Arealli nomlar
- bir xil qo'shimcha yoki topoterminlar ishtirokida yasalgan geografik
nomlar joylashgan hududdagi toponimlar: kent, tepa, qo'rg'on va boshqa terminlar ishtirokida
yasalgan nomlar tarqalgan hudud. Masalan: Toshkent viloyatida kent termini yordamida
yasalgan nomlar ko'p: Alimkent, G'azalkent, Toshkent, Parkent, Zarkent va boshqalar.
Birlamchi va ikkilamchi nomlar
- Birlamchi nomlar asl nomlar. Ikkilamchi nomlar
nom ko'chishidan hosil bo'ladi. Masalan: Chirchiq daryosi, Chirchiq shahri. Nom daryo nomidan
shaharga ko'chgan.
Detoponimizatsiya
- geografik nomlarning terminlarga, oddiy turdosh otlarga
aylanishi: Geyzer bulog'i nomidan
geyzer
termini, Vulkan oroli nomidan
vulqon
termini, Karst
rayoni nomidan
karst
termini hosil bo'lgan va h.k.
Dromonim
- yo'llar bilan bog'liq nomlar: Yangiyo'l, Buyuk Ipak yo'li, Toshkent -
Termiz yo'li.
Ekzonim
- yozilishi va talaffuzi odat (traditsion) bo'lib qolgan geografik nomlar.
Etnonim nomlar
- xalqlar, qabilalar, urug'lar nomidan kelib chiqqan geografik nomlar:
Malik, Bo'ka, Turkqishloq, Sergeli, O'zbekiston.
Dostları ilə paylaş: