kuvor oyi (sunbula, 23 avgust - 21 sentabr, 30 kun) va
kotik oyi (mezon, 22 sentabr - 20 oktabr, 29 kun) dan iborat.
Zimiston (qish) fasli
axchan oyi (aqrab, 21 - oktabr - 18 noyabr, 29 kun),
pus oyi (qavs, 19
noyabr - 18 dekabr, 30 kun),
mox oyi (jadiy, 19 dekar - 18 yanva, 31 kun) va
pogun oyi (dalv,
19 yanvar - 18 fevral, 31 kun) dan iborat.
3. Gidrologiyaga oid xalq terminlari. Ariq, soy, daryo bilan bog'liq iboralar ko'p ishlatilgan. Shu
bilan bir qatorda
rud (tojikcha - ―rud‖ - ariq, suv, kanal, daryo) ham keng qo'llanilgan. Qo'l -
daryo, daryo voidysi, irmoq ma'nosida qo‘llanilganligini quyidagi jumladan bilish oson:
―...qo‘lning ichi kishi mamarridi yiroq xilat yo'l, ko'l yuqori - uq yurib, suvni o'ng qo'lga quyub,
yana bir quruq qo'lga kirduk...‖.
Qo'l - tog' yo'li, tog'dan daryo vodiysiga tushgan yo'l ma'nosida kelgan.
Guzarning ikki ma'nosi bor, birinchidan,
guzar - kechik, kechuv, daryoni kechib o'tish mumkin
bo'lgan sayoz joy. Asarda bir necha guzar nomlari tilga olingan: Kilif guzari, Uoj (Uyoj) guzari,
Uyoch (Uyoj) guzari, Nilob guzari va boshqalar. Ikkinchidan,
guzar - gavjum joy ma'nosida
ham kelgan. Masalan, ―...Kura ko‘talida erta yozlar qushlarning guzaridir... yoki ...Boron suyida
balig'ning guzari bo'lur‖. Shahar yoki qishloqning chorraha joyi yoki turli do'konlari,
choyxanalari bo'lgan gavjum, serqatnov joylari ham
guzar deyilgan.
Shoxjo'y - ariq (kanal), bosh arig'dan chiqarilgan tarmoq, daryo yoqasi - qirg'oq, daryo qirg'og'i,
ulug' yo'l - katta yo'l ma'nosida kelgan. Bobur daryolardagi suv kamayishi, pasayishi holatini
yoki hozirgi geografik ilmiy adabiyotda qo'llaniladigan ―mejen‖ ni