v ) o’rganilgan gomologik qismlarning har birini vazifasini daftaringizga yozing
9.2-rasm. Umurtqali hayvonlar oldingi oyog’ining skeleti tuzilishi (gomologik organlar). I – salamandra; II – dengiz toshbaqasi; III – timsoh; IV – qush; V – ko’rshapalak; VI – kit; VII – krot; VIII – odam. Gomologik organlari bir xil harf va raqamlar bilan belgilangan. 4.Berilgan rasmdan (9.3-rasm) foydalanib umurtqali hayvonlar va boshoyoqli mollyuskalarning ko’z tuzilishini diqqat bilan o’rganing va ulardagi anlogik organlarni aniqlab, rasmni daftarga chizing. 5. 9.3–jadvalda berilgan hayvon belgilarini, morfologik kelib chiqishi, o’xshashligi va funkitsiyasini(gomologiya, analogiya, goymologiya) aniqlang va jadvalni to’ldiring. Gomologiya, analogiya, goymologiya va atavizmga ta’rif bering.