Kila (banan)
Sangtora (apelsin navi)
Kamrak
Maxva (gulchikan)
chanbariy (limon navi)
Badxal (non daraxti)
Kirni
Mehrigiyo (―ayiq o‘ti‖)
Karunda
Kadxil
Nayshakar (shakarqa mish)
Gula
Biyr
Chirunchi
Tor (hurma navi)
Turunj (sitron)
Galgl limu
Sadofal (limon navi)
Bobur, uning ziddiyatli, sarguzashtlarga boy bo'lgan hayoti va ilmiy merosi sharqshunoslar
tomonidan chuqur o'rganilmoqda. Uning ilmiy merosi - Sharq madaniyati va umuman jahon
madaniyatiga qo'shilgan bebaho xazinalardan ekanligini butun dunyoda tan olingan.
Mashhur
sharqshunos olim S.P.Tolstov unga yuksak baho berib ―...Farg'onalik Zahiriddin Bobur -
Sharqdagi Uyg'onish davrining eng atoqli siyosiy va madaniy arboblaridan biridir‖ degan edi.
Hindistonning davlat arboblari va olimlari Bobur haqida ijobiy fikrdalar, chunki Bobur
Hindistonni talab ketmay,
odilona podsholik qildi, insonparvar, xalqparvar ekanligini isbotladi.
Javoharlal Neru shunday yozadi: ―Bobur dilbar shaxs, uyg'onish davrining tipik hukmdori, mard
va tadbirkor shaxs bo'lgan. U san'atni, adabiyotni sevgan, hayot nafosatidan lazzatlana bilgan...
Boburning Hindistonga kelishi tufayli Hindistonda buyuk o'zgarishlar sodir bo'ldi, san'atda,
hayotda, me'morchilikda va madaniyatning boshqa sohalarida yangicha taraqqiyot yuz berdi‖.
―Boburnoma‖ dunyoning turli tillariga tarjima qilingan bo'lib, turli davrlarda asar ustida tadqiqot
ishlari olib borilgan va ilmiy ishlar olib borilmoqda.
Asarni tadqiq etishda yirik mamlakatlar (AQSH, Rossiya, Germaniya, Buyuk Britaniya,
Fransiya, Turkiya, Pokiston, Afg'oniston, Italiya, Hinditson va boshqalar)
olimlarining ishlari
diqqatga sazovordir. Gollandiyada Vitsen (1705), Angliyada U.Erskin va J.Leyden (1826),
R.Koldekot (1844), A.Beverij (1905), Talbot (1909) lar, Germaniyada YU.Klaprat (1810),
A.Keyzer (1828), Frnasiyada Pave de Kurteyl (1871), B.Gramoye (1980, 1985), Rossiyada
N.Ilminskiy (1857), Afg'onistonda Abdulaxay Xabibiy, Pokistonda Rashid Axtor Nodviy,
Hindistonda Mirza Nasriddin Haydar (1924), Turkiyada R.Arat va N.Bayur (1943 - 1946) va
boshqa olimlar ―Boburnoma‖ni ilmiy tadqiq etishga ulkan hissa qo'shdilar. 1980 - 1985 yillarda
dunyoning eng nufuzli tashkilotlaridan biri - YUNESKO tashabbusi bilan ―Boburnoma‖ fransuz
tilida bosib chiqarildi.
―Boburnoma‖ni ilmiy tadqiq etishda o'zbekistonlik olimlarning ham xizmatlari kattadir.
N.Ilminskiy (Qozon, 1857) va A.Beverij (London, 1905) lar tomonidan nashr etilgan asar
nusxalariga
asoslanib, 1948 - 1949 yillarda ―Boburnoma‖ning ikki qismdan iborat to'liq matni
o'zbek tilida bosilib chiqdi.
P.Shamsiyev va S.Mirzayevlar nashrga tayyorlagan ushbu asar nusxasi kiril asosidagi o'zbek
alifbosida geografik nomlar va kishi ismlari ko'rsatkichi, lug'at va ba'zi bir qisqa izoh hamda
tarjimalar bilan nashr etildi. Bu asar nusxasi 1960-yilga kelib, V.Zohidovning so'z boshisi bilan
qayta nashr qilindi. Toshkentda ―Boburnoma‖ ning birinchi ruscha nashri 1958-yilda amalga
oshirildi.
M.Salye tarjimasiga asoslanib 1982-yili S.Azimjonova so'z boshisi va M.Xayrullayev tahriri
ostida ―Boburnoma‖ rus tilida qayta nashr etildi.
Tilshunos olim P.Shamsiyev o'zbek tilida nashr etilgan yuqoridagi
asar nusxalariga asoslanib,
ularda yo'l qo'yilgan ba'zi kamchiliklar, tarjima izohlarga qo'shimcha qilib, asarni 1989-yili qayta
nashr etdi. Umuman, tilshunos olim P.Shamsiyevning ―Boburnoma‖ ustida olib borgan ishlari
taxsinga loyiqdir.
Boburshunos, tarixchi olima S.Azimjonovaning xizmatlarini ham alohida ta'kidlash lozim.
Sharqshunoslardan A.Nosirov Bobur asarlarining to'la ro'yxati va Bobur haqida turli tillarda
e'lon qilingan materiallarni to'plagan.
Tilshunos olim X.Nazarova Bobur asarlarida uchraydigan va tushunilishi qiyin bo'lgan
so'zlarning izohli lug'atini tuzdi.
Boburshunoslar orasida xassos olim, atoqli geograf Hamidulla Hasanovni alohida ta'kidlab o'tish
joizdir. H.Hasanov Boburnining hayoti va uning me'rosini chuqurroq o'rganish maqsadida Bobur
izidan - Andijondan Hindistonga safar uyushtirdi. Boburning poyi qadami tekkan bir necha
shaharlarda bo'ldi, bobokalonimiz tomonidan qurdirilgan ziyoratgohlarni hamda Boburning
Kobuldagi qabrini borib ziyorat qildilar. Safardan ajoyib ma'lumotlar
bilan qaytgan olim,
keyinchalik Bobur va uning geografik merosi haqida risola yozdilar. Risoladagi Bobur
merosining geografik jihatlari talqin qilingan va ―Boburnoma‖da tilga olingan yirik joylar
xaritasi ishlangan. Ayrim joy nomlari va atamalarni izohlab bergan. Xullas, muallif
―Boburnoma‖ning geografik jihatlarini to'la ochib bergan.
Dostları ilə paylaş: