9
KIRISH
Bugungi kunda korxonalar faoliyatini samarali
tashkil etish masalasiga
mamlakatimizda jiddiy e‘tibor qaratilmoqda va bu boradagi yondashuvlarni tubdan
o‗zgartirish maqsadida qator-qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Aksiyadorlik
jamiyatlari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida mamlakat miqyosida iqtisodiy
islohotlar amalga oshirilayotgan bir vaqtda ular faoliyatining asosiy mezonlaridan biri
bo‗lgan dividend siyosati xususida to‗xtalish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Shundan kelib chiqqan quyida dividend siyosatining amaldagi holati,
dividend
siyosatini samarali tashkil etish masalalariga etibor berishimiz lozim.
Mamlakatimiz Prezidenti 2019- yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng
muhim
ustuvor
vazifalari
to‗g‗risidagi
Parlamentga
Murojaatnomasida
mamlakatimiz bank-moliya tizimini isloh qilish va mustahkamlash bo‗yicha quyidagi
vazifalarga e‘tiborni qaratdilar. ―Uchinchidan, bank va moliya tizimida islohotlarni
jadal davom ettirish, sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini keng joriy etish zarur.
Bugungi kunda bank tizimidagi eng asosiy muammo – ular kapitalining asosiy qismi,
ya‘ni, 83 foizi davlatga tegishli ekanidir. Hukumat va Markaziy bank xalqaro moliya
institutlari ko‗magida bank-moliya tizimini rivojlantirish bo‗yicha uzoq muddatli
strategiya ishlab chiqishi lozim.‖1-deb ta‘kidlab o‗tdilar.
Biz bilamizki Korxonalarda
dividend siyosati doirasida ko‗rib chiqiladigan olingan foydani taqsimlash masalasi
kapital tarkibi va uni jalb qilish muammosi bilan bevosita bog‗liq va muhimligi
bo‗yicha undan kam bo‗lmagan muammo hisoblanadi. Dividend siyosatidagi asosiy
muammo olingan foydaning aksiyadorlar o‗rtasida dividend ko‗rinishida to‗lanadigan
qismi va foydaning biznesni yanada rivojlantirish uchun yo‗naltiriladigan
qismi
o‗rtasidagi optimal nisbatni belgilashni nazarda tutadi. Dividend siyosatining asosiy
maqsadi dividendlar to‗lash qarorlarini qabo‗l qilish, miqdorini belgilash, ularni
to‗lash tartibi va muddatlari shaffof va aksiyadorlarga tushunarli mexanizmini
belgilash. Jamiyat dividend to‗lovlari qoldiq siyosatiga rioya qiladi.
Ushbu siyosat
foyda hisobidan Jamiyatning investitsion imkoniyatlarini amalga oshirish uchun
1
Sh. M. Mirziyoev. O‗zbekiston Respublikasining 2019-yilda mamlakatni rivojlantirishning eng muhim ustuvor
vazifalari to‗g‗risida parlamentga murojaatnomasi. Xalq so‗zi, 2018-yil 29-dekabr. №271-272-soni, 2-bet.
10
to‗liq ta‘minlovchi o‗z moliyaviy resurslarini shakllantirish ehtiyojlar qondirilgandan
so‗ng dividend to‗lash fondi tuzilishini nazrda tutadi. Dividend siyosati, jamiyatning
rivojlanish strategiyasida belgilangan maqsadlar va vazifalaridan kelib chiqib Jamiyat
aksiyadorlarining yillik umumiy yig‗ilishida yangi Dividend siyosati qabo‗l
qilingunga qadar amal qiladi.Jamiyatning Dividend siyosati Jamiyat hamda uning
aksiyadorlari
manfaatlarining muvozanati, daromadni qisman kapitallashtirishda
Jamiyatning jozibadorligini oshirish, aksiyadorlarni hurmat qilish hamda ularning
O‗zbekiston Respublikasining
amaldagi qonunchiligi, Jamiyat Ustavi va ichki
hujjatlarida ko‗zda tutilgan huquqlariga to‗liq rioya etishga asoslangandir.
O‗zbekiston Respublikasining ―Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning
huquqlarini himoya qilish to‗g‗risida‖gi Qonunining (yangi tahriri) 48-moddasiga
asosan dividend jamiyat sof foydasining aksiyadorlar o‗rtasida taqsimlanadigan
qismidir. Jamiyat aksiyalarining har bir turi bo‗yicha e‘lon
qilingan dividendlarni
to‗lashi shart. Dividend aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi qaroriga ko‗ra pul
mablag‗‗lari yoki boshqa qonuniy to‗lov vositalari yohud jamiyatning qimmatli
qog‗ozlari bilan to‗lanishi mumkin.
Dividendlarni to‗lash chog‗ida birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo‗yicha,
so‗ngra oddiy aksiyalar bo‗yicha dividendlar to‗lanadi. Imtiyozli aksiyalar bo‗yicha
qat‘iy belgilangan dividendlarni to‗lash uchun yetarli miqdorda foyda mavjud
bo‗lgan taqdirda jamiyat mazkur aksiyalarning egalariga dividendlar to‗lashni rad
etishga haqli emas. Ana shu masalalar bo‗yicha haqiqiy ahvolni atroflicha
o‗rganishimiz, hozirgi vaqtda mutaxassislar tayyorlanayotgan
har qaysi ixtisoslik
yo‗nalishi real hayot talablariga qay darajada javob berishi, unga nafaqat bugungi,
balki yaqin istiqbolda qanday ehtiyoj borligini har tomonlama chuqur aniqlashimiz
lozim.
Mazkur o‗quv qo‗llanma iqtisodiy fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil
qilib, o‗z rivojida aniq yo‗nalishdagi iqtisodiy fanlar uchun zamin bo‗lib
xizmat
qiladi.