O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Mirsaidov, T. M. Sobirjonov nazariy mexanika



Yüklə 6,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/177
tarix14.12.2023
ölçüsü6,14 Mb.
#177756
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   177
Nazariy Mexanika darslik

II.BOB. 
STATIKA 
BOBNING MAQSADI: 
• Moddiy nuqtaning muvozanat holatini oʻrganish. 
• Qattiq jismning tekislikdagi va fazodagi muvozanat tenglamalarini 
tuzish va amalda qoʻllash. 
• Qattiq jismning ogʻirlik markazini aniqlash va ogʻirlik markazining 
texnikadagi va qurilishdagi ahamiyatini tushuntirish. 
• Jismlar sistemasining muvozanatini oʻrganish. Murakkab 
konstruksiyalarning statik hisobini bajarish.
• Fermalardan iborat konstruksiyalarning statik hisoblash. 
• Jismlarning oʻzaro ta’sirida ishqalanish kuchini hisobga olish va 
amalda qoʻllashni oʻrgatish. 
2.1. MODDIY NUQTANING MUVOZANAT HOLATI. 
Аgar moddiy nuqta boshqa jismlarga nisbatan tinch holatda yoki oʻzgarmas 
tezlik bilan harakat qilsa, 
moddiy nuqta muvozanat holatida 
deyiladi. Koʻpincha 
“muvozanat” yoki “statik muvozanat” deganda faqat “tinch holat” tushiniladi. 
Aslida esa, Nyutonning 1-qonuniga asosan, agar moddiy nuqta muvozanatda 
boʻlsa, unga ta’sir qiluvchi kuchlar yigʻindisi nolga teng. 
=0
(2.1)
bunda 
= – moddiy nuqtaga ta’sir qiluvchi
,
, ,
,…, ,
kuchlarning yigʻindisi (2.1.-shakl). Moddiy nuqtaga ta’sir etuvchi kuchlarni 
kesishuvchi kuchlar sistemasi 
deb hisoblash mumkin. 
Ammo yuqoridagi tenglama muvozanatning zaruriy shartidir, yetarli sharti 
emas. Chunki Nyutonning 2-qonunidan m =0 boʻlishi moddiy nuqtaning tezligi 
nolga yoki oʻzgarmas qiymatga teng boʻlishi kelib chiqadi. Shuning uchun moddiy 
nuqta tinch holatda yoki toʻgʻri chiziqli tekis harakatda boʻladi. 


32 
2.1-shakl. 
Demak moddiy nuqtaga ta’sir etayotgan kuchlar sistemasining muvozanat 
holatda bo‘lishligi uchun, ularning teng ta’sir etuvchisi, ya’ni ularning bosh 
vektori nolga teng bo‘lishi zaruriy hisoblanadi,
=0 yoki
=0 . (2.2) 
Ushbu muvozanat shartlarning geometrik va analitik ifodalari quyidagicha 
bo‘ladi: 
1. 

Yüklə 6,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin