O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə166/178
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#194299
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   178
Abstrakt algebra-fayllar.org

6.4.3-tasdiq. K ⊂ F separabel va normal kengaytmada α, β ∈ F elementlar K maydonda qo‘shma bo‘lishi uchun, shunday ϕ ∈ Gal(F, K) avtomorfizm topilib, β = ϕ(α) bo‘lishi zarur va yetarli.


Isbot. Aytyaylik, β = ϕ(α) bo‘lib, f (x) ko‘phad α elementning minimal ko‘phadi bo‘lsin. Gal(F, K) Galua gruppasining ixtiyoriy avtomorfizmi K may- dondagi ixtiyoriy ko‘phad ildizini yana ildizga o‘tkazganligi uchun f (β) = 0. De- mak, α va β elementlar qo‘shma bo‘ladi.
Aksincha, agar α va β elementlar qo‘shma bo‘lsa, u holda Gal(F, K) gruppaning barcha elementlarini


deb olib,

ϕ1 = id, ϕ2, . . . , ϕn

ϕ1(α) = α, ϕ2(α), . . . , ϕn(α) (6.3)







elementlarni qaraymiz. Ixtiyoriy ψ ∈ Gal(F, K) avtomorfizm uchun
ψ(ϕ1(α)), ψ(ϕ2(α)), . . . , ψ(ϕn(α)) (6.4)
elementlarni qarasak, ushbu elementlar (6.3) elementlarning o‘rinlarini al- mashtirishdan hosil bo‘lgan elementlar bo‘ladi. Demak,

Y
n


g(x) = (x − ϕi(α))
i=1
ko‘phadning barcha koeffitsiyentlari ixtiyoriy ψ ∈ Gal(F, K) avtomorfizmda o‘zgarishsiz qoladi, ya’ni g(x) ko‘phad K maydonda aniqlangan ko‘phad bo‘ladi. Berilgan α element g(x) ko‘phadning ildizi bo‘lganligi uchun α elementning minimal f (x) ko‘phadi g(x) ko‘phadning bo‘luvchisi bo‘ladi. Bundan esa f (x) ko‘phadning β ildizi ham g(x) ko‘phadning ildizi ekanligi kelib chiqadi. g(x) ko‘phadning barcha ildizlari ϕj(α) ko‘rinishida bo‘lganligi uchun qandaydir j uchun β = ϕj(α).
Quyidagi teoremada normal kengaytmaga aynan normal qism gruppa mos ke- lishi ko‘rsatiladi.
6.4.2-teorema. Agar K ⊂ F separabel va normal kengaytmaning orasidagi L maydon K maydonning normal kengaytmasi bo‘lsa, u holda Gal(F, L) gruppa Gal(F, K) Galua gruppasining normal qism gruppasi bo‘ladi. Bundan tashqari, Gal(F, K) Galua gruppasining ixtiyoriy H normal qism gruppasiga mos keluvchi FH maydon K maydonning normal kengaytmasi bo‘ladi.
Isbot. Aytaylik, K ⊂ L kengaytma normal bo‘lsin. U holda 6.4.3-tasdiqqa ko‘ra ixtiyoriy α ∈ L element va ϕ ∈ Gal(F, K) avtomorfizm uchun ϕ(α) element α bilan qo‘shma bo‘ladi. K ⊂ L kengaytma normal bo‘lganligi uchun α elementning qo‘shmasi yana L maydonga tegishli, ya’ni ϕ(α) ∈ L. Demak, ϕ : F → F avto- morfizmni L maydonda aniqlangan deb qarash mumkin. Aniqroq qilib aytganda,
L maydonda quyidagicha ϕ akslantirishni aniqlaymiz
ϕ(α) = ϕ(α), ∀α ∈ L.





Ushbu ϕ akslantirish L maydondagi avtomorfizm bo‘lib, K maydonning ele- mentlarini o‘zgarishsiz qoldiradi, ya’ni ϕ ∈ Gal(L, K). Demak, biz Gal(F, K) gruppaning ixtiyoriy ϕ elementiga Gal(L, K) gruppaning ϕ elementini mos qo‘ydik. Ushbu moslik, bu ikkita gruppa o‘rtasidagi gomomorfizmdir. Ya’ni Ψ(ϕ) = ϕ kabi aniqlangan Ψ : Gal(F, K) → Gal(L, K) akslantirish uchun

Ψ(ϕ ◦ ψ) = Ψ(ϕ) ◦ Ψ(ψ)
munosabat o‘rinli. Ushbu Ψ gomomorfizmning yadrosi L maydonning barcha elementlarini o‘zgarishsiz qoldiradigan avtomorfizmlardan iborat bo‘ladi, ya’ni KerΨ = Gal(F, L). Ixtiyoriy gomomorfizmning yadrosi normal qism gruppa bo‘lganligi uchun Gal(F, L) gruppa Gal(F, K) Galua gruppasining normal qism gruppasi ekanligini hosil qilamiz. Demak, teoremaning birinchi qismi isbotlandi.
Aytaylik, Gal(F, K) Galua gruppasining ixtiyoriy H normal qism gruppasiga mos keluvchi FH maydon berilgan bo‘lsin. H normal ekanligidan ixtiyoriy ψ ∈ H va ϕ ∈ Gal(F, K) elementlar uchun ϕ−1 ◦ ψ ◦ ϕ ∈ H. Ya’ni ixtiyoriy α ∈ FH uchun (ϕ−1 ◦ ψ ◦ ϕ)(α) = α. Bundan esa, ψ(ϕ(α)) = ϕ(α) tenglikni, ya’ni ϕ(α) ∈ FH ekanligini hosil qilamiz. Bu esa, FH maydonning ixtiyoriy elementiga qo‘shma element yana shu maydonga tegishli ekanligini, ya’ni FH maydonning normalligini bildiradi.
Yuqoridagi teoremadan quyidagi natijani hosil qilamiz.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin