2.2.O‘qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon etishda davom etadi (3-5 ilova).
2.2. Tasvirlar bilan bilan tanishib, ularning mazmunini muhokama qiladi.
2.3.Talabalarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qaratishi uchun interaktiv metodlardan foydalanadi (So’z kaliti, Baliq skeleti texnologiyalari) (6-ilova).
2.3.Interaktiv metodlar orqali mavzuni o‘zlashtiradi.
3-bosqich
Yakuniy
(10 min.)
3.1.Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalaga qaratadi.
3.1.Eshitadi, o‘z fikrlariga aniqlik kiritadi.
3.2.Faol ishtirok etgan talabalar baholanadi.
3.2. Baholash mezoni bilan tanishadi va ball to‘playdi.
3.3. Uyga vazifa:Muhandislik grafikasi fanlarini o’qitishda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishga keltirish va ma’ruzadagi nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtiradi.
3.3.Topshiriqni yozib oladi.
Muhandislik grafikasi fanlarini o’qitishda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish.(1-ilova) 1.Reja:Axborot-pedagogik texnologiyalar.
Respublikamizda elektron o‘quv adabiyotlaridan foydalanishga mo‘ljallangan axborot - pedagogik texnologiyalari vositalarini rivojlantirish shuningdek,
masofali o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha salmoqli ishlar olib borilmoqda. Elektron adaboyotlar yaratishning ilmiy-uslubiy tomonlari ko‘pgina olimlar tomonidan tatbiq etilmoqda.
Masofali va ochiq ta'lim tushunchasini ko‘pincha bir-biri bilan aralashtirib yuborishadi, hattoki bir deb tushunishadi. Lekin ta'lim berishning masofali shakli o‘qitish texnologiyasi hisoblanadi. Shuning uchun masofali ta'lim berish emas balki, masofali o‘qitish deyish to‘g‘ri bo‘ladi. Masofali o‘qitishni ta'minlashda ta'lim berish texnologiyalari majmui qo‘llaniladi.
Masofali o‘qitishni tashkil qilishda elektron darsliklar asosiy muhim omil hisoblanadi. Shu boisdan avval elektron darsliklar haqida fikr yuritiladi.
Elektron-pedagogik-metodik darslik - davlat ta'lim standarti, o‘quv dasturi, uslubiyot va didaktik talablar asosida belgilangan, milliy istiqlol g‘oyasi singdirilgan, muayyan o‘quv fanning mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh ta'lim yo‘nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan bo‘lishi ekanligini ta'kidlash joiz.
Elektron darslik kompyuter texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta'lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan bo‘ladi.
- o‘quv va amaliy materiallar faqat verbal (matn) shaklida;
- o‘quv materiallar verbal va ikki o‘lchamli garafik shaklda;
- multimediya (ko‘p axborotli) qo‘llanmalar, ya'ni ma'lumot uch o‘lchamli grafik ko‘rinishida, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal shaklida;
- taktik (his qiluvchi, seziladigan) hususiyatli, o‘quvchi (tinglovchi- o‘quvchi)ni “elektron olamida” stereo nusxasi tasvirlangan haqiqiy olamga kirishi va undagi ob'yektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda
ifodalanadi.
Elektron darslik yaratishda uchta asosiy komponent:
- o‘quv materialni bayon etish;
- amaliy mashgvulotlar bajarish;
- teskari aloqa (talabalar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirayotganlik darajasini aniqlash jarayoni). Ana shular e'tiborga olinadi.
Elektron darslik o‘quvchi bilim olishini vaqt bo‘yicha chegaralamaydi, o‘quvchining hohishiga ko‘ra qisqarishi yoki kamayishi mumkin.
Elektron darslik o‘quvchilarga axborotni o‘qish, darslarni tinglash, amaliy mashg‘ulotlarga mo‘ljallangan vazifalarni bajarish, o‘z bilimlarini tekshirish va zarur hollarda ularni to‘ldirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish kabi bilim shakllarini tavsiya etish mumkin.
Kompyuterga mo‘lajalangan darslik:
- bir onda teskari aloqani ta'minlashi;
- zarur axborotni tezlikda topishga yordam berishi;
- gipermatnli tushuntirishga ko‘p marta murojaat qilishga vaqtni iqtisod etishi;
- ekranga matnni to‘g‘ridan-to‘gvri chiqaribgina qolmay balki, multimediya texnologiyasi orqali ovozli tahlil qilish va modellashtirishi;
- aniq bir bo‘lim bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajalariga mos holda tezlikda bilimini baholay olishi imkoniyati;
- zarur o‘quv axborotlarni yangilash imkoniyatini mavjudligi bilan an'anaviy darsliklardan farq qilishi lozim.
Demak, elektron darslik o‘quv materiallarini ilmiy va ko‘rsatmali qilib tasvirlash; tahliliy-sintetik imkoniyati; axborotni to‘la, sistemali va mantiqiy ketma-ketlikda tasvirlash, o‘quv materialini bir sistemada va faollashtirish kabi axborot bilim; muammoli va o‘quv materialini o‘zlashtirishning mustahkamligi; ta'limni differensiyalashga va individualligi; moslanuvchanligi va emotsional ta'sirchanligi kabi psixo-pedagogik; to‘la didaktik ta'lim davriyligi, ta'limni interfaolligi, teskari aloqa, o‘z-o‘zini boshqarish shuningdek, sinf (auditoriya) va sinfdan tashqaridagi muslaqil ishlash jarayonida darslik bilan ishlash mumkinligi; ishlashda qulaylik; katta hajmdagi axborotni saqlashning osonligi va o‘quv adabiyoti bilan ishlash uchun zarur maxsus texnik jihozlarni (masalan, kompyuterlarni) mavjudligi kabi tashkiliy-texnologik imkoniyatlarini mavjud bo‘lishini taqozo etadi.
Shuningdek, elektron darsliklar quyidagi hususiyatlarga ega bo‘lishi lozim:
- predmetdagi axborotlarning yaxshi tuzulishga egaligi;
- o‘quv predmetning tuzulishiga elementlariga namoyishli, audio va video jihozlarga asosiy mavzularni mos kelishi;
- matn va namoyish qilish bilan bir qatorda, darslikni asosiy bo‘limlari bo‘yicha o‘qituvchilarning o‘quv materialini video yoki audio yozuvli bayonlarini berilishi;
- chizma, model va sxemalarni tezlikda tushutirish sistemasiga ega bo‘lishi va bunda gipergrafikadan foydalanish;
- ko‘p oynalik interfeysni qo‘llanilishi;
- matn qismlarida azrur manba'larga murojaat etishga mo‘ljallangan gipermatn sistemasini mavjudligi;
- matn bilan tanishtirish qiyin bo‘lgan predmetning boblari qo‘shimcha video axborot va animatsiyali kliplar bilan ta'minlanishi;
- audio axborotlar musiqa bilan olib borilishi;
- o‘quvchilar sinf va sinfdan tashqarida bajarishi kerak bo‘lgan vazifa va mashqlar hamda ularning javoblarini berilishi;
- asosiy tushuncha va modullarning izohli lug‘atini mavjudligi bilan an'anaviy darsliklardan farq qilishi kerak. Elektron darslikning har bir bo‘limidan so‘ng o‘quv materialini mustahkamlash uchun savollar va mashq hamda topshiriqlar berilishi maqsadga muvofiqdir.
Masofali o‘qitishda elektron darsliklardan foydalanish orqali o‘quv-tarbiya jarayoni jadallashtiriladi va uning asosiy omillari:
-bir maqsadga yo‘naltirilganligini ko‘rish;
-o‘quvchilarning motivatsiyasini kuchaytirish;
-o‘quv mazmunini axborotli hajmini kengaytirish;
-o‘quvchilarning o‘quv-bilish harakatini faollashtirish;
-o‘quvchilarning amaliy darajasini tezlashtirishlarni kiritish mumkin.
Yuqorida bayon etilganlar asosida elektron darsliklarni yaratish tamoyillari quyidagilar:
-o‘quv axborotlarni notekis va ko‘p darajada tasvirlash;
-o‘quvchiga mustaqil va individuallashtirilagan bilim olishi;
-o‘quvchining psixik faoliyatini kuzatish va amaliy faolligini rivojlantirish xususiyatlarini integratsiyalash.