5.1.13-misol. R halqa noldan farqli nilpotent elementga ega bo‘lmasligi uchun
a2 = 0 ekanligidan a = 0 tenglik kelib chiqishi zarur va yetarli ekanligini isbotlang.
Yechish. Aytaylik, R halqa noldan farqli nilpotent elementga ega bo‘lmasin.
U holda a2 = 0 ekanligidan a = 0 tenglik kelib chiqishi ravshan.
∈
Endi misolning ikkinchi tomonini ya’ni a2 = 0 ekanligidan a = 0 tenglik kelib chiqsa, R halqa noldan farqli nilpotent elementga ega bo‘lmasligini ko‘rsatamiz. Teskarisini faraz qilaylik, R halqaning noldan farqli b R nilpotent elementi mavjud bo‘lsin, ya’ni bn = 0. Ushbu n natural sonini bn = 0 tenglikni qanoat- lantiruvchi eng kichik natural son deb faraz qilish mumkin.
Agar n soni juft bo‘lsa, u holda n = 2m bo‘lib, (bm)2 = b2m = bn = 0. Bundan esa bm = 0 ekanligini hosil qilamiz. Bu esa n sonining eng kichik ekanligiga zid.
Agar n soni toq son, ya’ni n = 2m + 1 bo‘lsa, u holda (bm+1)2 = b2m+2 = b2m+1b = 0 bo‘lib, bu tenglikdan bm+1 = 0 ekanligini hosil qilamiz. Bu ham n sonining eng kichik ekanligiga zid, chunki, n > 1 bo‘lib m + 1 < n. Demak, R halqa noldan farqli nilpotent elementga ega emas. Q
5.1.14-misol. Aytaylik, R halqa birlik elementli kommutativ halqa bo‘lsin. Agar a ∈ R element teskarilanuvchi va b ∈ R element nilpotent bo‘lsa, u holda a + b elementning teskarilanuvchi ekanligini ko‘rsating.
∈
Yechish. a ∈ R element teskarilanuvchi bo‘lganligi uchun, shunday c ∈ R element topilib, ac = ca = 1 bo‘ladi. Ikkinchi tomondan esa b R element nilpotent bo‘lganligi uchun qandaydir n natural soni uchun bn = 0. Endi d = c − c2b + c3b2 +· · · +(−1)n−1cnbn−1 elementni a + b elementning teskarisi ekanligini ko‘rsatamiz. Haqiqatdan ham
(a + b)d = (a + b)(c − c2b + c3b2 + · · · + (−1)n−1cnbn−1) =
= ac−ac2b+ac3b2 +· · ·+(−1)n−1acnbn−1 +bc−bc2b+bc3b2 +· · ·+(−1)n−1bcnbn−1 =
= 1−cb +c2b2 +· · ·+(−1)n−1cn−1bn−1 +cb −c2b2 +c3b3 +· · ·+(−1)n−2cn−1bn−1 = 1. Xuddi shunga o‘xshab, d(a+b) = 1 ekanligini ham ko‘rsatish mumkin. Demak,
a + b element teskarilanuvchi. Q
Yuqoridagi misolda R halqaning kommutativ bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Chunki, kommutativ bo‘lmagan halqada teskarilanuvchi va nilpotent elementning yig‘indisi har doim ham teskarilanuvchi bo‘lavermaydi. Masalan, M2(R) halqada
teskarilanuvchi A = 0 1 element va nilpotent B = 0 −1 elementlar-
1 0 0 0
ning yig‘indisi A + B = 0 0 teskarilanuvchi emas.
1 0
Quyidagi misolda M2(R) halqaning regulyar halqa ekanligini isbotlaymiz.
Dostları ilə paylaş: |