Bir o‘zgaruvchili ko‘phadlar to‘plami P (x) ko‘phadlarni qo‘shish va ko‘paytirish amallariga nisbatan halqa tashkil qilishini ko‘rsating.
Bir o‘zgaruvchili ko‘phadlar to‘plami P (x) ko‘phadlarni qo‘shish va super- pozitsiya amallariga nisbatan halqa tashkil qiladimi?
Quyidagi halqalarning barcha teskarilanuvchi elementlarini toping:
Z6, Z8, Z12, Z15, Z18, Z24, Z30.
Quyidagi halqalarda nolning bo‘luvchilarini toping:
Z5, Z8, Z12, Z15, Z22, Z24, Z30.
Quyidagi halqalarning barcha nilpotent elementlarini toping:
Z6, Z8, Z12, Z15, Z16, Z24, Z36.
Quyidagi halqalarning barcha idempotent elementlarini toping:
Z5, Z6, Z8, Z10, Z12, Z14. Z27.
Zn halqa noldan farqli nilpotent elementga ega bo‘lmasligi uchun n soni-
ning kanonik yoyilmasi n = p1p2 . . . pk(pi
ekanligini isbotlang.
pj) kabi bo‘lishi zarur va yetarli
Zn halqa nol va birdan farqli idempotent elementga ega bo‘lmasligi uchun
n = pr bo‘lishi zarur va yetarli ekanligini isbotlang.
Agar Zn halqada n = m · k bo‘lib, (m, k) = 1 bo‘lsa, u holda Zn halqa nol va birdan farqli kamida ikkita idempotent elementga ega ekanligini isbotlang.
Quyidagi halqalarning barcha idempotent elementlarini toping:
Z15, Z30, Z42, Z60, Z72, Z84. Z90.
Quyidagi halqalarning barcha nilpotent elementlarini toping:
Z40, Z44, Z60, Z72, Z180, Z252, Z300.
M2(R) halqaning barcha teskarilanuvchi, idempotent va nilpotent element- larini toping.
Z[i] = {x + iy | x, y ∈ Z} halqaning barcha teskarilanuvchi, idempotent va nilpotent elementlarini toping.
R halqa kommutativ bo‘lishi uchun (a + b)2 = a2 + 2ab + b2 bo‘lishi zarur va yetarli ekanligini isbotlang.
R halqa kommutativ bo‘lishi uchun a2 − b2 = (a − b)(a + b) bo‘lishi zarur va yetarli ekanligini isbotlang.
R halqaning ixtiyoriy a ∈ R elementi uchun a3 = a tenglik o‘rinli bo‘lsa, u holda R halqaning kommutativ ekanligini isbotlang.
Biri bor R halqaning a ∈ R nilpotent elementi uchun 1 − a va 1 + a element- larning teskarilanuvchu ekanligini isbotlang.
Agar a ∈ R element halqaning idempotent elementi bo‘lsa, u holda ixtiyoriy
b ∈ R uchun (1 − a)ba elementning nilpotent ekanligini ko‘rsating.
Agar biri bor R halqaning x, y ∈ R elementlari uchun xy va yx ko‘paytmalar teskarilanuvchi bo‘lsa, u holda x va y elementlar ham teskarilanuvchi bo‘lishini ko‘rsating.
Agar biri bor, nolning bo‘luvchilariga ega bo‘lmagan R halqaning x, y ∈ R elementlari uchun xy ko‘paytma teskarilanuvchi bo‘lsa, u holda x va y elementlar ham teskarilanuvchi bo‘lishini ko‘rsating.
Biri bor halqa Bul halqasi bo‘lishi uchun ixtiyoriy a, b elementlar uchun (a +
b)ab = 0 bo‘lishi zarur va yetarli ekanligini isbotlang.
Dostları ilə paylaş: |