O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

Mavzuning maqsadi: 
 
1. Mulkiy munosabatlarning huquqiy va iqtisodiy ma‘nosini bilish;
2. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi, muqobil xarajatlarning 
oshib borish qonunlarini bilish;
3. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish o‗rtasida-
gi farqni bilish;
4. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish model-
larini bilish. 
5. Xo‗jalik faoliyati va iqtisodiy samaradorlik tushunchalarining mo-
hiyatini ochish; 
6. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‗i nimani ifoda etishini 
aniqlash va uning yordamida muqobil xarajatlar mohiyatini, shuningdek 
muqobil xarajatlar va daromadlarning kamayib borishi qonunlarining 
mohiyatini ochib berish; 
7. Turli iqtisodiy tizim sharoitida yuzaga keladigan asosiy iqtisodiy 
muammolarni shakllantirish va ularni hal qilish usullarini aniqlash; 
8. Natural va tovar xo‗jaligi tushunchalarini aniqlash va uning asosiy 
belgilarini ko‗rsatib berish.
9. Tovarning mohiyati va xususiyatlarini o‗rganish.


25 
10. Mehnatning qiymat nazariyasi va chegaraviy naflilik nazariyalari 
tushunchalari.
11. Pulning vujudga kelishi, mohiyati va uning vazifalarini, pul muo-
malasi qonunini tushuntirib berish. 
Ma‘ruza
Mulkchilik munosabatlari - 
bu mulkka egalik qilish, foydalanish, 
tasarruf etish va o‗zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy 
munosabatlardir. 
Mulkka 
egalik qilish
mulkning egasi qo‗lida saqlanib turishini 
bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‗zlashtirishning ijtimoiy 
shaklini ifodalaydi. Mulkdan 
foydalanish
– bu mol-mulkning iqtisodiy 
faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‗llanilishidir. Mulkni 
tasarruf etish
- bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U 
mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi 
hollar orqali ro‗y beradi. 
Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar 
mazmunini o‗zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy 
mazmuni o‗zaro bog‗liq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli 
mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya 
hisoblanadi. Bu birlikda, hal qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy 
tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro‗yobga chiqarilmasa, 
ya‘ni o‗zlashtirilmasa, ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk 
egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» kategoriya sifatida 
qoladi. 
Mulkka aylangan barcha boylik turlari 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin