O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə12/13
tarix26.02.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#85702
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Atmosfera yog’inlari va bug’lanish

Transpiratssiya laboratoriya sharoitida lizimetrlar yordamida evoporatsiyani cheklagan holda, yo‘qotilgan suvning og‘irlik miqdorini o‘zgarishi orqali o‘lchash mumkin. Dala sharoitida transpiratsiyani aniqlashdan oldin maxsus koeffitsiyentlar aniqlab olinadi, so‘ngra dalada suvning ishlatilishi kuzatuv ishlari olib boriladi. Traspiratsiyani yirik masshtabli (katta maydonlarda) hududlarda aniqlashda dala amaliyoti yordamida o‘lchash imkonsiz. Shuning uchun umimiy suv sarflanishi (yevoporatsiya va transpiratsiya)ni keng ommalashgan. 1-jadvalda
Koloradoning Montroz hududida (AQSH) turli o‘simliklarning suv sarfi (yevaporatsiya va traspiratsiya) qiymatlari keltirilgan.
1- jadval
O‘simliklarning vegetatsiya davrida yoki sug‘orish davomida Koloradoning
Montroz hududida (AQSH) ularga sarflanadigan suv miqdori



Ekin turi

Suv sarfi, мм

Bedа

26.5

Makkajo’xori

19.5

Donli ekin

14.9

Pichan

23.3

Tabiiy o’simlik

37.3

Xulosa
Haroratni atrof muhit bilan issiqlik almashinuvisiz o'zgari-shiga adiabatik jarayon deb ataladi. Bunda gazlarning ichki energiyasi kuchga aylanadi va kuch ichki energiyaga aylanadi. Gazlarning ichki energiyasi mutloq haroratga teng, natijada haroratni o'zgarishi sodir bo'ladi.
Yuqoriga ko'tarilayotgan havo kengayadi va ma'lum bir ishni bajaradi, mazkur ishni bajarish uchun esa ichki energiya sarflanadi, natijada havoning harorati pasayadi.
Pastga tushayotgan havo esa zichligi ortishi munosabati bilan siqiladi, havoning
kengayishi uchun sarflangan energiya ajralib chiqadi va havo harorati ko'tariladi. Havo haroratining balandlik bo'yicha ortib borishiga inver-siya (inversio (lot) teskari) deb ataladi. Balandlik ortgan sari harorati ko'tariladigan qatlam inversiya qatlami deb ataladi.
Atmosferadagi namlar va ularni yer yuzasida taqsimlanishi bilan quyidagi harakatlar (jarayonlar) vujudga keladi: bug'lanish, kondensatsiya va sublimatsiya, tuman, bulut, chaqmoq, yog'inlar va h.k.
Yer yuzasidan (quruqlik, suv, muz, qor yuzasidan) ko'tari-layotgan namning bug' holatiga o'tishi bug'lanish deb ataladi. Suv bug'lari atmosferaga Yer yuzasini
bug'lanishi (fizik bug'-lanish) va transpiratsiya natijasida o'tadi. Fizik bug'lanish
deganda suv molekulalarini bugianish kuchini yengib, Yer yuzasidan ko'tarilib
atmosferaga o'tishiga aytiladi. Bug'la-nadigan yuza harorati qancha yuqori bo'lsa
molekulalarni harakati shuncha tez sodir bo'ladi atmosferaga shuncha ko'p suv
o'tadi. Havo suv bug'lariga to'yinishi bilanoq bug'lanish to'xtaydi. Bug'lanish uchun
ma'lum bir miqdorda issiqlik sar-flanadi. 1 g. suvni bugianishi uchun 597 kall.
Issiqlik sarfla-nadi. Okean yuzasidan quruqlikka nisbatan ko'p suv bug'lanadi.


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin