6. Foydali qazilmalarga bog'liq joy nomlari.
Juda ko'p joy nomlari kon bilan bog'liq
holda paydo bo'lgan. Qirg'izistondagi Toshko'mir, Moylisuv shaharlari, O'zbekistondagi
Kumushkon, Gazli, Tuzkon, Surmatosh, Turkmanistondagi Nebitdog', Gugurtdog', Uraldagi
Magnitnaya tog'i, Magnitogorsk, Solikamsk, Kola yarimorolidagi Apatit shahri nomi foydali
qazilmalar bilan bog'langan. Janubiy Amerikadagi And tog'lari (mis tog'lari), Argentina
(Argentus - kumush), Turkiyadagi Marmara dengizi nomi ham foydali qazilmalar bilan
bog'langan.
7. Xalq, qabila, urug'lar nomlari bilan bog'liq toponimlar (etnonimlar).
Odatda xalq,
urug', qabila nomlari ilmiy tilda etnonim deyiladi. Juda ko'p joy nomlari etnonimlar bilan bog'liq
holda paydo bo'lgan. Etnonimlardan hosil bo'lgan joy nomlari
etnotoponimlar
deyiladi.
Etnotoponimlarni o'rganib, tarixiy davrlarda qaysi xalqlar, urug'lar qayerlarda yashaganini,
qayerlarga ko'chganligini aniqlash mumkin.
Dunyo xaritasida etnotoponimlar juda ko'p. Ko'pchilik mamlakatlarning nomlari xalq
nomidan olingan, xalq nomiga - iya, - iston qo'shimchalari qo'shilib, mamlakat nomi hosil
qilingan. Masalan, alban - Albaniya, portugal - Portugaliya, dan - Daniya, rumin - Ruminiya,
bolgar - Bolgariya, turk - Trkiya, afg'on - Afg'oniston, qirg'iz - Qirg'iziston, tatar - Tatariston,
tojik - Tojikiston va h.k.
Faqat davlatlar nomigina emas, balki etonimlardan hosil bo'lgan boshqa geografik
obyektlar nomlari ham ko'p uchraydi, Masalan, Malik cho'li (Malik urug'i nomidan), Baraba
dashti (Baraba urug'i nomidan), shuningdek, Qizil shahri, Eri, Guron ko'llari, Karib dengizi,
Appalachi tog'lari, Ayova, Delaver qabilalar nomidan olingan. H.H. Hasanov ―Geografik nomlar
siri‖ (1985) kitobida O'rta Osiyo toponimlari hosil qilgan urug'lardan 76 tasini misol qilib
ko'rsatadi. Shulardan ayrimlarini keltiramiz; Adoq, Andi, Arlot, Arg'un, Asaka, Bag'ish,
Beshkapa, Boyovut, Bayot, Do'rmon, Yorboshi, Kaltatoy, Malik , Ming, Mitan, Mo'g'ul,
Nazarbek, Nayman, Nukus, Olot, Savay, Sayot, Saroy, Toyloq, Uzun, Chandir, Chimboy,
Chig'ay, Chig'atoy, Yuz, Qalmoq, Qashqa, Qoraxitoy, Quti, Qo'ng'irot.
Ba'zi xalqlar nomi aksincha mamlakat nomidan olingan. Bularga indoneziyaliklar,
avstraliyaliklar,
braziliyaliklar,
kubaliklar,
isroilliklar,
falastinliklar,
ekvadorliklar,
amerikaliklarni misol qilib ko'rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |