O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti Ekologiya va geografiya kafedrasi



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə77/104
tarix18.05.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#116552
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   104
Sanoat ekologiyasi

Ishni bajarish tartibi
hajmi 150 mlli konussimon kolbaga pipetka yordamida 100 ml tadqiq etiladigan suvsolinadi. Unga to`q sariq metildan 2-3 tomchi qo`shib, 0,1 xlorid kislota normal eritmasi bilan ta`sirlanadi. Titrlash davomiyligi och qizil rang hosil bo`lgunga qadar davom ettiriladi.
Titrlash 2-3 marta o`tkazilib, uning o`rtacha qiymati hisoblanadi.
Suvning karbonat qattiqligi quyidagi formula bilan hisoblanadi:

bu yerda X – suvning karbonat qattiqligi, mg-ekv/l;
- titrlashga sarflangan xlorid kislotaning 0,1 normal eritmasining miqdori, ml;
0,1 – kislota titri;
V - tadqiq etiladigan suvning hajmi, ml.
Suvning umumiy qattiqligini aniqlash
Ushbu usul suv tarkibidagi kalsiy va magniyning ishqor aralashmasining ta`sirlanishiga asoslangan bo`lib, ular kalsiy karbonat tuzi va magniy gidroksidi shaklida cho`kadilar.
Kerakli jihozlar:

  1. Ishqor aralashmasi ( Na2CO3ning 0,1 normal eritmasiva NaOH ning 0,1 normal eritmasidan bir xil miqdorda qo`shib, hosil qilingan ishqor aralashmasi);

  2. Xlorid kislotaning 0,1 normal eritmasi;

  3. To`q sariq metilning 1% li eritmasi;

  4. O`lchanadigan, sig’imi 200 mlli kolba;

  5. Sig’imi 200 mlli byuretkalar;

  6. Pipetkalar;

  7. Qizdirgich.

Ishni bajarish tartibi
1. Suvning karbonat qattiqligi aniqlanganidan keyin, kolbaga byuretkadan 20 ml ishqorli aralashma qo`shilib, 3 daqiqa qaynatiladi.
2. Suyuqlik sovutiladi, o`lchov silindriga qo`yiladi, unga 200 ml distillangan suv qo`shilib, filtrlanadi. Filtratdan 100 ml suyuqlik olinib, unga 1-2 tomchi indikator qo`shilib, suyuqlik xlorid kislotaning 0,1 normal eritmasi bilan titrlanadi.
3. Titrlash uchun aralashmaning yarmi olinganligi sababli (100 ml filtrat), titrashga o`tgan eritmaning millitrlar miqdori 2 ga ko`paytirilib, ishqorli erli metall tuzlari bilan reaksiyaga kirishmagan ishqorli eritma millilitrlarining miqdori topiladi.
4. Bu miqdor 20 ml ishqorli eritmadan olib tashlanib, (minus qilinib), qolgan natija 2,8 ga ko`paytirilib, suvning umumiy qattiqligi topiladi.
Suvning doimiy qattiqligi uning umumiy va karbonat qattiqligi orasidagi farqqa teng bo`ladi.
Masalan, 100 ml filtratni titrlash uchun xlorid kislotaning 0,1 normal eritmasidan 6,5 ml sarflanadi. Unda suvning umumiy qattiqligi quyidagiga teng bo`ladi:
6,5*2=13 ml 20-13=7 ml 7 ml*2,8=19,6°
Suvning doimiy qattiqligiuning umumiy va karbonat qattiqligi orasidagi farqqa teng bo`lganligi uchun 19,6-70=12,6° ga teng bo`ladi.
Tajribada olingan natijalar 3-jadvalga yoziladi:
3-jadval

Suvnamunalari

Suvningqattiqligi

Karbonat

Domiy

Umumiy

1










2










3













Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin