O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə160/178
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#194299
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   178
Abstrakt algebra-fayllar.org

6.2.2-misol. K = Q, F = Q(2) va P = Q(√4 2) bo‘lsin. Ma’lumki, Q(2)
maydon Q ratsional sonlar maydoni ustidagi x2 − 2 ko‘phadning yoyilish maydoni
bo‘lib, o‘z navbatida Q( 4 2) esa Q( 2) maydon ustidagi x2 − 2 ko‘phadning
yoyilish maydonidir. Ya’ni Q ⊂ Q( 2)va Q( 2) ⊂ Q( 4 2) kengaytmalar normal


kengaytmalar bo‘ladi. Lekin Q ⊂ Q( 4 2) kengaytma normal kengaytma emas,

√ √
chunki Q( 4 2) maydon ratsional sonlar maydoni ustida keltirilmas bo‘lgan x4 − 2 ko‘phadning ildizlaridan biri 4 2 sonini o‘z ichiga olib, boshqa bir ildiz i 4 2 esa ushbu maydonga tegishli emas.
Quyidagi tasdiqda esa tranzitivlik xossasi o‘rinli bo‘lishining zaruriy va yetarlilik shartini keltiramiz.
6.2.2-tasdiq. Bizga K ⊂ F va F ⊂ P normal kengaytmalar berilgan bo‘lsin. K ⊂ P kengaytmaning normal bo‘lishi uchun K maydonda shunday f (x) ko‘phad topilib, f (x) ko‘phadning F maydon ustidagi yoyilish maydoni P maydon bilan ustma-ust tushishi zarur va yetarli.
Isbot. Zaruriylik. Aytaylik, K ⊂ P kengaytma normal bo‘lsin. U holda K maydonda shunday f (x) ko‘phad topilib, ushbu ko‘phadning barcha ildizlari α1, α2, . . . , αn uchun P = K(α1, α2, . . . , αn) bo‘ladi. Bundan esa P ⊂ F(α1, α2, . . . , αn) kelib chiqadi.
Ikkinchi tomondan F ⊂ P kengaytma normal ekanligidan F(α1, α2, . . . , αn) ⊂ P
munosabatga ega bo‘lamiz. Demak, P = F(α1, α2, . . . , αn), ya’ni P maydon koef- fitsiyentlari K maydondan olingan f (x) ko‘phadning F maydon ustidagi yoyilish maydoni bilan ustma-ust tushadi.
Yetarlilik. Aytaylik, koeffitsiyentlari K maydondan olingan f (x) ko‘phad uchun P = F(α1, α2, . . . , αn) bo‘lsin, bu yerda α1, α2, . . . , αn elementlar f (x) ko‘phadning barcha ildizlari. K ⊂ F kengaytma normal bo‘lganligi uchun K maydonda shunday g(x) ko‘phad mavjudki, uning barcha β1, β2, . . . , βs ildizlari uchun F = K(β1, β2, . . . , βs). U holda P = K(α1, α2, . . . , αn, β1, β2, . . . , βs) bo‘lib, ushbu αi, βj elementlar f (x)g(x) ko‘phadning barcha ildizlarini beradi. Demak, P maydon K maydon ustidagi f (x)g(x) ko‘phadning yoyilish maydoni bo‘ladi. Bu esa, K ⊂ P kengaytma normal ekanligini bildiradi.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin