O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə164/178
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#194299
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   178
Abstrakt algebra-fayllar.org

6.4.2-tasdiq. Gal(F, FH) = H.


Isbot. Aytaylik, F = FH(θ) va |H| = m bo‘lib, H gruppaning elementlari
ϕ1 = id, ϕ2, . . . , ϕm
bo‘lsin. Quyidagi ko‘phadni qaraymiz

Y
m


h(x) = (x − ϕi(θ)).
i=1
Ma’lumki, ushbu ko‘phadning ildizlari
ϕ1(θ) = θ, ϕ2(θ), . . . , ϕm(θ) (6.1)
elementlardan iborat bo‘ladi. Ixtiyoriy ψ ∈ H avtomorfizm uchun
ψ(ϕ1(θ)) = ψ(θ), ψ(ϕ2(θ)), . . . , ψ(ϕm(θ)) (6.2)
elementlarni qarasak, ψϕ1, ψϕ2, . . . , ψϕm avtomorfizmlar H gruppaning barcha elementlarini berganligi uchun ushbu elementlar (6.1) elementlar bilan ustma- ust tushadi. Boshqacha qilib aytganda, ixtiyoriy ψ ∈ H avtomorfizm uchun h(x) ko‘phadning ildizlari faqat o‘rinlarini almashtiradi. Demak, o‘zgaruvchilari ϕ1(θ), ϕ2(θ), . . . , ϕm(θ) bo‘lgan ixtiyoriy simmetrik ko‘phadning qiymati ixti- yoriy ψ avtomorfizmda o‘zgarishsiz qoladi. h(x) ko‘phadning barcha koef- fitsiyentlari o‘zgaruvchilari ϕ1(θ), ϕ2(θ), . . . , ϕm(θ) bo‘lgan elementar simmetrik ko‘phadlardan iborat bolganligi uchun h(x) ko‘phadning barcha koeffitsiyentlari ixtiyoriy ψ ∈ H avtomorfizmda o‘zgarishsiz qoladi.
Demak, h(x) ko‘phadning koeffitsiyentlari FH maydonga tegishli, ya’ni h(x) ko‘phad FH maydondagi ko‘phad bo‘ladi. Ushbu h(x) ko‘phad θ ildizga ega bo‘lganligi uchun θ elementning f (x) minimal ko‘phadi h(x) ko‘phadning bo‘luvchisi bo‘ladi. Bundan esa, deg(f (x)) ≤ deg(h(x)) = m kelib chiqib, [F : FH] ≤ deg(f (x)) ≤ m ekanligini hosil qilamiz.
Endi FH maydon uchun Gal(F, FH) Galua gruppasini qarasak, |Gal(F, FH)| =
[F : FH] bo‘lib, ikkinchi tomondan esa, Gal(F, FH) Galua gruppasi FH maydonning barcha elementlarini o‘z joyida qoldiruvchi avtomorfizmlardan iborat, ya’ni H gruppaning barcha elementlarini o‘z ichiga oladi. Demak, |Gal(F, FH)| ≥ m. Shunday qilib, biz Gal(F, FH) = H ekanligiga ega bo‘ldik.
Endi K ⊂ F maydonlarning orasidagi ixtiyoriy L maydon uchun H = Gal(F, L) gruppani olib, FH maydonni qaraymiz. Ma’lumki, L ⊂ FH bo‘lib,
[F : L] = [F : FH] · [FH : L]
tenglik o‘rinli.

Ikkinchi tomondan esa,
[F : FH] = |Gal(F, FH)| = |H| = |Gal(F, L)| = [F : L]
ekanligidan [FH : L] = 1 kelib chiqadi. Demak, biz quyidagi natijaga ega bo‘lamiz.


6.4.1-natija. H = Gal(F, L) gruppa uchun FH = L bo‘ladi.
Demak, K ⊂ F kengaytma orasidagi ixtiyoriy L maydonga Gal(F, K) grup- paning H = Gal(F, L) qism gruppasini, va aksincha Gal(F, K) Galua gruppasi- ning ixtiyoriy H qism gruppasiga FH maydonni mos qo‘yish mumkin. Bundan tashqari, turli L1 va L2 maydonlarga turli qism gruppalar mos keladi. Chunki, agar Gal(F, L1) = Gal(F, L2) bo‘lsa, u holda L1 = FGal(F,L1) = FGal(F,L2) = L2.
Shunday qilib, biz quyidagi teoremaga ega bo‘ldik.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin