O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə113/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

Ta`limning ko‘rgazmaliligi - mavhum tushunchalarni egallashda bilish uchun asos hisoblanadi. Bu yerda «ko‘rgazmalilik» tushunchasi buyumlar (masalan, mashina detallari va boshqalar)ning bevosita o‘zlari emas, balki ularning grafik tasvirlari bilan bog‘liqligini qayd qilish zarur. Har qanday tasvir, chizma buyumni his qiladigan ko‘rish organlarimiz orqali fahmlanadi. Shuning uchun ko‘rgazmalilik inson miyasida chizmada ob'ekt belgilarini modellashtirish natijasida hosil bo‘ladigan ko‘rinish obrazi deb qabul qilinadi.
Bu tamoyil o‘quvchilar materialni yaxshi o‘zlashtirishlariga xizmat qiladi. Y.A.Komenskiy ta'limda barcha sezgi organlariga tayanish lozimligini ta'kidlangan: ko‘rinadiganini - ko‘rish, eshitiladiganini - eshitish, hid taratayotganini - hidlash, his qilish mumkin bo‘lganini - his qilish.
Hozirgi sharoitda chizmachilik darslarida bu tamoyil faqatgina jadval, plakat, dinamik qo‘llanmalar, modellar, detallar, uzellar kabilar emas balki qo‘shimcha ravishda ko‘p sonli audiovizual vositalar (turli proeksion - apparatlar, kino, televedeniya) hamda EHM (displeylar, grafyasagichlar)dan keng foydalanib qo‘llanilmoqda. Chizmachilikda ko‘rgazmalilikdan foydalanish meyorida asoslan-gan bo‘lib, o‘quvchilarda fazoviy tasavvur va fazoviy obrazli fikrlashning rivojlanishiga zarur yetkazmasligi kerak.
Ko‘rgazmali qo‘llanmalar o‘quvchilarning chizmachilik kursini o‘rganishlari va grafik topshiriqlarni bajarishlarida yordamlashish maq-sadida tayyorlanadi. O‘quv-ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tekis (plakatlar) va hajmli (modellar va detallar namunalari) qo‘llanmalarga ajratish mumkin. O‘z kasbiga ijodiy yondashadigan chizmachilik o‘qituvchilari faqatgina standart o‘quv-ko‘rgazmali qo‘llanmalar bilan chegaralanib qolmasdan mustaqil ravishda original plakatlarni tayyorlab dars jarayonida foydalanishi ham mumkin. O‘rganilayotgan mavzuning xarakterli tomonlarini ochib beradigan bunday plakatlar ayniqsa o‘quvchilar uchun yangi, tushunishlari qiyin bo‘lgan mavzularda juda katta yordam beradi. Foydalanish usullari va tuzilish printsiplariga ko‘ra ularni statik va dinamik plakatlarga bo‘lish mumkin. Ko‘zlangan mavzuni bitta tekislikda bajarilgan tasvir va shakllar orqali ochib berishga mo‘ljallangan plakatlar statik, mavzuni bayon qilish jarayonida tarkibiy qismlari biri ikkinchisiga nisbatan harakatlantiriladigan plakatlar dinamikplakatlar deyiladi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin