26
Davlat mulki –
egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat
ixtiyorida bo‗lgan mulk obyektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki
yo‗l bilan hosil bo‗ladi:
1) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo‗liga olish;
2) davlat mablag‗lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli
korxona va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish.
Jamoa mulki –
muayyan maqsad yo‗lida jamoaga birlashgan kishilar
tomonidan moddiy va ma‘naviy boyliklarni hamjihatlik bilan
o‗zlashtirishni bildiradi.
Shaxsiy mulk
– bu fuqarolar mulki bo‗lib, ularning shaxsiy yoki
oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Xususiy mulk – ayrim
sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o‗z egasiga
foyda keltiruvchi mulkdir.
Xususiylashtirish
- davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan
xususiy shaxslarga o‗tishidir
O‗zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari:
I-bosqich (1992-1993 yillar) - Umumiy uy-joy fondini, savdo,
mahalliy sanoat, xizmat ko‗rsatish korxonalarini, qishloq xo‗jalik
mahsulotlarini qayta ishlash tizimi korxonalarini xususiylashtirish
II-bosqich(1994-1995 yillar) - Ko‗plab o‗rta va yirik korxonalar
hissadorlik jamiyatlariga aylantirish hamda ularning aksiyalarini
respublika qimmatbaho qog‗ozlar bozorida sotish
III-bosqich (1996-1998 yillar) - Aksiyalarining nazorat paketi davlat
mulkida bo‗lgan yirik korxona va tarmoqlarni xususiylashtirish
IV-bosqich (1998-2002 yillar) - Xususiylashtirilgan korxonalarga
xorijiy investitsiyalarni jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va
mulkchilik yangi munosabatlarini to‗laqonli amal qilishi uchun
sharoitlar yaratish
V-bocqich (2003 yildan boshlab) - Xususiylashtirish jarayonlari
samaradorligini oshirish va jadallashtirish, iqtisodiyotda xususiy
sektorning ishtirokini faollashtirish va salmog‗ini oshirishdir.
Ishlab chiqarish jarayonida haqiqatda qo‗llaniluvchi barcha resurslar
Dostları ilə paylaş: