko’payib qolsa va xususan, radioaktiv moddalar ta’siri ortib borsa, ekologik muvozanat ham buziladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, har qanday muhit turli omillar (fizik, kimyoviy, biologik va boshqa omillar)ning majmui bilan namoyon bo’ladi.
Ekologik omil tirik organizmlarga to’g’ridan to’g’ri ta’sir etuvchi muhitning ayrim bir tarkibiy qismidir. Tabiatda omillar tirik organizmlarga bir butun yoki birgalikda ta’sir etishi mumkin. Ular ekologik, fiziologik, genetik va hokazo omillar tarzida ta’sir yetadi. Umuman olganda omillarni tasniflashda ularning xilma-xil ta’sir ko’rsatishi emas, balki ularni kelib chiqish manbaiga qarab ajratiladi. Chunki shunday omillar ham mavjudki (masalan, tarixiy omillar), tirik organizmlarga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etmaydi. Masalan, ma’lum joyning dengiz sathidan absolyut balandligi, tog’liklarning qiyalik burchagi darajasi yoki suv havzasining chuqurligi tirik organizmlarga to’g’ridan-tug’ri ta’sir etmay, boshqa omillar (harorat, bosim, namlik)ning ta’sir etish xususiyatlarini o’zgartirib yuborishi mumkin.
Muhit tarkibida faollik ko’rsatuvchi omillar ham bo’ladi. Ta’sir etuvchi omillar tirik organizmlar hayotiga kuchli ta’sir etib, ularning hatto irsiy xususiyatlarini o’zgartirib yuborishi mumkin. Masalan, nurlanish ta’sirida (mutagen omil) tirik organizmlar boshqa bir xolatga o’tib ketishi mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, tirik organizmlarga ta’sir etuvchi muhit unsurlari, ekologik omil deb ataladi. Ekologik omillar, o’z navbatida, 3 guruhga bo’linadi

  1. Abiotik omillar

  2. Biotik omillar

  3. Antronogen omillar

Abiotik omillar – jonsiz (anorganik) muhitning tirik organizmga ta’sir shakllarini ifodalaydi. Ushbu omillarga iqlimiy (havo, namlik, suv, yog’ingarchiliklar, qor qoplami) topografik (relef sharoiti), gidrofizik va gidrokimyoviy omillar kiradi. Mohiyati jihatidan ushbu omillar 2 guruhga ajraladi.
1. Fizik omillar (harorat, namlik, bosim, radiasiya darajasi va boshqa omillar)
2. Kimyoviy omillar (atmosfera havosinning kimyoviy tarkibi, suv va tuproqning kimyoviy tarkibi va boshqa omillar).
Biotik omillar deyilganda barcha tirik organizmlarning yashash jarayonida o’zaro bir-biriga nisbatan ma’lum munosabatda bo’lishi yoki ta’sir ko’rsatishi tushiniladi. Ushbu organizmlar o’z hayot jarayonlari davomida normal yashash, hayot kechirish, urchish, tarqalish uchun tashqi muhit bilan ham ma’lum munosabatda bo’ladi. Natijada organizm o’sadi, rivojlanadi, nasl qoldiradi: va hayotning so’nggi bosqichida halok bo’ladi.
Biotik omillar quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo’ladi.
1) o’simliklarning o’simliklarga ta’siri
2) o’simliklarning hayvonlarga ta’siri
3) hayvoyalarning o’simliklarga ta’siri
4) hayvonlarning hayvonlarga ta’siri
5) mikroorganizmlarning o’simliklarga va hayvonlarga ta’siri
6) o’simliklar, hayvonot va mikroorganizmlarning o’zaro bir-biriga ta’siri
Biotik omillarga simbioz, parazitizm, konkurensii, “yirtqich va o’lja” munosabatlari misol bo’la oladi.
Ma’lumki, har bir tirik organizm ma’lum muhitda yashashga moslashgandir. SHuning uchun iqlimiy omillar ichida harorat, namlik, bosim va yorug’lik eng muhim omillar hisoblanadi. Tirik organizmlarning aksariyati yorug’lik bilan uzviy bog’langan, chunki yorug’lik ular uchun zarur quvvat va energiya manbalaridan hisoblanadi.
Tabiatdagi har bir tirik organizmni uning suvga bo’lgan ehtiyoji va yashash joylarini inobatga olib, bir qator ekologik guruhlarga bo’lish mumkin. Masalan, faqat suvda yashaydigan jonivorlar gidrofil guruhiga kiritilgan. Gigrofil guruhiga mansub bo’lgan jonivorlar namlik darajasi yuqori bo’lgan joylarda yashay oladi. Mezafil guruhiga mansub bo’lgan jonivorlar esa, suvga ehtiyoji kam bo’ladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yuqorida ko’rsatib o’tilgan guruhlar (ya’ni, gidrofil, gigrofil va mezafil) har bir ekologik muhitda indikator vazifasini bajarishi mumkin. Masalan, atmosfera havosi ifloslangan mintaqalarda laylaklar va asalari yashay olmaydi.
Tuproqning tabiiy va kimyoviy xossalari (tuzilishi, kimyoviy tarkibi, tarkibidagi suv, gaz, organik va mineral unsurlar va hokazolar) endafik omillar guruhiga kiradi. Ular tuproqda doimo yashovchi yoki vaqtincha yashovchi tirik organizmlarning faoliyatini belgalaydi.
Gidrofizik va gidrokimyoviy omillar bevosita suv bilan bog’liqdir. Suv turli organizmlar uchun hayot kechiradigan muhit va makon hisoblanadi. Suvning ekologik qiymati uning tabiiy (ta’m, mazza, hid) va kimyoviy xossalari (tarkibi, qattiqligi, rangi va hokazolar), hamda harakatchanligi bilan belgilanadi.
Antropogen omillar deb, inson faoliyatining tabiatga yoki mazkur turga ta’siriga aytiladi. Olamdagi “ikkilamchi” (insoniylashtirilgan) tabiat antropogen omillarning natijasidir. Shaharlar, suv omborlari, AES lar, GRESlar, yirik zavod va fabrikalar va hokazolar – inson mehnati tufayli yuzaga keladi. Ularni “ikkilamchi” yoki insoniylashtirilgan tabiat deyiladi.
Insonning tabiiy muhitga ta’siri (antropogen omil) yillar davomida murakkablashib, kengayib va chuqurlashib bormoqda. Oldin bu omilning ko’lami biosferaning funksional faoliyati bilan mutanosiblikda borgan bo’lsa, oxirgi yillarga kelib uning tazyiqi orta bordi, bu tazyiqning shakllari o’zgardi va vositalari kuchayib ketdi. Natijada tabiat va jamiyat o’rtasidagi mutanosiblik buzildi va alohida mintaqalarda ekologik inqiroz vujudga keldi. Orol dengizi muammolarining kelib chiqishi yoki Chernobil AES dagi fojia antronogen omillarning yorqin natijasidir.
Tabiatda uchrab turadigan tabiiy hodisalarni tahlil qilish va o’rganib chiqish yo’li bilan har xil turlarning miqdor jihatidan ko’payishiga yoki aksincha, kamayishiga tashqi muhitning abiotik va biotik omillari ta’sirini hisobga olib, ularni boshqarish mumkin va sodir bo’ladigan hodisalarni bashorat qilish mumkin. Masalan, Buxoro viloyatidagi 70 dan ortiq biolaboratoriyalarda qishloq, xo’jalik zararkunandalariga qarshi maxsus hasharotlar va mikroorganizmlar tayyorlanadi. Ishlab chiqarish korxonalarida namlik darajasini oshirib, havo tarkibidagi chang zarrachalari ushlab qolinadi va shu yo’l bilan havo tozalanadi. Demak, ekologik omil ta’sirini o’zgartirib, salbiy hodisalarni oldini olish mumkin.
Atmosfera havosi, uning tarkibi va mohiyati.
Atmosfera havosi tabiiy holda 78% azotdan, 21% kisloroddan, 0,9% argondan, 0,003% karbonat angidirid (SO2) gazidan va qolgan qismi inert gazlarning mexanik aralashmalaridan iboratdir.
Atmosfera havosi Er sharini isib ketishidan va sovub ketishidan himoya qiladi, tirik organizmlar hayotida aloqa vositasi, ya’ni to’liq tarqatish vazifasini bajaradi.
Inson tanasi asosan 4 elementlardan tarkib topgan: S2, O2, N2 va N2 (ularning umumiy miqdori 98% ni tashkil yetadi). Qolgan 3% ni kaliy, kalsiy, fosfor, oltingugurt elementlari va 1% ni esa boshqa elementlar tashkil yetadi.
O’simliklarda 45% uglerod, 42% kislorod, 6,5% vodorod, 1,5% azot mavjud bo’lib, qolgan 5% ni boshqa elementlar tashkil yetadi.
Tirik organizmlarning barchasi atmosfera havosi tarkibidagi kislorod bilan nafas olib, SO2 gazini havoga chiqaradi. O’simliklar esa, fotosintez jarayoniga SO2 gazi qabul qilib, O2 gazini havoga chiqaradi.
Kislorod barcha yonish, achish va oksidlanish jarayonlarida ishtirok yetadi. Inson bir sutkada 500 l O2 gazidan iste’mol qilib, o’pka orqali qariyb 10 ming l havoni o’tkazadi. Bitta avtomobil bir sutkada 20-30 nafar odamga bir yilga yetadigan kislarodni sarflaydi. Inson nafas olganda qon tarkibidagi gemoglobin O2 ni biriktirib, qonga surilgan organik moddalarni oqsil va organik moddalarning vujudga kelishiga ishtirok yetadi.
Kislorod atmosferada doimo dinamik muvozanatda bo’ladi. Nabotot olamini faoliyati tufayli atmosferada yiliga 10 tonna kislorod ajratiladi. Agar kislorodning dinamik muvozanati bo’lmaganda edi, ushbu faol molekulalar atmosferadan 10 ming yildayoq butunlay yo’q, bo’lib ketardi.
Yer sharini o’rab olgan havo qatlami atmosfera deyiladi. Atmosfera tabiatning eng muhim elementlaridan biri bo’lib, tirik organizmlarning yashash joyidir. Atmosfera bo’lmaganda edi, Yer shari kechalari va qish paytida o’z nurlari hisobidan sovib ketib, kunduzi va yoz paytida Quyosh radiasiyasi ta’sirida qizib ketardi. Mana shu hodisa Oyda bo’ladi, chunki u erda atmosfera yo’q.
Bundan tashqari, dengiz sathida 0oS 1 sm3 havoning massasi 1293 g ga tengdir. Yer yuzining har bir sm2 da 1033 g havo to’g’ri keladi. Havo zarrachalari odam kaftiga 1471 N kuch bilan va uning tanasiga 1471*103 N kuch bilan ta’sir yetadi. Ammo biz bu og’irlik kuchini sezmaysiz, chunki badanimiz havo bilan to’lgan va u tashqi bosim bilan muvozanatdadir. Agar ushbu muvozanat buzilsa, o’zimizni yomon seza boshlaymiz. Xuddi mana shu hodisani tog’ga chiqish paytida yoki suvga chuqur suzish paytida sezish mumkin. Masalan, 20 km balandlikda 1 sm3 havoning massasi 43 g ga teng bo’lsa, 40 km balandlikda uning massasi 4 g ga teng bo’ladi.
Tabiatning tarkibiy qismi (komponentlari) va majmualari orasida o’zaro barqaror bog’liqlik va harakatini aavalgi holdagidek mavjud bo’lishiga yaqinlashtirish – ekologik muvozanatni qayta tiklash demakdir. Odam ekologiyasi tabiat ekologiyasining ajralmas qismidir.

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin