O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

 
ishlab chiqarish omillari 
deyiladi. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat‘i 
nazar uchta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari 
bo‗lishi shart. 
Ishchi kuchi 
deb insonning mehnat qilishga bo‗lgan aqliy va 
jismoniy qobiliyatlarining yig‗indisiga aytiladi.


27 
Mehnat qurollari
deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat 
predmetlariga ta‘sir qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar, stanoklar, 
traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar). 
Mehnat predmetlari
esa 
bevosita mehnat ta‘sir qiladigan, ya‘ni mahsulot tayyorlanadigan 
narsalardir (yer, suv, xomashyo va boshqa turli materiallar). Mehnat 
predmetlari tabiatda tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi 
davrdagi mehnat mahsuli, ya‘ni xomashyo bo‗lishi mumkin. Mehnat 
qurollari va mehnat predmetlari birgalikda 
ishlab chiqarish vositalari 
deb yuritiladi. Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi; 
shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari hamma ijtimoiy-iqtisodiy 
tizimlar, insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir. 
Ishchi kuchi insonning mehnatga bo‗lgan aqliy va jismoniy 
qobiliyatlarining yig‗indisi bo‗lganligi uchun bozor iqtisodiyoti davrida 
inson emas, mehnat jarayoni ham emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida 
sotiladi, uning boshqa tovarlar kabi qiymati va nafliligi mavjuddir va 
binobarin, uning bozori bo‗ladi.
Biz kapital deganda o‗z egalariga daromad keltiradigan ishlab 
chiqarish va xizmat ko‗rsatishning hamma sohalarida ishlatiladigan 
ishlab chiqarish vositalarini, sotishga tayyor turgan tovarlarni, yangi 
vositalar va ishchi kuchini sotib olishga mo‗ljallangan pul mablag‗larini, 
ularning ashyoviy tomoni va qiymatining birligini tushunamiz.
Hamma adabiyotlarda yerga deyarli bir xil tushuncha beriladi, ya‘ni yer 
deganda tuproq unumdorligi, o‗tloqlar, yaylovlar, suv, havo, o‗rmon, 
qazilma boyliklar, umuman tabiiy resurslar tushuniladi. 
Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya‘ni ishlab chiqarish vositalari va 
ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qo‗shilishini 
ta‘minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, 
iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo‗rqmaydigan kishilarga 
aytiladi; bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin