O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/122
tarix12.10.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#154570
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova

Standartlashtirish tanlanmasi. 
Standartlashtirishda sinaluvchilar tanlanmasi alohida ahamiyatga ega. 
Bunda 2 ta tushuncha farqlanadi: 


63 

Sinaluvchilar bosh majmui (populyatsia); 

Tanlanma. 
Tadqiqot o`tkazilishi va xulosalar chiqarish rejalashtirilayotgan ko`p sonli 
kishilar majmuyi 
sinaluvchilar bosh majmuyi
deyiladi. 
Tanlanma – 
bu sinaluvchilar bosh majmyining bir qismi yoki bo`lagi. 
Tadqiqot populyatciyada emas, tanlab olingan kishilar guruhida 
o`tkaziladi. Tekshiruv standartlashtirish tanlanmasida o`tkazilib, uning natijalari 
asosida xulosalar bosh majmuiga nisbatan ham chiqariladi. Baholash ishonarli 
bo`lishi uchun tanlanma 
reprezentativ 
bo`lishi, ya`ni uning xususiyatlari bosh 
majmua xususiyatlariga o`xshash yoki yaqin bo`lishi kerak. 
Masalan, 
A.Anastazi, 
Veksler 
shkalasi 
standartlashtirilayotganda 
reprezentativ tanlanmani shakllantirishni misol keltiradi. Tanlanma 1700 
kishidan iborat bo`lib, unda ayollar va erkaklar soni teng. 16 yoshdan 64 
yoshgacha bo`lgan sinaluvchilar 7ta yosh darajasiga ko`ra taqsimlangan (bunda 
geografik xududlarga, qishloq va shaharga mansubligiga ko`ra, oq va qora 
tanliligiga ko`ra, ma`lumotlilik darajasi va kasbiga ko`ra AQSH oxirgi aholini 
qayd etish ma`lumotlariga ko`ra proportcional taqsimlanish hisobga olingan. 
Har bir yosh darajasi bo`yicha tanlanmaga aqli zaiflar muassasalaridan bir ayol 
va bir erkak qo`shilgan. 
Reprezentativlikni ta`minlash yo`llaridan biri – populyatciyani chegaralash 
hisoblanadi.Masalan, 15 yoshlilar emas, 15 yoshli maktab o`quvchilari. 
Populyatciyani chegaralash quyidagi belgilar asosida amalga oshirilishi 
mumkin: 
- yoshga 
- jinsga 
- ijtivoiy kelib chiqishiga 
- kasbiga 
-ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga 
-salomatligiga ko`ra. 


64 
Diagnostik metodikatini tuzuvchi qaysi populyatciy uchun metodika 
mo`ljallanganligini, ya`ni normative ko`rsatkichlar ishlab chiqilganligini e`lon 
qilishi kerak. 
Standartlashtirish tanlanmasiga sinaluvchilarni ajratib olish quidagicha 
amalga oshiriladi: 
- populyatciyaga tavsif beriladi (yoshi, ma`lumotliligi, kasbi va h.). 
-populyatciya bir necha qismlarga ajratiladi. 
-sinaluvchilar tasodifiy tarzda tanlab olinadi (masalan, alfavit bo`yicha, jadval 
bo`yicha). 
Demak, tanlanma
 – 
bosh majmuadan ajratib olingan tekshiruv 
o`tkaziladigan sinaluvchilar. Tanlanma hajmi ishonchli ma`lumotlar olish uchun 
200 nafardan kam bo`lmasligi kerak. 
Psixologik testlarning natijalarini talqini qilishda esa standartlashtirish 
tanlanmasida aks etgan normalarga tayaniladi. Bunday normalar empirik yo‘l 
bilan belgilanadi. Reprezentativ guruh vakillarining ko‘rsatkichlari 
haqqoniyligini test bilan muvofiqlashtiriladi. Standartlashtirish vaqtidagi baholar 
taqsimoti haqiqiy sinaluvchining birlamchi bahosi (“quruq ballar” )
taqsimotda qanday o‘rin olganligiga asoslanadi. Uning ko‘rsatkichlari
guruhning o‘rtacha qiymatiga mos keladimi yoki yo‘qligi aniqlanadi.
12
Individuumning standartlashtirish tanlanmasidagi holatini aniqlashda
uning “quruq ball”ari nisbiy mezonlarga asoslanib ish ko‘radi. Ishlab 
chiqiladigan baholar ikki maqsadga muvofiq amalga oshiriladi. Birinchidan,
ular sinaluvchining normativ tanlanmadagi nisbiy holatini aniqlashga 
ko‘maklashadi va ulardagi olingan qiymatlar boshqa sinaluvchilarning natijalari 
bilan o‘zaro taqqoslanadi. Ikkinchidan, ular individuumning har xil testlardan 
olgan natijalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri solishtirishni ta’minlaydi. Masalan, qiz bola 
lug‘atli testdan 40 ball va arifmetik testdan 22 ball to‘pladi. Bu ikki natija har 
ikkala test bo‘yicha hech narsa bermaydi. Bu yerda sinaouvchi qaysi testni 
12
Аnastasi A, Urbina S. Psychology Testing. Prentice-HallInternational,Inc.- р. 57


65 
yaxshiroq bajargan degan savolga javob olib bo‘lmaydi. Ular o‘rtasidagi 
farqlarni topimsh uchun har xil testlarning standart normasiga asoslaniladi.

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin