O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/151
tarix05.07.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#135817
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   151
Toponimika majmua B. Abduraxmonov

12. Zamonaviy nomlar. 
Geografik nomlar boshqa hamma narsalar kabi vaqt o'tishi, 
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy, tabiiy o'zgarishlar ro'y berishi bilan o'zgaradi, eski nomlar 
yangilanadi, zamonasiga munosib yangi nomlar paydo bo'ladi. Obruchevo, Gorchakovo 
Chernyayevka, Skobelev, Kaufman stansiyalari va boshqalar o'zgartirilganligini hamma biladi. 
O'rta Osiyoni Rossiya bosib olgandan keyin O'rta Osiyo xaritasida rus bosqinchi generallari 
nomlari, o'lka tabiati, tabiiy boyliklarini o'rgangan rus tadqiqotchilari nomlari bilan bog'liq 
geografik nomlar paydo bo'ldi. Fedchenko, Korjenevskiy muzliklari, Mushketov, Semenov, 
Ivanov muzliklari, Pyotr I tog' tizmasi kabi nomlar shular jumlasidandir. 
Sovet tuzumi davrida kommunist dohiylar, sarkardalar, rahbarlar umuman sovetlar tuzumi 
vakillari nomlari juda ko'payib ketdi. Lenin, Stalin, Marks, Engels, Molotov, Voroshilov,
Chapayev va h.k nomlari yuzlab joylarga qo'yildi. Bundan tashqari ismi –jismiga mos 
kelmaydigan kommunizm, sosializm, Yangihayot, Olg'a, Oktabr, Ilg'or, Qizil bayroq, Qizil 
qo'shin va h.k nomlar ham juda ko'paydi. 
Shu bilan birga bu davrda xalqimizning jahon fani va adabiyotiga ulkan hissa qo'shgan 
namoyondalari Alisher Navoiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi kishilarning nomlari 
abadiylashtirildi: Navoiy, Beruniy nomlari shaharlarga qo'yildi. Lekin bular dengizdan tomchi 
edi. Mamlakatimiz O'zbekiston mustaqillikni qo'lga kiritgandan keyin zamon o'zgardi – istiqlol 
davri boshlandi. Zamonga xos yangi joy nomlari paydo bo'ldi, noo'rin o'zgartirilgan joy nomlari 
tiklandi va tiklanayapti. Mustaqillik maydoni, Amir Temur hiyoboni, Bobur bog'i, Alisher 
Navoiy saylgohi, Buyuk Ipak yo'li metro bekati va boshqalar shular jumlasidandir. 
Har bir fanni, shu jumladan 
toponimikani ham puxta o'rganish uchun uning atama va 
tushunchalarini 
bilish zarur. Toponimikaning o'ziga xos 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin