2. 7.1-rasmdagi tabiiy tanlanishni stabillashtiruvchi, harakatlantiruvchi va dizruptiv turlarini ta’sir etish sxemasini tahlil qilib daftaringizga yozing va rasmni chizing.
7.1-rasm. Tabiiy tanlanishni ta’sir etish sxemasi.
3. Afrika “elkanli” kapalagidagi dizruptiv tanlash qanday hollarda namayon bo’lshini adabiyot ma’lumotlari va 7.2-rasm asosida tahlil qiling va rasmni chizing
.
7.2-rasm. Afrika “elkanli” kapalagining urg’ochi formalaridagi dizruptiv tanlash
Insertda foydalaniladigan maxsus jadval
Abzatslar №
|
“Bilaman” – V
|
“Ma’qullayman” Q
|
“O’rganish lozim”-
|
“Tushunmadim” -?
|
1.
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
|
4 va h.k.
|
|
|
|
|
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar:
1.Ғофуров А.Т. Дарвинизм(Дарслик). – Т.: Ўқитувчи. 1992.
2. Яблоков А.В., Юсуфов А.Г. Эволюционное учение. М.: Высшая школа, 1989.
3.Лекявичюс Э. Элементы общей теории адаптации. Вильнюс, 1986.
4.Герань И. Удивительные животные. М., 1985.
Gomologik va analogik organlar
Ko’p biologlar umurtqalilarning turli sifatlariga mansub hayvonlarda b’zi organlar o’xshash ekanligiga diqqat – e’tiborini qaratganlar, biroq Sent-Iler birinchi marotiba analogik organlar to’g’risida mulohaza yuritadi.
Gamologik organlar hayvonlar tanasida bir xil joylashgan, o’xshash murtakdan rivojlangan va tuzilishi ham o’xshash bo’ladi. Gomologik organlarga quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning oldingi oyoqlarini misol qilib ko’rsatish mumkin. Masalan, baqa, kaltakesak, ko’rsichqon, ayiqning oldingi oyoqlari, qushlarning qanoti, ko’rshapalakning uchish pardasi har xil vazifani bajarishdan qat’i nazar, bir xil tuzilgan bo’ladi. Ularning hammasi elka, bilak, tirsak, kaftust kaft va barmoq suyaklaridan tashkil topgan bo’lib, klib chiqishi jihatidan o’xshash bo’lganligi uchun ular gomologik organlar deb ataladi.
O’simliklarda novda metamorfozidan hosil bo’lgan tuganak, piyozbosh ildizpoya gomologik organlarga misol bo’ladi.
Gomologik organlarni o’rganish u yoki bu organning kelib chiqishini isbotlashda muhim o’rin tutadi. Masalan, ilonlarning zahar bezlari so’lak bezlarining o’zgarishidan kelib chiqqanligi isbotlangan.
Analogik organlar deganda, kelib chiqishi, tuzilishi har xil, lekin vazifasi o’xshash bo’lgan organlarga nisbatan aytiladi. Hayvonlardagi gomologik organlarga it baliqning tashqi jabrasi, baliqlarning jabrasi, qushlar va kapalaklarning qanoti bunga misol bo’ladi.
Analogik organlar o’simliklar olamida ham ko’plab uchratish mumkin. Masalan tokning jingalaklari novdaning, oddiy no’xatniki bargning o’zgarishidan hosil bo’lgan. Shuni alohida takidlash lozimki, ayrim hollarda gomologik organlar bilan analogik organlar tuzilishi bilan funkitsiyasi o’zaro o’xshash bo’ladi. Bunga qushlarning qanoti bilan ko’rshapalaklarning uchish pardasi misol bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |