O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Suv ombori yuzasida bo’ladigan bug’lanishni B.D.Zaykov ifodasida aniqlash



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə11/13
tarix26.02.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#85702
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Atmosfera yog’inlari va bug’lanish

4.4. Suv ombori yuzasida bo’ladigan bug’lanishni B.D.Zaykov ifodasida aniqlash
a) bug‘lanish miqdorini suv yuzasi temperaturasiga bog‘liq holda hisoblash.
Hisoblashlarni B.D.Zaykov ifodasi asosida aprel oyi uchun bajaramiz. To‘yingan suv bug‘ining elastikligi(e0)ni suv yuzasi temperaturasi (ts = 14,8 °S)ga bog‘liq holda 2.2-jadvaldan aniqlaymiz, e0 = 16,8 mb).
O‘rganilayotgan Qayroqqum suv omboridan bo‘ladigan bug‘lanishni suv yuzasi temperaturasiga bog‘liq holda hisoblash tartibi quyidagi 2.3-jadvalda keltirilgan.
Shamol ta'siri eng kuchli bo‘lgan Qayroqqum suv ombori yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish miqdori qolgan oylar uchun ham shu tartibda aniqlanadi.
b) bug‘lanish miqdorini havo temperaturasiga bog‘liq holda aniqlash.
Ko‘llar yoki suv omborlarida suv yuzasi temperaturasi ustida kuzatishlar amalga oshirilmagan taqdirda suv yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish miqdorini aniqlashda quyidagi tenglikdan foydalanamiz:



bu yerda: d200-2 metr balandlikdagi havoda namlik yetishmasligi; S-suv yuzasi va havo temperaturasi nisbatiga bog‘liq bo‘lgan geografik parametr, uning qiymati meteostansiyaning koordinatalari bo‘yicha B.D.Zaykov tomonidan tuzilgan maxsus kartadan aniqlanadi. O‘rta Osiyoning cho‘l, yarim cho‘l rayonlari chegaralari uchun S = 1,2 deb qabul qilish mumkin.
Ma'lumki, havodagi namlik yetishmasligi (d200) quyidagicha aniqlanadi:

d200 = е0 – е200 ,


bu yerda e0 ning qiymati meteorologik stansiyada qayd etilgan havo temperaturasi bo‘yicha 2.2-jadvaldan aniqlanadi: e0 = 18,0 mb.
Yuqoridagi tenglamalarni hisobga olib, B.D.Zaykov ifodasini quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin:



Hisoblash jadvali(2.4-jadval)ni shu ifodaga moslab tuzamiz. Aniqroq qilib aytganda, ushbu jadvalda har bir oydagi kunlar soni (n), to‘yingan suv bug‘ining elastikligi (e0), qayd etilgan suv bug‘ining elastikligi (e200), ularning farqi (e0-e200), shamol tezligi (v200) va, nihoyat, oylik bug‘lanish miqdori (Z) aks etishi lozim.
Yilning issiq davri, ya'ni aprel-oktyabr oylari­dagi yig‘indi bug‘lanish miqdorini hisoblash.
Yig‘indi bug‘lanish miqdori har ikki usulda, ya'ni suv yuzasi harorati va havo harorati asosida bajarilgan hisoblashlar natijalari bo‘yicha aniqlanadi.
Suv balansi usuli. Bug‘lanishni hisoblashning suv balansi usuli eng sodda usullardan biri bo‘lib, ushbu usul yordamida suv omborlari (ko‘llar, suv havzalari) dan bo‘ladigan bug‘lanish miqdori quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi:

Es = P + R1 - R2 + Rs - Ts – I – ΔS (1)


bu erda Ts - suv havzasidan bo‘ladigan transpiratsiya bo‘lib, u nolga teng. Rs- I - qaytarma oqim bilan va shimilish farqlari qiymatlari. Ushbu farqlarni ΔS orqali ifodalasak, yuqoridagi tenglama quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Es = P + R1 - R2 - Os – ΔS (2)


Tenglamaning barcha a'zolari hisob vaqti oralig‘ida Δt hajm birligida ifodalangan. Ushbu usulning afzalligi, oylik va yillik bug‘lanish miqdorini baholashda foydalaniladi. (2) ifoda yordamida shimilishga (Os) va bug‘lanishga sarflangan yig‘indi suv miqdorlarini aniqlash mumkin.
Ko‘llar uchun issiqlik balansi tenglamasi quyidagicha yoziladi:

Qo = Qs – Qr + Qa – Qar + Qv – Qbs – Qe - Qh – Qw (3)


bu erda: Qo - suvda tuplangan issiqliq miqdori; Qs - suv yuzasiga tushayotgan quyosh radiatsiyasi; Qr - quyosh radiatsiyasining qaytarilishi; Qa - atmosferadan o‘tuvchi uzun to‘lqinli nurlanish; Qv - suv massalari keltirgan issiqliq ( oqim bilan kelgan va chiqib kengan issiqliq farqi); Qar- uzun to‘lqinli radiatsiyaning qaytarilishi; Qbs- suvdan nurlanayotgan uzun to‘lqinli radiatsiya; Qe- bug‘lanishga sarflangan issiqlik; Qh- suv massalaridan issiqlik almashinish hisobiga suv tagidagi havo qatlamiga berilgan issiqlik; Qw- suv bug‘i bilan yo‘qotilgan issiqlik.
Ushbu tenglamadagi barcha elementlar sutkatiga 1 sm2 yuzadan kaloriya hisobida yo‘qotilish ko‘rinishida ifodalangan.
Qish oylarida, suv yuzi bir tekis yoki qisman muz bilan qoplamganda, issiqlik balansini hisoblash aniq bo‘lmaydi. Chunki muz yusasi harorati va muz qoplamidan qaytarilayotgan quyosh radiatsiyasi o‘lchash qiyinchilik to‘g‘diradi.
Ko‘pchilik hollarda kunlik bug‘lanishni issiqlik balansi tenglamasi yordamida hisoblash yaroqsiz. Bunday qisqa vaqtlarda energiya miqdorini o‘lchash amaliy jihatdan bajarib bo‘lmaydi. Haftalik yoki ko‘proq davomiylikka ega hisob davrlari uchun bug‘lanishni issiqlik balansi tenglamasi yordamida hisoblash qoniqarli natijalar bilan ta'minlashda ko‘piroq yaroqlidir.
Modomiki, issiqlik balansini tashkil qiluvchi ayrim elementlar bir xil emas. Shunga mos holda o‘larni aniq o‘lchashda talablar ham har hil bo‘ladi. Masalan, uzun to‘lqinli ratsiatsiyani o‘lchashdagi kichik hatolik (2%), oylik bug‘linish miqdorini baholashdagi hatolik 3-15% tashkil etishi mumkin. Shu vaqitda quyosh radiatsiyasining qaytarilish o‘lchash hatoligini 10% bo‘lganda, hatolik bor 1-5% ni tashkil etadi.
Yuqoridagi (3) tenglama yordamida bug‘lanishni aniqlashda odatda quyidagi ifoda qo‘llaniladi:


(4)
Bu yerda В – Boyen nisbati va u quyidagicha hisoblanadi.
(5)
bu yerda Cp- suvning solistirma issiqlik sig‘imi, kal/g0S; Te- bug‘lanayotgan suvning harorati; Tb - ma'lum miqdorning ixtiyoriy haorati, ko‘pincha 00S ga teng: L - bug‘ni xosil qiluvchi yopiq issiqlik, kal/g.
(3) ifodani yechishda Qe nisbatan olinganligini e'tiborga olsak, (4) va (5) ifodalar quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:


(6)
Ma'lum vaqt oralig‘idagi suv bug‘i qatlamini aniqlash uchun quyidagi ifodadan foydalanish mumkin:


(7)
bu erda E- bug‘lanish, sm3/(sm2sut), - suv bug‘ining zichligi, g/sm3. Shunday qilib issiqlik balansi tenglamasidan quyidagi ifodani olamiz:


(8)
Boyen nisbatini quyidagi ifoda bilan hisoblash mumkin.
(9)
bu yerda - atmosfera bosimi (mb); To - suv yuzasi harorati ( oS); Ta - xavo harorati ( oS); eo - suv yuzasi haroratida to‘yingan bug‘ning elastikligi (mb); ea - havodagi suv bug‘ining elastikligi (mb). Tabiatda bug‘lanish jarayoni har qanday namlik va issiqlik bor joyda sodir bo‘ladi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin