Gibrid nomlar
- turli qismlari turli tildagi so'zlardan iborat bo'lgan murakkab geografik nomlar:
Ko'hitangtog', Gugurttog, Taxtapul.
Gidronim
- okean, dengiz, ko'l, daryo, soy, buloq, quduqlarning nomi: Sirdaryo,
Uchquduq, Qorako'l, G'ovasoy, Volga, Chirchiq va boshqalar. Gidronimlarning ayrim turlari
ham mavjud:
potamonim
- daryolar, soylar, irmoqlar, kanallarning nomlari;
limnonim
- ko'llar,
buloqlar, hovuzlar va quduqlarning nomlari;
pelagonim
- okeanlar, dengizlar va qo'ltiq (ko'rfaz)
lar nomlari.
Indikator
(toponimikada) - toponimlarni hosil qiluvchi mahalliy geografik terminlar:
qum, tepa, qo'rg'on, daryo, suv , kent va boshqalar.
Makrotoponimlar
- ko'pchilikka ma'lum bo'lgan, tez - tez tilga olinadigan yirik
nomlar: Yevropa, Osiyo, Tyanshan, Tinch okean, Sibir va boshqalar.
Memorial nomlar
- buyuk kishilar nomi, yirik voqealar bilan bog'liq bo'lgan nomlar:
Navoiy, Beruniy, Vashington, Pushkin, Magellan, G'alaba cho'qqisi va boshqalar.
Metafora atamalar(terminlar):
bo'g'iz, bo'yin, og'iz, etak, lab, tirsak, quloq va
boshqalar. Ayrim adabiyotlarda
anatomik terminlar
deyiladi.
Metafora nomlar
- ko'chma ma'noda ishlatiladigan ta'rixiy, o'xshatma nomlar: Odamtosh,
Qo'ytosh, Qirqqiz, Temir darvoza, Jinko'cha.
Metateza
bilan shakllangan toponimlar- (grekcha ―metatesis‖ - joy almashtirish)
so'zdagi tovushlarning o'rin almashinishi (Beshog'och - Bechog'osh, Sayram - Saryom).
Mikrotoponimlar
- mayda geografik nomlar: mahalla, ko'cha, mavze, bekat, guzar
nomlari.
Oronimlar
- Yer yuzasi relyefi shakllari (tog', tizma, vodiy, tekslik, qirlar) nomlari:
Himolay, Tyanshan, Pomir, Chotqol, Farg'ona vodiysi.
Oykonimlar
- aholi yashaydigan joylar (shahar, qishloq, ovul) nomlari: Toshkent, Parkent,
So'qoq, Go‘zalkent va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |