O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. U. Raxmonov


Transformatorning quvvatini tanlash



Yüklə 2,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/102
tarix14.09.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#143562
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102
Электр таьминоти асослари Дарслик

Transformatorning quvvatini tanlash
Transformatorlar quvvatlarini hisobiy yuklamalarga mos ravishda 
qabul qilinadi. Shu bilan birga, transformatorning iqtisodiy ish rejimi va 
iste’molchilarning elektr ta’minoti bo‘yicha ishonchlikni ta’minlashni ham 
hisobga olinadi. Me’yoriy sharoitda transformatorning yuklamasi uning 
tabiiy ishlash muddatini qisqartishi kerak emas. 
Transformatorning nominal quvvati deganda shunday yuklanish 
tushuniladiki, unda nominal ish sharoitida, belgilangan ishlash muddati 
davomida(taxminan 20 yil) transformator uzluksiz ishlay oladi. 
Transformatorning normal ish sharoitida quyidagi shartlar bajarilishi zarur:
1. 
Sovutuvchi muhitning harorati - 20

C; 
2. 
Transformator yog‘ining o‘rtacha harorati atrof-muhit haroratidan 44


ga(M va D sovutish tizimlari uchun) yoki 36

C ga(DS, S sovutish tizimlari 
uchun) oshmasligi kerak;
 
3. 
Chulg‘amning eng qizigan nuqtasidagi harorat uning o‘rtacha 
haroratidan 13

C ga oshmasligi zarur;
 
4. 
Q.T. nobudgarchiligini salt ishlash nobudgarchiligiga nisbati taxminan 
beshga teng bo‘lishi kerak;
 
5. 
Izolyatsiya harorati o‘rtacha(85

C) haroratga nisbatan 6

C o‘zgarsa, 
uning ishlash muddati ikki marotabaga o‘zgaradi;
 
6. 
O‘tish jarayonlarida transformator yog‘ining yuza qismidagi harorat 
95

C dan, chulg‘am metallining eng qizigan qismining harorati esa 140




111 
dan oshmasligi kerak. 
 
Atrof-muhit 
haroartining 
oshishi 
transformator 
izolyatsiyasi 
eskirishini tezlashtiradi. Atrof-muhitning yillik o‘rtacha harorati 
C
ish
0
.
5


bo‘lsa, transformatorning nominal quvvati uning pasportida ko‘rsatilgan 
quvvatdan farqli bo‘ladi, ya’ni:









100
5
1
.
.
.
.
ish
i•
t
n
t
˜
n
S
S

Bu yerda, S
n.t.
- transformatorning nominal quvvati; S
n.t.i
– atrof-muhitning
8.3-rasm. a) Transformator ishlash vaqtini uning ishchi haroratga bog‘liqligi,
b) Transformatorning yuklanish holati.
harorati 

m
=35
0
C va o‘rtacha yillik harorat 

o‘rt
=5
0
C bo‘lgan sharoit uchun 
transformatorning pasportida ko‘rsatilgan quvvat.
Atrof-muhit haroratining 35

C dan har bir gradusga oshishi 
transformatorning nominal quvvatini mos ravishda qo‘shimcha 1% ga 
kamayishiga olib keladi va bu jarayon

m
=45
0
C ga davom etadi. Atrof-
muhit harorati +45

C dan ortsa, sovutish tizimi ishini jadallashtirish zarur 
a)
b) 


112 
bo‘ladi.
Transformatorlar quvvatlarini tanlashda ularning o‘ta yuklanish 
imkoniyatlarini hisobga olish kerak. Aks holda, o‘rnatilayotgan 
transformatorning quvvatini zaruriyatsiz katta qabul qilishga to‘g‘ri keladi. 
Ekspluatatsiya jarayonida transformatorlarni sistematik yoki favqulotda 
holatlarda o‘ta yuklatish mumkin.
Transformatorni favqulotda(avariya) holatda 5 sutka davomida 40% 
gacha o‘ta yuklatishga ruxsat etiladi. Bunday yuklatishning vaqti har 
sutkada 6 soatdan oshmasligi kerak. Buning uchun avariya holatigacha 
transformatorning yuklamasi uning pasportida ko‘rsatilgan quvvatning 
0,93 qismidan oshmagan bo‘lishi zarur. Qisqa muddatli o‘ta yuklanishni 
miqdorini sovutish tizimi M, DS va S bo‘lgan trasformatorlar uchun shu 
rasmda ko‘rsatilgan grafik yordamida aniqlanadi.
Transformatorning sistematik ravishda o‘ta yuklanish imkoniyati 
yuklanish grafikining to‘ldirish koeffitsientiga bog‘liq: 

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin